A`zoning quvvatiga ko`ra dori berish 3 yo`l bilan amalga oshiriladi
1) A`zoning boshqaruvchi ekanligiga rioya qilish
2)A`zoning hamkorligiga rioya qilish
3) Sezgining o`tkir va o`tmasligiga rioya qilish
Qo`yilgan talab va shartlar quyidagilardan iborat
1.
Dorivor mahsulot olinadigan o`simlikni tasvirlay bilishi va uni boshqa
o`simliklardan farqlab, ajratib olish kerak.
2
. Dorivor o`simlik olinadigan jug’rofiy joyni aniqlash lozim.
3
. Dorivor o`simliklarni yig’ish vaqtini va zamonini bilish shart.
4
. Yig’ilgan dorivor xom ashyolarni tozalab bilish, qanday sharoitda quritish va
saqlash shartlarini bilish.
5.
Dorilarning organizmga ta`sir mexanizmini bilish lozim.
6
. Dorivor o`simliklar, hayvon mahsulotlarini mizojini va mizoj darajasini
aniqlay bilishi shart.
133
7
. Yig’ilgan sodda dorivor moddalarga sharqona tabobat uslubida ishlov berib,
polufabrikatlar tayyorlashni va bu polufabrikatlarni saqlash shartlarini bajarish
lozim.
8
. Agar zarurat tufayli murakkab darmonlar tayyorlansa, dorivor mahsulotlarni
mizoj darajalariga asoslangan holda, ularni qay nisbatda va qanchadan qo`shishni va
tayyorlangan darmonni yetilish, ya`ni iste`molga tayyor bo`lish vaqtini, uning
kayfiyat va mizojini va shuningdek, uning iste`mol miqdorini aniqlash kerak.
9
. Beriladigan darmonni sutkalik iste`mol miqdorini, iste`mol vaqtini uning
zarari-nojo`ya ta`siri va bu zararni isloh qilish tadbirlarini bilish kerak.
10
. Ibn Sino tadbiri bilan aniqlangan sodda dorivorlar mizoji va mizoj
xarakterini bilishi shart.
Sodda dorivor mahsulotlarni tanlash, yig’ish, quritish va saqlash shartlari
:
Har bir xastalikni mahalliy davo bilan muolaja qilmoq lozimdir. Zeroki, har bir
hududdan olingan davo mahsuloti shu joy xastaliklariga yaxshiroq va tezroq ta`sir
qiladi. Buqrotning bu fikrini tahlil qilmoqchi bo`lsak, bemor yashayotgan mintaqa
va shu mintaqada o`sayotgan dorivor o`simlik va yashayotgan hayvon shu mintaqa
ob - havo muhitining mahsuli bo`lib, ular mizoj jihatidan bir biriga munosibdir.
Dorivor mahsulotlarni, asosan ularni o`zlari tanlab o`sgan joylardan yig’ish
yaxshiroqdir. Chunki tabiiy yoki boshqacha qilib aytganda, yovvoyi holda o`sgan
dorivor mahsulotlar, madaniy yoki ekib o`stirib olinganlarga nisbatan shifobaxshligi
to`la quvvatli, kuchlidir. Tabiiyki, dorivor o`simliklar tabiatning hamma
mintaqalarida jumladan, tog’larda, cho`l va sahrolarda uchraydi. Ularning bunday
tarqalishi, shu o`simlik mizojini uning o`sishi, ulg’ayishi va voyaga yetishi uchun
ayni muhitning mos kelishligi bilan bog’liqdir. Shunday bo`lsada, ba`zi bir
o`simliklarni hamma mintaqalarda uchratamiz. Shu bilan birga keyingi paytlarda
ba`zi bir dorivor o`simliklarni iqlimga moslashish uslubi bilan bir jug’rofiy
muhitdan ikkinchi bir jo`g’rofiy muhitga o`stirish, yovvoyi o`simliklarni
134
madaniylashtirish ishlari ham amalga oshmoqdaki, bu sharq tabobati dori tayyorlash
ishlariga ancha qiyinchilik tug’diradi. Chunki bunday jarayonni boshdan kechirgan
o`simlik yoki hayvonda xohlaymizmi - xohlamaymizmi mizoj o`zgarishi bo`ladi.
Buning sababi shuki, o`simlikning o`sish va rivojlanish jarayonida quyoshning
osmon burjidagi o`rni, esayotgan shamol, yerning namligi va hokazolar shu o`simlik
o`sishiga ta`sir qilib uning tana va hosil zichligini, ta`mini, hidini, rangini paydo
bo`lishida bilvosita va bevosita ishtirok etadi.
Masalan, O`zbekistonda yetishtirilgan qovun - tarvuz urug’ini Rossiya yerlarida
yetishtirilgan hosillar misolida yoki bo`lmasa, o`z vatani hisoblangan zaytun
daraxtini O`rta yer dengizi sharoitidan Rossiyanng Krasnodar o`lkasida yetishtirish
kabilardir.
Dorivor o`simliklarni tog’lardan, tog’ yon bag’irlaridan, cho`l va
sahrolardan, o`rmonlardan, shuningdek, ekiladigan maydonlardan yig’amiz, ammo
hamma dorivor o`simliklar hamma joyda uchramaydi. Har bir o`simlikning o`ziga
taalluqli yashash sharoiti va muhiti bo`lishi lozim. Misol, kovar o`simligi tog’ yon
bag’ridagi toshloq, cho`l va sahrodagi qattiq yerlarda hatto qadimiy Buxoro,
Samarqand, Urganch, Shaxrisabz, Termiz kabi shaharlarimizning eski tosh va pishiq
g’ishtdan qurilgan binoning tom va devorlarida o`ssa, bargizub (baqayaproq)
o`simligi jilg’alarning adirlariga qo`yiladigan doimiy nam joylarida, ariq bo`ylarida
va ekiladigan, namligi ko`p joylarda o`sadi.
Bu misollardan maqsad shuki, har bir o`simlikning o`ziga xos o`sish joyi va
sharoitlari bo`ladiki, bu joy va muhitda ular o`sib, rivojlanish, nasl qoldirishga qodir
bo`ladi.
Ana shunday sharoitda o`sgan o`simlik sog’lom baquvvat bo`lsa, ularni
tabobatda ishlatish maqsadga muvofiqdir. Tog’, cho`l va sahrolardan olingan
o`simliklar ekiladigan maydonlardan olinganiga nisbatan, hajmi kichik, moddasi
zich, shifobaxshligi kuchli va shiddatli bo`lishi bilan birga, aksariyat holatlarda tog’,
135
sahro va cho`llardan olingan dorivor mahsulotlar issiq mizojlilik xususiyati bilan
kuchliroq bo`ladi.
Ekiladigan maydonlardan olingan dorivor mahsulotlarning issiqlik mizoji tog’,
sahro va cho`ldan olinganlarga nisbatan kamroq bo`ladi, chunki ularning moddasi
g’ovak, namligi ko`p, ta`mi, hidining o`tkirligi kamroq bo`ladi.
Ekiladigan joylardan yig’ilgan dorivor moddalarning ko`pchiligi birinchi
ikkinchi darajada issiq, mo`tadil, yoki bo`lmasa sovuq, ho`l mizojlidir. Bemorlarga
darmon va parhez buyurishda buni e`tiborga olish lozimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |