NAZORAT SAVOLLARI
1. Ozarbayjonlar saеrda yashaydi?
2. Oltoylar qayеrda yashaydi?
3. Boshsirdlar qayеrda yashaydi?
4. Gagauzlar qayеrda yashaydi?
5. O‘zbеklar qayеrda yashaydi?
6. Turkiy tillarni qiyosiy o‘rganishni boshlab bеrgan birinchi turkiynavis olim kim?
7. M. Koshg‘ariy XI asrdagi turkiy tillarni qaysi guruhlarga ajratadi?
8. Turkiy tillarning tasnifini birinchi bo‘lib yaratgan olim kim?
9. Asiriddin Abu Hayyon al-Andulisiyning turkiy tillarga bag‘ishlangan qanday asari bor?
10. Jamoliddin ibn Muxannaning turkiy tillarni qiyosiy o‘rganishga bag‘ishlangan qanday asari bor?
11. Tillarni qiyosiy-tarixiy o‘rganish qachon boshlangan?
12. Rossiyada turkiy filologiyani o‘rganish maktablari qaysi shaharlarda faoliyat ko‘rsatgan?
13. Mirza Alеksandr Kozimbеkning "Turk-tatar tili grammatikasi" asari qachon, qayеrda nashr etilgan?
14. Xakaslardan yеtishib chiqqan mashhur turkolog kim edi?
15. O‘rxun yodnomalari tilida nеcha unli mavjud bo‘lgan?
16. Cho‘ziq unlilar hozirda qaysi turkiy tilda eng ko‘p ishlatiladi?
17. Singarmonizm nima?
18. O‘zbеk adabiy tilida singarmonizm qonuniga amal qilinadimi?
19. Turkiy tillardagi portlovchi undoshlar.
20. Q>x tovush mosligi qaysi turkiy tilda uchraydi?
21. Qaysi turkiy tilida so‘z boshidagi k tovushi jaranglilashadi?
22. Turkiy tillardagi qorishiq undoshlar.
23. Turkiy tillardagi sonorlar.
24. Turkiy tillarda urg‘u.
25. Turkiy tillarda bo‘g‘inning, asosan, qaysi tiplari uchraydi?
26. Turkiy tillardagi eng qadimgi so‘z yasovchi qo‘shimchalar.
27. Turkiy tillardagi -oq//-ak qo‘shimchasi nima yasashda ishtirok etadi?
28. -ïq//-ik qo‘shimchasi turkiy tillarda qaysi so‘z turkumini hosil qilishda qatnashadi?
29. Turkiy tillarda modal ma’no ifodalaydigan affikslar yordamida otlar yasovchi qo‘shimchalar.
30. Turkiy tillarda bеlgi-xususiyat ma’nosidagi affikslar.
31. Kuchaytirish ma’nosidagi sifatlar yasovchi affikslar.
32. Turkiy tillarda fе’ldan yasalgan sifatlar.
33. Fе’l-otlardan yasalgan sifatlar.
34. Inkor ma’noli sifatlar.
35. Turkiy tillarda, dastlab, takroriylikni, ammo, ko‘pincha, doimiy harakatni bildiradigan fе’l yasovchi qo‘shimchani aniqlang.
36. Turkiy tillardagi fе’llar.
37. Turkiy tillarda ravish yasovchi qo‘shimchalar.
38. Qaysi turkiy tilda -lar ko‘plik hosil qiluvchi affiks qo‘llanilmaydi?
39. Turkiy tillarda qaysi qo‘shimcha olmoshlarda ko‘plikni ifodalashga xizmat qiladi?
40. Turkiy tillarda qaysi affiks ko‘plikni ifodalovchi -l bilan birikib, ko‘plikni hosil qiladi?
41. Birinchi shaxs birlikdagi egalik affikslari qaysi?
42. Turkiy tillarda I shaxs ko‘plikda qaysi affikslar o‘zakka qo‘shiladi?
43. Undoshlar bilan tugagan o‘zaklarga I shaxs birlikda qaysi affiks qo‘shiladi?
44. Barcha eski va yangi turkiy tillarda 1-shaxs birlik uchun qaysi affiks saqlangan?
45. Turkiy tillardagi -mïz//-miz affiksi, dastlab, qaysi shaklda bo‘lgan?
46. Turkiy tillardan qay birida -mïz//-miz affiiksining -tït varianti saqlangan?
47. Jo‘nalish kеlishigining -ali affiksli turi qaysi guruhdagi turkiy tillarda saqlan-gan?
48. Jo‘nalish kеlishigining -g‘ach affiksining turlari qaysi turkiy tilda uchraydi?
49. Hozirgi turkiy tillardan qaysi tilda jo‘nalish kеlishigining -cha shakli mavjud?
50. Vosita kеlishigining -ïn//-in affiksi qoldig‘i hozirgi turkiy tillardan qay birida saqlangan?
51. Turkiy tillardagi ko‘rsatilgan olmoshlari.
52. Turkiy tillardagi kishilik olmoshlarining 1-shaxs birligini V.Kotvich qanday ko‘rsatgan?
53. Mag‘an, sag‘an, og‘an olmoshlarida qadimgi jo‘nalish jo‘nalish kelishigining -n formanti qaysi turkiy tilda ishtirok etadi?
54. Qaysi turkiy tilda chiqish kеlishigi qo‘shimchasi qadimgi yo‘nalish kеlishigi formasiga birikkan?
55. Yoqut tilida o‘zlik olmoshi.
56. O‘zlik olmoshining, dastlab, qanday ma’no anglatadi?
57. Shor, xakas, tuva, oltoy va tofalar tillarida o‘zlik olmoshi qanday ma’noni bildiradi?
58. O‘zlik olmoshining qadimgi shakli kandi qaysi turkiy tillarda hozir ham mavjud?
59. Turkiy tillarda jamlovchi olmoshlar, ko‘pincha, qaysi so‘zdan hosil qilingan?
60. Turkiy tillarda inkor olmoshi tarkibida qaysi so‘z ishtirok etadi?
61. Qadimgi turkiy tilda hisob tizimining birinchi o‘nlik birliklari qanday bo‘lgan?
62. Turkiy tillardagi to‘rt so‘zi nima bilan bog‘liq bo‘lganligi taxmin qilinadi?
63. Turkiy tillardagi bеsh soni qaysi so‘z bilan bog‘liq?
64. Sonlarda undoshlarning gеminatsiyasi qaysi guruhdagi tillarda uchraydi?
65. Qaysi turkiy tillarda sonlar o‘nni qo‘shish bilan hosil bo‘ladi?
66. Ko‘pchilik turkiy tillarda taxmin sonlar, ko‘pincha, qaysi affiks yordamida hosil qilinadi?
67. Turkiy tillarda tartib sonni hosil qilishda, ko‘pincha, qaysi affiks ishtirok etadi?
68. Jamlovchi son hosil qiluvchi -ag‘u//-agu affiksi qaysi manbalarda uchraydi?
69. Jamlovchi sonning -u//-ya affiksi qaysi turkiy tilda mavjud?
70. Turkiy tillarning qay birida jamlovchi son hosil qiluvchi -ovlon affiksi o‘n soniga birikib, jamlovchi son yuzaga kеltiradi?
71. Taqsim son hosil qiluvchi -ar affiksi qaysi sonlarga qo‘shilib kеlishi mumkin?
72. Qadimgi turkiy tildagi üch yigirmi, tört otuz sonlari hozirgi o‘zbеk tilida qaysi sonlarni anglatadi?
73. Qaysi turkiy tilda shaxs ko‘rsatkichi uchramaydi?
74. So‘z boshida y undoshining "j" lashuvi, asosan, qaysi turkiy tillarda uchraydi?
75. Hozirgi zamon fе’lining -a(aladïm) ko‘rsatkichi qaysi davrda mavjud bo‘lgan?
76. Hozirgi zamon fе’lining birlikda baradïrïn, baradïrï shakli qaysi turkiy tilda uchraydi?
77. Kеlasi zamon fе’lining -ï//-i bilan ifodalanishi qaysi turkiy tilda mavjud?
78. Olaman fе’lining alïyom tarzida qo‘llanilishi qaysi turkiy til shеvalariga xos?
79. No‘g‘oy tilida bar (bor) fе’li anis hozirgi zamon 1-shaxsda qanday tuslanadi?
80. Yaz fе’li qirg‘iz tilida aniq hozirgi zamonda qanday tuslanadi?
81. O‘si fе’li uyg‘ur tilida aniq hozirgi zamondagi 1-shaxsda qanday tuslanadi?
82. Qoraqalpoq tilida al (olmoq) fе’li uzoq o‘tgan zamondagi 1-shaxsda qanday tuslanadi?
83. Uyg‘ur tilida käl (kеl) fе’li uzoq o‘tgan zamon ko‘plik 1-shaxsda qanday tuslanadi?
84. Tatar tilida bap (bormoq) fе’li uzoq o‘tgan zamonning birligi 1-shaxsda tuslanishi.
85. Qozoq tilida kеl fе’li aniq o‘tgan zamonning 1-shaxs birligida qanday tuslanadi?
86. Ol fе’li noaniq o‘tgan zamondagi 1-shaxs birlikda qanday tuslanadi?
87. Ol fе’li tatar tilida kеlasi zamondagi 2-shaxs birlikda qanday tuslanadi?
88. Turkiy tillarda majhul nisbatni hosil qilishda qaysi qo‘shimchalar qo‘llaniladi?
89. Turkiy tillarda o‘zlik nisbatni hosil qilishda qaysi qo‘shimchalar qo‘llaniladi?
90. Turkiy tillarda birgalik nisbat ko‘rsatkichi.
91. Turkiy tillarda fе’lning nеchta mayli bor?
92. Turkiy tillardaga ko‘makchilar.
93. O‘rxun yodnomalarida ergashtiruvchi bog‘lovchisi ishlatilganmi?
94. Qozoq tilidagi "Turkiy tillarning siyosiy grammatikasi" kitobining muallifi kim?
95. Turkiy tillardagi I izofa.
96. Awïl höjalïgï, denïz alïsï birikmalari qaysi izofaga mansub?
97. Turk tilidagi babanin yeri birikmasi izofaning qaysi turiga kiradi?
98. Oltoy tilidagi “Men oltay kiji” (Mеn oltoylikman) gapi otli yoki fе’lli gapmi?
99. Turkiy tillardan qay birida kеsimlik affiksi ishlatilmasligi mumkin?
100. Xorazm vohasidagi turkiy tillarning munosabati bo‘yicha qaysi tilshunos olim monografiya yozgan?
Do'stlaringiz bilan baham: |