hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi qonuni
talablarini kengroq amalga oshirishga sharoit yaratadi.
Uchinchidan,
davlat xizmatiga kadrlarni tanlash
va ishga qabul qilishning
ochiq tizimini yo‘lga qo‘yish tizimi to‘liq ishga tushiriladi.
Korruptsiyaga qarshi kurashishning samarali vositalaridan biri – kadrlarni
tanlash va ishga qabul qilishning ochiq tizimini yo‘lga qo‘yishdan iborat. Ushbu
tizim asosida kadrlarni tanlashda eski usullardan voz kechib, ularning intellektual
salohiyatini, ma’naviy fazilatlarini baholaydigan ochiq va oshkora tanlov tizimi
joriy etiladi.
Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3
oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat fuqarolik
xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5843-
son Farmoniga ko‘ra davlat xizmatiga qabul qilishning shaffof mexanizmiga asos
solindi. Unda quyidagi tartib o‘rnatildi:
a) davlat organlari va tashkilotlaridagi davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilish
ochiq mustaqil tanlov asosida quyidagi tartibda amalga oshiriladi, alohida tartibda
saylanadigan va tayinlanadigan lavozimlar bundan mustasno:
2020 yil 1 yanvardan boshlab –
tajriba tartibida, butun vertikal bo‘ylab –
davlat boshqaruvi organlarida va Farmonning 2-ilovasiga muvofiq hududlardagi
barcha davlat tashkilotlarida;
2021 yil 1 yanvardan boshlab – davlat fuqarolik xizmati nazarda tutilgan
respublikaning barcha davlat organlari va tashkilotlarida.
Mazkur farmon asosida joriy yil 1 yanvardan barcha davlat organlari va
tashkilotlarida kadrlarni tanlash va tayinlashning yangi tartibini joriy etiladi. Ushbu
tizim davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilishda meritokratiya tamoyilini joriy etadi
va davlat xizmatiga kirishdagi manfaatlar to‘qnashuvi holatlarining oldini oladi.
SHu sababli, ushbu tamoyil asosida davlat mansablarini egallagan xizmatchilarda
korruptsiyaga qarshi immunitet kuchli bo‘ladi.
SHuningdek korruptsiyaning oldini olish bo‘yicha davlat xizmatchilarini
muntazam o‘qitish va bilimini baholab borish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
2020 yilning 24 yanvardagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat
Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida korruptsiyaga qarshi kurashishga
mas’ul bo‘ladigan hamda barcha kuch va vositalarga ega bo‘lgan alohida organ
tashkil etish taklif etilgani korruptsiyaga qarshi kurashish
sohasida muhim voqea
bo‘ldi.
SHunga muvofiq, 2020 yil 29 iyunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“O‘zbekiston
Respublikasida
korruptsiyaga
qarshi
kurashish
tizimini
takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni va
“O‘zbekiston Respublikasi korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyatini
tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-4761-son Qarori qabul qilindi.
Farmonga asosan,
korruptsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish
sohasida davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish, davlat organlari,
ommaviy axborot vositalari, fuqarolik jamiyati institutlari va boshqa nodavlat
sektor vakillarining birgalikdagi samarali faoliyatini ta’minlash,
shuningdek
mazkur sohadagi xalqaro hamkorlik uchun mas’ul bo‘lgan maxsus vakolatli davlat
organi ‒ O‘zbekiston Respublikasi Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil
etildi.
SHu kabi maxsus tuzilmalar xorijiy davlatlar masalan, Singapur, Janubiy
Korea, Qozog‘iston Respublikasi tajribasida tajribasida mavjud.
Ta’kidlash joizki, korruptsiya manfaatlar to‘qnashuvining jiddiy ko‘rinishi
bo‘lib, u manfaatlar to‘qnashuning barcha turlarini bartaraf etishni talab etadi. SHu
bois
xorijiy
mamlakatlarda
korruptsiyaga
qarshi
kurashish
manfaatlar
to‘qnashuning oldini olishdan boshlanadi.
SHu sababli, xorijiy davlatlarda manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish
bo‘yicha jiddiy tartiblar o‘rnatilgan. Xususan, AQSH, Kanada, Frantsiya va
Gollandiya kabi mamlakatlarda davlat boshqaruvi sohasida korruptsiyaning oldini
olish va unga barham berishga qaratilgan bir qator normativ-huquqiy hujjatlar
ishlab chiqilgan. Masalan, AQSH qonunchiligida davlat xizmatchisining
qo‘shimcha (asosiy vazifa uchun ish haqidan tashqari) daromad olish huquqi ham
cheklangan. Bu cheklash hokimiyat uchala tarmog‘ining
barcha xizmatchilariga
nisbatan ham tatbiq etiladi.
AQSH federal qonunchiligida davlat hokimiyati organlarini tark etgan sobiq
davlat xizmatchilarining ish faoliyatini cheklaydigan normalar ham nazarda
tutilgan. Davlat xizmatchisi xizmat o‘tash davrida muayyan muammolarni hal
qilishda hukumat mansabdor shaxsi sifatida shaxsan va katta vakolatlar bilan
ishtirok etgan bo‘lsa, u iste’foga chiqqanidan keyin ijro etuvchi hokimiyat
organlari tomonidan shunga o‘xchash muammolarni hal qilishda birovning
manfaatlarini rasman va har qanday shaklda ifoda etishga haqli emas.
Kanadaning jinoyat qonunchiligiga muvofiq, “mansabdor
shaxslarni pora
evaziga og‘dirish”, “hukumatni aldash”, “mansabdor shaxs tomonidan sodir etilgan
ishonchni suiiste’mol qilish” holatlari mansabdorlik jinoyatlari hisoblanadi. 1985
yilda Kanadada davlat xizmatchilarining xizmat vazifalari va shaxsiy manfaatlari
o‘rtasida to‘qnashuv yuz bergan holda ular amal qilishi shart bo‘lgan xulq-atvor
qoidalarini o‘zida jamlagan kodeks qabul qilingan. Mazkur kodeksning maqsadi –
“davlat apparati va davlat xizmatchilarining halolligiga jamiyatning ishonchini
oshirish”dan iborat etib belgilangan.
Mamlakatimizda xorijiy mamlakatlar tajribasi asosida maxsus vakolatli
organning tashkil etilishi maqtovga loyiq. SHu bilan birga, korruptsiyaga qarshi
kurashishning boshqa mexanizmlarini ham joriy etib borish zarur.
Murojaatnomada belgilanganganidek davlatimizning korruptsiyaga qarshi
kurash siyosati izchil davom ettiriladi.
Mazkur vazifa doirasida, har bir davlat
organi o‘zining korruptsiyaga qarshi faoliyatida shu kabi huquqbuzarliklarni o‘z
vaqtida aniqlash va ularga chek qo‘yishga, korruptsiyaviy huquqbuzarliklarni sodir
etganlik
uchun
javobgarlikning
muqarrarligi
printsipini
ta’minlashga
doir choralarni ko‘rishi lozim.
Ushbu ijtimoiy illatga qarshi kurashishning muhim chorasi sifatida
jinoyatchilik va korruptsiya atrofida murosasizlik va umumxalq tomonidan
qoralash muhitini yaratish zarurligini alohida ta’kidlash lozim.
SHuningdek korruptsiyaga qarshi kurashda davlat xizmatchilarining axloqi,
halolligi, korruptsiyaga murosasizligi muhim rolь o‘ynashi lozim. Zero aynan
halollik shu vaqtga qadar xalqimizga azob berib kelayotgan dardlarga malham
bo‘la oladi. CHunki har bir insonni o‘z vijdonidan ko‘ra kuchli nazorat qiladigan
va boshqaradigan kuch yo‘q. SHu sababli, halollik va vatanparvarlik vijdonimizni
uyg‘otib, zehniyatimizni tozalaydi.
Qonun ustuvorligini ta’minlash va korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi
islohotlar davlat va jamiyat har tomonlama va jadal
rivojlanishi uchun shart-
sharoitlar yaratish, mamlakatni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha
sohalarini liberallashtirish, shaxs huquqlari kafolatlarini mustahkamlashga xizmat
qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: