Farmon Ergashovich Nurboeyv, Shahlo Shavkatovna Tillоeva, Dilbar Baxriddinovna Raxmatova


Dorivor mahsulotlarni olish va saqlash qoidalari



Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/204
Sana25.06.2022
Hajmi2,9 Mb.
#704055
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   204
Bog'liq
dorivor

Dorivor mahsulotlarni olish va saqlash qoidalari

Sizga ma`lumki, dorivor o`simliklarni ildizi, tanasi va uning po`stlog’i, bargi, 
guli, mevasi, urug’i, o`simlik shirasi, yelimi, ildiz mevasi dorivor mahsulot sifatida 
olib saqlanadi va zarurat tug’ilganida ulardan dori-darmonlar tayyorlanadi.
O`simlik mahsulotlarini umumiy yig’ish vaqti, chang, g’uborsiz, yomg’ir va qorsiz 
havoda bo`lishi kerak. O`simliklar ildizini yig’ish vaqti kech kuzda, ya`ni o`simlik 
barglari sarg’ayib, to`kila boshlaganida yoki erta bahorda, hali o`simliklar o`sish 
harakatiga kirmasdan oldin bajariladi, chunki bu davrda o`simliklarda modda 
almashinish jarayoni juda sekinlashgan bo`lib, ulardagi namlik shira va boshqa 
hayotiy zarur moddalar ildizda to`plangan bo`ladi. O`simlik ildizini olayotganda 
quyidagilarga e`tibor berish lozim: qurigan, chirigan, chirish arafasida bo`lgan va 
juda egri-bugri tomirlar olinmaydi. Olinayotgan ildiz ko`rinishi jihatidan hamma 
kamchiliklardan xoli, sog’lom bo`lishi shart.
Undan tashqari ildiz yoshi hisobga olinadi, chunonchi shirinmiyaning 4-6 
yoshli ildizi olinadi. 4 yoshdan yoshi va 6 yoshdan kattasi tabobatda yaroqsiz, yoki 
bo`lmasa mehrigiyo ildizining moddasi tabobatga yaroqlidir, erkagiga nisbatan 
tabobatda yaxshiroqdir va hokazo. Olingan ildizlar yaxshilab yuviladi, har xil 
aralashmalardan tozalab, saralab olinadi, so`ngra poldan yuqori shamol tegadigan 
soya joyda yoki maxsus ayvonlarda quritiladi. Ildizlar namligi me`yorida, ya`ni 


136 
egilib juda qiyinchilik bilan sinish darajasiga yetgach, yig’ib olinib, 20-25 sm 
uzunlikda qirqib kandir yoki qog’oz xaltalarda solib namdan yuqori joyda saqlanadi. 
Izoh
: har bir o`simlikdan olinadigan mahsulotning tartibi, ularni tozalash, 
saralash, quritish, qay yo`sinda asrash va muddatlari, shu o`simlik uchun "Tib 
qonunlari" kitobida mukammal bayon etiladi. Dorivor o`simlikning barg, shox va 
tanasi yuqoridagi umumiy tartibda toza havoda, iloji boricha ertalabki yig’ib olib 
quritiladi va saqlanadi. Bunda barglar sog’lom va hali sarg’ayib so`lmagan bo`lishi 
kerak. 
O`simlikning yelimi esa, ertalabki toza havoda o`simlik guli to`kilish davrida 
yig’ilib olinadi. Uning namligi o`rtacha bo`lib, uvalanish darajasiga etmagan bo`lishi 
kerak. Yelimlar asosan og’zi yopiq shisha va sopol idishlarda saqlanadi.
Mabodo, o`simlik shirasi olinmoqchi bo`lganda, o`sha o`simlik tanasi toza 
havoda quyosh botishidan 1 - 1,5 soat oldin, uning mevasi yetilib kelish davrida 
pichoq yoki uchi o`tkir metall bilan tilinadi va undan sizib chiqqan shira ertalabki 
quyosh chiqishidan oldin, quyosh chiqish arafasida pichoq uchi bilan yig’ib olinadi 
va og’zi yopiq shishadan qilingan idishda saqlanadi. Yoki bo`lmasa terak, tok kabi 
o`simliklarni tanasi bahor faslining boshlanishida chopiladi, chopilgan joydan 
ularning suvi sizilib chiqib, toma boshlaydi, uning tagiga shisha idish qo`yib, yig’ib 
olinadi va saqlanadi. 
Dorivor o`simliklarning po`stlog’i asosan, o`simlik mevasi pishgandan so`ng, 
yoki kuzda yig’ib olinib, quritish zarurati bo`lsa, soyada quritilib qog’oz xaltalarda 
saqlanadi. Dorivor sifatida ishlatiladigan o`simliklarning guli, g’unchasi to`la 
ochilgan o`simliklardan ertalabki quyosh chiqmasdan oldin terib olinib, soyada 
quritiladi va qog’oz xaltada saqlanadi. Mevalar to`liq yetilib pishgandan keyin, 
so`lmasdan oldin yirik, serob, nuqsonsiz, hidi o`tkir, ta`mida ham kamchiliksiz, terib 
olib, zarur bo`lsa quritib saqlanadi. Urug’liklar, to`liq yetilib pishib, o`simlik so`la 
boshlaganda teriladi. Bunda ularning yaroqsiz, nimjon, chala yetilgan, qurtlaganlari 


137 
yoki kasallanganlari olinmaydi. Urug’liklar, asosan qog’oz xaltalariga solib 
saqlanadi.
Tabiblar o`simliklarning barg, ildiz, meva, shuningdek, o`simlikning 
yerni ustki va ostki qismini yaxshi sifatli sog’lom a`zolaridan sodda dori sifatida 
usora, rubb, yog’lar tayyorlab, ularni asrab qo`yganlar va kerakli vaqtda ishlatganlar. 
O`simlik a`zolaridan usora, rubb, yog’larni olishdan maqsad, ularning mevasi, guli, 
barglari o`zida shirasini uzoq vaqt saqlay bilmasligi yoki aynib chirishi yoki 
bo`lmasa qurtlashligidir. Sharq xalqlarining tabobat xazinasidan foydalanib, rubb, 
usora va yog’lar tayyorlab bu dorivor mahsulotlarni yil 12 oy ishlata olish mumkin. 

Download 2,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish