15-mavzu: Yangi O‘zbekiston – yangicha dunyoqarash



Download 439,11 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/9
Sana23.06.2022
Hajmi439,11 Kb.
#697070
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
15-ma\'ruza

mustahkamlash yili”
deb e’lon qildi. 2021 yilga bunday nom berilishi sababi va 
oqibatlarini bilish uchun “Nima uchun yilga bunday nom berildi?” hamda 
“Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash uchun nima 
qilishimiz kerak?” degan savollarga javob topish lozim.
Aslida, yoshlar masalasi e’tibor markazidan, kun tartibidan o‘rin olganining 
sabablari talaygina. 
Birinchidan
, aholimizning yarmidan ko‘prog‘ini tashkil 
etadigan yoshlar miqdor jihatidan yirik qatlam, katta kuch hisoblanadi. 
Ikkinchidan
, yoshlar kuch-quvvatga to‘la, g‘ayratli bo‘lgani uchun ular boshqa 
guruhlarga nisbatan faolroq va moslashuvchan bo‘ladi. 
Uchinchidan
, yoshlar 
yangiliklarga ochiq bo‘lganligi bois, ular innovatorligi va tashabbuskorligi bilan 
ajralib turadi. 
To‘rtinchidan
, mehnatga layoqatli aholining salmoqli qismini 
tashkil etadigan yoshlar o‘z maqomini oshirishdan, yangi ijtimoiy rollarni 
o‘zlashtirishdan manfaatdor bo‘ladi. 
Beshinchidan
, hali qadriyatlari to‘la 
shakllanib ulgurmagan yoshlar hayotda o‘z o‘rnini topish ishtiyoqida harakat 
qiladi. 
Oltinchidan
, yoshlar davlatning strategik resursi hisoblanadi, ya’ni ertangi 
hayotimiz bugun voyaga yetayotgan yoshlarga qanchalik e’tibor berayotganimizga 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘ladi. Axir, «Yoshlar – kelajak bunyodkori», deb 
bejizga aytilmagan-ku. 
Eng asosiysi
, yoshlar jamiyatning bir bo‘lagi, uning 
uzluksiz tarkibiy qismi hisoblanadi. SHuning uchun yoshlar muammolariga butun 
jamiyat muammolari sifatida qarash lozim. SHu boisdan, O‘zbekistonda yoshlar 
muammolari davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylangan. 
Aslida, Murojaatnoma matni miqdoriy tahlil qilinadigan bo‘lsa (bunday tahlil 
kontent-tahlil deb ataladi), unda “yoshlar” atamasi eng ko‘p ishlatilgan so‘z 
bo‘lganini ko‘rish mumkin. Murojaatnoma matnida bu so‘z 47 marta qo‘llanilgan. 
Ayni paytda “ta’lim” so‘zi ham ushbu hujjatda 31 marta ishlatilganiga guvoh 
bo‘lish mumkin.
Murojaatnomada yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi olti vazifa ajratib 
ko‘rsatildi. Bular quyidagilar: 
-
Bog‘cha yoshidagi har bir bolani maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bilan to‘liq 
qamrab olish uchun zarur sharoit yaratish; 
-
Maktab ta’limini tubdan yaxshilash va uning sifatini oshirish, muallimlarga 
munosib sharoit yaratish borasidagi islohotlarni jadal davom ettirish; 
-
Oliy ta’limning qamrovi va sifatini oshirishga alohida e’tibor qaratish; 


-
Mamlakat taraqqiyotining zamini bo‘lgan ilm-fan va innovatsiyalarni 
rivojlantirish; 
-
Yoshlar o‘rtasida bandlikni ta’minlash va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash; 
-
Ehtiyojmand oilalarning farzandlari, chin yetim, nogironligi bo‘lgan va 
davolanishga muhtoj bolalarga alohida mehr-muruvvat ko‘rsatish bo‘yicha 
yangi tizim joriy etish. 
E’tibor qaratadigan bo‘lsaq yuqorida belgilangan vazifalarning salmoqli 
qismi ta’lim muammolari bilan chambarchas bog‘liq. Boshqacha aytganda, 
Murojaatnomada ta’lim va ilm-fan yoshlar muammolarini samarali hal qilish 
vositasi sifatida taqdim etilyapti, “najot – bilimda” ekaniga urg‘u berilyapti. 
“Bilimlar iqtisodiyoti” shakllanayotgan hozirgi zamonda ta’limga e’tibor 
qaratmasdan turib, davlatni ravnaq toptirib bo‘lmasligi ta’kidlanyapti. SHuning 
uchun bu hujjat matnida “yoshlar” va “ta’lim” atamalari hamroh, hatto egiz 
tushunchalar sifatida ifodalanyapti. Xo‘sh, buning sababi nimada?
Ta’lim darajasi Indeksini hisob-kitob qilishda mamlakatda ta’limga 
ajratilgan mablag‘lar, ta’lim tizimining samaradorligi, aholining savodxonlik 
darajasi e’tiborga olinadi. E’tibor bering, ta’lim darajasi Indeksi yuqori bo‘lgan 
(top-15 talikka kirgan) mamlakatlar ro‘yxatida birorta ham qoloq, rivojlanmagan 
davlat yo‘q. Ro‘yxatdagi barcha mamlakatlar turmush darajasi yuqori bo‘lgan 
qudratli davlatlar sanaladi.
Demaq kelajagimiz bilim dargohlarida yaratiladi. Murojaatnomada “Yangi 
O‘zbekiston – maktab ostonasidan, ta’lim-tarbiya tizimidan boshlanadi” degan 
g‘oya yana bir bor e’tirof etilganining sababi ham shu. Ta’lim-tarbiya tizimi uchun 
qoldiq printsipida emas, ayamay mablag‘ ajratilayotganining sababi ham shu. 
Maktabgacha ta’lim qamrovini oshirishga byudjetdan 600 milliard subsidiya 
berilishining sababi ham shu. 30 ta yangi maktab qurish, 320 ta maktabni 
ta’mirlash va moddiy-texnik bazasini yaxshilash maqsadida byudjetdan 2 trillion 
so‘m ajratilishining sababi ham shu. Xalq ta’limi xodimlarini rag‘batlantirishga 
330 milliard so‘m yo‘naltirilishi, o‘qituvchilarga ustama to‘lovlar uchun 
byudjetdan 400 milliard so‘m qo‘shimcha mablag‘ ajratilishining sababi ham shu.
Ayni paytda faqat moliyalashtirish hisobiga ta’lim sifatini oshirib 
bo‘lmasligi aniq. SHu boisdan, Murojaatnomada o‘quv-uslubiy masalalar, barcha 
hududlarda yuqori sifatli ta’limni ta’minlash, iqtidorli yoshlar bilan ishlash, maktab 
davridanoq yoshlarni “kasbga o‘rgatish” kabi muammolar ko‘tarilgan. Eng 
muhimi, maktab ta’limi sifatini oshirishda o‘qituvchilar hal qiluvchi rolь o‘ynashi 
e’tiborga olinib, ularning maqomini ko‘tarish va munosib haq to‘lash, ularning 
kasb malakasini oshirish va rag‘batlantirish choralari ko‘rilgan.


Nega deganda, ta’lim sifati o‘qituvchilarning ish sifatidan yuqori bo‘lmasligi 
isbot talab qilmaydigan aksioma. Finlyandiya, Yaponiya va Janubiy Koreya kabi 
mamlakatlarda ta’lim sifatini oshirish to‘rt yo‘nalishda amalga oshiriladi: 
birinchidan, o‘qituvchilik kasbiga eng yaxshi, saralangan, iste’dodli 
kadrlarni jalb qilish mexanizmlari amal qiladi;
ikkinchidan, o‘qituvchilarning boshlang‘ich ish haqini baland qilish 
choralari ko‘rilgan; 
uchinchidan, o‘qituvchilik kasbining maqomini oshirish, bu kasbning 
jozibadorligini oshirish borasida chuqur o‘ylangan ishlar amalga oshiriladi;
to‘rtinchidan, o‘qituvchilarning doimiy malaka oshirishi va o‘qitishning 
ilg‘or metodikalarini o‘zlashtirishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan;
beshinchidan, mamlakatdagi har bir bola hech bir istisnosiz (
yashash
joyi, 
jismoniy imkoniyatlaridan qat’i nazar) yuqori sifatli ta’limdan bahramand bo‘lishi 
ta’minlangan. 
Murojaatnomada o‘qituvchilarning “hayot davomida o‘qish” tamoyili 
asosida o‘z malakasini uzluksiz oshirib borishini yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq 
tashabbus ham ilgari surildi. Ingliz tilida “Life-long learning” birikmasi tariqasida 
endigina urf bo‘layotgan bu tamoyil dinimizda “Beshikdan to qabrgacha ilm izla” 
Hadisida keltirilgan bo‘lib, bilim olishda to‘xtamaslik talabini o‘zida ifodalaydi. 
Murojaatnomada poytaxtda ham, olis qishloqlarda ham yuqori sifatli 
ta’limni ta’minlashga qaratilgan tashabbus ilgari surildi: boshqa tumandagi olis 
maktabga borib, dars beradigan o‘qituvchilar oyligiga 50 foiz, boshqa viloyatga 
borib ishlasa – 100 foiz ustama haq to‘lanishi ta’kidlandi. Bunday chora 
mamlakatdagi har bir o‘quvchi hech bir istisnosiz yuqori sifatli ta’limdan 
bahramand bo‘lishini ta’minlaydi. Zero, ta’lim sifati pirovardida shu hududdagi 
turmush sifatiga, hayot sifatiga belgilovchi ta’sir ko‘rsatadi.
Murojaatnomada oliy ta’lim qamrovi va sifatini oshirish, ilm-fan va 
innovatsiyalarni rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratildi. Darvoqe, “bilimlar 
iqtisodiyoti”da aqliy mehnat ulushi ortadi, bilimlarga ehtiyoj kuchayadi, ijodkorlik 
talab etiladi. SHu nuqtai nazardan Murojaatnomada “bilimlar iqtisodiyoti” sari 
yana bir dadil qadam tashlandi. Yetakchi oliygohlarga o‘quv dasturlarini ishlab 
chiqish, qabul kvotasi va moliyaviy masalalarni mustaqil hal qilish huquqi berilishi 
hamda ularning ilmiy kengashlariga ilmiy unvon va ilmiy darajalarni berish 
vakolatining o‘tkazilishi qayd etildi. Bu esa ta’lim va ilm-fan sohasidagi ko‘plab 
yangiliklarni byurokratik to‘siqlarsiz, kelishuvlarsiz, imzo yig‘ishlarsiz, qisqa 
muddatlarda amaliyotga joriy qilishga keng yo‘l ochadi.
Yoshlarning tadbirkorligi va bandligini ta’minlash, inson kapitaliga 
sarmoyalarni ko‘paytirish masalalari ham Murojaatnomadan o‘rin olgan. Iqtisodiy 
faol aholi qatlami sifatida yoshlar mehnat resurslarining salmoqli qismini tashkil 


etadi. Murojaatnomadan o‘rin olgan vazifalar yoshlarni arzon ishchi kuchi sifatida 
tayyorlashni emas, balki malakali ishchilar sifatida yetishtirishni nazarda tutadi.
Murojaatnomada alohida e’tiborga muhtoj yoshlarimizga mehr-muruvvat 
ko‘rsatish insoniy burch sifatida talqin qilingan. SHu tufayli ehtiyojmand 
oilalarning farzandlari, chin yetim, nogironligi bo‘lgan va davolanishga muhtoj 
bolalarga alohida mehr-muruvvat ko‘rsatish bo‘yicha yangi tizim joriy etilishiga 
rag‘bat berilgan. Bunday alohida e’tiborga muhtoj 18 yoshgacha bo‘lgan 
farzandlarimiz oz emas, ular – 150 ming nafar. SHulardan 900 nafar chin yetim 
yoshlarni 2021 yilda uy-joy bilan ta’minlash, jaydari qilib aytganda, “Vatanli 
qilish” vazifasi Murojaatnomada ilgari surildi.
O‘zbek xalqi udumiga ko‘ra, farzandni uyli-joyli qilish ota-ona zimmasidagi 
vazifadir. Bizda ota-onalar bu vazifani uddalamasa, o‘zini xotirjam his qila 
olmaydi. Biroq taqdir taqozosi bilan ona-ona mehridan mosuvo bo‘lib voyaga 
yetayotgan yoshlarni “Vatanli” qilish”ni davlat o‘z zimmasiga oldi, davlatimiz 
rahbari bunday odamlarga “otalik” qilishni o‘z burchi deb bildi, ularning qalblariga 
mehr urug‘larini qadadi.
Murojaatnomada ilgari surilgan vazifalar davlatning ijtimoiy madadiga 
muhtoj odamlar: ehtiyojmand va nochor oilalar, imkoniyati cheklanganlar, 
nogironligi bo‘lgan, boquvchisini yo‘qotgan shaxslarga to‘kislikni ravo ko‘rish, 
ularning hech kimdan kam bo‘lmasliklariga ko‘maklashishga yo‘naltirilgan. 
Pirovardida bu yoshlar Prezidentning g‘amxo‘rligini o‘z taqdirida his qiladi, 
imkoniyati cheklangan bo‘lsa-da, hamma bilan huquqi tengligini, ya’ni huquqiy 
imkoniyati cheklanmaganini anglaydi, ota-ona mehri nasib qilmasa-da, davlat 
rahbaridan mehr ko‘radi, adolatli va insonparvar siyosatdan ko‘ngli to‘q bo‘ladi. 
Bola tug‘ilganidan boshlab 30 yoshigacha davlat tomonidan qo‘llab-
quvvatlanishi, undan ko‘mak olishi Murojaatnomada belgilandi. Bu degani, shu 
vaqt oralig‘ida yoshlar davlat siyosatining ob’ekti bo‘ladi. Biroq yoshlar 
timsolidagi inson kapitalini bunday tizimli va uzluksiz rivojlantirish natijasida 30 
yoshdan keyin davlat siyosatining, ijtimoiy hayotning sub’ekti, ya’ni islohotlar 
tashabbuskoriga, jamiyatning hal qiluvchi kuchiga aylanadi. Va bunday 
yoshlarning faoliyatidan ko‘ngilni to‘q qilsa ham bo‘laveradi, chunki ular 
vatanparvar, bilimni qadrlaydigan, innovatsiyalarga ochiq, ko‘ngli mehrli,
o‘zining to‘lib-toshgan energiyasini bunyodkorlikka yo‘naltiradigan fuqarolar 
bo‘lib shakllanadi.
Murojaatnomada tibbiyot sohasi yana bir muhim yo‘nalish sifatida 
belgilandi va yil nomida aks ettirildi.
Murojaatnomada, shuning
dek
“ona va bola sog‘lig‘iga e’tibor – jamiyat 
kelajagiga e’tibordir” degan da’vat yangradi. E’tiborni tortadigan narsa shuki, 
Murojaatnomada 2021 yildan boshlab 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar va homilador 


ayollarga 7 turdagi vitaminlar bepul tarqatilishi va bu ishlarga 100 milliard so‘m 
mablag‘ yo‘naltirilishi belgilandi.
Har qanday vitamin organizmni umumiy quvvatlantirishga xizmat qilishini 
yaxshi bilamiz. Og‘ir oyoq ayollar uchun, ularning vujudida o‘sayotgan bola uchun 
bunday madorning zarurligi haqida gapirishning hojati ham bo‘lmasa kerak. Bu 
tashabbus asosida tarqatiladigan darmonlar qanchadan-qancha yuklik ayollarga 
madad, ularning jonidan bino bo‘layotgan zurriyotlariga shak-shubhasiz ozuqa 
bo‘ladi. Lekin masalaga kengroq qarasaq ona vujudida kurtakday unayotgan 
vaqtidanoq pushtimizning tani sihatligini o‘ylash, naslimizning aqli raso, 
sulolamizning palagi baquvvat, zotimizning nuqsonsiz bo‘lishi to‘g‘risida jon 
kuydirilayotganiga iqror bo‘lamiz. Murojaatnomada tibbiyotning birlamchi 
bo‘g‘inini kuchaytirish, ayniqsa, qishloq va mahallalarda tibbiy xizmatni sifat 
jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish zaruratining belgilangani ham ayni maqsadga 
xizmat qiladi. 
Murojaatnomada jismoniy tarbiya va sportni yanada ommalashtirish – aholi 
salomatligini ta’minlashda muhim omil ekani ham ko‘rsatib berildi. Darhaqiqat, 
sport salomatlikka ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. CHunki muntazam sport mashg‘ulotlarni 
inson organizmini chiniqtiradi, uning immunitetini oshiradi, va demakki,
kasalliklarga qarshi kurashuvchanligini orttiradi. Bundan tashqari, “sog‘ tanda – 
sog‘lom aql” bo‘ladi. SHuning
dek
sport yoshlarning xarakterini toblaydi, ularning 
irodasini kuchaytiradi, o‘ziga ishonchni musta
h
kamlaydi, metin intizomga 
o‘rgatadi. Va nihoyat, sport davlatimizni dunyoga tanitish vositasi bo‘lib, nufuzli 
xal
q
aro maydonlarda Vatanimiz bayro
g‘
ini baland ko‘tarib kelayotgan mash
h
ur 
sportchilar bunga o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar. SHu nuqtai nazardan, jismoniy 
tarbiya va sportni nafaqat yoshlar, balki aholining barcha qatlamlari o‘rtasida 
ommalashtirish, ularni sog‘lom turmush tarziga oshno qilish xalqimizning tani 
sihatini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsaq Murojaatnomada ko‘zlangan marralarga 
erishish istiqbolimiz uchun muhim ahamiyatga ega. SHuning barobarida 
Murojaatnomani samarali hujjatga aylantiradigan narsa – uning ijrosidir. Bu esa 
Murojaatnomadan o‘rin olgan tashabbuslarni amalga oshirishga qo‘shajak hissamiz 
haqida o‘ylab ko‘rishga undaydi. CHunki bu tashabbuslarning amaliy ro‘yobi har 
birimizga doxil hodisadir. Va, tabiiyki, Murojaatnomadan o‘rin olgan g‘oyalarning 
ijrosidan hamma birdek manfaatdor.

Download 439,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish