Byudjet hisobi va nazorati



Download 1,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/70
Sana23.06.2022
Hajmi1,2 Mb.
#696049
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   70
Bog'liq
Byudjet hisobi va nazorati OUM

5.5.
 
Byudjet jaronida hujjatlarning aylanishi. 
Xo‘jalik jarayoni sodir etilganini isbotlovchi yoki jarayon sodir etilishiga asos 
bo‘luvchi hujjatlar bir necha mas’ul shaxslarda, bo‘limlarda, korxonalarda harakatda 
bo‘ladi va o‘z mo‘ljali bo‘yicha xizmat qilib bo‘lganidan so‘ng, belgilangan tartibda 
arxivga topshiriladi, ya’ni hujjat aylanishi sodir bo‘ladi. Demak, hujjat aylanishi-
birlamchi hujjatlarni tuzilib, ularni qayta ishlab va umumlashtirib, guruhlashdan 
so‘ng, arxivga topshirilguncha harakatidir. 
Buxgalteriyaga kelib tushgan hujjatlar majburiy tekshiruvdan o‘tishi kerak. Hujjatni 
tekshirishda quyidagilarni e’tiborga olish kerak bo‘ladi: 
Shakl nuqtai nazaridan (hujjat to‘g‘ri to‘ldirilganligi, hamma rekvizitlar mavjudligi, 
to‘liqligi). 
Mazmun nuqtai nazaridan (hujjatlashtirilayotgan jarayon qonuniyligi, iqtisodiy 
mazmunga ega ekanligi alohida ko‘rsatkichlar mantiqiy bog‘liqligi, arifmetik 
xatolar yo‘qligi). 
Iqtisodiy mantiqsiz, qonunga xilof hujjat jarayonlari aks ettirilgan hujjatlar 
rasmiylashtirishga va jarayonni bajarilishiga qabul qilinmaydi. Bunday hujjatlar 
tegishli qaror qabul qilish uchun korxona boshqarma buxgalteriyalariga topshirilishi 
shart. 
Qayta ishlangan hujjatlarga albatta tegishli belgi qo‘yilishi lozim. Bu bilan hujjatni 
yana qayta ishlash oldi olinadi. Agar hujjat qo‘lda qayta ishlansa, hisob registriga 
yozilgan muddati, agar qayta ishlash hisoblash qurilmasi orqali amalga oshirilsa, 
ularni qayta ishlashga javobgar nazoratchi shtamp orqali belgi qo‘yadi. 
Kassa jarayonlariga asos bo‘luvchi kassa kirim va chiqim orderlariga, to‘lov 
vedomotslariga jarayon amalga oshirilgan zahoti qo‘lda e shtampda «olindi» yoki 
«to‘landi» degan so‘zlar muddatni (kun, oy, yil) ko‘rsatilib aks ettirilish shart. 


89 
Buxgalteriya hisobida hujjatlar xarakati, ya’ni tashkil etish yoki boshqa korxonalar, 
tashkilotlar, muassasalardan hisobga, qayta ishlashga, arxivga uzatish uchun olinishi 
ro‘yxat bilan tartibga solinadi. 
Hujjat aylanishi ro‘yxatini tuzish ishlarini bosh buxgalter tashkil etadi va hujjat 
aylanishi ro‘yxati korxona rahbari tomonidan tasdiqlanadi. 
Ro‘yxatni tuzishdan maqsad, hisob ishlarini osonlashtirish, hujjat aylanishini 
oqilona tashkil etishdan iborat. hujjat aylanishi ro‘yxati sxema ko‘rinishida 
rasmiylashtirilishi mumkin. Yoki jadval ko‘rinishida bo‘lib, quyidagi rekvizitlarga 
ega bo‘ladi: hujjat nomi, hujjatni tuzish (nusxa soni, rasmiylashtiruvchi ma’sul, 
bajarilishga ma’sul, bajarilish muddati) hujjatni tekshirish (tekshirishga ma’sul, kim 
keltirishi, keltirish tartibi, keltirish muddati), hujjatni qayta ishlash (kim bajarishi, 
qayta ishlash muddati) arxivga berish (kim beradi, berish muddati), hamda ro‘yxatni 
tasdiqlash buyrig‘i tartib raqami va muddati, korxona muhri, korxona bosh 
buxgalteri va rahbari imzosi . 
Korxona xodimlari hujjat aylanishi ro‘yxatiga asosan, ular faoliyatiga taalluqli 
hujjatlarni tuzadi va takdim etadi. hujjatni o‘z vaqtida to‘g‘ri to‘ldirilishi, 
belgilangan, muddatda takdim etilishi, ulardagi ma’lumotlar ishonchliligiga 
javobgarlik shu hujjatni tuzgan va imzo chekkan shaxsga yuklatiladi. 
Korxona bo‘yicha hujjat aylanishi ro‘yxati bo‘yicha ishlar o‘z vaqtida bajarilishini 
bosh buxgalter nazorat etib boradi. 
Dastlabki hujjatlar, hisob vedomostlari, buxgalteriya hisobotlari va balanslari 
arxivga topshirilishi majburiydir. 
Hujjatlar arxivga topshirilgunga kadar buxgalteriyada maxsus binoda yoki korxona 
rahbari tayinlagan moddiy javobgar shaxs mas’ulligida bekitiladigan shkaflarda 
saqlanadi.
Qat’iy hisobdagi blankalar esa , ular saqlanishini ta’minlaydigan seyflarda, metall 
shkaflarda, maxsus binolarda saklanadi. Aniq bir, hisob vedomostiga taalluqli, joriy 
oyda qayta ishlangan dastlabki hujjatlar xronologik tartibda yig‘ilib arxivga 
ma’lumotnoma bilan uzatiladi. 


90 
Kassa orderlari, hisobdorlik hisobotlari, bank ko‘chirmalari ular ilovalari bilan birga 
xronologik tartibda yig‘iladi va taxtlanadi. Ba’zi bir hujjatlar taxtlanmasligi 
mumkin, ammo ular yo‘qotilishi yoki suyiste’mollikni oldini olish maqsadida tikib 
qo‘yiladi. 
Korxona arxivida dastlabki hujjatlar, hisob registrlarini, hisobotlarni saqlash tartibi 
O‘zbekiston Respublikasi arxivi bosh boshqarmasini materiallarini saqlash 
ko‘rsatmasiga ko‘ra, o‘rnatiladi. 
Hujjatlarni buxgalteriyadan va arxivdan boshqa tarmoq xoimlariga berilishi korxona 
bosh buxgaletriya ruxsati bilan amalga oshiriladi. 
Korxonadan hujjatlarni faqat aniqlash dastlabki tergov, prokuratura va sud 
tashkilotlari tomonidan amaldagi qonunchilikga javob bergan hollardagi qarorlariga 
asosan olinishi mumkin. Hujjat olinishi bayonnoma bilan rasmiylashtirilib, uni bir 
nusxasi korxona tegishli ma’sul xodimiga imzo bilan beriladi. Hujjat olgan tashkilot 
ruxsati va vakili ishtirokida, tegishli ma’sul xodim olingan hujjatdan nusxa olishi 
mumkin va unda asosni ko‘rsatilishi va olingan muddati ko‘rsatilishi kerak. 

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish