Bolani shakllantiruvchi uch omil



Download 23,8 Kb.
Sana29.04.2022
Hajmi23,8 Kb.
#591884
Bog'liq
Bolani shakllantiruvchi uch omil


Bolani shakllantiruvchi uch omil
Odam bolasining rivojlanishi – bu muhim jarayon hisoblanadi. Ma'lumki, hayot davomida inson jismoniy va ruhiy jihatdan o'zgarib boradi. Lekin bolalik, o'smirlik va o'spirinlik davrida rivojlanish nihoyatda kuchli bo'ladi. Bola mana shu yillarda ham jismoniy, ham ruhiy jihatdan o'sishi, o'zgarishi tufayli shaxs sifatida kamolga yetadi. Tarbiya, irsiyat (nasl) va muhit bolaning rivojlanishida asosiy o'rin tutadi. Agar ana shu uchta omil bolaga ijobiy ta'sir qilsa, u kelajakda barkamol inson bo'lishi va salbiy tomondan ta'sir qilsa, badaxloq kimsaga aylanishi mumkin.
Bolaning shakllanishiga ta'sir ko'rsatuvchi omillar haqida Islom dini va ulamolarning asarlarida yetarlicha fikr va mulohazalar bildirilgan. Shu bilan birga bolaning rivojlanishi haqida G'arb faylasuflari ham o'zlarining qarashlarini bayon qilishgan. Quyida biz G'arb va Islom dunyosining bolaning shakllanishiga ta'sir ko'rsatuvchi omillar haqidagi fikrlarini keltirib o'tamiz.
Bolaning shakllanishi haqida G'arb faylasuflarining fikrlari.
Biologik yo'nalish – bu yo'nalish tarafdorlari odam bolasining shaxs sifatida rivojlanishida tabiiy – biologik (irsiy) omillar hal qiluvchi rol o'ynaydi deb biladilar. Ularning fikricha, bola ona qornidalik vaqtida avlod-ajdodlardan o'tgan tug'ma xususiyatlargina rivojlanadi. Ular tarbiya va muhitning rolini cheklab qo'yishadi. Yo'nalishning tarafdorlari Aristotel, Platon hisoblanadi.
Preformizm yo'nalishi – XVI asr falsafasida vujudga kelgan bu oqim namoyandalarining fikricha, bo'lajak shaxsga tegishli barcha xususiyatlarga bola ona qornidaligidayoq ega bo'ladi. Ular tarbiya va muhitning rolini butunlay inkor etishidi.
Bixeviorizm yo'nalishi – bu oqimga amerikalik pedagog va psixolog E.Torandayk asos soldi.Uning fikricha, shaxsning barcha xususiyatlari, jumladan, ong va aqliy xususiyat ham nasldan naslga o'tadi. Bu bilan E.Torandayk tarbiyaning shaxs rivojlanishiga ta'sirini butunlay inkor etadi va uni shaxsning xususiyatlariga ta'sir etishdan ojiz deb biladi. Insonning shakllanishida Islom dini va mutafakkirlarning fikrlari Islom dini va mutafakkirlarning asarlarida bolaning shakllanishi uchun tarbiya, irsiyat va muhit ta'siri alohida ta'kidlangan. Shu uch omilning ichida tarbiyaning roli, ayniqsa, ahamiyatli hisoblanadi. Ammo tarbiya ta'sirining kuchi va natijasi irsiyat va muhit kabi omillarning hamkorligi bilan belgilanadi. Chunki nasl va muhitda kamchilik bo'lsa, tarbiyaning ta'siri 
sezilmasligi mumkin. Quyida biz uchta omil haqida Islom dini va ulamolarning qarashlarini keltiramiz. Bolaning shakllanishida tarbiyaning ahamiyati
Tarbiya – inson kamolotiga ta'sir etuvchi tashqi va eng muhim omil hisoblanadi. “Tarbiya” arabcha so'z bo'lib, o'stirdi, rahbarlik qildi, isloh qildi degan ma'nolarni bildiradi.
Islom ulamolaridan Rog'ib Asfihoniy tarbiyani quyidagicha ta'rif qiladi: “Tarbiya bir narsani bir holdan ikkinchi holga o'tkaza borib, batamom nuqtasiga yetkazishdir. Tarbiyaning ma'nolaridan biri, insonning diniy, fikriy va axloqiy quvvatlarini uyg'unlik va muvozanat ila o'stirishdir ”.
Tarbiyani insonga yetkazishda ota-onaning o'rni beqiyosligini Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) ta'kidlaydilar. Abu Hurayra(roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: “Nabiy (sollallohu alayhi va sallam): “Har bir tug'ilgan bola faqat fitrat (sof tabiat) bilan tug'iladi. Bas, ota-onasi uni yahudiy yoki nasroniy yoki majusiy qiladi...”. Bu hadisi sharifdan irsiyat, ya'ni biologik omil insonni shakllanishida asosiy o'rin tutadi degan fikrni ilgari suruvchi G'arb faylasuf va oqimlarining fikrlari asossiz ekanini va tarbiyaning muhimligini bilib olamiz.
O'rta Osiyolik mutafakkirlardan Forobiy va Abu Ali ibn Sino inson tarbiyasiga ta'sir etadigan omillar ahamiyatiga e'tibor berganlar.
Forobiy inson kamolotida ta'lim-tarbiyaning muhimligini ta'kidlab: Munosib inson bo'lish uchun insonda ikki xil imkoniyat: ta'lim va tarbiya olish imkoniyati bor. Ta'lim olish orqali nazariy kamolotga erishiladi, tarbiya esa kishilar bilan muloqotda axloqiy qadr-qimmatni va amaliy faoliyatni yaratishga olib boradigan yo'ldir...” deydi. Abu Ali ibn Sino oila tarbiyasida ota-onaning o'rniga alohida to'xtalib: “Bola tug'ilgach, avvalo, ota unga yaxshi nom qo'yishi, so'ng uni yaxshilab tarbiya qilishi kerak... Agar oilada tarbiyaning yaxshi usullaridan foydalanilsa, oila baxtli bo'ladi” degan fikrni ilgari suradi.
Bolaning shakllanishida irsiyat (nasl)ning ahamiyati
Bola shaxsining rivojlanishida naslning ta'siri deganda ota-onadan bolaga meros bo'lib o'tadigan jismoniy xususiyatlari (tananing tuzilishi, sochining, ko'zining, terining rangi, bo'y-basti) shuningdek, tananing vertikal holdagi harakati, tafakkur va nutq rivojlanishi, mehnat qilish qobiliyati, tug'ma holatda o'tadigan qobiliyatlar va xususiyatlar tushuniladi. Islom dinida naslga alohida e'tibor qaratiladi. Chunki nasl pokiza va ota-ona ma'rifatli, axloqli bo'lsa, bu xususiyatlar tug'ma holatda bolaga o'tadi va kelajakda komil insonga aylanadi. Agar ota-ona ma'rifatdan yiroq va axloqsiz bo'lsa, ulardan tug'iladigan farzand jamiyatga zarar keltirishi mumkin. Lekin ota-onadan tug'ma holatda o'tadigan qobiliyat va xususiyatlar o'z holicha rivojlana olmaydi, go'yo u “mudroq” holda bo'lib, uning uyg'onishi – rivojlanishi uchun qulay muhit va muttasil tarbiya kerak.
Bolaning shakllanishida muhitning ahamiyati. Bola kamolotiga ta'sir etadigan omillardan biri tashqi muhit hisoblanadi. Muhit deganda kishiga tabiiy ta'sir etadigan tashqi voqealar majmui tushuniladi. Bunga tabiiy muhit, oila muhiti va ijtimoiy muhit kiradi. Tabiiy (geografik) muhit – insonning hayot tarziga, xarakteri va mehnat faoliyatiga ta'sir etadi. Masalan, shimolda istiqomat qilayotgan inson, janubda yashayotgan insondan nafaqat jismoniy ko'rinishi, shu bilan birga ruhiyati, dunyoqarashi va xususiyatlari bilan ham ajralib turadi. Oila muhiti – insonning shakllanishida muhim ahamiyatga ega. Chunki bola ko'z ochib ota-onasini, qarindosh-urug'ini ko'radi. Uning jismoniy va ruhiy rivojlanish davri oila ta'sirida shakllanadi. Agar oilada islomiy muhit mavjud bo'lsa, bolaning axloqi go'zal va fazilatli bo'lib ulg'ayadi.
Ijtimoiy muhit – ishlab chiqarish munosabatlari va ularni tartibga solib turadigan ijtimoiy qonun-qoidalar insonga alohida ta'sir ko'rsatadi. Ijtimoiy aloqa, ya'ni insonlararo o'zaro munosabatlar natijasida odam bolasi hayotga va mehnatga tayyorlanadi, kerakli tajriba va bilimlarni egallaydi. 
Jamiyatda ma'naviy muhit yaxshi, adolat ustuvor bo'lsa, inson faoliyatiga ijobiy ta'sir qilishi va aksincha bo'lsa, salbiy ta'sir ko'rsatadi.
Demak, insonning kamolotga yetishiga ta'lim-tarbiya, muhit va irsiyat muhim hisoblanadi. Nega bugungi kunda o'tmishda yashab o'tgan Imom Buxoriy, Forobiy, Beruniy va G'azzoliy kabi olimlarga o'xshagan insonlarni uchratmaymiz? Chunki ularning irsiyati toza, ota-onalari solih va soliha bo'lishgan, ular yashagan davrda ilm, ma'rifat va taraqqiyot o'zining cho'qqisiga chiqdi, ya'ni muhit yaxshi bo'lgan va eng asosiysi, ajdodlarimizning tarbiyasiga mas'ul bo'lgan ota-onalari va ustozlari o'z vazifalarini a'lo darajada bajarishgan, tarbiyalarida nuqson bo'lmagan. Agar farzandlarimizning rivojlanishiga ta'sir ko'rsatuvchi bu omillardagi nuqsonlarni bartaraf etsak, albatta kelajak avloddan Imom Buxoriy
G'azzoliyga o'xshagan zabardast olimlar yetishib chiqadi.
MUSTAQIL FIKRLASH – BARCHA HARAKATLAR ASOSI
15.05.2018 Munosabat, Shaxs kamoloti 696 Views
Ta’lim-tarbiya jarayonining ilk bosqichi hisoblangan maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirishga davlat miqyosida e’tibor qaratilmoqda. Prezidentimizning 2016-yil 29- dekabrdagi “2017–2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori sohada jadal o‘zgarishlarga zamin yaratmoqda. Bolalarning kelajagi, aqliy salohiyati uning maktabgacha ta’lim davridagi hayoti va faoliyati bilan chambarchas bog‘liq. Bu davrda ularning mustaqil fikrlash darajasiga alohida ahamiyat qaratish tarbiyalanuvchining har tomonlama yetuk inson bo‘lib shakllanishi garovi hisoblanadi.
Maktabgacha yoshdagi bolada mustaqil va mantiqiy fikrlashning dastlabki belgilari shakllantirilmasa, umumiy o‘rta ta’lim bosqichida unda bilimlarni o‘zlashtirishda qiyinchilik va muammolar kelib chiqishi tabiiy. Bu ta’limning dastlabki bosqichida bolaning berilgan topshiriqlarni bajarishga ko‘p vaqt sarflashi, o‘zini ham aqlan, ham ruhan zo‘riqtirishi, ko‘p mehnat qilib, kam natijalarga erishishida ko‘rish mumkin. Mazkur holatlar, bolaning asab tizimi va sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Bolalarni kichik yoshidan mustaqil fikrlashga yo‘naltirish – uni ongli ravishda, ilmiy-nazariy asoslarga tayanib, o‘z-o‘zini nazorat qilgan holda mulohaza qilishga odatlantirish demakdir. Psixologlarning ta’kidlashicha, bolaning fikrlashida mantiqsizlik kuzatilishi bu unda erkinlikning yo‘qligidan darak berar ekan. Ta’lim-tarbiyaning har bir bosqichida o‘quvchilarning bilimlarni o‘zlashtirishi o‘ziga xos tarzda fikrlash, tasavvur qilish va his etish orqali amalga oshadi. Zero, inson tug’ilganidan boshlab fikrlash quvvatiga ega bo‘ladi va bu bolaning o‘sishi bilan rivojlanib boradi. “Bolada katta imkoniyatlarga ega ko‘ngil bor, – deydi qomusiy olim Abu Nasr Forobiy. – U his-tuyg‘uga, tafakkur orqali anglash xususiyatiga ega. Hissiyot va tafakkur orqali jismlar tushuniladi”. Demak, shakllanib kelayotgan shaxsni, ham oila, ham maktabgacha ta’lim muassasalari nutq o‘stirish mashg‘ulotlarida badiiy matnlar, ya’ni ertak, hikoya va she’r qahramonlari xatti-harakatlari, nutqi hamda faoliyati muhokamasi asosida mustaqil fikrlashga yo‘naltirib borilishi uning ma’naviy kamolotida asqatadi.
Yana alloma Ibn Sinoning ta’kidlashicha, shaxsga xos bo‘lgan erkinlik tafakkur mustaqilligini ta’minlaydi. Fikrning mantiqqa asoslanishi esa mustaqil fikr sohibini tarbiyalaydi. Ma’lum bo‘ladiki, insonga xos tabiiy jihatlarni maktabgacha ta’lim muassasalarida ham inobatga olib ish ko‘rish shaxsning ma’naviy kamolotiga asos bo‘ladi. Bola o‘ziga bildirilgan ishonchni his qilishi uchun bilimning o‘zi yetarli emas. Ma’lumki, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning bilishga bo‘lgan ehtiyoji juda katta va ko‘rganini eslab qolish qobiliyati kuchli bo‘ladi. Kattalarning eng muhim vazifalaridan biri – uning bilgani, eshitganini his qilish, ko‘rganini muhokama qilish, ularga munosabat bildirishga ko‘niktirishdan iborat.
So‘z fikrning mahsuli. O‘z fikriga ega odamgina uni so‘z orqali ifodalashga qodir bo‘ladi. Bolani bunga yo‘naltirish tarbiyachilarning vazifasi. Mustaqil fikrlashga o‘rganish oddiy va oson tuyulgan narsalar haqida chuqurroq mulohaza yuritishdan boshlanadi. Bu jarayon quyidagi bosqichlarda rivojlanadi:
1. Ko‘rgazmali-harakatli. Ya’ni bola uni boshqarayotgan, e’tiborini tortgan predmetga asoslanib fikrlaydi, uning xususiyatlarini o‘zlashtira boshlaydi.
2. Ko‘rgazmali-obrazli. Tafakkurning bu bosqichida bola odam, predmet va hodisalarni alohida jihatlariga qarab baholashga urinadi.
3. So‘z-mantiqli. Ushbu bosqichda bola turli tushuncha, xarakter, predmet va hodisalarning xususiyatlariga so‘z yordamida munosabat bildira boshlaydi. Tafakkurning bu ko‘rinishi maktabga tayyorlov yoshidagi bolalarga xos bo‘lgan yetakchi jihatdir.
Maktabgacha ta’lim muassasalari nutq o‘stirish mashg‘ulotlarida fikrlashning bunday ko‘rinishlarini tizimli ravishda amalga oshirib borish, bolalarni turli vaziyatlarda o‘zlari istagan xulosalarni chiqarish va aytishga odatlantirishni shakllantiradi. Bu esa kelgusida yuksak natijalarni qo‘lga kiritishga asos bo‘lishi muqarrar.
Ushbu fikrlarning amaliy namunasini ertak – mashg‘ulot misolida ko‘rish mumkin. Masalan, maktabgacha ta’lim muassasalarining maktabga tayyorlov guruhiga o‘zbek xalq ertagi “Zumrad va Qimmat” multfilmi ko‘rsatiladi. Bu bolalarni fikrlashga yo‘naltirishning dastlabki bosqichi. Ayni zamonda – bilim. Bolalar bilimni ertak misolida o‘zlashtiradi. Ularda tabiiy ravishda har ikkala bosh qahramonga nisbatan ichki munosabat shakllanadi. Biriga ijobiy, ikkinchisiga esa o‘z-o‘zidan salbiy munosabat paydo bo‘ladi. Tarbiyachi tarbiyalanuvchida shakllangan mana shu dastlabki munosabatdan oqilona foydalana bilishi maqsadga muvofiq. Buning asosiy usuli – bolalarga savollar bilan murojaat qilish. Avval, osonroq, chuqur mulohaza talab qilmaydigan savollar o‘rtaga tashlanadi. Asta-sekin ular murakkablashtirib boriladi. Unutmaslik lozimki, murakkab savollarga hamma bola javob bera olmasligi mumkin. Bolalarga quyidagi savollar bilan murojaat qilish mumkin:
1. Sizga qaysi obraz ko‘proq yoqdi? Nima uchun aynan shu obraz?
2. Gullar va hayvonlar nimaga Zumradni yaxshi ko‘radi? Nega ular Qimmatni yoqtirishmaydi?
3. Zumradga xos bo‘lgan fazilat va Qimmatga xos sifatlarni aytib bering.
4. Sehrgar kampir Zumradni nima uchun mukofotladi?
5. Qimmat nega jazolandi?
6. Siz ko‘proq kimga o‘xshashni istaysiz? Sababini tushuntiring.
7. Sizningcha, Zumradga o‘xshash osonmi yoki qiyin?
8. Nega Qimmatga o‘xshashni istamaysiz? Unga o‘xshash osonmi yoki qiyinmi? Buni qanday bildingiz?
9. Qimmatning dangasa, ishyoqmas, erinchoq va injiq qiz bo‘lib qolishiga nima sabab bo‘lgan deb o‘ylaysiz?
10. Zumradning aqlli, mehribon, mehnatsevar qiz bo‘lishiga-chi?
11. Qimmatga o‘xshagan o‘rtog‘ingiz bo‘lishini istaysizmi? Nima uchun?
Bolalar savollarga javob berarkan, tarbiyachi ularning matn mazmunini takrorlashga chalg‘ib ketishiga yo‘l qo‘ymasligi, har bir bolani, iloji boricha, o‘z fikrini aytishga, bir-birini takrorlamaslikka yo‘naltirishi, alohida fikr aytganlarni rag‘batlantirib turishi maqsadga muvofiq. Suhbat tugagach hamma qizlar Zumradga o‘xshashni, o‘g‘il bolalar ham ana shu obrazdek o‘rtog‘i bo‘lishini xohlashadi. Endi bolalarning diqqati ularda Zumradning hayotiga o‘xshagan holatni aniqlashga qaratiladi va bolalarga shunga yo‘naltiruvchi savollar bilan murojaat qilinadi:
1. Qani, menga ayting-chi, kim ertalab bog‘chaga borish uchun oyisi uyg‘otmasdan, avval, o‘zi turadi?
2. Kim yotgan o‘rnini o‘zi yig‘ishtiradi?
3. Oramizda nonushta tayyorlashga oyisiga yordam beradiganlar bormi?
4. Oyisiga xarxasha qiladiganlar bo‘lmasa kerak-a?
5. Kim oyisi bergan kiyimni injiqlik qilmay kiyadi?
6. Kim sovg‘a so‘ramay, ertalabdan aqlli bola bo‘lib bog‘chaga keladi?
Bu kabi savollarga javob berish asnosida bola o‘ziga tashqaridan nazar tashlaydi, kundalik hayotini kuzatadi, xatti-harakatlaridagi yaxshi va yomon sifatlarni taftish qiladi. Shu tariqa qahramonlar shaxsi tahlili misolida o‘zini o‘zi tarbiyalab boradi. Zumradga o‘xshagan yaxshi qiz bo‘lish oson emasligini, buning uchun anchagina huzur-halovatdan kechishga to‘g‘ri kelishini, mehnat qilish kerakligini anglaydi. Dangasalik, erinchoqlik, ishyoqmaslik, injiqlik zararli ekanini ham ularga tushuntirish kerak. Qimmatning yomon qiz bo‘lib qolishi, guruhlaridagi hamma bolalar uni yomon ko‘rib qolishiga sabab nima bo‘lganiga bolalarning diqqatini qaratish o‘rinli bo‘ladi. Taraqqiyotning mazkur bosqichida adabiy qahramonlarning shaxsi, xatti-harakati, fe’l-atvorini shu tariqa tahlil qilib o‘rgangan bola ta’limning keyingi bosqichida badiiy asarlar ustida ishlaganda ham, o‘z hayoti davomida yuz bergan voqea-hodisalarga ham o‘zlaricha yondashadi. Asta-sekinlik bilan oq-qorani, to‘g‘ri-noto‘g‘rini, halol-haromni farqlab, yaxshini o‘ziga singdirib, yomonidan qochib shakllanadi. O‘z ma’naviy kamoloti yo‘lida o‘zi bevosita ishtirok etadi.
Download 23,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish