2. O‘tilayotgan fanning asosiy nazariy materiali 1-mavzu: “Tilshunoslik va tabiiy fanlar” fanining o’rganish obyekti, maqsadi va vazifalari



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/54
Sana23.06.2022
Hajmi1,14 Mb.
#697390
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54
Bog'liq
TILSHUNOSLIK VA TABIIY FANLAR

Lingvistik belgining moddiyligi. 
Har qanday lingvistik belgi akustik 
xossaga ega. Uning akustik xossasi kishilar xotirasida saqlanadi va nutq jarayonida 
ma’lum cho’ziqlikdagi tovush to’lqini sifatida namoyon bo’ladi. Uning moddiy 
mavjudligi tovush to’lqining cho’ziqligiga teng. Kishilar xotirasida mavjud 
bo’lgan u yoki bu belgidan foydalanish jarayonida har qaysi belgi so’zlovchi 
tomonidan har safar yangidan hosil qilinadi. So’zlovchi xotirasida ma’lum belgi 
akustik xossasi haqida oldindan ma’lumotning mavjudligi va so’zlovchi uni 
talaffuz qilish ko’nikmasiga ega bo’lishi mazkur belgini har safar hosil qilish 
imkoniyatini beradi. Shuning uchun har bir belgi bir necha “nusxa”da namoyon 
bo’lish xususiyatiga ega. Til belgisining “ko’p nusxaliligi” alohida “nusxa”larni 


113 
shu belgining variantlari deb qarashga imkon beradi. Bu belgining umumlashgan 
obrazi har qaysi variantlarda, albatta, takrorlanadigan umumiy xususiyatlarni aks 
ettiruvchi invariant sifatida gavdalanadi. 
 
Lingvistik belgi invariant ideal predmet, 
“aqliy narsa”, mohiyadir. U shu belgining mavhum shakli hisoblanishi mumkin. 
Masalan, o’zbek tilida q-a-l-a-m tovush qatori yozish quroli tushunchasi haqida 
ma’lumot beruvchi belgidir. Mazkur belgi turli shaxslar tomonidan nutq tempi va 
balandligi, so’zlovchi nutq apparatining o’ziga xosligiga ko’ra turli sharoitda 
talaffuz qilinganda uning tovush qiyofasi muayyan chegaragacha turli darajada 
o’zgarishga uchraydi. Lekin so’zlashuvchilar talaffuzining har qanday holatida 
ham ularning bir belgi ekanini anglaydilar. Buning sababi so’zlovchilarda shu 
belgining umumlashgan obrai haqida oldindan ko’nikmaning mavjud bo’lishidir. 
 
Ko’pchilik lingvistik adabiyotlarda mavhum belgi til birligi, konkret belgilar yoki 
mavhum belgining “turli nusxalari”, variantlari nutq birligi sifatida talqin qilinadi. 
Mavhum va konkret birliklar o’rtasida gavdalantirish va namoyon bo’lish 
munosabati borligi aytiladi. Konkret birliklar mavhum birlikni namoyon qiladi. 
Mavhum birliklar konkret birliklarni gavdalantiradi.

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish