110
II-BOB. IBN SINO TA’LIMOTIDA DAVOLASH USULLARI
2.1. §. Bemorlarni sharqona tabobat uslubida parvarish qilish.hammom,
tuz, qum ta`siri: ko`rsatma va monelik.
Hammomning tabiiy ishi odamni o`z havosi bilan qizdirishi va o`z suvi
bilan qo`llashidir. Hammomning birinchi xonasi sovituvchi va ho`llovchi bo`ladi,
ikkinchisi qizdiruvchi va ho`llovchi, uchinchisi qizdiruvchi va qurituvchi bo`ladi.
Agar hammomning suvi juda issiq bo`lsa, teri teshiklarini toraytiradi va natijada
namlik badanga o`tmaydi, bunda ularning erib tarqalishi ham yaxshi bo`lmaydi.
Hammomning suvi ba`zan qizdiradi, ba`zan esa sovitadi.
Agar suvning issiqligi qaynoqlikka yaqin bo`lsa, bunday suv o`z issiqligi bilan
qizdiradi. Agar suv kam isigan bo`lsa, sovitadi va ho`llaydi. Bu holat sovuq suv
bilan huqna qilinganda ham bo`ladi. Chunki huqna
gavdaga sovuq holda kirsa,
hammom havosidan olinadigan issiqlikni kamaytiradi va uni ichki a`zolarga
to`playdi. Hammom ba`zan xiltlarni eritib tarqatish bilan qizdiradi. Agar
hammomga tushgan kishida ovqat hazm bo`lmagan bo`lsa va unda birorta sovuq va
yetilgan xilt bo`lsa, hammom buni hazm qilib yetiltiradi.
Ba`zan quruq hammom qabul qilinadi, chunki u quritadi va isitadi, bo`sh
badanli kishilarga foyda qiladi, ba`zida esa ho’l hammom qabul qilinadi, u tanani
ho`llaydi. Ba`zida hammom nahorda va bo`sh me`daga qabul qilinadi,
shunda u
gavdani juda quritib ozdiradi va zaiflashtirib yuboradi.
Ba`zan esa hammom to`yishdan sal o`tgandan keyin qabul qilinadi. Shunda u
moddani gavdaning sirtiga tortish bilan semirtiradi, lekin u a`zolarga me`da va
jigardan hali yetilgan ovqatni tortish bilan tiqilmalar paydo qiladi. Ba`zi vaqtda
birinchi hazmning oxiri va me`da bo`shashidan oldin iste`mol qilinadi. Bu foydali
bo`lib, mo`tadil darajada semirtiradi.
Hammomning ko`p foydali tomonlari bilan birga zararli tomonlari ham mavjud.
111
U zaiflashgan a`zolarga chiqindilarning quyilishini osonlashtiradi.
Badanni
bo`shashtiradi, asabga zarar etkazadi, tug’ma issiqlikni tarqatadi, ishtahani
pasaytiradi va jinsiy aloqa quvvatini zaiflashtiradi.
Hammom o`zidagi suvlarga qarab turli fazilatlarga ega bo`ladi. Agar suvga
tabiiy ravishda soda aralashgan bo`lsa yoki u dengiz suvi bo`lsa,
yoki unda kul
moddasi bo`lsa, yoki u sho`r bo`lsa, bunday suv moddalarni eritib tarqatadi va
yumshatadi. Tana g’ovakligini va semizlikni yo`qotadi. Moddalarning yaralarga
quyilishiga yo`l qo`ymaydi va rishta kasalligiga duchor bo`lganlarga foyda qiladi.
Misli, temirli va sho`r suvlar sovuq va ho`l kasalliklarga, bo`g’im og’riqlariga,
bo`shashishga, buyrak kasalliklariga foyda qiladi. Singan joylarning bitishini
kuchaytiradi. Yiringli shishlar va turli yaralarga ham foyda qiladi. Misli suvlar og’iz
yaralariga, tilchadagi chiziqlarga, ko`z qovog’ining
tushishiga, quloqdan yiring
oqishiga foyda qiladi. Temirli suv esa me`da va taloqqa foyda qiladi.
Achchiq toshli suvlar isitib cho`milganda qon tupurish, bavosir, hayzdagi qon
ketish, sababsiz bola tashlash va haddan tashqari ko`p terlashga foyda qiladi.
Oltingugurtli suv esa asablarni tozalaydi, tortishish va tirishishdagi og’riqlarni
bosadi, gavda sirtini yomon va uzoqqa cho`ziladigan yaralar va toshmalardan,
yomon dog’lardan, sepkildan tozalaydi.
Bo`g’im
xastaliklarida, taloq va jigarga quyiladigan chiqindilarni tarqatadi,
bachadon qattiqligiga foyda qiladi, lekin me`dani bo’shashtirib, ishtahani
kamaytiradi. Issiq quyoshda badanni qizdirish xususan u tez yurish va chopish kabi
kuchli harakatlar vaqtida bo`lsa, chiqindilarni kuchli
ravishda eritib tarqatadi,
terlatadi, qorin ko`pchishini yo’qotadi, gavda bo`shashgandagi va istisqodagi
shishlarni tarqatadi.
Agar tana quyoshdan ta`sirlansa, dag’allashadi, qurib yoriladi va qorayadi,
shunda tana teshiklarining og’zi go`yo kuyadi va tarqalishiga yo`l qo`ymaydi.
112
Quyoshda bir joyda o`tirib toblanish, ko`chib yurishga qaraganda terini kuchliroq
kuydiradi.
Bunda moddalarning tarqalishiga qarshilik ko`proq bo`ladi.
Teri atrofidagi namliklarni ko`proq quritadigan qumlar dengiz qumlaridir.
Ba`zan u issiq bo`lsa, unda o`tirish, ba`zan esa badanni ko`mish mumkin bo`ladi.
Zaytun yog’i uzoq cho`ziladigan sovuq isitmalarga foyda qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: