Boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlarga:
mansabga sovuqqonlik bilan qarash; hokimiyat harakat -
sizligi; mansab soxtakorligi; pora olish; pora berish va
bosh qalar kiradi.
Odil sudlovga qarshi jinoyatlar turku-
miga:
aybsiz kishini javobgarlikka tortish; adolatsiz
hukm, hal qiluv qarori, ajrim yoki qaror chiqarish; sud
qarorla rini bajarmaslik; ko‘rsatma berishga majbur qi
-
lish, yolg‘on xa
bar berish; yolg‘on guvohlik berish kabi
jinoyat lar kiradi.
Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga qarshi jinoyat-
lar:
jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlarni; transport
harakati va undan foydalanish xavfsizligiga qarshi jino
-
yatlar; giyohvand yoki psixotrop moddalar bilan qonun-
ga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar;
jamoat tartibiga qarshi jinoyat turlari 37 ta moddada
ko‘rsatilgan.
Jinoyat Kodeksining oxirgi yettinchi bo‘limi
«Harbiy
xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlar»
deb nomlangan.
VII b o b. Jinoyat huquqi
140
Huquqshunoslik
Bu jinoyatlarga bo‘ysunish va harbiy intizomga rioya
etish tartibiga qarshi; harbiy mulkni saqlash yoki undan
foydalanish tartibiga qarshi; harbiy mansabdorlik jino
-
yatlari kiradi. Jinoyat Kodeksining 279-moddasidan 302-
moddasigacha berilgan jinoyat turlari, masalan, bo‘ysun-
maslik, buyruqni bajarmaslik, boshliqlarni qo‘r
qitish,
marodyorlik, dezertirlik, chegara xizmatini o‘tash
qoidalarini buzish, xizmatga sovuqqonlik bilan qarash,
kemani boshqarish qoidalarini buzish shular qatoriga ki-
radi.
Savol va topshiriqlar
1. Jinoyat huquqi tushunchasi, predmeti, vazifalari va
prinsiplarini aytib bering.
2. Jinoiy javobgarlik va uning huquqiy asoslarini izoh
lab
bering.
3. Javobgarlikning tarkibiy qismlarini ko‘rsating.
4. Jinoyat tarkibi (obyekti, subyekti, obyektiv va subyek-
tiv)ni izohlang.
5. Qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlarning
huquqiy belgilari nima?
6. Jinoyatda ishtirokchilik tushunchasi. Ishtirok
chilar ning
turlari va ular uchun tayinlanadigan jazoning o‘ziga xos
ko‘rinishlari.
7. Jazo tizimi tushunchasi va turlari.
8. Javobgarlikdan va jazodan ozod qilish tushunchasi.
Shartli hukm qilish. Kasalligi tufayli javobgarlikdan ozod qi
-
lish asoslari.
9. Sudlanganlik tushunchasi. Sudlanganlikni olib tash-
lash. Sudlanganlikning huquqiy ahamiyati.
10. Voyaga yetmaganlarni javobgarlikdan yoki jazodan
ozod qilishning huquqiy asoslari. Jazoni yengilrog‘i bilan
almash tirish.
11. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining amal
qilish doirasi va umumiy xususiyatlarini ko‘rsating.
141
Do'stlaringiz bilan baham: |