Eng asosiysi — bag‘rikenglikning muhim omillaridan biri bo‘lgan
millatlararo va dinlararo totuvlikning to‘la ta’minlanganligi.
Ushbu oqilona siyosatning mahsuli sifatida bugun yurtimizda tinchlik-
osoyishtalik hukm surmoqda, turli din va millat vakillari bir oiladek inoq hayot
kechirmoqda. Respublikamizda turli dinlarga e’tiqod qiluvchilarning barcha ibodat
va marosimlarni emin-erkin bajarib, diniy bayramlarini keng ko‘lamda
nishonlashlariga ham har tomonlama sharoitlar yaratilmoqda. Xususan,
musulmonlarning Hayit bayramlari, nasroniylarning Pasxa va Rojdestvo
bayramlari, yahudiylarning Peysax, Purim va Xanuka bayramlari ko‘tarinki ruhda
tantana etilmoqda. Turli konfessiya yetakchilarining diniy bayram kunlari bir-
birlarini tabriklab, tadbirlarda ishtirok etishlari an’anaga aylangan. O‘tgan 2019
yilda 7200 dan ortiq fuqarolarimiz haj ziyoratini emin-erkin amalga oshirdilar.
Kuniga 500 ga yaqin fuqarolarimiz musulmonlar uchun muqaddas bo‘lgan Makka
va Madina shaharlariga borib, umra ziyoratini ado etishdi.
Hukumatimiz tomonidan musulmonlar singari boshqa din vakillari, xususan,
pravoslav xristianlari Isroilning Ierusalim – Quddusi
shar
if shahriga borib, Pasxa
bayrami munosabati bilan muqaddas olov olib kelishlariga ham imkoniyatlar
yaratib berilgan. U yerga zamonaviy samolyotda sharter-reys bilan borib kelishlari
uchun ham Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Toshkent va O‘zbekiston yeparxiyasi,
“O‘zbekiston havo yo‘llari” va boshqa tegishli tashkilotlar xizmat ko‘rsatmoqda.
Mustaqillik yillarida respublikamizda yuzlab masjid, cherkov, sinagoga va
ibodat uylari qurildi, qayta ta’mirdan chiqarildi. Ular qatorida Toshkentdagi
“Hazrati Imom” majmui, “Minor” masjidi, viloyat markazlaridagi jome masjidlar,
Toshkent, Samarqand va Navoiy shaharlaridagi pravoslav cherkovlari, shuning
dek
Toshkentdagi katolik cherkovi va buddaviylik ibodatxonasi, Samarqanddagi
Arman Apostol cherkovi va boshqalarni ko‘rsatish mumkin.
O‘zbekiston Prezidenti SHavkat
Mirziyoev 2017 yil 19 sentyabrь kuni
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida “Ma’rifat
va diniy bag‘rikenglik” deb nomlangan maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish
taklifini ilgari surdilar. Ushbu taklifdan kelib chiqib, 2018 yil 12 dekabrda
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 73-sessiyasining 51-
yig‘ilishida A/Res/73/128-sonli “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” rezolyutsiyasi
tashkilotga a’zo 193 mamlakat tomonidan yakdillik bilan qabul qilindi. BMTga
a’zo mamlakatlarning 50 dan ortig‘i bu rezolyutsiyani nafaqat qo‘llab-
quvvatlashlarini, balki unga hammuallif bo‘lishlarini ta’kidladilar.
SHuning
dek
yurtboshimiz murojaatnomada Birlashgan Millatlar Tashkiloti
Bosh Assambleyasining rezolyutsiyasi bilan har yili 30 iyulь – Xalqaro do‘stlik
kuni sifatida keng nishonlanishini inobatga olgan xolda ushbu sanani
O‘zbekistonda “Xalqlar do‘stligi kuni” deb belgilashni taklif etdilar.
Mamlakatimizda ushbu soxadagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish, inson
huquq va erkinliklarini ta’minlash, xalq farovonligini oshirish borasida olib
borilayotgan izchil siyosat jahon hamjamiyati tomonidan keng e’tirof etilmoqda.
Xususan shu yilning 7 dekabrь kuni AQSH Davlat departamentining rasmiy
saytida Davlat departamenti O‘zbekistonni diniy erkinliklar bo‘yicha maxsus
kuzatuvlar ro‘yxatidan chiqarganligi haqida xabar qilindi. AQSH Davlat kotibi
M.Pompeo diniy erkinlik borasida amalga oshirilgan ijobiy o‘zgarishlar haqida
gapirar ekan, qisqa muddat ichida O‘zbekiston rahbariyati tomonidan ko‘rilgan
tezkor va maqsadli chora-tadbirlarning natijasi ekanini qayd etgan. SHuning
dek
Davlat kotibi maxsus ro‘yxatdan chiqishda O‘zbekiston tajribasi boshqa
davlatlarga namuna bo‘lib xizmat qilishini ham ta’kidladi.
Bugungi kunda dunyoning ayrim mintaqalarida jaholatga qarshi – jaholat
bilan kurashish oqibatida nizoli vaziyatlar avj olib bormoqda. Ayniqsa Yaqin
SHar
q mamlakatlarida milliy, diniy, va boshqa ijtimoiy-siyosiy omillar negizida
yuzaga kelgan qurolli to‘qnashuvlar oqibatida yuzlab odamlarning qurbon
bo‘layotgani, minglab kishilarning o‘z boshpanalaridan ayrilib, tug‘ilib o‘sgan
yurtlarini tashlab ketishga majbur bo‘layotgani kabi ayanchli jarayonlarning
guvohi bo‘lmoqdamiz.
Ushbu salbiy oqibatlarni bartaraf qilish amaliyotida “O‘zbekiston omili”ning
o‘rni, jumladan Prezidentimiz SH.Mirziyoevning xalqaro miqyosda o‘tkazilgan
anjumanlarda, masalan BMT Bosh Assambleyasining 72, 75 sessiyalarida, MDH,
SHXT davlatlari raxbarlarining oliy darajadagi kengashlarida, Markaziy Osiyo
davlatlari raxbarlarining uchrashuvlaridagi tashabbuskorliklari omil sifatida muhim
ahamiyat kasb etmoqda.
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, O‘zbekistonning din soxasidagi
siyosati zamirida davlatning dunyoviyligi, din va davlat bir-biridan ajratilganligi
haqidagi tamoyil yotadi. O‘zbekistonning din soxasidagi siyosati, o‘z navbatida,
xalqaro shartnomalarning bu boradagi talablarini to‘liq e’tirof etadi va
fuqorolarning shaxsiy, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy huquqlarini ta’minlashni
nazarda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |