2. O‘tilayotgan fanning asosiy nazariy materiali 1-mavzu: “Tilshunoslik va tabiiy fanlar” fanining o’rganish obyekti, maqsadi va vazifalari


-mavzu: Tilshunoslikning tabiiy fanlarga ta’siri



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/54
Sana23.06.2022
Hajmi1,14 Mb.
#697390
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54
Bog'liq
TILSHUNOSLIK VA TABIIY FANLAR

23-mavzu: Tilshunoslikning tabiiy fanlarga ta’siri 
Reja: 
1.Tilshunoslikning tabiiy fanlarga ta’siri 
2. Ilmiy-texnik atamalarni tartibga solish muammosi 
Tayanch tushunchalar: tilshunoslik, tabiiy fanlar, ilmiy-texnik atamalar,
ilmiy-texnik atamalarni tartibga solish muammosi, A. Madvaliyev, ilmiy-texnik 
atamalar, R.Doniyorov, H.Jamolxonov. 
Biz yuqorida ko’proq tilshunoslikning tabiiy fanlar erishgan yutuqlardan 
oziqlanishi haqida fikr yuritdik (bu o’rinda ijtimoiy-gumanitar fanlardan boshqa 
barcha fanlar nazarda tutiladi). Shuni ta’kidlash kerakki, fanlar sistemasida turli 
fanlar o’zaro munosabatda, aloqada ekan, bu aloqa hech qachon bir tomonlama 
bo’lmaydi. Ma’lum bir fan boshqa bir fanga ta’sir qilarkan, ayni paytda, u aks 
ta’sirga ham uchraydi. Tilshunoslikning tabiiy fanlar bilan munosabatida ham 
shuni kuzatish mumkin. Tilshunoslik tabiiy fanlar yutuqlaridan bahramand bo’lishi 
bilan birga, o’z navbatida, tilshunoslik ham mazkur fanlarga ma’lum ta’sirini 


118 
ko’rsatadi. Ayniqsa, bu turli fanlar atamalarini me’yorlashtirish, atamalar lug’atini 
tuzish tamoyillarini belgilashda yorqin namoyon bo’ladi. 
Tabiiy fanlar bo’yicha atamalarni me’yorlashtirish va bu fanlarga xos 
atamalar izohli lug’atini tuzishda tilshunoslar tabiiy fan vakillariga amaliy yordam 
bermoqdalar. Xususan, kimyo atamalari bo’yicha filologiya fanlari nomzodi 
Abduvahob Madvaliyev, ilmiy-texnik atamalar bo’yicha professor Renat 
Doniyorov, botanika atamalari bo’yicha filologiya fanlari nomzodi, dotsent 
Hasanboy Jamolxonov singari bir qator olimlar barakali mehnat qilmoqdalar.
65
Ayniqsa, mustaqillik yillarida ilmiy-texnik atamalarni tartibga solish 
muammosi ko’tarildi. Umumiy texnik atamalarni tartibga solishning lingvistik 
asoslari bayon qilindi.
66
Ilmiy-texnik atamalarni tartibga solish muammosi o’zbek tiliga davlat tili 
maqomi berilishi munosabati bilan yanada jiddiy tus oldi. Vazirlar Mahkamasi 
qoshida mazkur muammo bilan shug’ullanadigan atamaqo’m tashkil etildi. 
Shundan buyon atamaqo’m qoshida tabiiy fanlarning turli sohalari bo’yicha bir 
necha bo’linmalarda ilmiy-texnik atamalarni muvofiqlashtirish bo’yicha jiddiy 
ishlar olib borilmoqda. Bu ishlarning muvaffaqiyatli amalga oshishida, tabiiy 
ravishda, tilshunoslar ko’magiga suyanmoqdalar. 
Tilshunoslar ilmiy-texnik atamalarni tartibga solishda tabiiy fan vakillariga 
qanday ko’mak berishlari mumkin? 
Avvalo, yangi ilmiy-texnik tushunchalarni ifodalash uchun atamalar 
belgilashda tilshunoslik faniga suyanadi. Yangi tushunchalarga ikki xil yo’l bilan 
atamalar belgilanadi: 1) o’zbek tilining o’z ichki imkoniyatlari asosida; 2) boshqa 
tillardan so’z olish asosida. 
Har ikki holda ham tabiiy fanlar tilshunoslik yutuqlariga tayanadi. O’zbek 
tilining ichki imkoniyatlari asosida atamalar tanlashda o’zbek tilining 
leksikografiyasi, dialektologiyasi erishgan yutuqlarga suyaniladi. 
Boshqa tillardan so’z olish muammosi bo’yicha esa o’zbek tilshunosligining 
fonetika, leksikologiya, etimologiya bo’limlari erishgan yutuqlar asosida ish 
ko’riladi. 
Masalan, o’zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi arafasida matbuotimizda 
atamalarni izga solish bo’yicha Ovrupo tillaridan olingan atamalarni chiqarib 
tashlab, o’rniga arabiy va forsiy atamalarni yoki atama variantlarini qo’llash 
tavsiya etuvchi maqolalar paydo bo’ldi. Masalan, samolyot o’rniga tayyora, institut 
o’rniga oliygoh kabi. Fors-tojik tilida 
goh 
«o’rin», «joy» ma’nosi bildirishi
shuning uchun u oliy sifatini ololmasligi, ya’ni «oliy joy (o’rin)» ma’nosi «ilm 
oladigan joy» ma’nosini bermasligi, shuning uchun institut o’rniga tavsiya etilgan 
oliygoh atamasi noto’g’ri ekani tilshunoslar tomonidan to’g’ri ko’rsatib berildi. 
65
Дониёров Р. Ўзбек тили техник терминологиясининг баъзи масалалари. – Тошкент, 1977; 
Мадвалиев А. Химия терминологиясида дублетлик ва уни минимумга келтириш масаласи // Ўзбек 
терминологиясида лексик вариантлар. – Тошкент, 1979. – Б.80 – 103; Зокиров К., Жамолхонов Ҳ. 
Ўзбек ботаника терминологияси. – Тошкент, 1966. 
66
Нурмонов А.Н., Сўфихўжаев Н.М., Тешабоев А.Т. Ўзбек тилига Европа тилларидан олинган 
илмий-техник терминларга доир мулоҳазалар // Таълим муаммолари. – Тошкент, 1999. №3. – Б.36 
– 38. 


119 
Ayrim lotincha ilmiy-texnik atamalar asrimiz boshlarida o’zbek tiliga rus tili 
orqali qabul qilindi. Shuning uchun rus tiliga lotin va yunon tillaridagi atamalar 
qaysi fonetik qiyofada o’zlashtirilgan bo’lsa, shundayligicha qabul qilindi. 
Masalan, geografiya, algebra kabi. Shuni ta’kidlash kerakki, lotin va yunon 
tillaridan ilmiy terminlar asrimiz boshlarigacha ham o’zbek tiliga o’zlashgan edi. 
Lekin bunday terminlarning ko’pchiligi arab tili orqali o’tgani uchun arab tilining 
fonetik xususiyatiga moslashtirilgan variantda qabul qilingan edi. Masalan, 
jug’rofiya, aljabr. Chunki arab tilida 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish