Farmon Ergashovich Nurboeyv, Shahlo Shavkatovna Tillоeva, Dilbar Baxriddinovna Raxmatova



Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/204
Sana25.06.2022
Hajmi2,9 Mb.
#704055
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   204
Bog'liq
dorivor

Mavzu savollari
1.Umumiy davolash bosqichlari 
2.Tanqiya nima, maqsadi
3.Tanqiya turlari, ko’rsatma va moneliklar 
4.Qon olinadigan tomirlar nechta va qaysi lar 


126 
5.Parxez nima va uning davolashdagi ahamiyati 
6..Qon olinadigan tomirlar nechta va qaysilar,ibn Sino bo’yicha nomlanishi 
2.4. §. Ibn Sino dietologiyasi, parhez taomlar, ozuqa va davo haqida
 
Sharq tabobati ta`limotining asoschilari bo`lmish Ar - Roziy, Ibn Sino, Ismoil 
Jurjoniy va boshqalar inson xastaliklarini sabablarini quyidagi uchta omil bilan 
bog’liqligini asoslab berdilar. 
1.Tashqi faktorlar bo`yicha: yashash joyining jug’rofiy muhiti, ya`ni ayni 
xastalangan bemorlarning yashash joyi mintaqasi, iqlimi, ob -havosi, esadigan 
shamol yo`nalishi, ichimlik suvlari shu inson yashayotgan uyning qaysi tomonga 
qarab qurilgani, yil fasllari, quyoshning osmon burchlaridagi o`rni, oyning boshi, 
oxiri, to`lin oylik va hokazolar. 
2.Ichki faktorlar bo`yicha kishining emosional holatlari quvonch, qo`rquv, 
hayajon, bezovtalanish, g’amginlik, alam, anduh kabilar bilan birga inson tanasidagi 
tabiiy va hayotiy harorat kiradi. 
3.Ovqatlanish yoki alimentar faktorlar. Bu omillarga oziq - ovqat mahsulotlarini 
yetishtirish, ularni saqlash, ovqatlarni pishirish uslublari, ovqatlanish madaniyati va 
odobi, yilning fasli va inson mizojini hisobga olgan holda ovqatlanish kabilardir. 
Tashqi ichki faktorlarning ovqatlanish omillarining inson organizmiga mos 
kelmasligi natijasida, shu inson tanasida u yoki bu ko`rinishdagi xastalikni keltirib 
chiqaradi, bu xastalik inson organizmida oddiy yoki murakkab, yoki bo`lmasa 
moddali va moddasiz mizoj buzilishi ko`rinishida kechadi. 
Bizlar sharqning hakim olimlari ta`limotini o`rganib borib, shu ta`limotga 
asoslanib borib, bemor xastaliklarini sababini o`rganib tashxislaymiz, so`ngra esa 
bemor tanasini yot modda va xiltlardan tozalaymiz, ya`ni tanqiya qilamiz. 
So`ngra bemorlarni davolashning uchinchi bosqichi bo`lmish, bemorga parhez
taomlarni buyurib, ularni parvarish qilishga kirishamiz. Parhez degan so`z forscha 
tildan olingan bo`lib, " o`zini tiya bilish" ma`nosini anglatadi. Tibbiyotda esa 


127 
sog’liqqa ziyon yetkazadigan oziq - ovqat mahsulotlari iste`molidan tiya bilishga 
tushuniladi. 
Hozirgi zamon Pevznyer dietologiyasida inson organizmining sutkalik 
energetik talabi asos qilib olingan bo`lsa, ibn Sino ta`limotida parhez taomlar
quyidagi to`rtta omilga qat`iy rioya qilgan holda buyurilgan: 
1.Bemorning tabiiy mizoji. 
2.Bemorning yashash muhiti 
3.Mizoj buzilishidagi sabab 
4.Bemorga buyuriladigan taomlarning mizoji. 
Bunda buyurilgan taomni ayni shu xastalikka qay darajada ozuqa va qay 
darajada davo ekanligi hisobga olinadi. 
Shu joyda sizlarga aniqlik berish uchun iste`mol mahsulotlarini davo va g’izolik 
xususiyati to`g’risida qisqacha so`z yuritishga to`g’ri keladi. Bu ta`limotda iste`mol 
qilingan mahsulotlar xoh u ozuqa bo`lsin, xoh davo, uchta tarkibiy qismdan iborat: 
1) surat, 2) modda, 3) sifat. 
Surat deganda biz mahsulotni shaklini, siymosini, tuzilishini, rangini, hidini ko`z 
oldimizga keltiramiz. 
Modda qismi deganda uning tarkibidagi modda – borliq va konsistensiyasi 
tushuniladi. Sifat yoki kayfiyat deganda, shu mahsulotni rangi, hidi, ta`mi 
tushuniladi. 
Iste`mol qilingan mahsulot davoli ozuqa sifatida moddadan iborat bo`lib, u 
kayfiyat va suratdan tashkil topgan. Modda va surat esa bu ikki javhardir, ammo 
kayfiyat shu davoli ozuqaning sifati bo`lib, issiqlik, sovuqlik, quruqlik va ho`llikni 
namoyon qiladi. Ozuqa tarkibidagi issiqlik va sovuqlik sifatlari foila, ya`ni ta`sir 
qiluvchanlik xususiyatiga ega bo`lib, jumladan issiqlik, a`zoni isitadi, uning 
haroratini saqlaydi, xiltlarni eritadi, suyultiradi, oquvchanligini oshiradi, 
bug’lantiradi. Sovuqlik sifati esa sovitadi, qotiradi, jamlaydi va hokazo. 


128 
Ozuqali davo tarkibidagi ho`llik va quruqlik sifatlar munfoila xossasiga, ya`ni 
ta`sirni qabul qilib, modda va suratni hosil qiladi va kayfiyatni javharidir. 
Bizlar yuqorida iste`mol mahsulotlarini uch tarkibiy qismi va ularning 
xususiyatlari to`g’risida so`z yuritdik. Endilikda, Ibn Sino ta`limoti asosida iste`mol 
qilingan mahsulot hazmining to`rt bosqichida hosil bo`ladigan mahsulotlari 
to`g’risida so`z yuritamiz. 
Bu ta`limotning tahlil qilinishicha, iste`mol qilingan mahsulot hazmining 
birinchi bosqichida ovqat og’izda ishlov beriladi, ya`ni chaynaladi va so`lak bilan 
ho`llanib qizilo’ngach orqali oshqozonga tushadi. U yerda esa oshqozon shirasi 
bilan aralashib issiq bo`tqa - ximus hosil bo`ladi va ximus oshqozondan o`n ikki 
barmoqli ichakka o`tish jarayonidan hazmning ikkinchi bosqichi boshlanadi, bunda 
ximus moddasi ingichka ichakka ishlov olgandan so`ng ikkiga ajraladi, ya`ni bir 
qismi ximus masoriqo orqali jigarga o`tadi, 2 - qismi esa yo`g’on ichak orqali 
tashqariga chiqarib tashlanadi. Ximus jigarga o`tishidan hazmning uchinchi bosqichi 
boshlanadi. Bunda ximus jigarda hazm topib, uchga ajraladi ya`ni ximusni surat va
sifat qismidan xiltlar savdo, safro, qon va balg’am hosil bo`lsa, uning surat va 
modda qismidan kaymus hosil bo`ladi. Xiltlar va kaymus tomirlar orqali tana 
a`zolariga tarqaladi, qoldiq suv esa buyrak va siydik qopi orqali siydik sifatida 
tashqariga chiqarib tashlanadi. 
Tana a`zolarida hazmning to`rtinchi bosqichi kechadi, bunda tomirlardagi xiltlar 
a`zolarga borib, u yerda hozirgi zamon meditsina tili bilan aytganda muhitni hosil 
qilsa, kaymus shu a`zoning qurilish materiali sifatida modda almashinuvi
jarayonida qatnashadi, to`qimalarni oziqlantiradi. Ularni hayotini tiklaydi va 
saqlaydi. Bu bosqichda hosil bo`lgan oraliq mahsulot ter va chiqindi yog’ 
moddalari teri orqali tashqariga chiqadi. 
1.Agar iste`mol qilingan mahsulot organizmga o`zining moddasi va surati bilan 
ta`sir etsa, u xosiyatli ozuqa bo`lib, organizmning tabiiy haroratini va quvvatini 


129 
saqlaydi va rohat bag’ishlaydi. Bu iste`mol mahsulotlariga yosh qo`y yoki jo’ja 
go`shti, chala pishirilgan tuxum, asal va hokazolar misol bo`ladi. 
2.Agar iste`mol mahsulotlari organizmga o`zining surat, modda, kayfiyat, ya`ni 
har uchala tarkibiy qismi bilan ta`sir qilib, organizmga ozuqa bo`lish bilan birga 
ozgina kayfiyat berib uni yaratadi, quvonch va surur bag’ishlaydi bunda behi, olma 
sharbatlari va sharob va maylar misol bo`la oladi. 
3.Ozuqali davoga quyidagilar misol bo`ladi: arpa suvi, uzum, bodring, semiz o`t, 
qovoq, sholg’om, sabzi, lavlagi, karam, mosh, no`xat, tarvuz va boshqalar. Bu 
mahsulotlarni istemol qilganda bular organizmda modda va kayfiyat bilan ta`sir 
qiladi, ammo, bunda modda ta`siri kayfiyatga nisbatan ustunligi tufayli, undan biror 
xilt hosil bo`ladi. Bu xilt tanani biror qismida bo`lib, u ozgina bo`lsada kayfiyat va 
mizojga ega bo`ladi, kayfiyat tananing o`zidagi mizoj va kayfiyatidan ustun kelib
tananing ho’lligiga o`zgarish berib ozuqali davo bo`ladi. 
1.Davoli ozuqa: iste`mol qilingandan so`ng, tanaga kayfiyat va modda orqali 
ta`sir qiladi, ammo, moddaga nisbatan kayfiyat ustunlikka ega bo`lganligi sababli, 
tanadagi ho’llik, namlik kabi suvlik xususiyatlarini o`zgartiradi, shundan so`ng
tana uni o`ziga singdirib oladi, ammo, undan kam miqdorda xilt hosil bo`ladi. Bu 
xilt ozuqa va tana javhari bo`lish qobiliyatiga ega bo`lib, o`z xislatiga yarasha tana 
kayfiyati ustidan g’olib keladi. Ko`proq davolik, kamroq ozuqalik xususiyatini 
namoyon etadi. Bularga: gandano (piyoz) kabi mahsulotlar, na`no, sachratqi bargi, it 
uzum, sarimsoq, olu va umuman mevalar, urug’liklardan: bodring, qovun, tarvuz, 
qovoq va shunga o`xshashlar misol bo`ladi. 
2.Agar iste`mol mahsuloti, faqat modda qismi bilan organizmga ta`sir qilsa, 
ozuqa bo`ladi. 
3.Agar iste`mol mahsuloti faqat kayfiyati bilan ta`sir qilsa bu mutloq davo 
bo`ladi. 


130 
Ma`lumingiz bo`lsinkim, g’izo va davolar qizdirish, issiqlikni ajratish, sovitish, 
quyultirish, ho`l narsalarni yumshatib, ravon qilish, quritish kabi umumiy 
xususiyatlarga egadir. 

Download 2,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish