15-mavzu: Yangi O‘zbekiston – yangicha dunyoqarash


Millatlararo do‘stlik va dinlararo bag‘rikenglikni ta’minlash davlat



Download 439,11 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/9
Sana23.06.2022
Hajmi439,11 Kb.
#697070
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
15-ma\'ruza

Millatlararo do‘stlik va dinlararo bag‘rikenglikni ta’minlash davlat 
siyosatining ustuvor yo‘nalishi. 
O‘zbekiston Prezidenti SHavkat
 
Mirziyoev Oliy Majlisga va xalqiga 
yo‘llagan 
Murojaatnomasida
 
“...jamiyatda 
millatlararo 
totuvlik 
va 
bag‘rikenglik muhitini mustahkamlashga qaratilgan ishlarimizni sifat 


jihatdan yangi bosqichga olib chiqamiz” degan g‘oyani aloxida ta’kidladilar. 
Ma’lumki, O‘zbekiston aholisi milliy tarkibiga ko‘ra aholisi ko‘p millatli davlatlar 
qatoriga kiradi. Hozir O‘zbekistonda 136 ta millat va elatlarning vakillari yashaydi. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 8-moddasida O‘zbekiston xalqini 
millatidan qat’iy nazar O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari tashkil etadi deb 
ta’kidlangan. Konstitutsiyaning 18-moddasiga asosan ular bir xil huquq va 
erkinliklarga ega. 4-moddada O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat 
qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari hurmat 
qilinishini ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi deb qayd 
qilingan.
Davlatimizning ushbu muxim soxadagi davlat siyosati “O‘zbekiston 
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Xarakatlar strategiyasining beshinchi 
”Xavfsizliq millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda chuqur 
o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat soxasidagi ustivor 
yo‘nalishida” belgilangan.
Yurtboshimizning 2017 yil 19 maydagi “Millatlararo munosabatlar va xorijiy 
mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, Respublika baynalmilal madaniyat markazi 
hamda O‘zbekiston xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik va madaniy-ma’rifiy 
aloqalar jamiyatlari kengashi negizida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan 
do‘stlik aloqalari qo‘mitasi tashkil etilgan. 139 ta milliy madaniy markazlar
faoliyat olib bormoqda. Xozirda mamlakatimizda davlat va nodavlat ta’lim 
muassasalarida 
o‘qitish 

tilda 
olib 
boriladi. 
O‘zbekiston 
Milliy 
teleradiokompaniyasi o‘z ko‘rsatuvlarini 12 tilda namoyish etadi, o‘ndan ortiq tilda 
gazeta va jurnallar nashr etilmoqda. SHu bilan bir qatorda har bir millatning 
umumiy manfaatlari bilan birga o‘z qadriyatlari ham bor. O‘zbekiston kabi ko‘p 
millatli mamlakatda turli millatlar manfaatlarini uyg‘unlashtirish, ular orasida 
totuvlikni ta’minlash taraqqiyotning hal qiluvchi omillaridan biri hisoblanadi. 
Diniy bag‘rikenglik g‘oyasi xilma-xil diniy e’tiqodga ega bo‘lgan kishilarning 
bir zamin, bir Vatanda, olijanob g‘oya va niyatlar yo‘lida hamkor va hamjihat 
bo‘lib 
yashash
ini anglatadi. Dunyodagi dinlarning barchasi ezgulik g‘oyalariga 
asoslanadi va yaxshiliq tinchliq do‘stlik kabi xususiyatlarga tayanadi. Odamlarni 
halollik va pokliq mehr-
shafqat
, birodarlik va bag‘rikenglikka da’vat etadi. 
O‘zbekiston azaldan turli dinlarga e’tiqod qiluvchi xalqlar tinch-totuv 
yashagan o‘lka bo‘lib kelgan. Azal-azaldan ona yurtimizda islom, xristian, 
yahudiyliq buddaviylik kabi din vakillari yonma-yon yashab kelgan. Ajdodlarimiz 
turli din vakillariga bag‘rikeng hamda doimo hurmat bilan munosabatda bo‘lgani, 
Vatan taraqqiyoti yo‘lida yelkadosh bo‘lib mehnat qilgani tarixiy manbalarda ko‘p 


qayd etilgan. Asrlar mobaynida yirik shaharlarda masjid, cherkov va 
sinagogalarning mavjud bo‘lishi, turli millat va dinga mansub qavmlarning o‘z 
diniy amallarini erkin ado etib kelayotgani buning tasdig‘idir.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31-moddasida “Hamma uchun 
vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilishi yoki 
hech qanday dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan 
singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi”, degan norma kiritilgan. “Vijdon erkinligi va diniy 
tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunda ham fuqorolarning yuqorida keltirilgan 
konstitutsiyaviy 
huquq 
va 
erkinliklari 
mustaxkamlangan. 
O‘zbekiston 
Respublikasida davlat va din munosabatlari qadimiy an’analarga suyanib, ushbu 
soxaga bag‘ishlangan qonunlar bilan ta’minlangan quyidagi tamoyillar asosida 
olib borilmoqda: 
- Dindorlarning diniy tuyg‘ularini hurmat qilish; 
- Diniy e’tiqodlarni fuqarolarning yoki ular uyushmalarining xususiy ishi deb 
tan olish; 
- Diniy e’tiqodga ega fuqarolarning ham, ularga amal qilmaydigan 
fuqarolarning ham huquqlarini teng kafolatlash hamda ularni ta’qib qilishga yo‘l 
qo‘ymaslik; 
- Ma’naviy tiklanish, umuminsoniy axloqiy qadriyatlarni qaror toptirish
ishida turli diniy uyushmalarning imkoniyatlaridan foydalanish uchun ular bilan 
muloqot qilish yo‘llarini izlash; 
- Dindan buzg‘unchilik maqsadlarida foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik. 
O‘zbekistonda fuqarolarning vijdon va diniy erkinligi sohasidagi konstitutsion 
huquqlarini ta’minlash, jamiyatda diniy bag‘rikenglik va dinlararo do‘stlik-
hamkorlik g‘oyalarini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. 
Hukumatimiz tomonidan xalqimizning qon-qoniga singib ketgan bag‘rikenglik 
an’anasi qo‘llab-quvvatlanib, yanada rivojlantirishga qaratilgan ishlar olib 
borilmoqda. Xozirda mamlakatimizda 16 ta konfessiyaga mansub bo‘lgan 2276 ta 
diniy tashkilotlar erkin faoliyat yuritmoqda. Ulardan 2093 tasi islomiy, 183 tasi 
noislomiy, shu qatorda 166 ta xristian cherkovi, 8 ta yaxudiy ibodatxonalari, 6 ta 
baxoiy jamoalari va 1 ta krishnani anglash jamiyati mavjud. Bugungi kunda 
mamlakatimizda turli e’tiqodga mansub yuqorida qayd qilingan tashkilotlar 
o‘rtasida o‘zaro hurmat va bag‘rikenglik muhiti o‘rnatilishi uchun barcha sharoitlar 
yaratilgan. 

Download 439,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish