P. G‘ulomov, O‘zbekiston Xalq o‘qituvchisi X. Inog‘omov



Download 4,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/156
Sana27.06.2022
Hajmi4,52 Mb.
#709700
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   156
Bog'liq
geografiya 9-sinf 2019

http://eduportal.uz


47
15-rasm. 
OPEK tashkilotiga a’zo davlatlar (2018-y.).
Davlatlar orasida, 2016-yil yakunlariga ko‘ra, neft qazib olish bo‘yicha 
Saudiya Arabistoni (583 mln. t), Rossiya (548 mln. t), AQSH (537 mln. t), 
Kanada (220 mln. t) hamda Eron (200 mln. t) yetakchilik qiladi. Mazkur 
davlatlar hissasiga umumiy qazib olingan neftning 48,3 % i to‘g‘ri keladi. 
Saudiya Arabistoni, Rossiya, BAA, Kuvayt, Iroq kabi davlatlar yirik neft 
eksportyorlari hisoblansa, AQSH, Xitoy, Yaponiya, Yevropa davlatlari esa 
asosiy neft sotib oluvchi davlatlardir.
Gaz sanoati
tabiiy gaz qazib chiqarish, qattiq va suyuq yoqilg‘ilar-
dan sun’iy gaz olish, gazdan kimyoviy mahsulotlar ajratishni o‘z ichiga 
oladi. Tabiiy gaz yoqilg‘i sifatida boshqa yoqilg‘i turlaridan bir qancha 
afzalliklarga egadir. Boshqa yoqilg‘i turlariga nisbatan tabiiy gazni qazib 
olish osonligi va arzonligi, issiqlik berish quvvatining yuqoriligi, trans-
portabelligi, neft va ko‘mirga nisbatan ekologik jihatdan tozaligi kabi 
holatlar gaz konlarini izlash va ishga tushirish ishlariga katta ahamiyat 
qaratili shiga sababchi bo‘ldi. 
Ma’lumotlarga ko‘ra, gazning umumiy geologik zaxirasi, taxminan, 180 
trillion m

ni tashkil etadi. Yillik qazib olish hajmi 3,6 trln. m

ga teng 
(2016-y.). Gaz qazib olish bo‘yicha Osiyo, Shimoliy Amerika, Yevropa 
mintaqalari yetakchi bo‘lsa, davlatlar orasida esa AQSH (749 mlrd. m
3
)
Rossiya (641 mlrd. m
3
), Eron (190 mlrd. m
3
), Qatar (182,8 mlrd. m
3
), 
Kanada (174 mlrd. m
3
) kabilar peshqadamlik qiladi.
http://eduportal.uz


48
So‘nggi yillarda gaz eksportida suyulti-
rilgan gaz bilan savdo qilish katta ahamiyat 
kasb etmoqda (16-rasm). Tabiiy gaz suyuq 
holatga o‘tkazilishi jarayonida o‘rtacha hi-
sobda 600 marotabagacha siqiladi. Bu esa 
juda katta miqdordagi gazni tashish imko-
nini beradi. Natijada maxsus gaz tashuvchi 
tankerlar yordamida uni qit’alararo eksport 
qilish imkoniyati paydo bo‘ldi. Jahonning 
30ga yaqin davlatlarida suyultirilgan gaz 
ishlab chiqariladi. Qatar, Avstraliya, Malay-
ziya kabi davlatlar ular orasida yetak chilik 
qiladi. Yaponiya, Koreya Respublikasi, 
Xitoy kabi davlatlar suyultirilgan gazning 
asosiy iste’molchilaridir.
Ko‘mir sanoati
yoqilg‘i-energetika tarmoqlari orasida eng birinchi 
shakllangan tarmoq hisoblanadi. Bu tarmoq ko‘p mablag‘ va ishchi ku-
chi talab etuvchi soha hisoblanib, uning mahsulotlaridan elektr energeti-
ka, qora metallurgiya va kimyo sanoatlarida foydalaniladi. Hozirgi vaqt-
da qazib chiqarilayotgan ko‘mirning asosiy iste’molchisi issiqlik elektr 
stansiyalaridir. Qazib chiqarilayotgan ko‘mir, asosan, o‘sha davlatlarning 
o‘zida iste’mol qilinadi. Qazib chiqarilayotgan ko‘mirning atigi 10 % i 
eksportga chiqarilmoqda.
Jahon bo‘yicha deyarli 7,3 mlrd. t. ko‘mir qazib olinadi (2016-y). Qa-
zib olingan ko‘mirning 75 % dan ortig‘i Xitoy (3242 mln. t), Hindiston 
(708 mln. t), AQSH (672 mln. t), Avstraliya (503 mln. t), Indoneziya 
(460 mln. t) hissasiga to‘g‘ri keladi.
Elektr energetika sanoati
elektr energiyasini ishlab chiqarish va is-
te’molchilarga yetkazib berishni o‘z ichiga oladi. 
Hozirgi vaqtda jahonda, taxminan, 25 trln. kW·h elektr energiyasi 
ishlab chiqarilmoqda (2016-y.). Xitoy (6,17 trln. kW·h), AQSH (4,4 trln. 
kW·h), Hindiston (1,4 trln. kW·h), Rossiya (1,1 trln. kW·h), Yaponiya 
(1,0 trln. kW·h) elektr energiyasini eng ko‘p ishlab chiqaruvchi davlatlar 
hisoblanadi. 
Ma’lumki, elektr energiyasi ishlab chiqarishda an’anaviy (issiqlik, gidro 
va atom elektr energetika tarmoqlari) va noan’anaviy (quyosh, shamol, 

Download 4,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish