TURIN JARAYONI 2018 –2020 O’ZBEKISTON | 72 Ikkinchi muammo. O'qituvchilarning kasbiy kvalifikatsiya darajasi past, o'qituvchilarni qayta tayyorlash
va ularning malakasini oshirish darajasi ham juda sust.
Muammoni keltirib chiqargan omillar: Har bir ta'lim yo'nalishi bo'yicha qo'shimcha ta'lim kurslari butun
mamlakat bo'ylab bir xil bo'lib, kasb-hunar kollejlari va o'qituvchilarining o'ziga xos ehtiyojlarini hisobga
olmaydi. Shunday qilib, o'qituvchilar uchun o'quv kurslari yoki borishni istagan kurslar orasidan tanlash
imkoniyati cheklangan.
Murabbiylik va kouching kabi kasbiy rivojlanish shakllari hali respublika o'qituvchilarga beriladigan malaka
oshirish imkoniyati sifatida keng tarqalgan emas.
Kollejda o'qituvchilar va talabalarning malakasini baholash tizimi yerarli darajada shaffof emas.
O'qituvchilarga moslashuvchan sharoitlarda malaka oshirishi uchun kredit-modulli tizim joriy etilmagan.
Muammoni ham qilish yo ’llari : Kasb-hunar o'qituvchilari uchun kasbiy kompetentsiya standartlarini joriy
etish zarur. Barcha kasb-hunar ta'limi va o'qitish o'qituvchilari o'zlarining kasbiy vakolatlari sohalarida
tegishli nazariy va amaliy bilimlarga, shuningdek, olib boriladigan faoliyat turi va darajasiga mos
o'qituvchilik mahoratiga ega bo'lishlari kerak.
O'qituvchilar malakasini oshirish tizimi moslashuvchan bo'lishi, sohadagi eng so'nggi texnologik
o'zgarishlarni hisobga olishi va ma'lum bir malakaga erishishga yo'naltirilgan bo'lishi kerak.
Menejment va o'qituvchilarning boshlang'ich bosqichdan yuqori darajaga qadar uzluksiz malakasini
oshirish tizimini, natijaga yo'naltirilgan milliy malaka doirasi darajasini hisobga olgan holda joriy etish
kerak.
Qarorlarning bajarilish holati: Oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasiga ko'ra chet
ellarda malakasini oshirgan yoki amaliyot o'tagan professor-o'qituvchilarning ulushi 2019 yilda 2 foizdan
2030 yilda (professor-o'qituvchilar soniga nisbatan) 20 foizgacha bo'lishi kerak. Shuningdek, konsepsiya
maqsadli ta'lim dasturlari, kadrlar buyurtmachilari so'rovlari asosida ishlab chiqarishdan tajribali
amaliyotchilarni jalb qilish orqali oliy o'quv yurtlari bazasida malaka oshirish kurslari va qayta tayyorlash,
treninglar mexanizmlarini yaratishni nazarda tutadi.
O'qituvchilar kasb-hunar ta'limi muassasalariga kasb standartlari bilan belgilangan mezonlar asosida jalb
qilinadi. Kasb-hunar ta'limi muassasalari o'qituvchilarining maoshlari ularning malaka toifalarining
yaxshilanishi
bilan
bir
qatorda
ko'paymoqda,
bu
esa
o'qituvchilarning
martaba
o'sishini
rag'batlantirmoqda.
Tavsiyalar: “hayot davomida ta’lim olish” tamoyili asosida professional kompetensiyalarni
rivojlantirishning muqobil va moslashuvshan shakllarini joriy qilish va shu orqali pedagog kadrlarni qayta
tayyorlash va malakasini oshirish tizimini isloh qilish.
Eng yaxshi xalqaro amaliyotni hisobga olgan holda, kasbiy kompetentsiyani mustaqil baholash tizimini,
kasbiy kompetentsiya standartlarini va kasb-hunar ta'limi tizimida ishlaydigan xodimlarni sertifikatlashni
joriy etish.