15-mavzu: Yangi O‘zbekiston – yangicha dunyoqarash
(O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
SHavkat
Mirziyoevning 2020 yil 29
dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi asosida)
Reja
1.
Davlat boshqaruvi samaradorligiga erishish –
ustuvor vazifa,
davlat
boshqaruvida qonun ustuvorligini ta’minlash va korruptsiyaga qarshi
kurashish tizimini takomillashtirish
2.
Davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini kamaytirish tarkibiy islohotlarning
muhim yo‘nalishi sifatida.
3.
Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash –
ustuvor yo‘nalishi sifatida.
4.
Millatlararo do‘stlik va dinlararo bag‘rikenglikni ta’minlash davlat
siyosatining ustuvor yo‘nalishi.
Davlat boshqaruvi samaradorligiga erishish – ustuvor vazifa, davlat
boshqaruvida qonun ustuvorligini ta’minlash va korruptsiyaga qarshi
kurashish tizimini takomillashtirish
Har qanday mamlakatda, samarali boshqaruv tizimi bo‘lishi, mamlakat
taraqqiyotiga ta’sir qiladi. Boshqaruv tizimini izdan chiqishi har qanday davlatni
inqirozga uchratadi. Bunday voqeani biz qudratli davlat – sobiq Sovet Ittifoqining
tarqab ketganida ko‘rdik. 80-yillarning ikkinchi yarmida
mamlakat rahbarligiga
noshud, qat’iyatsiz faqat o‘z fikriga tayangan shaxslarning kelishi, boshqaruvni
izdan chiqardi, markaz qarorlari
joylarda ijro etilmadi, bu iqtisodiyotga salbiy
ta’sir qildi, halqning turmush darajasi pasaydi, noroziliklar kuchaydi. Natijada
dunyodagi eng qudratli davlatlardan biri jahon xaritasidan izsiz yo‘qoldi.
Mustaqillik natijasida O‘zbekiston o‘zining boshqaruv
tizimini tashkil qilar
ekan, jahondagi rivojlangan mamlakatlar tajribasidan foydalanib davlat
hokimiyatini hokimiyatlar bo‘linishi printsipida tashkil qilishni maqsad qilib
qo‘ydi. Bu esa davlat boshqaruvini tashkil qilishda muhim rolь o‘ynadi.
Bu 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan Konstitutsiyamizda bu – huquqiy
jihatdan mustahkamlandi. Davlat boshqaruvini
demokratik xarakteriga mos
ravishda mansabdor shaxslar va davlat organlarining fuqarolar oldida ma’sulligi
konstitutsiyaviy printsip sifatida belgilandi. Konstitutsiya shu asosda davlat
boshqaruvining huquqiy asosi bo‘lib qoldi. Keyinchalik davlat boshqaruvini
takomillashtirish bo‘yicha urinishlar bo‘ldi.
Lekin mamlakatimizda vujudga kelgan: qonunlarga e’tiborsizlik va og‘zaki
ko‘rsatmalarning qonunlardan ustunligi;
davlat organlari, mansabdor shaxslar
foaliyati ustidan samarali jamoat nazorati yo‘qligi; davlat organlari faoliyatini
yopiqligi; OAV ishi talab darajasida tashkil qilinmaganligi; kadrlarni tanlash, joy-
joyiga qo‘yishning mukammal tizimi yaratilmaganligi;
davlat xizmatchilarining
ijtimoiy-moddiy ta’minoti va huquqiy himoyasi e’tibordan chetda qolganligi;
korruptsiya holatlarining kuchayib ketishi mamlakatimiz boshqaruv tizimiga va
taraqqiyotiga to‘sqinlik qilib qoldi.
2016 yil oxirida mamlakatimizga yangi Prezident sifatida SHavkat
Mirziyoev saylangach, davlat qurilishi va boshqaruvini takomillashtirishga alohida
e’tibor qaratila boshlandi.
Qabul qilingan, 2017-2021 yilga mo‘ljallangan
Harakatlar strategiyasi va u asosda vujudga kelgan “Ma’muriy islohotlar
kontsiptsiyasida”, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va ularni bartaraf etish yo‘llari
belgilandi.
Qilingan ishlar natijasida ijro hokimiyati faoliyati ustidan parlament
(vakillik) nazorati kuchaytirildi; qonun
ijodkorligi sifati yaxshilandi; siyosiy