jihatdan yangi bosqichga olib chiqamiz” degan g‘oyani aloxida ta’kidladilar.
Ma’lumki, O‘zbekiston aholisi milliy tarkibiga ko‘ra aholisi ko‘p millatli davlatlar
qatoriga kiradi. Hozir O‘zbekistonda 136 ta millat va elatlarning vakillari yashaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 8-moddasida O‘zbekiston xalqini
millatidan qat’iy nazar O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari tashkil etadi deb
ta’kidlangan. Konstitutsiyaning 18-moddasiga asosan
ular bir xil huquq va
erkinliklarga ega. 4-moddada O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat
qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari hurmat
qilinishini ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi deb qayd
qilingan.
Davlatimizning ushbu muxim soxadagi davlat siyosati “O‘zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Xarakatlar strategiyasining beshinchi
”Xavfsizliq millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda chuqur
o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi
siyosat soxasidagi ustivor
yo‘nalishida” belgilangan.
Yurtboshimizning 2017 yil 19 maydagi “Millatlararo munosabatlar va xorijiy
mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, Respublika baynalmilal madaniyat markazi
hamda O‘zbekiston xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik va madaniy-ma’rifiy
aloqalar jamiyatlari kengashi negizida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va
xorijiy mamlakatlar bilan
do‘stlik aloqalari qo‘mitasi tashkil etilgan. 139 ta milliy madaniy markazlar
faoliyat olib bormoqda. Xozirda mamlakatimizda davlat va nodavlat ta’lim
muassasalarida
o‘qitish
7
tilda
olib
boriladi.
O‘zbekiston
Milliy
teleradiokompaniyasi o‘z ko‘rsatuvlarini 12 tilda namoyish etadi, o‘ndan ortiq tilda
gazeta va jurnallar nashr etilmoqda. SHu bilan bir qatorda har bir millatning
umumiy manfaatlari bilan birga o‘z qadriyatlari ham bor. O‘zbekiston kabi ko‘p
millatli mamlakatda turli millatlar manfaatlarini uyg‘unlashtirish, ular orasida
totuvlikni ta’minlash taraqqiyotning hal qiluvchi omillaridan biri hisoblanadi.
Diniy bag‘rikenglik g‘oyasi xilma-xil diniy e’tiqodga ega bo‘lgan kishilarning
bir zamin, bir Vatanda, olijanob g‘oya va niyatlar yo‘lida
hamkor va hamjihat
bo‘lib
yashash
ini anglatadi. Dunyodagi dinlarning barchasi ezgulik g‘oyalariga
asoslanadi va yaxshiliq tinchliq do‘stlik kabi xususiyatlarga tayanadi. Odamlarni
halollik va pokliq mehr-
shafqat
, birodarlik va bag‘rikenglikka da’vat etadi.
O‘zbekiston azaldan turli dinlarga e’tiqod qiluvchi xalqlar tinch-totuv
yashagan o‘lka bo‘lib kelgan. Azal-azaldan ona yurtimizda islom, xristian,
yahudiyliq buddaviylik kabi din vakillari yonma-yon yashab kelgan. Ajdodlarimiz
turli din vakillariga bag‘rikeng hamda doimo hurmat bilan munosabatda bo‘lgani,
Vatan taraqqiyoti yo‘lida yelkadosh bo‘lib mehnat qilgani tarixiy manbalarda ko‘p
qayd etilgan. Asrlar mobaynida
yirik shaharlarda masjid, cherkov va
sinagogalarning mavjud bo‘lishi, turli millat va dinga mansub qavmlarning o‘z
diniy amallarini erkin ado etib kelayotgani buning tasdig‘idir.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31-moddasida “Hamma uchun
vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilishi yoki
hech qanday dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan
singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi”, degan norma kiritilgan. “Vijdon erkinligi va diniy
tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunda ham fuqorolarning yuqorida keltirilgan
konstitutsiyaviy
huquq
va
erkinliklari
mustaxkamlangan.
O‘zbekiston
Respublikasida davlat va din munosabatlari qadimiy an’analarga suyanib,
ushbu
soxaga bag‘ishlangan qonunlar bilan ta’minlangan quyidagi tamoyillar asosida
olib borilmoqda:
- Dindorlarning diniy tuyg‘ularini hurmat qilish;
- Diniy e’tiqodlarni fuqarolarning yoki ular uyushmalarining xususiy ishi deb
tan olish;
- Diniy e’tiqodga ega fuqarolarning ham, ularga amal qilmaydigan
fuqarolarning ham huquqlarini teng kafolatlash hamda ularni ta’qib qilishga yo‘l
qo‘ymaslik;
- Ma’naviy tiklanish, umuminsoniy axloqiy qadriyatlarni
qaror toptirish
ishida turli diniy uyushmalarning imkoniyatlaridan foydalanish uchun ular bilan
muloqot qilish yo‘llarini izlash;
- Dindan buzg‘unchilik maqsadlarida foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik.
O‘zbekistonda fuqarolarning vijdon va diniy erkinligi sohasidagi konstitutsion
huquqlarini ta’minlash, jamiyatda diniy bag‘rikenglik va dinlararo do‘stlik-
hamkorlik g‘oyalarini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.
Hukumatimiz tomonidan xalqimizning qon-qoniga singib ketgan bag‘rikenglik
an’anasi qo‘llab-quvvatlanib, yanada rivojlantirishga qaratilgan ishlar olib
borilmoqda. Xozirda mamlakatimizda 16 ta konfessiyaga mansub bo‘lgan 2276 ta
diniy tashkilotlar erkin faoliyat yuritmoqda. Ulardan 2093 tasi islomiy, 183 tasi
noislomiy, shu qatorda 166 ta xristian cherkovi, 8 ta
yaxudiy ibodatxonalari, 6 ta
baxoiy jamoalari va 1 ta krishnani anglash jamiyati mavjud. Bugungi kunda
mamlakatimizda turli e’tiqodga mansub yuqorida qayd qilingan tashkilotlar
o‘rtasida o‘zaro hurmat va bag‘rikenglik muhiti o‘rnatilishi uchun barcha sharoitlar
yaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: