Urganch davlat universiteti filologiya fakulteti



Download 185 Kb.
bet1/7
Sana04.04.2022
Hajmi185 Kb.
#526962
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Dilfuza


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
FILOLOGIYA FAKULTETI
Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi” fanidan


KURS ISHI
MAVZU: Turkiy tillar morfologiyasi. Turkiy tillarda so‘z tarkibi va grammatik ma’noning ifodalanishi
Bajardi: Ro‘zimboyeva Dilfuza
Qabul qildi: Xosiyat Boymurotova
Urganch -2022
Reja:
Kirish.
Asosiy qism:
1.Turkiy tillarning morfologik tuzilishi
1.1 Turkiy tillarda so‘z tarkibi masalasi
1.2 Morfemalarning agglyutinativ tabiati
2. Turkiy tillarda grammatik ma’noning ifodalanishi
2.1 Turkiy tillarda grammatik ma’noni ifodalash yo‘llari
2.2 Turkiy tillarda so‘z turkumlari
Xulosa va takliflar
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlaboq buyuk ajdodlarimizdan asrlar osha bebaho meros sifatida yetib kelgan nodir asarlar, osori atiqalarni bugungi avlodga aslidagidek yetkazish, ularni ilmiy asosda tadqiq etish davlat siyosati darajasiga koʻtarildi. Zero, Birinchi Prezidenti ta’kidlaganidek: “Ajdodlarimiz tafakkuri va dahosi bilan yaratilgan eng qadimgi toshyozuv va bitiklar, xalq ogʻzaki ijodi namunalaridan tortib, bugungi kunda kutubxonalarimiz xazinasida saqlanayotgan ming-minglab qoʻlyozmalar, ularda mujassamlashgan tarix, adabiyot, san’at, siyosat, axloq, falsafa, tibbiyot, matematika, minerologiya, kimyo, astronomiya, me’morlik, dehqonchilik va boshqa sohalarga oid qimmatbaho asarlar bizning buyuk ma’naviy boyligimizdir”1.
Ta’kidlash joizki, oʻzbek millati qadimdan oʻz yozuviga, adabiy tiliga ega boʻlgan sanoqli xalqlardan biri hisoblanadi. Ming yillik yozuv tarixiga ega millat vakillari tomonidan bitilgan qoʻlyozmalar nafaqat Oʻzbekiston, balki qator xorijiy davlatlar kutubxonalarida, xususiy fondlarda saqlanmoqda. Ular ardoqlanib, ilmiy muomalaga kiritilmoqda.
XIX asr oxiri – XX asr boshlarida turkiy tillarni qiyosiy oʻrganish sohasida bir qator izlanishlar yuzaga keldi. Rossiya Fanlar akademiyasining Tilshunoslik instituti turkiy tillar boʻlimi, uning Sankt-Peterburg va Sibir tarmoqlari tilshunoslari tomonidan turkiy tillar fonetikasi, leksikasi, grammatik qurilishini oʻrganish yuzasidan ilmiy tadqiqotlar yaratildi.
Turkiy tillar tarixini oʻrganishda ikki yoʻnalish – tarixiy grammatika va adabiy tillar tarixini yaratish yuzasidan izlanishlar olib borildi. 60-70- yillarda turkiy tillar tarixi boʻyicha bir qancha monografiyalar, darsliklar, qoʻllanmalar yaratildi. Turkologiya tarixida sinxronik va diaxronik aspektdagi tadqiqotlar yuzaga keldi. Turkiy tillar tasnifi, turkiy tillar fonetikasi, leksikologiyasi, semasiologiyasi, terminologiyasi, leksikografiyasi, grammatikasiga doir izlanishlar olib borildi, monografiyalar, qoʻllanmalar yaratildi, ilmiy maqolalar e’lon qilindi.
Turkiy tillarda yaratilgan yozma yodgorliklar oʻrganildi, nashr etildi.
Qayd etilgan tadqiqotlar, amalga oshirilgan ishlar turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi masalalariga doir manbalar sifatida ahamiyatlidir. Keying yillarda turkologiya sohasida bir qator yangi tadqiqotlar yuzaga keldi. Eng qadimgi sugʻd, koʻk turk (oʻrxun-enasoy, turkiy run), eski uygʻur (turk) yozuvlaridagi yodgorliklarga oid izlanishlar olib borilmoqda. Koʻk turk xoqonligi davrida yaratilgan Bugʻut mangutoshi, uning tiklanish tarixi, yodgorlikda saqlanib qolgan sugʻdcha bitik talqini, sugʻd tilidagi arablar istilosi bilan bogʻliq nazariy qarashlar, koʻk turk bitiklari, koʻk turk yozuvining oʻziga xos jihatlari, imlo xususiyatlari, koʻk turk xatida bizgacha yetib kelgan Toʻnyuquq, Oʻngin, Kul tegin, Bilga xoqon, Suji bitiklarining matni talqini, turkiy yozma yodgorliklar asosida rasmiy uslubning yuzaga kelishi, taraqqiyot bosqichlari, hujjat turlari haqida muhim ma’lumotlar qayd etilgan.
Qadimgi turkiy qabilalardan boʻlgan xunlar, xazarlar, bulgʻorlar tili hamda chuvash, yoqut tillari aloqadorligi masalalari ham oʻz yechimini kutmoqda. Bu masalalarni ijobiy hal qilishda oʻrxun-enasoy yozuvidagi bitiktoshlardan oldingi davr manbalaridagi faktik materiallarga ham murojaat etish zarur boʻladi.
Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi bu tillarning boshqa tillar bilan aloqadorligini oʻrganish muammosini hal etishda ham ahamiyatlidir. Zotan, turkiy xalqlar qadim zamonlardan beri hind-yevropa, fin-ugor, semmit, moʻgʻul va boshqa xalqlar bilan yondosh holda yashagan va oʻzaro munosabatda boʻlgan. Xalqlar oʻrtasidagi ijtimoiy-siyosiy aloqalar tilda oʻz ifodasini topadi. Tadqiqotlar jarayonida boshqa tillarning turkiy tillarga ta’sirini oʻrganish bilan bir qatorda, turkiy tillarning german, roman, slavyan, moʻgʻul, fors-tojik kabi qardosh boʻlmagan tillarga ta’sirini tekshirish, tadqiq qilish, substrat holatlarni aniqlash ham muhimdir.


Download 185 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish