15-mavzu: Yangi O‘zbekiston – yangicha dunyoqarash



Download 439,11 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana23.06.2022
Hajmi439,11 Kb.
#697070
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
15-ma\'ruza

 
ishtiroki
 
iqtisodiyotning faqatgina strategik 
ahamiyatga ega soha va tarmoqlarida samarali davlat nazoratini o‘rnatish orqali 
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot uchun muhim tarmoqlarni rivojlantirish imkonini beradi. 
Mamlakatimizda bunday soha va tarmoqlarga: harbiy sanoat, qazib chiqarish, 
infratuzilma sohalarini kiritish mumkin. Yaqin istiqbolda strategik muhim tarmoq va 
sohalarni aniq belgilab olish orqali ularda davlat ulushini saqlab qolish hamda boshqa 
soha va tarmoqlardagi davlat ulushini xususiylashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. 
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha 
Harakatlar strategiyasida belgilangan davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini 
optimallashtirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi xorijiy investorlarning qiziqishi 
ortishiga ham olib keladi. 
Aktsiyadorlik jamiyatlarida davlatning ishtiroki, birinchi navbatda, davlatning 
yoki davlat xo‘jalik boshqaruvi organ (xo‘jalik birlashma)larining aktsiyadorlik 
jamiyatlari ustav kapitalidagi ishtiroki bilan belgilanadi. Ustav kapitalida davlatning 
ishtiroki mavjud aktsiyadorlik jamiyatlari quyidagicha guruhlanadi: 
– ustav kapitali to‘liq davlat mulki hisobiga shakllantirilgan aktsiyadorlik 
jamiyatlari; 


– ustav kapitalida davlat ulushi mavjud aktsiyadorlik jamiyatlari; 
– ustav kapitali xo‘jalik birlashmalari (davlat xo‘jalik boshqaruv organlari) 
mulki hisobiga shakllangan aktsiyadorlik jamiyatlari; 
– ustav kapitalida xo‘jalik birlashmalari ulushi mavjud aktsiyadorlik 
jamiyatlari; 
– ustav kapitalida davlat va xo‘jalik birlashmalari ulushi mavjud aktsiyadorlik 
jamiyatlari. 
Bundan tashqari, bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
2020 yil 27 oktyabrda qabul qilingan “Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh 
qilishni jadallashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirishga oid chora-
tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6096-sonli Farmoni asosida ishlar boshlab yuborilgan. 
Murojaatnomada ta’kidlangani
d
ek davlat aktivlarini ochiq-oshkora va samarali 
sotish uchun xalqaro moliyaviy va huquqiy maslahatchilarni jalb etgan holda qator 
korxonalarni xususiylashtirishga oid keng qamrovli ishlar istiqbolda xususiy sektor 
taraqqiyotiga xizmat qiladi. Bu esa xususiy sektorda foydaga intilish va 
manfaatdorlikning yuqoriligi bois, bandlik va aholi daromadliligi o‘sishi demakdir. 
Murojaatnomada belgilangan davlat ulushi bo‘lgan korxonalar sonining 
kelgusi ikki yilda kamida 3 barobar qisqartirilishi vazifasining amalga oshirilishi, 
avvalo, bozor iqtisodiyotining muhim qonuniyati hisoblangan raqobatning 
rivojlanishiga va monopoliyaning chegaralanishiga xizmat qiladi. Bu borada 
raqobat mavjud bo‘lgan sohalarda faoliyat yuritayotgan “Farg‘onaazot” va 
“Dehqonobod kaliy” zavodlari, “Koka-kola ichimligi” korxonasi, “Belьdersay” va 
“CHorvoq” oromgohlari, “Ichan qal’a” va “Hyatt Regency” mehmonxonalari, 
“Poytaxt” biznes majmuasi, alkogolь, yog‘-moy kabi tarmoqlardagi 83 ta yirik 
korxonadagi davlat ulushi sotuvga qo‘yilayotganligi xususiy sektorning keng 
ko‘lamli rivojini ta’minlaydi. 
Aynan bunday masalaning qo‘yilishi, birinchidan, milliy iqtisodiyotda 
zamonaviy ko‘rinishdagi bozor iqtisodiyotini barpo etish, asta-sekinlik bilan 
iqtisodiyot tarmoqlari korxonalarining xususiy sherikchilik asosida faoliyatini 
yo‘lga qo‘yish va iqtisodiyotda davlat ulushini qisqartirishdan iboratdir. 
Ikkinchidan, 
iqtisodiyotda 
faoliyat 
yuritayotgan 
davlat 
korxonalarini 
xususiylashtirish bosqichlarini amalga oshirish va shu orqali mulklarni haqiqiy 
egalariga topshirish hamda ularning taraqqiyoti uchun munosib shart-sharoit 
yaratib berishdan iborat. Uchinchidan, jahon amaliyotidan ma’lumki, kichik biznes 
iqtisodiyotning lokal tarmoqlaridan sanaladi. Aynan mana shu sektorning 
rivojlanishi ko‘plab mamlakatlarning taraqqiyoti uchun xizmat qilishi barobarida, 
ularning iqtisodiy muammolarini hal qilishga, aholi turmush farovonligining 
oshishiga olib kelgan.
Har bir mamlakatda yuqoridagi kamchiliklardan kelib chiqqan holda hamda 


xususiy 
sektorni 
keng 
rivojlantirish 
maqsadida 
davlatning 
ishtirokini 
kamaytirishga harakat qilinadi.
Xulosa sifatida ta’kidlash mumkinki, aynan davlatning iqtisodiyotdagi 
o‘rnini kamaytirish qator ijobiy natijalarga olib keladi: 
– davlat mulkini xususiylashtirishni yanada kengaytirish va uning tartib-
taomillarini 
soddalashtirish, 
xo‘jalik 
yurituvchi 
sub’ektlarning 
ustav 
jamg‘armalarida davlat ishtirokini kamaytirish, davlat mulki xususiylashtirilgan 
ob’ektlar bazasida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar 
yaratish; 
– investitsiya muhitini takomillashtirish, mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlari va 
hududlariga xorijiy, eng avvalo, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb 
qilish; 
– mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini tartibga solishda 
davlat ishtirokini kamaytirish, davlat boshqaruvi tizimini markazlashtirishdan 
chiqarish va demokratlashtirish, davlat-xususiy sherikchilikni kengaytirish, 
nodavlat jamoat tashkilotlari va joylardagi o‘zini o‘zi boshqarish organlarining 
rolini oshirish. Umuman olganda, aktsiyadorlik jamiyatlari ustav kapitalida davlat 
ulushini optimallashtirish, xususiylashtirish jarayonini samarali tashkil etish 
mamlakatimiz iqtisodiyoti barqarorligi va aholi turmush farovonligini oshirishni 
ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. 

Download 439,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish