g
fonemasi bo’lmagani uchun mazkur
fonemani
j
fonemasiga almashtiradi. Arab tilining bunday xususiyatini Zahiriddin
Muhammad Bobur ham «Boburnoma» asarida ta’kidlagan edi. Alloma bu haqda
quyidagilarni yozadi: «Arablar norgilni muarrab (arab tiliga moslashtirib) qilib
norjil derlar».
67
Ayrim tabiatshunos olimlar rus tili orqali kirib kelgan atamalarni o’tmishda
arab tili orqali kirib kelgan atamalar bilan almashtirishni taklif etdilar. Jumladan,
geografiyani jug’rofiyaga almashtirsak, tarixiylik tiklangan bo’ladi degan g’oyani
olg’a surdilar.
Lekin hozirgi kunda
geo
bilan hosil bo’lgan bir qator atamalar tizimi borki,
ularda
g
fonemasini
j
fonemasiga almashtirib bo’lmaydi. Masalan,
geologiyani
julogiya, geodeziyani judeziya, geometriyani jumetriya
deb bo’lmaydi. Geo qismi
bugungi o’zbek tilida bir qancha atamalar tarkibida kelib, bir uya (paradigma)ni
tashkil etarkan, demak, geografiyaning ham o’zi qolgani lingvistik asosga ega.
Ko’rinadiki, ilmiy-texnik atamalarni tartibga solishda ana shunday lingvistik
qonuniyatlar asos rolini o’ynaydi.
Boshqa tillardan birikmali atamalar ham olinishi mumkin. Bunday
atamalarning ko’pchiligi asrimiz boshlarida rus tili orqali kirib keldi.
Birikmali atamalarning katta qismi tarkibiga ko’ra aniqlovchili birikmalar
sanaladi. Aniqlovchili birikmalarning tobe qismi hokim qismga rus tilida xilma-xil
shakllar yordamida bog’lanadi: 1) -(i) cheskiy (-oye, aya-, -skiy (-re, -aya):
borovskoy radius, matematicheskiy analiz; 2) -nыy (-oye, -aya): konturnaya karta;
3) -ыy (-oye, -aya): kolsevoye soyedineniye kabi.
Bu tushunchalarning o’zbek tilida ifodalanishi turlicha: 1) har ikki qismni
tarjima qilish: kolsevoye soyedineniye – doirasimon ulanish; 2) birinchi qismning
grammatik shaklini o’zbek tiliga moslashtirish. Grammatik shaklni moslashtirish
bo’iicha o’zbek tilshunosligida 70-yillar boshlarida ikki xil oqim maydonga keldi.
Ularning birinchisi (Ayub G’ulom boshchiligidagi tilshunoslar) ruscha grammatik
shaklni olib tashlash yoki qisqartirish yo’li bilan o’zbekchalashtirish g’oyasini
olg’a tashladilar. Masalan:
Borovskiy radius – Bor radiusi
Konturnaya karta – Kontur karta
Korrelyasionnыy integral – Korrelyasion integral
Akkumulyatornыy sosud – Akkumulyator idishi
Kontaktnoye gnezdo – Kontakt joyi
Rentgenovskiye luchi – Rentgen nurlari
67
Заҳириддин Муҳаммад Бобур. Бобурнома. – Тошкент: Юлдузча, 1990. – Б.262.
120
Assillograficheskiy integrator – Assillografik integrator
Boshqa bir guruh tilshunoslar esa (Olim Usmon) aniqlovchi qismiga izchillik
bilan -iy, -viy qo’shimchalarini qo’shishni taklif qildilar. Masalan:
Texnicheskiye nauki – Texnikaviy fanlar (texnik fanlar emas)
Rentgenovskiye luchi – Rentgeniy nurlar
Tilshunoslikdagi mazkur ikki oqimning ta’siri tabiiy fanlar bo’yicha tuzilgan
lug’atlarda ham o’z ifodasini topdi. Masalan, S.Z.Zaynobidinov va
Ye.G.Zaugolnikovaning «Inglizcha-ruscha-o’zbekcha lug’at»ida ana shunday
ta’sirni kuzatish mumkin. Masalan, korrelyasionnыy integral korrelyasion integral
deb berilgani holda (175-bet), temperaturnыy skachok, magnitnoye soyedineniye
kabi atamalar
temperaturaviy
sakrash, magnitoviy ulanish
deb beriladi.
Ko’rinadiki, tilshunoslikning atamashunoslik bo’limi bo’yicha nazariy
xulosalar barcha fan atamalarining izga solinishida asos bo’lib xizmat qiladi.
Shuning uchun barcha fan sohalari bo’yicha atamalar lug’atini tuzishda mazkur fan
sohasi vakillari bilan tilshunoslarning hamkorlik qilishlari katta samara beradi.
Bizni qurshab turgan olam uzvlari o’zaro uzviy aloqada, o’zaro shartlangan
munosabatda bo’lganidek, ularni o’rganuvchi fanlar ham bir-biri bilan
chambarchas aloqadadir.
Fanlar sistemasida biron-bir fan yo’qki, boshqa fanlar bilan munosabatda
bo’lmagan, uning erishgan yutuqlaridan oziqlanmagan bo’lsin. Ma’lum bir fanda
muvaffaqiyat qozongan tadqiqot usuli albatta boshqasiga ta’sir etmay qolmaydi.
Bir necha fanda bir-biriga yaqin tushunchalarning kelib chiqish ildizlarini
ochishda bu fanlarning o’zaro munosabatini, bir-biriga ta’sirini o’rganish katta
ahamiyatga ega.
Fanni sistema sifatida e’tirof etarkanmiz, har bir fanga fanlar sistemasining
bir uzvi sifatida qarash va uni boshqa fan uzvlari bilan munosabatda o’rganish
fandagi sistemaviylik tabiatini ochishga qulay imkoniyat yaratib beradi.
Tilshunoslikning fanlar sistemasidagi o’rnini belgilash, uning boshqa fanlar
bilan munosabatini yoritish mazkur fanning fanlar sistemasidagi qimmatini
belgilashda, tilshunoslikning bir qator tushunchalari kelib chiqish ildizlarini
yoritishda, umuman, tilshunoslikning ko’pgina nazariy muammolariga oydinlik
kiritishda muhim ahamiyatga ega.
Tilshunoslik fanlar sistemasidagi boshqa fanlar erishgan yutuqlar bilan
oziqlanibgina qolmasdan, o’z navbatida, uning o’zi ham bir qancha fanlarda
mavjud muammolarni ijobiy hal qilish uchun yordam beradi. Xususan, mantiq,
psixologiya, tarix, etnografiya tilshunoslik yutuqlariga tayanadi. Shuningdek,
tabiiy fanlarning atamalar tizimini shakllantirish va tartibga solishda ham
tilshunoslik yordamga keladi.
Tilshunoslikning boshqa fanlar bilan bog’liqlik darajasi turlicha. Ayrim fanlar
bilan tilshunoslikning ba’zi masalalarigina aloqadordir. Xususan, geografiya bilan
lisoniy
hodisalarning
tarqalish
hududlarini
belgilashda,
bu
hududlarni
kartalashtirishda; fizikaning akustika bo’limi bilan nutq tovushlarining fizik
xossasini o’rganishda; tibbiyot bilan nutqiy afaziya masalalarini o’rganishda
aloqadorlik seziladi. Boshqa fanlar bilan esa tilshunoslik o’ta zich munosabatdadir.
Masalan,
falsafa
tilshunoslikning
barcha
masalalari
bilan
uzviy
121
aloqada.Tilshunoslik qo’lga kiritgan yutuqlarni xalq xo’jaligining turli jabhalariga
qo’llash natijasida tilshunoslikning amaliy tarmoqlari vujudga keldi. Masalan,
avtomatik tarjima, telekommunikasiya, nutqiy faoliyat buzilishini davolash, ruhiy
terapiya, yozuvi bo’lmagan xalqlarga alfavit yaratish va h.k.
Tilshunoslikning boshqa fanlar bilan munosabatini o’rganish natijasida
hozirgi kunda fanlar sistemasida ikki fan oralig’idagi yo’nalishlar maydonga keldi,
masalan, mentolingvistika (tilshunoslik va falsafa munosabati), etnolingvistika
(etnografiya va tilshunoslik munosabati), psixolingvistika (psixologiya va
tilshunoslik munosabati), paralingvistika (semiotika bilan tilshunoslik munosabati),
neyrolingvistika (tibbiyot, fiziologiya bilan tilshunoslik).
Boshqa fanlar bilan qanchalik munosabatda bo’lmasin, tilshunoslik o’z
tadqiqoti obyekti va tadqiqot chegarasiga ega bo’lgan mustaqil fan sifatida fanlar
sistemasida qat’iy o’rniga ega.
Asosiy adabiyotlar:
1.Nurmonov A., Yo’ldoshev B. Tilshunoslik va tabiiy fanlar. – Toshkent:
Sharq, 2002.
2.Nurmonov A. O’zbek tilshunosligi tarixi. – Toshkent: O’zbekiston , 2002.
3.Дониёров Р. Ўзбек тили техник терминологиясининг баъзи масалалари.
– Тошкент, 1977.
4.Мадвалиев А. Химия терминологиясида дублетлик ва уни минимумга
келтириш масаласи // Ўзбек терминологиясида лексик вариантлар. –
Тошкент, 1979. – Б.80-103.
5.Зокиров К., Жамолхонов Ҳ. Ўзбек ботаника терминологияси. – Тошкент,
1966.
Internet adreslari
1.www.ziyonet.uz
2.www.ziyouz.com
3.www.literature.uz.
Do'stlaringiz bilan baham: |