2. O‘tilayotgan fanning asosiy nazariy materiali 1-mavzu: “Tilshunoslik va tabiiy fanlar” fanining o’rganish obyekti, maqsadi va vazifalari



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/54
Sana23.06.2022
Hajmi1,14 Mb.
#697390
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   54
Bog'liq
TILSHUNOSLIK VA TABIIY FANLAR

 
Adabiyotlar: 
1.
Grishman R. Computational linguistics//Cambridge University Press, 1994. 
2.
Jurafsky D., Martin J.H. Speech and Language Processing. - New Jersey
2000. 
3.
Rahimov A. Kompyuter lingvistikasi asoslari. – Toshkent: Akademnashr, 
2011. 
4.
Пўлатов А. Компьютер лингвистикаси. - Тошкент: Академнашр, 2011.
 
5.
Пўлатов А.К., Муҳамедова С. Компьютер лингвистикаси (ўқув 
қўлланма). - Тошкент, 2008 
6.
Шемакин Ю.И. Начало компьютерной лингвистики. - М.: Высшая 
школа, 1992. 
7.
Нелюбин Я.Я. Компьютерная лингвистика и машинный перевод. -М.: 
ВЦП, 1991. 
8.
Нурмонов А., Йулдошев Б. Тилшунослик ва табиий фанлар. -Тошкент: 
Ўқитувчи, 2001.
 
21-mavzu: Tilshunoslik va semiotika 
 
Reja: 
 
1.
Semiotika. 
2.
Lingvistik belgi nazariyasi. 
Tayanch tushunchalar: belgi, semiotika, V.Gumboldt, Shleyxer, Shteyntal, 
L.Breal, A.Meye, F.Fortunatov, I.A.Boduen de Kurtene, F.de Sossyur,
lingvistik 
belgilar,
Morze alifbo sistemasi, musiqa ijrolari, mimika va imo-ishoralar, 
yorug’lik va tovush signallari. 
1.Til kishilar o’rtasidagi eng muhim aloqa vositasidir. U obyektiv borliqdagi 
ma’lum voqyea-hodisa haqida axborot tashuvchi asosiy vosita. Bunday axborot 
tashishning boshqa yo’llari ham borligi ma’lum bo’ladi. Masalan, yo’l harakatidan 
ma’lumot beruvchi vositalar, yo’ldan o’tish-o’tmaslik xabarini beruvchi vositalar 
va h.k. Bu jihatdan til ham axborot berish uchun xizmat qiladigan yuqoridagi 
vositalar sirasiga kiradi. Ularning hammasi uchun umumiy narsa, avvalo, o’zi 
haqida, shu bilan birga, borliqdagi ma’lum narsa-hodisalar haqida ma’lumot 
berishdir. Bunday vositalar belgilar deb nomlanadi. Inson o’zini qurshab turgan 
olamni bilish jarayonida olam unsurlarini obrazlar orqali ongida aks ettiradi va bu 
ongda aks etgan olam unsurlari belgi orqali ifodalanadi. 
62
Sosial axborotning har 
qanday moddiy ifodalovchilari belgi hisoblanadi. 
62
Нурмонов А. Лисоний белги хусусиятлари ҳақида. Андижон, 1992, 3-бет. 


103 
Tilning belgilar sistemasi ekani uning asosiy xususiyati va universal 
tomonidir. 
XIX asr oxiriga qadar belgi nazariyasi bilan asosan faylasuflar 
shug’ullandilar. Faqat XIX asr oxiridan boshlab bu masala ruhshunoslarning ham 
diqqatini jalb etdi.
Belgi haqidagi falsafiy nazariya o’zining uzoq tarixiga ega. Qadimgi ellinlar 
narsaning mohiyati va ularning nomlanishi yuzasidan ilmiy bahslaridayoq yashirin 
holda belgi tushunchasiga asoslangandilar. 
Faylasuflar ta’sirida XIX asrdan tilning umumiy nazariyasiga bag’ishlangan 
deyarli barcha lingvistik asarlarda so’z ikki tomonlama xarakterga ega bo’lgan 
belgi sifatida talqin qilina boshlandi. V.Gumboldt, Shleyxer, Shteyntal, L.Breal, 
A.Meye, F.Fortunatov, I.A.Boduen de Kurtene, asarlarida so’zga belgi nuqtai 
nazaridan yondashiladi. Lekin F.de Sossyur tilning belgili tabiatini aniq-ravshan 
yoritib berdi. Hatto belgi nazariyasi bilan shug’ullanuvchi alohida fan – 
semiologiya fani mavjud bo’lishini va lingvistika ham semiologiya tarkibiga 
kirishi lozimligini ta’kidladi. 
Hozirgi kunda belgilar sistemasini o’rganuvchi alohida fan – semiotika 
maydonga keldi. 
Til ham belgilar sistemasi sifatida e’tirof etilarkan, demak, u ham 
semiotikaning tarkibiy qismi sifatida qaralishi va semiotikaning boshqa qismlari 
bilan uzviy aloqada o’rganilishi lozim. 
Lingvistik belgilar bilan boshqa belgilar sistemasi (masalan, Morze alifbo 
sistemasi, musiqa ijrolari, mimika va imo-ishoralar, yorug’lik va tovush signallari 
va h.k.) muayyan umumiylikka ega. Ular quyidagilardan iborat: 
a) hammasi ma’lum axborot tashiydi; 
b) hammasi sosial hodisa. Chunki ular jamiyatga xizmat qilish uchun jamiyat 
tomonidan yaratilgan; 
v) hammasi moddiylikka ega (lekin bu moddiylik turlicha ko’rinishga ega: 
yorug’lik to’lqini, tovush to’lqini, grafik tasvir va h.k.); 
g) hammasi obyektiv borliqni ifodalaydi. 
Lingvistik belgilar bilan boshqa belgilar sistemasi o’rtasida yuqoridagi kabi 
umumiy jihatlardan tashqari, qator farqli tomonlar ham mavjud. Ular 
quyidagilardan iborat: 
1. Til kishilar o’rtasida eng muhim aloqa vositasi sanalib, u umuminsoniy 
xususiyatga ega. Barcha kishilar o’zining turli xil faoliyat doirasida lingvistik 
belgilar vositasida o’z fikrini bayon qiladi. Boshqa turdagi belgilar esa bu jihatdan 
ma’lum guruh doirasida chegaralangani bilan farqlanadi. 
2. Lingvistik belgi har qanday axborotni, insonning ichki kechinmalarini 
chegaralanmagan holda ifodalash, boshqa belgilar esa chegaralangan axborotni 
ifodalash imkoniga ega. Masalan, musiqa insonning ichki kechinmalarini, 
hissiyotlarini ifodalashi mumkin. Lekin u tushuncha va hukmlarni ifodalolmaydi. 
3. Lingvistik belgi kishilarning obyektiv olam haqidagi bilimlarini 
boshqalarga uzatish vazifasini bajarish bilan birga so’zlovchining mazkur 
axborotga munosabatini, ayni paytda, tinglovchiga ta’sir qilish vazifasini ham 
bajaradi. Bu jihatdan, boshqa belgilar sistemasi faqat axborot berish (imo-ishoralar, 


104 
Morze alifbosi, yorug’lik to’lqini va h.k.) yoki tinglovchiga ta’sir qilish (muzika) 
vazifasini bajaradi. 
4. Lingvistik belgilardan boshqa barcha belgilar sistemasi insonning sun’iy 
ijod mahsulidir. Ular ma’lum guruhning kelishuvi yo’li bilan sun’iy ravishda 
yaratiladi. Lingvistik belgilar esa jamiyatning u yoki bu a’zosi ixtiyoriga bog’liq 
bo’lmagan holda rivojlanadi. Har bir yangi avlod shu jamiyatning tarixiy tarkib 
topgan va uzluksiz rivojlanishda bo’lgan tilini o’zlashtiradi, keyingi avlodga 
yetkazadi. 
5. Lingvistik belgining yana eng muhim belgisi uning diskretligi, ketma-ket 
joylashuvi va erkinligidir.
Lingvistik belgalar inson kommunikativ faoliyatining asosini tashkil qiladi. 
Boshqa barcha belgilar sistemasi kommunikasiya jarayonida tovushlar yordamida 
ifodalanayotgan axborotga qo’shimcha axborotni bildirish yoki «tovush nutqi»ga 
yordamchilik qilish vazifasini o’taydi. 
Kishilar o’z nutqiy faoliyatida tez-tez qo’llab turadigan mimika va turli xil 
imo-ishoralar ham nutqni kuzatib boruvchi qo’shimcha vositalar sanaladi. Ba’zi 
o’rinlarda qisman uning o’rnini bosishi mumkin. 
Lingvistik belgilar inson kommunikativ faoliyatining asosini tashkil etadi. 
Boshqa barcha belgilar sistemasi kommunikasiya jarayonida tovushlar yordamida 
ifodalanayotgan axborotga qo’shimcha axborotni bildirish yoki «tovush nutqi»ga 
yordamchilik qilish vazifasini bajaradi. 
Kishilar o’z nutqiy faoliyatida tez-tez qo’llab turadigan mimika va turli xil imo-
ishoralar ham nutqni kuzatib boruvchi qo’shimcha vositalar sanaladi. Ba’zi 
o’rinlarda qisman uning o’rnini bosishi mumkin. 
2.Inson o’zini qurshab turgan olamni bilish jarayonida uning unsurlarini 
obrazlar orqali ongida aks ettiradi va bu ongda aks etgan olam unsurlari belgi 
orqali ifodalanadi. Sotsial axborotning har qanday moddiy ifodalovchilari belgi 
hisoblanadi.
Tilning belgilar sistemasi ekani uning asosiy xususiyati va universal 
tomonidir. XIX asrdagi belgilar sistemasiga bag’ishlangan falsafiy asarlar orasida 
Ch.S.Pirsning asari alohida ajralib turadi. Semiotikaning asoschisi sanaluvchi 
Ch.Morrisning Ch.S.Pirs qarashlariga tayanishi ham bejiz emas. Garchi F.de 
Sossyurning “Umumiy lingvistika kursi” asarida Ch.S.Pirs asarlariga ishora 
sezilmasa ham, ammo bu ikki olamning belgilar haqidagi qarashlarida bir-biriga 
juda o’xshashlik bor. Shuning uchun R.O.Yakobson: ikki olimning belgilar 
sistemasining o’rganishdagi harakatida qandaydir genetic aloqa bormi yoki fikriy 
muvofiqlikni uchratamizmi, degan masalani hal qilish juda qiziqarli bo’lar edi”, - 
degandi.
Ch.Pirs belgilarni birinchi marotaba tasnif qiladi. U tasnifda belgining 
moddiy tomoni – ifodalovchi bilan ifodalanmish o’rtasidagi farqlanishga 
asoslanadi. Ana shu belgi asosida Ch.Pirs belgilarni uch katta guruhga ajratadi: 


105 
1.
Sanam belgilar. Bunday belgilar ifodalovchi ma’lum darajada 
ifodalanmish bilan o’xshashlikka ega bo’ladi (masalan, hayvonlarning 
tasvir belgisi sifatida aks ettirilishi). 
2.
Indeks belgilar. Bunday belgilarda ifodalovchi ifodalanmish bilan sabab-
natija yoki boshqa munosabat (yaqinlik, makon va zamondagi bog’liqlik 
va h.k.) orqali bog’lanadi. Masalan, tutun olovning indeks belgisi 
sanaladi. 
3.
Simvol belgilar. Bunday belgilarda ifodalovchi bilan ifodalanmish 
o’rtasida shartli, konvensional, motivlanmagan munosabat mavjud 
bo’ladi. Bu munosabat erkin va ma’lum qoida asosida vujudga keladi. 
Ana shu jihatdan lingvistik belgilar simvol belgilarga o’xshaydi. Lekin 
belgilar tipologiyasida alohida o’rin egallaydi. 
Motivlanmagan belgilar ichida lingvistik belgi alohida o’rin tutadi. 
Lingvistik belgilar konvensionalligi bilan motivlnmagan barcha belgilar bilan 
umumiylikni hosil qilsa-d, ammo axborot tashish imkoniyatining kengligi, 
diskretligi, akustikligi, ko’psathliligi va bu sath birliklari o’rtasidagi pog’onali 
(ierarxiyali) munosabatning murakkabligi bilan boshqa motivlanmagan belgilardan 
farqlanadi. Shuning uchun lingvistik belgi alohida tipdagi belgidir. F. de Sossyur 
ham lingvistik belgining qurilish modelini tavsiya etib, uning ikki asosiy 
tamoyilini belgilaydi: ifodalanmishning erkinligi va ketma-ketligi.
Birinchi tamoyil ifodalovchi va ifodalanmish o’rtasidagi munosabat asosida 
belgilanadi.
Bu o’rinda erkinlik atamasining ma’nosiga alohida ahamiyat berish lozim. 
Garchi lingvistik belgining ifodalovchi va ifodalanmish tomoni o’rtasidagi 
munosaabat erkin bo’lsa-da, lekin bundan so’zlovchi belgining ifodalovchi 
tomonini erkin tanlaydi, degan xulosaga kelmaslik lozim. 
So’zlovchi lingvistik belgining jamoatchilik tomonidan qabul qilingan 
ifodalovchi tomoniga ozgina bo’lsa-da o’zgarish kiritolmaydi. U o’zining til 
xotirasida o’zgacha bo’lgan ifodalovchi va ifodalanmish munosabatidan tashkil 
topgan lingvistik belgini bir butun holda o’zlashtiradi.
Lingvistik belgining 
erkinligi faqat 
uning ifodalovchi tomoning 
ifodalanmish tomoniga nisbatandir. Chunki bu ikki tomon o’rtasida hech qanday 
tabiiy aloqa yo’q.
Lingvistik belgining ikkinchi tamoyili ifodalovchining ketma-ketligidir. F. 
de Sossyur as arid mazkur tamoyil birinchi tamoyilga nisbatan kamroq o’rin olgan 
bo’lsa ham, lekin unga kata ahamiyat berildi. Ifodalovchi o’z tabiatiga ko’ra 
eshitish sezgisi orqali qabul qilinsh xususiyatiga ega bo’lgani tufayli vaqtda 
kengayib boradi. Shuning uchun u vaqt belgisiga ko’ra tavsiflanadi: a) u cho’ziqlik 
belgisiga ega; b) cho’ziqlik bir o’lchovli sanaladi. 


106 
Lingvistik belgining ketma-ketligi uning oshqa belgilar bilan sintagmatik 
munosabatni ko’rsatadi. Lingvistik belgining mazkur xususiyati til va nutq 
aloqasiga ishora qiladi. 
Lingvistik belgining uchinchi xususiyati ham mavjud. Bu ifoda tomoning 
diskretligi, ya’ni mayda elementlarga ajralish xususiyatidir. Diskretlik lingvistik 
belgining ketma-ketlik xususiyati bilan uzviy bog’liq. Nutqiy jarayonda o’zaro 
ketma-ket qo’llanuvchi lingvistik belgilar parchalanish xususiyatiga ega. 
Ifodalovchi tomondan bo’linishning eng kichik parchasi tovush sanaladi. 
Shuningdek, belgi ifodalanmish tomondan ham parchalanish xususiyatiga ega. 
Masalan, opa leksemasi “qarindoshlik”, “bir bo’g’inga mansublik”, “kattalik”, 
“ayol jinsiga mansublik” smalari umumlashmasidir Lekin mazkur bo’linish ilmiy 
tafakkur mahsuli bo’lib, ifodalovchi bo’linishidan tamoman farqlanadi. 
Ifodalanmish tomondan bo’linishning eng kichik parchasi esa sema sanaladi.
Tilshunoslikda tilning belgilar sistemasi ekaniga ikki xil yondashuv bor. 
Ularning birinchisi tilning belgilar sistemasi ekanini umuman rad etadi. Bu 
nazariya marksistik falsafaga zid idealistic nazariya sifatida baholanadi. Xususan, 
L.O.Reznikovning dastlabki asarlarida ushbu nuqtai nazar yorqin aks etadi. Uning 
fikricha, tilshunoslikda agnostisizm, birinchi navbatda, tining belgilar sistemsi 
ekani haqidagi nazariyada ifodalanadi. In’ikos nazariyasiga asoslangan dialektik 
materialistic ta’limot agnostisizmning mazkur ko’rinishini keskin tanqid qilish 
lozimligini ta’kidlaydi. Lingvistik belgi haqidagi nazariya g’ayriilmiy nazariyadir. 
U tilshunoslikka eng zararli agnostic qarashlarning kirib qolish vositasidir., 
shuning uchun uni fosh qiish va rad etish zarur deydi.
R.A.Budagov ham lingvistik belgi haqidagi nazariyani inkor etadi. U har 
qanday milliy til ma’lum ifodalar sistemasigina emas, balki bu tilde muloqot 
qiluvchilarning barcha faoliyatini o’ziga xos aks ettirish natijasi hamdir, deydi. 
Uning ta’kidlashicha, tilning belgili tabiati konsepsiyasi milliy tilar tabiatini, shu 
bilan birga, lingvistikani ham nihoyatda kambag’allashtiradi.
Lingvistik belgi nazariyasini inkor etuvchilarning hammasi lingvistik belgi 
tabiati haqidagi bir yo’nalish – monoletariistik ( belgining bir yoqlamaliligi) 
yo’nalihga nisbatan fikr yuritadilar. Belgini faqat shakldan iborat, degan fikrga 
asoslanadilar.
B.A.Serebrennikov to’g’ri ta’kidlanganidek, lingvistik belgi nazariyasini 
umuman rad etuvchi olimlar ikki narsani – kommunikatsiya vositasi sifatida 
lingvistik belgi tabiati va belgi-ma’no-narsa (hodisa) munosabati muammolarini 
aralashtiradilar.
Davrlar o’tishi bilan tilning belgilar sistemasi ekani haqidagi nazariya asta-
sekin e’tirof etila boshlandi. Lekin lingvistik belgi tuzilishi masalasida ikki xil 
oqim vujudga keldi.


107 
Birinchi oqim tarafdorlari lingvistik belgi tuzilishiga faqat ifodalovchini 
kiritadilar. Xususan, E.M.Galkina Fedorukning fikricha, tovush kompleksi 
obyektiv borliqdagi ma’lum predmet haqidagi umumxalq tushunchasining 
ifodalovchisidir. Shuning uchun so’z orqali ifodalangan tushunchani emas, balki 
faqat so’zning tovush kompleksigina belgi deyish mumkin. So’zning ma’nosida 
ham belgini ko’rishning har qanday imkoniyatini mutlaqo yo’qotish kerak. So’z 
o’zining tovush sostavi bilan borliqdagi hodisalarning ongdagi in’kosi bo’lgan 
tushunchalarni ifodalaydi, shu bilan birga, tushunchalarni shakllantirib nomlaydi. 
Demak, so’z predmetlar nusxasi ham emas, ularning belgisi ham emas.
Ilgari lingvistik belgi mutlaqo inkor qilgan L.O. Reznikov ham keyingi 
asarlarida mazkur nazariyani e’tirof eta boshladi va faqat tovush komplesinigina 
lingvistik belgi deb hisobladi. U so’zning tovush tomoni moddiy xarakterga ega 
bo’lib, predmetga nisbatan belgi vazifasini bajaradi, deydi. Uning ta’kidlashicha, 
ma’no predmetni bevosita emas, balki bilvosita – tovush tomoni orqali aks ettiradi, 
chunki borliqning umumlashgan ma’noga ega tovushlar kompleksini talaffuz qilish 
jarayonida vujidga keladigan maxsus fiziologik aloqalar sistemasi orqali amalga 
oshirilishi mumkin.
Bu konsepsiyaning faol tarafdorlaridan biri V.Z.Panfilofdir. U bir butun til 
birligini emas, balki faqat uning material tomonini belgi deb hisoblash kerakligini, 
til belgisi ikki tomonli emas, balki bir tomonli mohiyat ekanini ko’rsatadi.
Belgining bir tomonlama ekanini polyak tilshunosi L.Zavadovskiy 
quyidagicha ta’riflaydi: “Belgining ikki tomonlama tabiati tarafdorlari tayangan 
asos to’g’ri. Belgi, darhaqiqat, shuning uchun belgiki, u ma’noga ega. Lekin 
bunday belgi ikki elementdan tashkil topgan bir butunik, kombinatsiya degan 
xulosaga kelmaslik kerak. Axir, bog’ egasini kishi plyus bog’ tarzida ikki 
tomonlama mohiyat sifatida talqin etishi kerakmi?” 
V.M.Solnsev ham belgining bir tomonlama ekanini ma’qullaydi. U ma’noni 
belgi tarkibiga kiritish yoki kiritmaslik, boshqacha aytganda, belgining bir yoqlama 
yoki ikki yoqlama mohiyat ekanini tan olish ko’p jihatdan ma’no-tabiatini turlicha 
tushunishga bog’liqigini ta’kidlaydilar. Hozirgi kunda ma’noni ikki xil tushunish 
mavjud: 1) munosabat turi sifatida belgining ifodalanmish predmetiga munosabati, 
tushunchaga munosabati; 2) ideal aks ettirish sifatida. Birinchi qarash bo’yicha, 
belgiga ikki tomonlama mohiyat sifatida yondashishga asos bor. Ikkinchi qarash 
bo’yicha esa yo’q. Shuning uchun belgining ikki tomonli himoya qiluvchilar blgi 
haqidagi ikkinchi qarashni tanqid ostiga oladilar. Ma’noni tushuncha bilan bir xil 
holda in’ikos kategoriyasi sifatida, ayni paytda, ong fakti sifatida tan olish ma’noni 
belgi tarkibiga kiritishga monelik qiladi va belgini bir tomonlama mahiyat deb 
qarashga asos bo’lib xizmat qiladi.
Ma’no ong fakti sifatida “ideal narsa” (harakat, belgi, miqdor va boshqalar), 
“aqliy predmetdir”. 


108 
Ma’no “aqliy predmet” sifatida xuddi tushuncha kabi turlicha bo’lishi 
mumkin: a) tashqi olamning (turli darajadagi aniqlik va adekvatlik bilan) kopiyasi. 
Masalan, “daraxt” ma’nosi ongda konkret predmetlar sinfining, “yurmoq” ma’nosi 
real harakatlar sinfining aks etishidir; b) tashqi olamni buzilgan holda aks ettirish 
yoki ijodiy fantaziya natijasi: dev, suv parisi va boshqalar.
Ma’noning birinchi tipida d-a-r-a-x-t tovush qatori har qanday real 
predmetni aks ettirish uchun qo’llanilishi mumkin. Bu holda belgi, ya’ni d-a-r-x-t 
tovush qatori o’zidan tashqaridagi ma’lum narsa haqida ma’lumot beradi.
Belgiga ikki tomonlama mohiyat sifatida yondashuvchilar, odatda, “daraxt” 
ma’nosiga ega belgi real borliqdagi predmetni ifodalash uchun xizmat qiladi, 
deydilar. 
V.M.Solnsev talqiniga ko’ra esa d-a-r-a-x-t tovush qatori, ya’ni belgi eng 
avvalo, ma’noga, aqliy predmetga, “umuman daraxt”ga ishora qiladi, shuning 
uchun u har anday konkret “daraxt” bilan muvofiq kelishi mumkin. “Aqliy 
predmet”, “aqliy harakat”, ya’ni umumlashmalar ortida real predmetlar, harakatlar 
turadi va bu umumlashmalar har qanday holda belgi bilan ifodalanishi mumkin.
Ikkinchi tipdagi ma’noda esa (dev, suv parisi) real predmetlar bo’lmagani 
uchun belgi fantaziya mahsuloti sifatida faqat ongda mavjud bo’lgan “aqliy 
predmet”largina ishora qiladi.
Uning fikricha,belgi ishora qilgan narsa belgi tarkibiga kirmasligi kerak. 
Ma’no ong fakti, miya vazifasi sifatida faqat kishilar ongida mavjud bo’ladi. Belgi 
esa moddiy predmet sifatida insondan tashqarida yashaydi. Ma’no belgidan 
ajralmasdir. Lekin, ayni paytda, u to’lig’icha belgiga teng emas.
Belgining ikki tomonlamaligini konsepsiyasida ma’no belgining 
ifodalanayotgan predmetga munosabati sifatida talqin qilinadi. Belgining bir 
tomonlamaliligi konsepsiyasida esa ma’noga munosabat sifatida yondashuvning 
to’g’ri emasligi ta’kidlanadi.
V.M.Solnsevning fikricha, ifoda va ma’no birligi til birligini hosil qiladi. 
Masalan, so’z, morfema. Uning ta’kidlashiga ko’ra , til birligi haqida gap 
ketganda, albatta, uning sostaviga ma’noni qo’shish kerak. Til birligining 
ma’nosida shu tilde so’zlashuvchi xalqning tajribasi aks etgan. Til birligi bir butun 
sifatida o’zining ma’nosi orqali tashqi olam bilan bog’lanadi. Til birligi bir butun 
sifatida belgi emas. U belgi va ma’nodan tashkil topgan.
Ayrim olimlar ong elementlarini ham belgi hisoblash tarafdorlaridir. Hozirgi 
kunda bunday qarash A.A,Ufimseva, N.D.Artyunova tomonidan olg’a surilmoqda. 
Xususan, A.A.Ufimseva borliqdagi predmet va hodisalarning ideal aks etishi 
belgilar dunyosini vujudga keltiradi, deydi.
N.D.Artyunova esa “Grammatik sistemaning minimal birligi haqida” 
maqolasida til ikki belgilar sistemasidan iborat degan xulosaga keladi. Biri tovush 


109 
belgilaridan iborat bo’lib, tushunchani ifodalaydi, ikkinchisi esa borliqdagi 
predmet, hodisalarni aks ettiruvchi tushunchalardan tashkil topadi.
Ikkinchi oqim vakillari belgining ikki tomonlama mohiyatidan kelib chiqib, 
uni ifodalovchi va ifodalanmish birligidan tashkil topgan deydilar (Rassel, 
Sossyur, Vandries, Sepir, Serebrennikov). 
F. de Sossyur “ Umumiy lingvistika kursi” asarida belgini ifodalovchi va 
ifodalanmish birligi sifatida talqin etadi. Uning fikricha, lingvistik belgi narsa va 
uning nomi birligidan emas, tushuncha va akustik obraz o’rtasidagi munosabat 
birligidan iborat. Akustik obraz sof moddiy hodisa emas, balki tovushlarning 
psixik zuhuri hisoblanadi. Bu bilan u belgining abstract mohiyat ekaniga ishora 
qiladi. Fanda mazkur oqim “bilateralistik oqim” nomi bilan mashhur bo’ldi. 
Serebninkovning fikricha, belgining ikki tomonlamaligi konsepsiyasi haqiqatni 
to’g’riroq aks ettiradi. Chunki ma’nodan tashqari belgining bo’lishi umkin emas. 
Tovush qobig’ini ma’nodan ajratish kata metodik xatodir.
Belgining monolateralligini yoqlovchilar ma’noni borliqning aks etihi, belgi 
orqali ifoda qilingan obyektiv fakt deb izohlaydilar. Shu bilan birga, borliqning 
in’ikosi bo’lgan tushuncha ham mavjud. U holda in’ikos etishning bu ikki turi 
o’rtasida, ya’ni ma’no va tushuncha o’rtasida qanday farq bor? E.M.Galkina-
Fedoruk tushuncha mantiq kategoriyasi, ma’no esa lingvistik kategoriya ekanini 
ta’kidlaydi. Lekin B.A.Serebrennikov ko’rsatganidek, bu ikki hodisaning 
yuqoridagi kabi farqlanishi nutqda bir vaqtning o’zida ikki xil aks ettirish 
mavjudligini tushuntirib berolmaydi. E.M.Galkina-Fedoruk tomonidan so’zning 
leksik ma’nosi so’zlashuvchi kollektiv tomonidan borlikning u yoki bu hodisasi 
bilan bog’lanishi sifatida talqin qilinadi.
Darhaqiqat, tushuncha va ma’no o’rtasida kata farq bor. Predmetning 
in’ikosi inson ongida tabiiy ravishda ro’y beradi. Predmet belgilarning 
umumlashmasi sifatida predmet obrazi gavdalanadi.
Tovush kompleksi bilan predmet o’rtasidagi bunday shartli munosabat 
bo’lganda tovush kompleksi ko’rsatish, ishora qiish vazifasini bajaradi. Ma’no 
tushunchadan farqli ravishda doimo hosil qiinadi, tabiiy asosda kelib chiqadi. 
B.A.Serebrennikov ma’no va tushunchani bir-biridan farqlagan holda, 
ma’noning in’ikos kategoriyasi ekanini inkor qiladi. Uning ta’kidlashicha, shartli 
va sun’iy ravishda tiklangan aloqaga hech qachon aks ettirish sifatida qarash 
mumkin emas. Aslida ma’no bu tovush kompleksining tushuncha bilan inson 
tomonidan o’rnatilgan shartli aloqasi. P.V.Chesnokov ham ma’no munosabatda 
mavjud emas, faqat shu munosabatda hosil qilinishini ta’kidlaydi.
I.P.Susov fikriga ko’ra, ifodalanmishning tildagi qarama-qarshi a’zosi bir 
butun belgining barcha tomoni emas, balki uning faqat bir tomoni-substansial 
tomoni sanaladi. Belgining mazkur tomoni uning ifodalanmishidir. Demak, 
ifodalanmish belgining faqat substansial tomonini tashkil etadi. Belgining boshqa 


110 
tomoni ma’no hisoblanadi. Ma’no til ifodasining tildan tashqaridagi 
ifodalanmishga munosabatini ko’rsatadi. Bunga muvofiq, ma’no til 
substansiyasiga funksional qo’shimcha sifatida ishtirok etadi, substansiyaga hayot 
bag’ishlaydi, belgining substansial va funksional tomonlarini bir butun sifatida 
shakllantiradi. A.A.Ufimseva lingvistik belgi ma’nosini aniqlashning murakkab 
ekanini, chunki lingvistik belgining bir vaqtning o’zida bir qancha funksiyada 
kelishini ta’kidlaydi. U belgi shaklining ifodalanmish bilan munosabat bilan 
munosabati ikki tomonlama ekanini ko’rsatadi: 
1) ifodalanmishning belgi shakliga munosabati; 
2) ifodalanmishning predmetga (obyektiv faktga) munosabati.
Bulardan birinchisi ma’no, ikkinchisi esa ifoda hisoblanadi. Belgi 
ma’nosining shakllanishida o’zaro bog’langan yuqoridagi uch qism (belgi predmet 
haqidagi tushuncha-predmet) ma’lum darajada aks etadi. A.A.Ufimseva o’z fikrini 
yanada konkretroq qilib ma’noni belgi vaziyati qismlari o’rtasidagi alohida 
munosabat sifatida xarakterlash mumkinligini ko’rsatadi. Belgi bilan ifoda 
predmeti o’rtasidagi alohida munosabat ostida inson orqali yuzaga chiqadigan 
aloqa tushuniladi.
Bizning nazarimizda, belgining bir yoqlamaligi va ikki yoqlamaligi 
muammosi ma’noga ikki xil yondashuv bilan bogliq. Belgiga bir yoqlama mohiyat 
sifatida yondashuvchilar in’ikos jarayonini uch bosichdan iborat deb talqin 
qiladilar: narsa-narsa belgilarning umumlashmasi, narsa obrazi, ya’ni narsa 
haqidagi tushuncha – akustik xossa (ifodalovchi). Ikkinchi bosqich –narsani aks 
ettirish bosqichi, ong fakti belgidan tashqarida qoldiriladi. Mazkur bosqich 
borliqdagi narsani aks ettirish bosqichi sifatida belgiga ikki yoqlama mohiyat deb 
yondashuvchilar tomonidan ham belgi tarkibiga kiritilmaydi. Bu jihatdan 
yuqoridagi ikki oqim hamfikirdir. Lekin ikkinchi oqim tarafdorlari in’ikos 
jarayonini uch bosqichga emas, balki to’rt bosqichga bo’ladilar. Ma’no bilan 
tushunchani bir-biridan farqlaydilar: narsa-tushuncha-munosabat (ma’no) –akustik 
xossa (ifodalovchi). Bunga muvofiq, ifodalovchi bilan narsaning umumlashgan 
obrazi, ya’ni tushuncha o’rtasidagi munosabat ma’no sanaladi. Shuning uchun 
ma’no belgi tarkibiga kiritiladi. 
Biz ushbu ishda belgining ikki tomonlamaligi haqidagi qarashni 
ma’qullaymiz va in’ikos jarayoning 4 bosqichli ekanini e’tirof etamiz. Lekin 
ma’noni boshqacha talqin qilamiz. Bunga muvofiq, lingvistik birikning mohiyati 
moddiy tomoni bilan ma’no tomonining birligidan iboratdir.
I.P.Susov ma’no mohiyatini anglash va uning xarakterini belgilash uchun 
ifodalovchi va ifodalanmish tahliliga tayanish kerakligini aytadi. Ifodalanmish 
ma’no (смысл), semantik predmet (сигнификат), real predmet (денотат)lar 
birligidan iborat. Ma’no semantic predmetning ajralishiga asos bo’lgan belgilar 
majmuasidir. Belgilar majmuasi bilan ajraladigan aniqlanuvchi predmet semantic 
predmet hisoblanadi. Masalan, tog’a so’zi o’zida quyidagi besh belgini semani 


111 
mujassam etgan ma’nodan iborat: 1) erkak jinsiga ega shaxs; 2) qarindosh; 3) 
o’gaylik belgisi bo’lmagan qarindosh; 4) nisbiy qarindosh; 5) bir avlod katta. 
Yuqoridagi belgi asosida ajraladigan shaxs tog’a so’zining semantic predmeti 
sanaladi. Semantik predmet real predmetning ongdagi in’ikosi sanaladi. 
Yuqoridagi tog’a so’zi ob’ektiv reallikdagi ongdan tashqari mavjud bo’lgan real 
predmetni aks ettiradi.
Semantik predmet ham, real predmet ham ifodalanmish tarkibiga kiradi. 
Ular o’rtasidagi farq shundaki, birinchisi aks ettiruvchi, ikkinchisi esa aks etuvchi 
hisoblanadi. Semantik predmet semantik belgilar semantik konyunksiyasi orqali, 
denotat esa real predmetlar dizyunksiyasi orqali ajratiladi.
Bu jihatdan atoqli va turdosh otlar denotati bir-biridan farq qiladi. Atoqli 
otlar denotati ob’ektiv borliqdagi yolg’iz predmetlar bo’lsa, turdosh otlar denotati 
borliqdagi real predmetlar dizyunksiyasidir.
Shunday qilib, nomlash nazariyasi so’z, semantic predmet, real predmet va 
ma’no bo’lishini taqozo etadi. Tilshunoslikda quyidagilar haqida fikr yuritishga 
to’g’ri keladi: 1) tabiiy til so’zi haqida; 2) bu so’zning semantic ishtirokchilari, 
ya’ni moddiy olamning inson ongida aks etishi va so’z orqali ifodalanishi haqida; 
3) inson ongida aks etadigan va so’z orqali ifodalanadigan ob’ektiv olam 
predmetlari, hodisalari haqida. 
Denotativ ma’no inson ongidan tashqaridagi ob’ektiv olamdagi narsa, 
hodisalar va ular o’rtasidagi aloqalarning ongda aks etishidir. Semantik predmet 
bilan real predmet o’rtasidagi prinsipial farq shundaki, birinchisi aks etadi, 
ikkinchisi aks ettiriladi.
Signifikativ ma’no denotative ma’noga nisbatan ikkilamchi xarakterga ega. 
Chunki olamni bilish jarayonida ob’ektiv olam elementlarining eng muhim 
belgilari inson ongida aks etadi va ongda aks etgan ob’ektiv olamdagi bir qancha 
narsalar, hodisalar haqidagi mazkur psixofiziologik substrat til belgisi orqali 
ifodalanadi.
Anglashiladiki, lingvistik belgining asosiy qismi bir vaqtning o’zida ham 
denotative, ham signifikativ ma’noga ega bo’ladi. Bunday vaqtda lingvistik 
belgining denotat bilan aloqasi signifikat arqali ro’yobga chiqadi. Bunga muvofiq, 
til quyidagi uch hodisani o’zida mujassamlantiradi: 1) material aam hodisasi 
sifatida belgini; 2) obyektiv olamni aks ettiruvchi ideal hodisani; 3) mavjudligi 
ideal hodisaga va uning belgisining mavjudligiga bog’liq bo’lmagan obyektiv 
borliqni.
Lingvistik belgining besh tomoni: Lingvistik belgining inson tomonidan yaratilishi 
va foydalanish xususiyatini e’tiborga olib ayrim mualliflar uni tavsiflashning 4 
tomonini tavsiya etadilar: 
1)
Sintaktik tomon; 
2)
Semantik tomon; 


112 
3)
Sigmatik tomon; 
4)
Pragmatik tomon. 
Bunga lingvistik belgilar o’rtasidagi uyadoshlik munosabatini ham qo’shsak, uning 
besh tomoni haqida fikr yuritish lozim bo’ladi. Lingvistik belgining sintaktik 
tomoni uning boshqa belgilar bilan sintagmatik aloqaga kirishish imkoniyatini 
belgilaydi. Har qanday belgi boshqa belgilar bilan ma’lum munosabatda bo’ladi. 
Ana shunday munosabatlardan biri sintagmatik munosabatdir. Masalan, Qirlar qip-
qizil lolalar bilan qoplangan gapida qoplangan so’zi lolalar, qirlar so’zi bilan, lola 
so’zi qip-qizil bilan ketma-ket bog’langan. Lingvistik belgilar o’rtasidagi ana 
shunday munosabatni R

(B, B
1
) ishorasi bilan belgilash mumkin. Bunda R 
munosabatni, B, B

har qanday belgilarning sintagmatik qatorini ifodalaydi. 
Sintagmatik qatorda har bir belgi boshqa belgining yo oldidan, yoki orqasidan 
o’rin olishi mumkin. Lingvistik belgining mazkur qatorlari har bir tilga xos 
ma’lum qoidalar asosida amalga oshiriladi. Lingvistik belgi boshqa belgilar bilan 
faqat ketma-ket munosabatdagina emas, balki uyadoshlik munosabatida, ma’lum 
bir jihatdan o’zaro bog’lanish, birini ikkinchisi taqozo qilish munosabatida ham 
bo’ladi. Masalan, oq so’zi qora so’zini taqozo qiladi. Ular o’zaro qarama-qarshi 
munosabat asosida bog’langan. Kulmoq, jilmaymoq, qah-qah otmoq o’zaro 
belgining darajalanishi munosabati asosida, ot “irg’it”, ot “hayvon”, ot “ism” 
so’zlari bian shakldoshlik munosabati asosida bog’langan. Bunday munosabat 
lingvistik belgining paradigmatic munosabatini tashkil qiladi. Belgilar inson 
tomonidan ma’lum bir axborotni boshqalarga yetkazish uchun ishlatiladi. Shuning 
uchun ular kommunikatsiya vositasi sanaladi. So’zlovchi belgilar orqali 
tinglovchiga ma’lum axborotni yetkazish bilan birga unga emotsional-ekspressiv 
ta’sir etishni ham maqsad qilib qo’yadi. Demak, belgi mazmunida ko’pincha 
so’zlovchining modal munosabati ham aks etadi. Masalan, yemoq bilan g’ajimoq 
so’zi o’rtasidagi farq so’zlovchining emotsional bahosi mavjud yoki mavjud 
emsligidandir. Zidlnishning birinchi a’zosi bunday belgiga ega emas, ikkinchi 
a’zosi esa ana shunday belgiga ega. Demak, g’ajimoq yemoq so’zi bilan semantic 
va sigmatik yoki denotative va signifikativ nuqtai nazardan umumiylikni tashkil 
etadi. Ular baho munosabatining bor-yo’qligi bilan farqlanadi. Lingvistik belgi 
ifodalagan bunday bunday munosabat pragmatic munosabat, an shunday 
munosabatni o’rganuvchi osha pragmatika hisoblanadi. Lingvistik belgining 
pragmatic tomonini R (B,M) ishorasi orqali ifodalash mumkin.

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish