partiyalar faoliyatida raqobat muhiti bo‘lishi chora-tadbirlari ko‘rildi; davlat
organlari va mansabdor shaxslar faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati
kuchaytirildi; boshqaruvda asosiy kuch – davlat xizmatchilarining kasbiy
tayyorganligi, moddiy va ijtimoiy ta’minot darajasini kengaytirish choralari
ko‘rildi; halq bilan muloqotning samarali mexanizmlari joriy etildi; mahalla
institutini jamoat boshqaruvidagi o‘rni kuchaytirildi; boshqaruvga axborot
texnologiyalarini keng jalb qilish chora-tadbirlari ko‘rildi. Bu qilingan ishlar
natijasi har bir jabha va sohada ko‘rinmoqda.
Faqat bitta “Halq qabulxonalari” misolida ko‘radiga bo‘lsak ko‘plab
muammolarni hal bo‘lganligini, uzoq vaqt yechimini topmagan masalalar o‘z
yechimini topganligini ko‘ramiz.
2020 yil insoniyat tarixida og‘ir sinov yili bo‘ldi. Vujudga kelgan pandemiya
mamlakatimizda ham ta’sirini ko‘rsatib, halqimiz bardoshini, og‘ir sinovlarga
chidamliligini, nimalarga qodir ekanligini sinovdan o‘tkazdi. Bu mudhish ofat
davlat boshqaruv tizimimizga, halqning ongi, xavf-hatar yo‘lida birlacha olish
qobiliyati kuchli ekanligini ko‘rsatdi.
O‘zbekiston Prezidenti 2020 yil 29 dekabrda Oliy Majlisga
Murojaatnomasida, “To‘plangan tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, kuchli va samarali
boshqaruv tizimiga, bir yoqadan bosh chiqarib yashaydigan aholiga ega bo‘lgan
davlatlar pandemiyaning keng tarqalish havfini o‘z vaqtida bartaraf etishga qodir
bo‘ladi. ”
– deb vaziyatga to‘g‘ri baho berdi.
Bu yerda havf-xatarni oldini olish, uni rivojlanib ketmasligini oldini oluvchi
ikki shart ko‘rsatildi. Birinchi, kuchli va samarali boshqaruv tizimiga ega bo‘lish,
ikkinchi, halqning bir yoqadan bosh chiqarishi, birdamligi.
Prezidentning 2020 yil 29 dekabrdagi Murojaatnomasida amalga oshirilgan
ishlarga xolison baho berilishi bilan, mamlakatimizning ravnaqi uchun, farovon
hayotga erishish uchun qilinadigan ishlar belgilab berildi. Ulkan va mas’uliyatli
vazifalar orasida davlat boshqaruvini samaradorligini oshirishga ham alohida urg‘u
berildi.
Avvalgi Murojaatnomada ham muhim vazifalar belgilanib, ularni
muvafaqqiyatli hal qilishning sharti samarali boshqaruv tizimini shakllantirish
ekanligi davlat boshlig‘i tomonidan e’tirof etilgan edi.
Bu Murojaatda ham kuchli va samarali boshqaruv tizimiga ega bo‘lgan
davlatlar dunyoda ro‘y bergan eng mudhish ofat – pandemiyaning keng
tarqalishiga, uni bartaraf etishga qodir bo‘lishi ta’kidlandi. Boshqaruv tizimi
mukammal bo‘lgan mamlakatlardagina hokimiyat bilan halq homkorligi bo‘lishi
bizning tajribamizda yana bir bor o‘z isbotini topdi.
Haqiqatdan ham tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, turli jabhalarda amalga
oshirilayotgan islohotlar kundalik hayotda o‘z ifodasini topishi, kutilgan natijalarga
erishish Prezident ta’kidlagani
dek
davlat boshqaruvi samaradorligiga bog‘liq.
Davlat boshqaruvini samaradorligiga erishish uchun Harakatlar strategiyasi va
Ma’muriy islohotlar kontseptsiyasi asosida keyingi yillarda salmoqli ishlar amalga
oshirildi. Davlat boshqaruvining huquqiy asoslari kengaydi, institutsional
tuzilmalar kuchaytirildi. Davlat boshqaruvidagi asosiy kuch – Davlat
xizmatchilari, rahbar kadrlarni qayta tayyorlash, malakasini oshirish, ularni tanlab
olish tizimi makomillashtirildi.
Murojaatnomada davlat boshqaruvining samaradorligiga urg‘u berildi va
samaradorlikka to‘sqinlik qilayotgan asosiy sabablar hamda ularni bartarf etishning
yo‘llari belgilandi.
Davlat boshqaruvidagi muammolar sifatida vazirlik va idoralar faoliyatida
qaror qabul qilish haddan tashqari markazlashganligi; ularning vazifalari aniq
belgilanmaganligi, shu sababli ular bir birini takrorlash holati mavjudligi; rahbarlar
masalani hal qilishda tashabbus ko‘rsata olmasligi; rahbarlarning malakasi,
qat’iyati yetishmasligi yoki korruptsiyaga berilganligi; qonun hujjatlarini aholiga,
mas’ullarga yetkazish, ularga hujjat mohiyatini tushuntirish ishlarini yetarli
emasligi kabilar ochiq-oydin ko‘rsatib berildi.
Davlat boshqaruvining samarali bo‘lishi uchun, kuchli huquqiy asos bo‘lishi;
aniq vazifa va vakolatlarga ega davlat organlari bo‘lishi; davlat organlarida
malakali, bilimli, tashabbuskor, faqat qonunga itoat etuvchi rahbar va xodimlar
bo‘lishi; kuchli ijro intizomi bo‘lishi va eng muhimi fuqarolar davlat va jamiyat
ishlarini boshqarishda faol va ongli ishtirok etishlari kerak. Prezident
Murojaatnomada ana shu holatlarni kuchaytirish va ular asosida faoliyat
ko‘rsatishni belgilab berdilar.
Bu yerda davlat boshqaruvida jamoatchilikka tayanish alohida ahamiyat
kasb etadi. Bu bilan birinchidan fuqarolarning davlat boshqaruvida ishtirokini
kengaytirish, ikkinchidan davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini
kuchaytirish nazarda tutiladi.
Mamlakatimizda “Respublika xotin-qizlar jamoatchilik kengashi”ni, Oliy
Majlisning qonunchilik palatasida “Nodavlat notijorat tashkilotlarining doimiy
vakili” institutini tashkil etish, “jamoatchilik eshituvlari” va “ jamoatchilik
monitoringi” tizimini joriy etish, mahalla raisiga mahalliy kengash majlisida
ko‘rilishi majburiy bo‘lgan masalalarni kiritish huquqini berish haqidagi takliflar,
davlat boshqaruvida jamoatchilik nazoratini kuchaytirish mexanizmlarini
mustahkamlash va kuchaytirishga qaratilgan kuchli vositadir. SHuning
dek
ularning faoliyati orqali fuqarolarning davlat va jamiyat ishlarida ishtiroki yanada
kengayadi.
Mahalladagi ishlarning ahvoli vazirliq idoralar va hokimlar ishini
baholashda bosh mezon sifatida belgilanishi esa davlat boshqaruvini yuqori
bosqichga olib chiquvchi yangi mexanizm sifatida namoyon bo‘ladi.
Davlat boshqaruvi samaradorlingini oshirishda quyidagilarga alohida e’tibor
qaratish lozimligi ta’kidlandi:
-
idoralar vazifasini aniq belgilash, takrorlashga o‘rin qoldirmaslik;
-
rahbarlarni tashabbuskorligi, bilimi, malakasi, kat’iyatini shakllantirish;
-
raqamli texnologiyalarni keng qo‘llash hisobidan xodimlar soni va ish
jarayonlarini optimallashtirish;
-
barcha xodimlarni zamonaviy axborot texnologiyalar asosida ishlashga
o‘rgatish;
-
mahalliy davlat hokimiyati organlari va mahalla instituti faoliyatini
takomillashtirishga qaratilgan yangi qonun loyihalarni ishlab chiqish;
-
fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda NNT va OAVni qo‘llab
quvvatlashni davom ettirish.
Mazkur vazifalarning bajarilishi natijasida, qonun usutvorligini
ta’minlanadi; kuchli iqtisodiyot yaratiladi; mablag‘lar tejaladi; xalqning faravon
turmushi ta’minlanadi; fuqarolar huquq va erkinliklari to‘la ta’minlanadi; jamoat
havfsizligi va huquqiy targ‘ibot mamlakat mudofaa qobiliyati, xavfsizligi
ta’minlanadi; korruptsiya holatlari kamayadi; davlat idoralaridagi qo‘nimsizlik
barham topadi.
2020 yil 29 dekabrь kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis
va O‘zbekiston xalqiga yo‘llangan Murojaatnomasida mamlakatimizning joriy yil
va undan keyingi yillardagi strategik rivojlanish yo‘nalishlari bo‘yicha muhim
vazifalar belgilandi. Undagi g‘oya va tashabbuslar deputatlar, senatorlar hamda
xalqimiz tomonidan ko‘tarinki ruhda kutib olindi. Zero, Murojaatnomada
ko‘tarilgan masalalarni amalga oshirish mamlakatimizni yanada rivojlantirish,
Harakatlar strategiyasida belgilangan keng qamrovli, hayotbaxsh vazifalarni
amalga oshirishning muhim bosqichi, mantiqiy davomidir.
Murojaatnomada qonun ustuvorligini ta’minlash va uning huquqiy, iqtisodiy-
ijtimoiy va tashkiliy asoslarini yanada kuchaytirishga qaratilgan ilg‘or g‘oyalar
ilgari so‘rildi. Zero, so‘nggi yillar davomida aynan sud-huquq sohasini isloh etish
va qonun ustuvorligini ta’minlash maqsadida yuzlab farmon va qarorlar qabul
qilinganligi ushbu yo‘nalishdagi ishlar ko‘lami nechog‘lik kengligini ko‘rsatadi.
Avvalo, qonun ustuvorgi nima va u qanday ta’minlanadi degan savolga
to‘xtalib o‘tish maqsadga muvofiq. Konstitutsiya va qonun ustuvorligi davlat va
uning organlari, mansabdor shaxslar, barcha nodavlat notijorat tashkilotlari va
fuqarolarning normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq faoliyat olib borishini
anglatadi. Mazkur talablarga to‘liq rioya etish mamlakatda adolat va tengliq
taraqqiyot va barqarorliq tinchlik va bunyodkorlik ruhi hukm surishiga olib keladi.
Hozirgi zamon demokratik davlatlarida qonun ustuvorligi jamiyat va davlat
hayotining bosh tamoyiliga aylangan. Qonun ustuvorligi tamoyilining bunday
tantanasi - insoniyatning ko‘p asrlik rivoji, izlanishi hamda taraqqiyot tajribalari,
siyosiy va huquqiy fikr takomilining natijasidir.
SHu sababli, Yangi O‘zbekistonni barpo etishda Konstitutsiya va qonun
ustuvorligini ta’minlash davlatimizni rivojlantirishning bosh mezoni sifatida
belgilab olingan.
Qonun ustuvorligini ta’minlash vazifalari 2017-2021 yillarda O‘zbekiston
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar
strategiyasida alohida mustahkamlangan. CHunki, davlat boshqaruvida qonun
ustuvorligini ta’minlash huquqiy demokratik davlatning asosiy talablaridan biridir.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida Konstitutsiya va qonunlarning
ustunligi asosiy printsip sifatida belgilangan.
Davlat boshqaruvida qonun ustuvorligini ta’minlashda siyosiy, huquqiy,
iqtisodiy-ijtimoiy va tashkiliy kafolatlar tizimi shakllanishi muhim ahamiyatga ega.
Murojaatnomada ushbu omillarning har birini kuchaytirishga qaratilgan aniq
takliflar ilgari surildi. Fikrimizni siyosiy kafolatlar misolida davom ettiradigan
bo‘lsaq uning ahamiyatini yaqqol anglash mumkin. Masalan, Murojaatnoma bir
necha o‘rinlarida Parlament va mahalliy kengashlar nazorati, jamoatchilik
nazoratini kuychaytirish bo‘yicha aniq mexanizmlar taklif etildi. Bu esa
fuqarolarning muhim konstitutsiyaviy huquqi bo‘lib, davlat ishlarini boshqarishda
fuqarolar ishtirokni ta’minlashga, qonuniylikni yanada mustahkamlashga sharoit
yaratadi.
Qonun ustuvorligining muhim sharti bu huquqiy kafolatlarning yaratilganligi
hisoblanadi. Ya’ni, bu fuqarolar huquq va erkinliklarning Konstitutsiya va
qonunlarda mustahkamlanishi hamda ularni ta’minlashga, amalga oshirishga
qaratilgan boshqa huquqiy hujjatlarning mavjudligi hisoblanadi. SHu bois,
vakolatli davlat organlari tomonidan faol norma ijodkorlik siyosati amalga
oshirilmoqda. Masalan so‘nggi yillarda Harakatlar strategiyasi asosida, xususan, 30
dan ortiq strategiya va milliy dastur, 5 ta kodeks, 150 ta qonun, Prezidentning 2000
dan ziyod farmon va qarorlari hamda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy, ilmiy-
texniq sud-huquq, gumanitar va boshqa sohalarni rivojlantirish bo‘yicha yana
ko‘plab normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.
Bular qatorida tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish, ularga har
tomonlama ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha bildirilgan takliflarni keltirish o‘rinlidir.
Ushbu yo‘nalishda tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatidagi bir qancha to‘siqlar
bartaraf etiladi. Xususan, tadbirkorlarga yanada qulaylik yaratish maqsadida 105 ta
litsenziya va ruxsatnoma turlari bekor qilinadi, 115 tasi bo‘yicha esa tartib-qoidalar
soddalashtiriladi.
Pandemiya sharoitida aylanma mablag‘ tanqisligiga duch kelgan tadbirkorlar
“oyoqqa turib olishlari” uchun ularga ko‘mak berishni davom ettiriladi.
Yana bir muhim jihat, 2021 yilda iqtisodiy islohotlarning pirovard maqsadi
kambag‘allikni qisqartirish va aholi farovonligini oshirishdan iborat ekanligi
belgilandi. SHuningdek ushbu yo‘nalishda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj
qismini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan ishlar davom ettiriladi.
Hududlarda aholining turmush darajasi va sifatini yaxshilash, xususan
kambag‘allikni qisqartirish vazifalari ko‘p jihatdan iqtisodiyotning barcha tarmoq
va sohalarining raqobatbardoshligini oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish
uchun fundamental sharoitlarni yaratib berish hisobiga yangi va barqaror ish
o‘rinlarini tashkil etish bilan bevosita bog‘liqdir.
Bu, o‘z navbatida, iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan isloh qilish va rivojlanishiga
aloqador vazirlik va idoralar faoliyati uyg‘unligini ta’minlashni, mavjud muammo
va to‘siqlarni tezkorlik bilan aniqlash va bartaraf etishga asoslangan zamonaviy va
inklyuziv institutsional tizimni joriy etishni talab etadi.
Mamlakat taraqqiyotining keyingi bosqichlarni kambag‘allikni qisqartirish,
aholi uchun munosib turmush darajasini yaratishga erishish, eng chekka va olis
hududlargacha “mahallabay” tarzida kirib borish, aholini turmush sharoitini va
sifatini aniqlab olish zarur. SHundan kelib chiqib, respublikamizda kambag‘allikni
qisqartirish,
avalambor,
milliy
iqtisodiyot
tarmoq
va
sohalarining
raqobatbardoshligini
oshirish
hamda
tadbirkorlikni
rivojlantirish
uchun
fundamental sharoitlarni yaratib berish hisobiga yangi va barqaror ish o‘rinlarini
tashkil etish bilan bevosita bog‘liqligidan kelib chiqish chora-tadbirlar, maqsadli
“Yo‘l xarita”larini ishlab chiqib, uni amalga oshirishni taqozo etadi.
Afsuski, ushbu yo‘nalishda muammolar ham mavjud ekanligi to‘g‘ri
ko‘tarildi. Qayd etilshicha so‘nggi 4 yilda barcha sohalarda keng ko‘lamli
o‘zgarishlarni amalga oshirish bo‘yicha qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar
mazmun-mohiyatini joylarda barcha rahbarlar ham tushunmayotganligi ko‘zga
tashlanmoqda. SHu bois, kelgusida Adliya vazirligi, uning hududiy boshqarma va
bo‘limlarining asosiy vazifasi qabul qilingan hujjatlarni mas’ullarga yetkazish,
tushuntirish, amaliyotda qo‘llashga ko‘maklashish va nazorat qilishdan iborat
bo‘ladi.
Zero, qonunlarga rioya etish ichki zarurat, ichki ishonch bilan amalga
oshirilishi kerak. SHundagina qonun ustuvorligi o‘zining ijobiy natijasini to‘laroq
namoyon etadi. Bunday darajaga erishish uchun jamiyat a’zolarining, ayniqsa,
davlat xizmatchilarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yanada
yuksaltirish zarur.
Qonun ustuvorligini ta’minlashdagi eng katta to‘siq bu korruptsiya balosidir.
SHuning uchun korruptsiyaga qarshi kurashish masalasi Murojaatnomada e’tibor
qaratilgan markaziy masalalardan biri bo‘ldi.
Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasining “Korruptsiyaga qarshi
kurashish to‘g‘risida”gi Qonunida, birinchi navbatda, davlat organlari va fuqarolik
jamiyati institutlarining ushbu illatga qarshi kurashdagi kuch hamda
imkoniyatlarini birlashtirish maqsadi nazarda tutilgan. SHu bois, Murojaatnomada
mazkur illatga qarshi kurashishga barcha davlat organlari, siyosiy partiyalar,
jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari, umuman, har bir fuqaro safarbar
etilishi zarur ekanligi haqli qayd etiladi. Zero, jamiyatda korruptsiyaga qarshi
kuchli immunitet shakllanmas ekan jamiyat bu balodan qutila olmaydi.
Ushbu yo‘nalishda quyidagi muhim vazifalar belgilanganligini alohida
ta’kidlash o‘rinlidir:
Do'stlaringiz bilan baham: |