mustahkamlash yili”
deb e’lon qildi. 2021 yilga bunday nom berilishi sababi va
oqibatlarini bilish uchun “Nima uchun yilga bunday nom berildi?” hamda
“Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash uchun nima
qilishimiz kerak?” degan savollarga javob topish lozim.
Aslida, yoshlar masalasi e’tibor markazidan, kun tartibidan o‘rin olganining
sabablari talaygina.
Birinchidan
, aholimizning yarmidan ko‘prog‘ini tashkil
etadigan yoshlar miqdor jihatidan yirik qatlam, katta kuch hisoblanadi.
Ikkinchidan
, yoshlar kuch-quvvatga to‘la, g‘ayratli bo‘lgani uchun ular boshqa
guruhlarga nisbatan faolroq va moslashuvchan bo‘ladi.
Uchinchidan
, yoshlar
yangiliklarga ochiq bo‘lganligi bois, ular innovatorligi va tashabbuskorligi bilan
ajralib turadi.
To‘rtinchidan
, mehnatga layoqatli aholining salmoqli qismini
tashkil etadigan yoshlar o‘z maqomini oshirishdan, yangi ijtimoiy rollarni
o‘zlashtirishdan manfaatdor bo‘ladi.
Beshinchidan
, hali qadriyatlari to‘la
shakllanib ulgurmagan yoshlar hayotda o‘z o‘rnini topish ishtiyoqida harakat
qiladi.
Oltinchidan
, yoshlar davlatning strategik resursi hisoblanadi, ya’ni ertangi
hayotimiz bugun voyaga yetayotgan yoshlarga qanchalik e’tibor berayotganimizga
to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘ladi. Axir, «Yoshlar – kelajak bunyodkori», deb
bejizga aytilmagan-ku.
Eng asosiysi
, yoshlar jamiyatning bir bo‘lagi, uning
uzluksiz tarkibiy qismi hisoblanadi. SHuning uchun yoshlar muammolariga butun
jamiyat muammolari sifatida qarash lozim. SHu boisdan, O‘zbekistonda yoshlar
muammolari davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylangan.
Aslida, Murojaatnoma matni miqdoriy tahlil qilinadigan bo‘lsa (bunday tahlil
kontent-tahlil deb ataladi), unda “yoshlar” atamasi eng ko‘p ishlatilgan so‘z
bo‘lganini ko‘rish mumkin. Murojaatnoma matnida bu so‘z 47 marta qo‘llanilgan.
Ayni paytda “ta’lim” so‘zi ham ushbu hujjatda 31 marta ishlatilganiga guvoh
bo‘lish mumkin.
Murojaatnomada yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi olti vazifa ajratib
ko‘rsatildi. Bular quyidagilar:
-
Bog‘cha yoshidagi har bir bolani maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bilan to‘liq
qamrab olish uchun zarur sharoit yaratish;
-
Maktab ta’limini tubdan yaxshilash va uning sifatini oshirish, muallimlarga
munosib sharoit yaratish borasidagi islohotlarni jadal davom ettirish;
-
Oliy ta’limning qamrovi va sifatini oshirishga alohida e’tibor qaratish;
-
Mamlakat taraqqiyotining zamini bo‘lgan ilm-fan va innovatsiyalarni
rivojlantirish;
-
Yoshlar o‘rtasida bandlikni ta’minlash va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash;
-
Ehtiyojmand oilalarning farzandlari, chin yetim, nogironligi bo‘lgan va
davolanishga muhtoj bolalarga alohida mehr-muruvvat ko‘rsatish bo‘yicha
yangi tizim joriy etish.
E’tibor qaratadigan bo‘lsaq yuqorida belgilangan vazifalarning salmoqli
qismi ta’lim muammolari bilan chambarchas bog‘liq. Boshqacha aytganda,
Murojaatnomada ta’lim va ilm-fan yoshlar muammolarini samarali hal qilish
vositasi sifatida taqdim etilyapti, “najot – bilimda” ekaniga urg‘u berilyapti.
“Bilimlar iqtisodiyoti” shakllanayotgan hozirgi zamonda ta’limga e’tibor
qaratmasdan turib, davlatni ravnaq toptirib bo‘lmasligi ta’kidlanyapti. SHuning
uchun bu hujjat matnida “yoshlar” va “ta’lim” atamalari hamroh, hatto egiz
tushunchalar sifatida ifodalanyapti. Xo‘sh, buning sababi nimada?
Ta’lim darajasi Indeksini hisob-kitob qilishda mamlakatda ta’limga
ajratilgan mablag‘lar, ta’lim tizimining samaradorligi, aholining savodxonlik
darajasi e’tiborga olinadi. E’tibor bering, ta’lim darajasi Indeksi yuqori bo‘lgan
(top-15 talikka kirgan) mamlakatlar ro‘yxatida birorta ham qoloq, rivojlanmagan
davlat yo‘q. Ro‘yxatdagi barcha mamlakatlar turmush darajasi yuqori bo‘lgan
qudratli davlatlar sanaladi.
Demaq kelajagimiz bilim dargohlarida yaratiladi. Murojaatnomada “Yangi
O‘zbekiston – maktab ostonasidan, ta’lim-tarbiya tizimidan boshlanadi” degan
g‘oya yana bir bor e’tirof etilganining sababi ham shu. Ta’lim-tarbiya tizimi uchun
qoldiq printsipida emas, ayamay mablag‘ ajratilayotganining sababi ham shu.
Maktabgacha ta’lim qamrovini oshirishga byudjetdan 600 milliard subsidiya
berilishining sababi ham shu. 30 ta yangi maktab qurish, 320 ta maktabni
ta’mirlash va moddiy-texnik bazasini yaxshilash maqsadida byudjetdan 2 trillion
so‘m ajratilishining sababi ham shu. Xalq ta’limi xodimlarini rag‘batlantirishga
330 milliard so‘m yo‘naltirilishi, o‘qituvchilarga ustama to‘lovlar uchun
byudjetdan 400 milliard so‘m qo‘shimcha mablag‘ ajratilishining sababi ham shu.
Ayni paytda faqat moliyalashtirish hisobiga ta’lim sifatini oshirib
bo‘lmasligi aniq. SHu boisdan, Murojaatnomada o‘quv-uslubiy masalalar, barcha
hududlarda yuqori sifatli ta’limni ta’minlash, iqtidorli yoshlar bilan ishlash, maktab
davridanoq yoshlarni “kasbga o‘rgatish” kabi muammolar ko‘tarilgan. Eng
muhimi, maktab ta’limi sifatini oshirishda o‘qituvchilar hal qiluvchi rolь o‘ynashi
e’tiborga olinib, ularning maqomini ko‘tarish va munosib haq to‘lash, ularning
kasb malakasini oshirish va rag‘batlantirish choralari ko‘rilgan.
Nega deganda, ta’lim sifati o‘qituvchilarning ish sifatidan yuqori bo‘lmasligi
isbot talab qilmaydigan aksioma. Finlyandiya, Yaponiya va Janubiy Koreya kabi
mamlakatlarda ta’lim sifatini oshirish to‘rt yo‘nalishda amalga oshiriladi:
birinchidan, o‘qituvchilik kasbiga eng yaxshi, saralangan, iste’dodli
kadrlarni jalb qilish mexanizmlari amal qiladi;
ikkinchidan, o‘qituvchilarning boshlang‘ich ish haqini baland qilish
choralari ko‘rilgan;
uchinchidan, o‘qituvchilik kasbining maqomini oshirish, bu kasbning
jozibadorligini oshirish borasida chuqur o‘ylangan ishlar amalga oshiriladi;
to‘rtinchidan, o‘qituvchilarning doimiy malaka oshirishi va o‘qitishning
ilg‘or metodikalarini o‘zlashtirishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan;
beshinchidan, mamlakatdagi har bir bola hech bir istisnosiz (
yashash
joyi,
jismoniy imkoniyatlaridan qat’i nazar) yuqori sifatli ta’limdan bahramand bo‘lishi
ta’minlangan.
Murojaatnomada o‘qituvchilarning “hayot davomida o‘qish” tamoyili
asosida o‘z malakasini uzluksiz oshirib borishini yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq
tashabbus ham ilgari surildi. Ingliz tilida “Life-long learning” birikmasi tariqasida
endigina urf bo‘layotgan bu tamoyil dinimizda “Beshikdan to qabrgacha ilm izla”
Hadisida keltirilgan bo‘lib, bilim olishda to‘xtamaslik talabini o‘zida ifodalaydi.
Murojaatnomada poytaxtda ham, olis qishloqlarda ham yuqori sifatli
ta’limni ta’minlashga qaratilgan tashabbus ilgari surildi: boshqa tumandagi olis
maktabga borib, dars beradigan o‘qituvchilar oyligiga 50 foiz, boshqa viloyatga
borib ishlasa – 100 foiz ustama haq to‘lanishi ta’kidlandi. Bunday chora
mamlakatdagi har bir o‘quvchi hech bir istisnosiz yuqori sifatli ta’limdan
bahramand bo‘lishini ta’minlaydi. Zero, ta’lim sifati pirovardida shu hududdagi
turmush sifatiga, hayot sifatiga belgilovchi ta’sir ko‘rsatadi.
Murojaatnomada oliy ta’lim qamrovi va sifatini oshirish, ilm-fan va
innovatsiyalarni rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratildi. Darvoqe, “bilimlar
iqtisodiyoti”da aqliy mehnat ulushi ortadi, bilimlarga ehtiyoj kuchayadi, ijodkorlik
talab etiladi. SHu nuqtai nazardan Murojaatnomada “bilimlar iqtisodiyoti” sari
yana bir dadil qadam tashlandi. Yetakchi oliygohlarga o‘quv dasturlarini ishlab
chiqish, qabul kvotasi va moliyaviy masalalarni mustaqil hal qilish huquqi berilishi
hamda ularning ilmiy kengashlariga ilmiy unvon va ilmiy darajalarni berish
vakolatining o‘tkazilishi qayd etildi. Bu esa ta’lim va ilm-fan sohasidagi ko‘plab
yangiliklarni byurokratik to‘siqlarsiz, kelishuvlarsiz, imzo yig‘ishlarsiz, qisqa
muddatlarda amaliyotga joriy qilishga keng yo‘l ochadi.
Yoshlarning tadbirkorligi va bandligini ta’minlash, inson kapitaliga
sarmoyalarni ko‘paytirish masalalari ham Murojaatnomadan o‘rin olgan. Iqtisodiy
faol aholi qatlami sifatida yoshlar mehnat resurslarining salmoqli qismini tashkil
etadi. Murojaatnomadan o‘rin olgan vazifalar yoshlarni arzon ishchi kuchi sifatida
tayyorlashni emas, balki malakali ishchilar sifatida yetishtirishni nazarda tutadi.
Murojaatnomada alohida e’tiborga muhtoj yoshlarimizga mehr-muruvvat
ko‘rsatish insoniy burch sifatida talqin qilingan. SHu tufayli ehtiyojmand
oilalarning farzandlari, chin yetim, nogironligi bo‘lgan va davolanishga muhtoj
bolalarga alohida mehr-muruvvat ko‘rsatish bo‘yicha yangi tizim joriy etilishiga
rag‘bat berilgan. Bunday alohida e’tiborga muhtoj 18 yoshgacha bo‘lgan
farzandlarimiz oz emas, ular – 150 ming nafar. SHulardan 900 nafar chin yetim
yoshlarni 2021 yilda uy-joy bilan ta’minlash, jaydari qilib aytganda, “Vatanli
qilish” vazifasi Murojaatnomada ilgari surildi.
O‘zbek xalqi udumiga ko‘ra, farzandni uyli-joyli qilish ota-ona zimmasidagi
vazifadir. Bizda ota-onalar bu vazifani uddalamasa, o‘zini xotirjam his qila
olmaydi. Biroq taqdir taqozosi bilan ona-ona mehridan mosuvo bo‘lib voyaga
yetayotgan yoshlarni “Vatanli” qilish”ni davlat o‘z zimmasiga oldi, davlatimiz
rahbari bunday odamlarga “otalik” qilishni o‘z burchi deb bildi, ularning qalblariga
mehr urug‘larini qadadi.
Murojaatnomada ilgari surilgan vazifalar davlatning ijtimoiy madadiga
muhtoj odamlar: ehtiyojmand va nochor oilalar, imkoniyati cheklanganlar,
nogironligi bo‘lgan, boquvchisini yo‘qotgan shaxslarga to‘kislikni ravo ko‘rish,
ularning hech kimdan kam bo‘lmasliklariga ko‘maklashishga yo‘naltirilgan.
Pirovardida bu yoshlar Prezidentning g‘amxo‘rligini o‘z taqdirida his qiladi,
imkoniyati cheklangan bo‘lsa-da, hamma bilan huquqi tengligini, ya’ni huquqiy
imkoniyati cheklanmaganini anglaydi, ota-ona mehri nasib qilmasa-da, davlat
rahbaridan mehr ko‘radi, adolatli va insonparvar siyosatdan ko‘ngli to‘q bo‘ladi.
Bola tug‘ilganidan boshlab 30 yoshigacha davlat tomonidan qo‘llab-
quvvatlanishi, undan ko‘mak olishi Murojaatnomada belgilandi. Bu degani, shu
vaqt oralig‘ida yoshlar davlat siyosatining ob’ekti bo‘ladi. Biroq yoshlar
timsolidagi inson kapitalini bunday tizimli va uzluksiz rivojlantirish natijasida 30
yoshdan keyin davlat siyosatining, ijtimoiy hayotning sub’ekti, ya’ni islohotlar
tashabbuskoriga, jamiyatning hal qiluvchi kuchiga aylanadi. Va bunday
yoshlarning faoliyatidan ko‘ngilni to‘q qilsa ham bo‘laveradi, chunki ular
vatanparvar, bilimni qadrlaydigan, innovatsiyalarga ochiq, ko‘ngli mehrli,
o‘zining to‘lib-toshgan energiyasini bunyodkorlikka yo‘naltiradigan fuqarolar
bo‘lib shakllanadi.
Murojaatnomada tibbiyot sohasi yana bir muhim yo‘nalish sifatida
belgilandi va yil nomida aks ettirildi.
Murojaatnomada, shuning
dek
“ona va bola sog‘lig‘iga e’tibor – jamiyat
kelajagiga e’tibordir” degan da’vat yangradi. E’tiborni tortadigan narsa shuki,
Murojaatnomada 2021 yildan boshlab 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar va homilador
ayollarga 7 turdagi vitaminlar bepul tarqatilishi va bu ishlarga 100 milliard so‘m
mablag‘ yo‘naltirilishi belgilandi.
Har qanday vitamin organizmni umumiy quvvatlantirishga xizmat qilishini
yaxshi bilamiz. Og‘ir oyoq ayollar uchun, ularning vujudida o‘sayotgan bola uchun
bunday madorning zarurligi haqida gapirishning hojati ham bo‘lmasa kerak. Bu
tashabbus asosida tarqatiladigan darmonlar qanchadan-qancha yuklik ayollarga
madad, ularning jonidan bino bo‘layotgan zurriyotlariga shak-shubhasiz ozuqa
bo‘ladi. Lekin masalaga kengroq qarasaq ona vujudida kurtakday unayotgan
vaqtidanoq pushtimizning tani sihatligini o‘ylash, naslimizning aqli raso,
sulolamizning palagi baquvvat, zotimizning nuqsonsiz bo‘lishi to‘g‘risida jon
kuydirilayotganiga iqror bo‘lamiz. Murojaatnomada tibbiyotning birlamchi
bo‘g‘inini kuchaytirish, ayniqsa, qishloq va mahallalarda tibbiy xizmatni sifat
jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish zaruratining belgilangani ham ayni maqsadga
xizmat qiladi.
Murojaatnomada jismoniy tarbiya va sportni yanada ommalashtirish – aholi
salomatligini ta’minlashda muhim omil ekani ham ko‘rsatib berildi. Darhaqiqat,
sport salomatlikka ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. CHunki muntazam sport mashg‘ulotlarni
inson organizmini chiniqtiradi, uning immunitetini oshiradi, va demakki,
kasalliklarga qarshi kurashuvchanligini orttiradi. Bundan tashqari, “sog‘ tanda –
sog‘lom aql” bo‘ladi. SHuning
dek
sport yoshlarning xarakterini toblaydi, ularning
irodasini kuchaytiradi, o‘ziga ishonchni musta
h
kamlaydi, metin intizomga
o‘rgatadi. Va nihoyat, sport davlatimizni dunyoga tanitish vositasi bo‘lib, nufuzli
xal
q
aro maydonlarda Vatanimiz bayro
g‘
ini baland ko‘tarib kelayotgan mash
h
ur
sportchilar bunga o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar. SHu nuqtai nazardan, jismoniy
tarbiya va sportni nafaqat yoshlar, balki aholining barcha qatlamlari o‘rtasida
ommalashtirish, ularni sog‘lom turmush tarziga oshno qilish xalqimizning tani
sihatini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsaq Murojaatnomada ko‘zlangan marralarga
erishish istiqbolimiz uchun muhim ahamiyatga ega. SHuning barobarida
Murojaatnomani samarali hujjatga aylantiradigan narsa – uning ijrosidir. Bu esa
Murojaatnomadan o‘rin olgan tashabbuslarni amalga oshirishga qo‘shajak hissamiz
haqida o‘ylab ko‘rishga undaydi. CHunki bu tashabbuslarning amaliy ro‘yobi har
birimizga doxil hodisadir. Va, tabiiyki, Murojaatnomadan o‘rin olgan g‘oyalarning
ijrosidan hamma birdek manfaatdor.
Do'stlaringiz bilan baham: |