TURIN JARAYONI 2018
–2020 O’ZBEKISTON | 71
Malakalar o'rtasidagi o'tish,
noformal ta’lim natijalarini tan olish va barcha individual yutuqlarni tan olish
soddalashtiriladi.
Ko'rib chiqilayotgan davrda, Turin jarayonining oldingi turidan so'ng, 2019 yildan boshlab, O'zbekistonda
birinchi marta kasb-hunar ta'limi sifatini ta'minlashning muhim elementlaridan biri bo'lgan
kompetensiyalarni baholash nodavlat markazlari faoliyatgi joriy etilmoqda
166
.
Shuningdek, o'quv dasturidagi o'zgarishlarga hamohang bo'lish uchun baholash usullari va
sertifikatlashtirish protseduralari qayta ko'rib chiqiladi. Bundan tashqari,
o’quv dasturi va basholash
jarayonida amaliy kontentga alohida ahamiyat beriladi.
III. Rezume va analitik xulosalar
Birinchi muammo.
Ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish mehnat bozori talablariga javob bermadi, bu
esa olingan bilimlar sifatining pasayishiga va shunga muvofiq ravishda bitiruvchilarga talabning sustligiga
olib keldi.
Muammoni keltirib chiqargan omillar:
O'quv ustaxonalari o'z ahamiyatini yo'qotdi va mashg'ulot
yo'nalishiga mos kelmaydi, kerakli tarkibiy qismlar va ehtiyot qismlar bilan etarli darajada jihozlanmagan,
ular talabga qarab yangilanmas edi. Kasb-hunar kollejlarini moddiy-texnika bilan ta'minlashning o'rtacha
darajasi atigi 56 foizni tashkil etgan, ularning 2,2 foizida (ya'ni, 31 kasb-hunar kolleji) o'quv ustaxonalari
etishmayapti. Bundan tashqari, kasb-hunar kollejlarida o'quv jarayoni asosan avval bilim, so'ngra
ko'nikmalarni egallashga qaratilgan edi (ya'ni amaliy mashg'ulotlar 2-kursning ikkinchi yarmida
boshlanardi).
Muammoni ham qilish yo
’llari
: 2019-2023 yillarda O'zbekiston ta'lim sohasini rivojlantirish rejasining 4-
strategik yo'nalishga muvofiq kelgusi besh yil ichida kasb-hunar ta'limi muassasalari modernizatsiya
qilinadi va zamonaviy o'quv binolari bilan jihozlanadi. Mehnat bozori talablari asosida yangi kasbiy
standartlar yaratilmoqda, unga muvofiq kasb-hunar ta'limining moslashuvchan tizimi yaratiladi.
Oliy ta'limni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida ta'limni ishlab chiqarishga integratsiyalash, shu
jumladan, ish joylarida o'qitishni tashkil etish, individual mutaxassislar va donorlarni jalb qilgan holda
hamda ilg'or usullardan foydalangan holda kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash bo'yicha xususiy
muassasalarni rivojlantirish ko'zda tutilgan.
Kollejlarda o'quvchilarning amaliy mashg'ulotlarini yaxshilash uchun ishlab chiqarish ta'limi ustalarini
tayyorlash sifatini oshirish zarur.
2019 yil 6 sentyabrda qabul qilingan Prezident farmoniga muvofiq kasb-hunar kollejlarida zamonaviy
moddiy-texnika bazasini, shu jumladan yuqori samarali o'quv va laboratoriya uskunalarini, kompyuter
uskunalarini va innovatsion texnoparklarni shakllantirish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |