134
Huquqshunoslik
muayyan huquq va imtiyozlardan mahrum etish orqali
amalga oshiriladi.
Qo‘shimcha jazo sifatida harbiy yoki maxsus unvon-
dan mahrum qilish jazosi aybdorning og‘ir yoki o‘ta
og‘ir jinoyati uchun mahrum etilishda qo‘llaniladi.
Ozodlikdan mahrum qilish
eng og‘ir
jazolardan biri
hisoblanadi. Bu jazo aybdorni jamiyatdan ajratilgan
sharoitda unga majburiy ta’sir choralari ko‘rsatish zarur
bo‘lganda qo‘llaniladi.
2008-yil 1-yanvardan boshlab o‘lim jazosi
umrbod
ozodlikdan mahrum qilish
bilan almashtirilgan. Bunday
jazo o‘ta og‘ir jinoyat sodir etgan voyaga yetgan shaxs-
larga nisbatan qo‘l lanadi.
Jazoni qo‘llashda uni
yengillashtiruvchi
yoki
og‘ir-
lashtiruvchi
holatlari inobatga olinadi.
Quyidagi holatlar jazoni yengillashtiruvchi holatlar
deb topiladi:
a) aybni bo‘yniga olish to‘g‘risida arz qilish, chin
ko‘ngildan pushaymon bo‘lish yoki jinoyatni ochish
uchun
faol yordam berish;
b) yetkazilgan zararni ixtiyoriy ravishda bartaraf qi lish;
d) og‘ir shaxsiy, oilaviy sharoitlar oqibatida yoki
boshqa mushkul ahvolda jinoyat sodir etish;
e) majburlash yoki moddiy tomondan, xizmat jihati-
dan yoxud boshqa jihatdan qaramlik sababli jinoyat
sodir etish;
f) jabrlanuvchining zo‘rlik, og‘ir haqorat yoki
bosh qacha g‘ayriqonuniy harakatlari tufayli vujudga
kelgan kuchli ruhiy hayajonlanish
holatida jinoyat
sodir etishi;
g) zaruriy mudofaaning, oxirgi zaruratning asosli
chegarasidan chetga chiqib jinoyat sodir etish, ijtimoiy
xavfli qilmishni sodir etgan shaxsni ushlashda, kasb yoki
xo‘jalik faoliyatiga bog‘liq bo‘lgan asosli tavakkalchilikda
zarar yetkazish;
h) voyaga yetmaganning
jinoyat sodir etishi;
i) homilador ayolning jinoyat sodir etishi;
135
j) jabrlanuvchining g‘ayriqonuniy yoki axloqqa zid
xulq-atvori ta’siri ostida jinoyat sodir etishi.
Jazoni og‘irlashtirish holatlariga O‘zbekiston Res pub -
likasi JKning 56-moddasiga binoan quyidagi holatlar ki-
radi:
a) homiladorligi aybdorga ayon bo‘lgan ayolga nis-
batan;
b) yosh bola, qariya yoki ojiz ahvoldagi shaxsga nis-
batan;
d) xizmat vazifasi yoki fuqarolik burchini bajarganligi
munosabati bilan shaxsga
yoki uning yaqin qarin
-
doshlariga nisbatan;
e) aybdorga moddiy tomondan, xizmat jihatidan
yoki boshqa jihatdan qaram shaxsga nisbatan;
f) o‘ta shafqatsizlik bilan;
g) ko‘pchilik uchun xavfli bo‘lgan usulda;
h) yosh bola yoki ruhiy kasalligi aybdorga ayon
bo‘lgan shaxsdan foydalangan holda;
i) jinoyat natijasida og‘ir oqibatlarning kelib chiqqan-
ligi;
j) umumiy ofat sharoitidan
foydalangan holda yoki
favqulodda holat vaqtida yoxud ommaviy tartibsizliklar
jarayonida;
k) g‘arazli yoki boshqacha past niyatlarda;
l) irqiy yoki milliy dushmanlik yoxud adovat zamirida;
m) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til birik-
tirgan holda yoki uyushgan guruh yoxud jinoiy uyushma
tomonidan;
n) ilgari ham qasddan jinoyat sodir etgan shaxsning
takroran yoki qasddan yangi jinoyat sodir etishi;
o) mastlik holatida giyohvand,
psixotrop yoxud
kishining aql-idrokiga ta’sir qiluvchi boshqa moddalar
ta’siri ostida jinoyat sodir etish.
Jinoyat qonunlarida javobgarlikdan va jazodan ozod
qilish turlari ko‘rsatilgan. Sodir etilgan qilmish uchun ji-
noiy javobgarlikdan ozod qilishning imkoni yati ma salasi
ikki omildan iborat bo‘ladi:
VII b o b. Jinoyat huquqi
136
Huquqshunoslik
a) shaxs jinoyat belgilarini ifodalagan qilmishni sodir
etganda, shuningdek, uni jinoiy javobgarlikka tortish
uchun barcha asoslar mavjud bo‘lmaganda;
b) mazkur shaxsni jinoiy
javobgarlikdan ozod etish
uchun barcha qonuniy asos va shart-sharoitlar mavjud
bo‘lgan holatlarda.
Javobgarlikdan ozod qilish javobgarlikka tortish
muddatining o‘tib ketganligi munosabati bilan, qilmish
yoki shaxs ijtimoiy xavfliligini yo‘qotganligi muno
-
sabati bilan, aybdor o‘z qilmishiga chin ko‘n
gildan
pushaymon bo‘lganligi munosabati bilan, kasalligi tu-
fayli, amnistiya akti asosida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: