Farmon Ergashovich Nurboeyv, Shahlo Shavkatovna Tillоeva, Dilbar Baxriddinovna Raxmatova


Har bir bo`shatishda quyidagi besh narsani nazarda tutish kerak bo`ladi



Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/204
Sana25.06.2022
Hajmi2,9 Mb.
#704055
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   204
Bog'liq
dorivor

 
Har bir bo`shatishda quyidagi besh narsani nazarda tutish kerak bo`ladi. 
1.Bo`shatilishga lozim bo`lgan narsani chiqarish. Bu xil bo`shatilishdan keyin, 
albatta inson rohatlanadi, lekin rohat sezilmasa, bo`shalish orqasidan ichaklarning 
charchashi, issiqlik qo`zg’alishi, bir kunlik isitma yoki boshqa kasallikning paydo 
bo’lishi kuzatiladi. Masalan, surgidan ichaklarning shilinishi va siydik haydovchi 
doridan qovuqning yaralanishi kabi kasalliklar paydo bo`ladi. Natijada bunday 
bo`shalish foyda qilsa ham u sezilmaydi. Lekin bu holatlar tezda yo`qolib ketadi. 
2. Qaysi tarafdan bo`shatish kerakligini o`ylash kerak, masalan ko`ngil 
aynishda o’stirish bilan va ichak og’rig’ida surgi bilan tozalanadi. 
3.Bo`shatiladigan (narsa) chiqadigan joyda turuvchi a`zoni aniqlash kerak. 
Masalan: jigar kasalliklarida o`ng qifol emas, balki o`ng boshliq tanlanadi. Chunki 
hammom yomon xiltni sirtga tortadi. Hammom qishda ich surishga yordam beradi.
4. Bo`shatish vaqtini bilish zarur . 
5. Gavdadan chiqariladigan modda miqdorini belgilash. Bu esa yomon 
xiltlarning qancha ekanligi, kishining quvvatini va bo`shatishdan keyingi yuzaga 
keladigan holatlarni ko`zda tutish bilan hosil bo`ladi.
Ichni surish va uning qonuniyatlari 
Surgi dori iste`molidan ilgari sovuq mizojli kasalliklarda dorini qabul qilishga 
gavdani tayyorlash, teri teshiklarini kengaytirish va tabiatni yumshatish zarur. 
Ichni surishdan ilgari tabiatning yumshoq qilinishi yaxshi qonun bo`lib, unda 
hech qanday xavf yo`q, faqat zarabga moyil kishilar bundan mustasno. Chunki tili 
chuchuk kishilar , ich burilishi borlar zarab kasalligiga moyil kishilar bo`lib, ular 


116 
kuchli surgi dorini ko`tara olmaydilar. Ularning ich buzuqliklari ko`proq 
boshlaridan tushadigan nazladan bo`ladi. 
Ichaklarda quruq cho`kmalar bo`la turib surgi ichish xavfli ishlardandir. Ularni 
ich surishdan avval huqna qilish bilan bo`lsa ham yoki suyultiruvchi – 
sirg’antiruvchi narsa yordamida bo`lsa ham chiqarish zarur bo`ladi. Agar biror 
boshqa qarshilik qiladigan narsa bo`lmasa, surgidan bir necha kun ilgari hammomga 
tushish ichni suyultirib, kishini ich surishga tayyorlovchi yaxshi narsalardandir. 
Surgi ichgandan keyin hammomga tushilmaydi. Chunki hammom yomon xiltni 
sirtga tortadi. Surgi ichuvchi kishining atrofidagi havo terlatmaydigan, betoqat 
qilmaydigan darajada bir oz issiqqa yaqin bo`lishi zarur. Uqalash, yog’ bilan 
ishqalash ham surgi ichishga tayyorlovchilardandir. 
Ilgari dori ichmagan kishiga kuchli surgi ichirishga shoshilmaslik kerak. Me`dasi 
buzilgan, yopishqoq xiltlari bor, qovurg’alarining ko`miklari tagida tortishish bor 
kishining va ichki a`zolarida alangalanish va tiqilma bor kishining to o`sha 
kasalliklari tuzalguncha surgi ichish kerak emas. 
Turib qolgan suvni ichuvchilar va talog’i kasal kishilar kuchli surgiga muhtoj 
bo`ladilar. Kuchli surgi ichgan kishi dori amal qilishidan oldin uxlashi, kuchsiz surgi 
ichgan kishi esa uxlamasligi yaxshiroq. Dori ichganda tinch turish kerak, toki tabiat 
uni o`rab unga ta`sir qilsin. Agar surgi ichishda hididan nafrat qilsa, burun 
teshiklarini bekitish kerak. 
Qaynatilib tayyorlangan suyuq surgining iliq holda ichilishi va surgi habning 
iliq suvda ichilishi kerak. So`ng dori ichgan kishining me`dasi va oyog’i issiq 
tutilishi kerak. Dori ichib ko`ngil tinchigach turib oz-oz harakat qiladi, vaqti-vaqti 
bilan issiq suv ichib turiladi. 
Yozning issig’ida surgi qiluvchilarning ko`pi isitma kasalligiga uchraydi. 
Dori ichuvchining me`dasi safroli bo`lib, unga safro tez quyilib tushishi sababli 
yoki ovqatdan saqlashni va ochlik zamoni uzaygani sababli, me`dasi yemay turishga 


117 
chidamasa, u kishiga dorini ichirib, ich surishdan ilgari bir oz sharobda ivitilgan non 
yediriladi. 
Qaynatmalar bilan ichilishi zarur bo`lgan xablarni o`zlariga hamjins 
qaynatmalar bilan ichish kerak. Masalan: safroni suruvchi xabni shaxtara
qaynatmasi bilan, savdoni suruvchi xabni devpechak va chilpoya kabi qaynatmalar 
bilan ichish zarur. 
Surgi dori ichirilganiga ancha vaqt o`tsa ham, ichni surmaganda, mumkin qadar 
dori yengillatiladi va bemor qo`zg’atilmaydi. 
Falaj va sakta holatidagi kishilarda dorilarning kerakli joyga borib turishdagi 
yo`llari tor bo`lib, ich surish ularda qiyin bo`ladi. 
Bir kunda ikki xil surgi iste`mol qilish xatarli va noto`g’ridir. 
Surgi dori iste`mol qilgan kishi ikkinchi kuni hammomga tushmog’i kerak. Shu 
vaqtda xiltlardan qoldiq qolgan bo`lsa tozalanadi. 
Surgi dorini bahorda yoki kuzda ichish kerak. Sirius yulduzining chiqish vaqti, 
tog’da qor tushgan va qattiq sovuq vaqti surgi ichish vaqti emas. 
Ich surish tomirlarning zaifligi, tomirlar teshigining kengligi, surgi dorining 
tomirlar teshigini achishib kuydirishi, ich surishdan yoki o`rnini bosuvchi biror 
narsadan badandagi mizojning buzilishi sababli ortiq darajaga yetib boradi. Ichni
surish juda oshib ketsa, ho’l va oyoqlarni yuqoridan pastgacha, qo`ltiqdan va son 
boshidan quyigacha bog’lab tushish kerak. U kishiga bir oz taryoq va filuniyo ham 
ichirish lozim. Mumkin bo`lsa, hammomda yoki kiyimlarga o`rab, suv bug’i bilan
terlatiladi. 
Bemorga rayhon suvi, sandaldan, kofurdan, mevalardan siqib olingan suvlardan 
tayyorlangan laxpaxalar beriladi. Kasalning sirtqi a`zolarini uqalash, alanga 
yordamida qo`yiladigan qortiqlar bilan qizdirish kerak. 
Surgi dori surmasa, kasalning ichi burab og’risa, tabiatini buzib, uni bezovta
qilsa, boshini og’ritsa, kerishish va esnash paydo qilsa, huqnaga va ma`lum 


118 
ko`tariladigan dorilarga murojat qilish kerak bo`ladi; bunda uch ko’ram mastakini 
iliq suv bilan ichirish lozim. Ko`pincha dori ustidan burishtiruvchi narsalarni ichish, 
behi va olma kabilarni yeyish dorining kuchini oshiradi. Chunki ular me`da og’zini 
va uning tubini qisadi, ko`ngil aynishini bosadi, dorini yuqoridan pastga yurgizadi va 
tabiatini kuchaytiradi. Agar huqna foyda bermay yomon holatlar, ya`ni badan 
tortishishi, ko`zning kosasidan o`ynab chiqishi kabilar paydo bo`lsa, dorining 
harakati yuqoriga bo`lsa, albatta tomirdan qon olish kerak. 

Download 2,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish