115
Dialektologiyada ma’lum bir tilning dialektal xususiyatlarini aniqlash, mazkur
xususiyatlarni aks ettiradigan dialektal atlaslar tuzish kabi muammolar o’rganiladi.
Dialektal atlaslar tuzilishi dialektologiyadan lingvistik geografiyaga o’tish
davri
hisoblanadi. Demak, lingvistik atlas tuzish dialektologiya materiallariga
asoslanadi.
Buni tilning barcha sathlari bo’yicha kuzatish mumkin. Masalan, «j» va «y»
lashish xususiyatlariga ko’ra shevalarning farqlanishi va ularning tarqalish
geografiyasini kartada belgilash; hurmat ma’nosini ifodalashda -larning
qo’llanilish doirasini aniqlash
va uni kartaga tushirish; I shaxs ko’plik
ko’shimchasi -
vuz
ning tarqalish o’rinlarini aniqlash va ularni kartada ko’rsatish;
do’ppi, takya, kallapo’sh
leksemalarining qo’llanilish hududlarini aniqlash, ularni
kartada belgilash va h.k.
Yuqoridagilardan ko’rinadiki, dialektal xususiyatlarni kartalashtirish masalasi
geografiyaning topografiya bo’limi bilan uzviy bog’lanadi va uning yutuqlariga
asoslanadi. Lingvistik geografiyada
izoglossa
va
til landshafti
tushunchalari
markaziy o’rin egallaydi.
Mos hodisalarning u yoki bu a’zosi tarqalgan
eng chet nuqtalarni
tutashtiruvchi atlas kartasidagi chiziq
izoglossa
deyiladi. Muayyan bir til uchun
ma’lum bo’lgan izoglossalar yig’indisi va ularning shu til hududida joylashish
xarakteri
til landshafti
sanaladi.
Ma’lum bir tilning muayyan hududida tarqalgan izoglossalar yig’indisi yoki
«til landshafti» lingvogeografiyani o’rganish obyekti sanaladi.
Lingvistik geografiyaning paydo bo’lishi va rivojlanishi tildagi dialektal
farqlanishlarni kartalashtirish va dialektologik atlaslar yaratish bilan bog’liqdir.
Bunday atlaslar xilma-xil bo’lishi mumkin; ayrim hududni
aks ettiruvchi atlaslar,
turli sistemaga mansub tillarning tarqalishini aks ettiruvchi atlaslar va h.k.
Lingvistik geografiya XIX asrning 70 – 80-yillarida dunyoga keldi. Ayrim til
hodisalarining hududiy bir-biriga mos kelmaslik holatlarining kuzatilishi lingvistik
geografiyaning maydonga kelishiga asos bo’ldi. Bu bilan bog’liq ravishda dialektal
chegaralarning mavjud emasligi haqidagi tasavvur vujudga keldi. Ana shuning
natijasida P.Meyer, G.Paris kabi olimlar umuman dialektlar mavjud emas, degan
xulosa chiqardilar. Bu xulosa esa mutaxassislarda e’tiroz tug’dirdi. Munozara faqat
lingvistik hodisalarni sistemalashtirish va kartalashtirish
orqaligina hal qilinishi
lozim bo’lib qoldi. 1876 yili Germaniyada G.Venker nemis tilining lingvistik
atlasini tuzish uchun materiallar to’play boshladi.
Uning ishini F.Vrede davom ettirdi. 1926 yili kartaning bir qismi nashr etildi.
1902 – 1910 yillari Fransiyada J.Jilyeron va E.Edmon tomonidan «Fransiya
lingvistik kartasi» yaratildi. Bu karta roman va german tillari lingvistik
geografiyasining rivoji uchun katta ta’sir qildi. Oradan ko’p o’tmay Shveysariya,
Ispaniya, Italiya singari mamlakatlarda lingvistik atlaslar paydo bo’ldi.
Keyinchalik alohida mamlakatning ma’lum viloyatlari,
shaharlari, lingvistik
atlaslar vujudga keldi. Masalan, Shimoliy Italiya shaharlari lingvistik atlasi.
Sho’rolar davrida ham lingvistik geografiyaga ma’lum darajada e’tibor
qaratildi. R.I.Avanesov, V.M.Jirmunskiy, B.A.Larin, F.P.Filin, M.A.Borodina,
116
N.3.Gadjiyeva singari olimlar lingvistik geografiyaning shakllanishi va
rivojlanishiga katta xizmat qildilar.
64
60-yillardan boshlab turkiyshunoslar ham lingvistik geografiyaga, lingvistik
atlas tuzish muammolariga diqqatini jalb etdilar. Bu muammoga bag’ishlangan
V.M.Jirmunskiy, M.Sh.Shiraliyev, N.B.Burganov va L.3.Zalyay, G.B.Bakinova,
N.A.Baskakov,
L.A.Pokrovskaya,
E.V.Severtyan,
V.Reshetov,
Sh.Shoabdurahmonov, A.Shermatov singari olimlarning
qator asarlari maydonga
keldi.
Afsuski, o’zbek tilshunosligida mazkur muammo hanuzgacha poyoniga
yetgani yo’q.
Do'stlaringiz bilan baham: