Farmon Ergashovich Nurboeyv, Shahlo Shavkatovna Tillоeva, Dilbar Baxriddinovna Raxmatova



Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/204
Sana25.06.2022
Hajmi2,9 Mb.
#704055
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   204
Bog'liq
dorivor

Mavzu savollari 
1.Sog’likni saqlash tadbirlari shartlari nechta va qaysi lar 
2.Kishini mizojini mo’tadil qilish tadbiri haqida tushuncha 
3.Ovqatlanish tadbiri 
4.Uyqu va uyg’oqlik tadbiri haqida 
5.Tanqiya haqida tushuncha 
6.Tarbiya haqidagi tadbir, bolalarda uchraydigan kasalliklar,ularni davolash 
7.Yil fasllariga qarab havoni sog’lomlashtirish tadbiri to’g’risida
8.Badantarbiya tadbiri haqida
9.Tishlani axvoli va unga tegishli kasalliklar haqida


110 
II-BOB. IBN SINO TA’LIMOTIDA DAVOLASH USULLARI 
2.1. §. Bemorlarni sharqona tabobat uslubida parvarish qilish.hammom, 
tuz, qum ta`siri: ko`rsatma va monelik. 
Hammomning tabiiy ishi odamni o`z havosi bilan qizdirishi va o`z suvi 
bilan qo`llashidir. Hammomning birinchi xonasi sovituvchi va ho`llovchi bo`ladi, 
ikkinchisi qizdiruvchi va ho`llovchi, uchinchisi qizdiruvchi va qurituvchi bo`ladi. 
Agar hammomning suvi juda issiq bo`lsa, teri teshiklarini toraytiradi va natijada 
namlik badanga o`tmaydi, bunda ularning erib tarqalishi ham yaxshi bo`lmaydi. 
Hammomning suvi ba`zan qizdiradi, ba`zan esa sovitadi.
Agar suvning issiqligi qaynoqlikka yaqin bo`lsa, bunday suv o`z issiqligi bilan 
qizdiradi. Agar suv kam isigan bo`lsa, sovitadi va ho`llaydi. Bu holat sovuq suv 
bilan huqna qilinganda ham bo`ladi. Chunki huqna gavdaga sovuq holda kirsa, 
hammom havosidan olinadigan issiqlikni kamaytiradi va uni ichki a`zolarga 
to`playdi. Hammom ba`zan xiltlarni eritib tarqatish bilan qizdiradi. Agar 
hammomga tushgan kishida ovqat hazm bo`lmagan bo`lsa va unda birorta sovuq va 
yetilgan xilt bo`lsa, hammom buni hazm qilib yetiltiradi. 
Ba`zan quruq hammom qabul qilinadi, chunki u quritadi va isitadi, bo`sh 
badanli kishilarga foyda qiladi, ba`zida esa ho’l hammom qabul qilinadi, u tanani 
ho`llaydi. Ba`zida hammom nahorda va bo`sh me`daga qabul qilinadi, shunda u 
gavdani juda quritib ozdiradi va zaiflashtirib yuboradi. 
Ba`zan esa hammom to`yishdan sal o`tgandan keyin qabul qilinadi. Shunda u 
moddani gavdaning sirtiga tortish bilan semirtiradi, lekin u a`zolarga me`da va 
jigardan hali yetilgan ovqatni tortish bilan tiqilmalar paydo qiladi. Ba`zi vaqtda 
birinchi hazmning oxiri va me`da bo`shashidan oldin iste`mol qilinadi. Bu foydali 
bo`lib, mo`tadil darajada semirtiradi.
Hammomning ko`p foydali tomonlari bilan birga zararli tomonlari ham mavjud. 


111 
U zaiflashgan a`zolarga chiqindilarning quyilishini osonlashtiradi. Badanni 
bo`shashtiradi, asabga zarar etkazadi, tug’ma issiqlikni tarqatadi, ishtahani 
pasaytiradi va jinsiy aloqa quvvatini zaiflashtiradi.
Hammom o`zidagi suvlarga qarab turli fazilatlarga ega bo`ladi. Agar suvga 
tabiiy ravishda soda aralashgan bo`lsa yoki u dengiz suvi bo`lsa, yoki unda kul 
moddasi bo`lsa, yoki u sho`r bo`lsa, bunday suv moddalarni eritib tarqatadi va 
yumshatadi. Tana g’ovakligini va semizlikni yo`qotadi. Moddalarning yaralarga 
quyilishiga yo`l qo`ymaydi va rishta kasalligiga duchor bo`lganlarga foyda qiladi.
Misli, temirli va sho`r suvlar sovuq va ho`l kasalliklarga, bo`g’im og’riqlariga,
bo`shashishga, buyrak kasalliklariga foyda qiladi. Singan joylarning bitishini 
kuchaytiradi. Yiringli shishlar va turli yaralarga ham foyda qiladi. Misli suvlar og’iz 
yaralariga, tilchadagi chiziqlarga, ko`z qovog’ining tushishiga, quloqdan yiring 
oqishiga foyda qiladi. Temirli suv esa me`da va taloqqa foyda qiladi. 
Achchiq toshli suvlar isitib cho`milganda qon tupurish, bavosir, hayzdagi qon 
ketish, sababsiz bola tashlash va haddan tashqari ko`p terlashga foyda qiladi. 
Oltingugurtli suv esa asablarni tozalaydi, tortishish va tirishishdagi og’riqlarni 
bosadi, gavda sirtini yomon va uzoqqa cho`ziladigan yaralar va toshmalardan, 
yomon dog’lardan, sepkildan tozalaydi. 
Bo`g’im xastaliklarida, taloq va jigarga quyiladigan chiqindilarni tarqatadi, 
bachadon qattiqligiga foyda qiladi, lekin me`dani bo’shashtirib, ishtahani 
kamaytiradi. Issiq quyoshda badanni qizdirish xususan u tez yurish va chopish kabi 
kuchli harakatlar vaqtida bo`lsa, chiqindilarni kuchli ravishda eritib tarqatadi, 
terlatadi, qorin ko`pchishini yo’qotadi, gavda bo`shashgandagi va istisqodagi 
shishlarni tarqatadi. 
Agar tana quyoshdan ta`sirlansa, dag’allashadi, qurib yoriladi va qorayadi, 
shunda tana teshiklarining og’zi go`yo kuyadi va tarqalishiga yo`l qo`ymaydi. 


112 
Quyoshda bir joyda o`tirib toblanish, ko`chib yurishga qaraganda terini kuchliroq 
kuydiradi. 
Bunda moddalarning tarqalishiga qarshilik ko`proq bo`ladi.
Teri atrofidagi namliklarni ko`proq quritadigan qumlar dengiz qumlaridir. 
Ba`zan u issiq bo`lsa, unda o`tirish, ba`zan esa badanni ko`mish mumkin bo`ladi. 
Zaytun yog’i uzoq cho`ziladigan sovuq isitmalarga foyda qiladi. 

Download 2,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish