BOSHQARUV TARTIBIGA QARSHI MANSABDORLIK JINOYATLARINING KRIMINOLOGIK XUSUSIYATLARI VA KORRUPSION JINOYATLAR BILAN ALOQADORLIGI
Mansabdorlik jinoyatlarining tuzilishi, dinamikasi va hozirgi holati
Boshqaruv tartibiga qarshi mansabdorlik jinoyatlariga kriminologik tavsif uchun uning holati, tuzilishi, darajasi va dinamikasini o’rganish lozim.
O’rganilgan tadqiqot natijalariga ko’ra boshqaruv tartibiga
qarshi mansabdorlik jinoyatlari umumiy jinoyatchilikning 3,1%dan
7,2%ni tashkil qilmoqda. Ushbu jinoyatlar latentlik daraja-
sining yuqoriligi (95%)1, aksariyat jinoyatlarning tergov yoki
sudda ko’rilish jarayonida to’xtatilganligini inobatga olinsa, bu
ko’rsatkich haqiqatda, rasmiy ro’yxatga nisbatan yana yuqorilashishi
mumkin.Tahlil qilinayotgan davr mobaynida boshqa-
ruv tartibiga qarshi mansabdorlik jinoyatlarining oldini olish
va ularga qarshi kurash choralarining samaradorligi tahlil qilin-
sa, bu masalalarda ijobiy o’zgarish deyarli sezilmaydi. Lekin
ayrim yillarda jinoyatchilikka qarshi chora-tadbirlarning kuchay-
tirilganligi bundan mustasno, ushbu tadbirlar tufayli rasmiy
ro’yxatga olingan boshqaruv tartibiga qarshi mansabdorlik jinoyat-
lari miqdori oshganligi seziladi. Boshqaruv tartibiga qarshi
mansabdorlik jinoyatlarining xususiyatlarini aniqlash uchun biz
javobgarlikka tortilgan mansabdor shaxslarni emas, balki sodir
etilgan jinoyatlarning miqdor va sifat ko’rsatkichlarini tahlil
qilishga harakat qildik.
Boshqaruv tartibiga qarshi mansabdorlik jinoyatlari to’g’risi-
da aniq ma’lumotlarning yo’qligi ularning aksariyati g’araz niyatda
iqtisodiyot sohasidagi, mulkka qarshi jinoyatlar bilan birgalikda
sodir etilganligi bilan ham bog’liqdir. Mansabdor shaxs muayyan
sohaning mutaxassisi ekanligi, unga mansabga oid muayyan vakolat-
lar: juda ko’p miqdordagi mulkni boshqarish; boshqa shaxslar qila
olmaydigan hujjatlar bilan bog’liq ishlarni bajarish va h.k.
vakolatlarning berilganligi, ayrim nopok mansabdor shaxslar-
ning korrupsiya jinoyatlarini sodir etishga katta imkoniyatlar
yaratadi. Mansab mavqyeini suiiste’mol qilib, o’zlashtirish yoki
rastrata yo’li bilan o’zgalar mulkini talon-toroj qilish (JK
167-moddasi 2-qism «g» bandi), soliq va boshqa to’lovlarni
to’lashdan bo’yin tovlash (184-modda), bojxona to’g’risidagi qonun
hujjatlarini buzish (182-modda), bankrotlikni yashirish (181-mod-
da), O’zbekiston Respublikasi manfaatlariga xilof ravishda
bitimlar tuzish (175-modda), byudjet intizomini buzish (1841-mod-
da), sifatsiz mahsulot chiqarish yoki sotish (186-modda) kabi
jinoyatlar boshqaruv tartibiga qarshi mansabdorlik jinoyatlari
sifatida rasmiy ro’yxatga kiritilmaydi, chunki ular iqtisodiyot
yoki xo’jalik sohasidagi jinoyatlar ro’yxatiga kiritiladi. Shuning
uchun ham boshqaruv tartibiga qarshi mansabdorlik jinoyatlarini
aniqlash ancha murakkab. Bundan tashqari iqtisodiy yoki xo’jalik
jinoyatlari «sof» boshqaruv tartibiga qarshi mansabdorlik
jinoyatlariga nisbatan bir necha marta ko’p sodir etiladi.
Boshqaruv kыyaya______tartibiga qarshi mansabdorlik jinoyatlarining
ayrim turlari shuningdek, shaxsga, odil sudlovga, jamoat xavfsiz-
ligi va jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar bilan birga sodir
etiladi.
Boshqaruv tartibiga qarshi mansabdorlik jinoyatlarining
darajasi haqida ma’lumotlarning noaniqligi boshqaruv apparati-
dagi rahbariy vazifalari sonining o’zgarib turishi, kadrlarni
tez-tez o’zgartirilishi bilan bog’liqdir. Bunday o’zgarishlar
natijasida kimlarni mansabdor shaxslar toifasiga kiritish yoki
kiritmasligi muammosining vujudga kelganligi sababli ham
jinoyatchilik dinamikasi haqida aniq ma’lumotga ega bo’lishning
imkoni bo’lmaydi.
Boshqaruv tartibiga qarshi mansabdorlik jinoyatlarining
aksariyati yuqori turuvchi yoki nazorat organlarining tekshiruvlari
natijasida aniqlanganligi ma’lum bo’ldi. Boshqaruv tartibiga
qarshi mansabdorlik jinoyatlarining muayyan qismi boshqa jinoyat-
larni tergov qilish jarayonida aniqlangan (17%). Jinoyat sodir
etganlikda gumon qilinib, so’roq berayotgan shaxsning u yoki boshqa
mansabdor shaxsga pora berganligi, mansab vakolatini sui-
iste’mol qilganligi yoki chetga chiqqanligi, mansab soxtakorligini
sodir etganligi, mansabiga sovuqqonlik bilan munosabatda bo’l-
ganligi kabi holatlar aniqlangan. Boshqaruv tartibiga qarshi
mansabdorlik jinoyatlari eng ko’pi (57%) matbuotda chop etilgan
tanqidiy maqolalar, fuqarolarning ariza yoki shikoyatlari asosida
huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tekshiruvlar
o’tkazilishi natijasida aniqlangan. Bunday tekshiruvlar boshqaruv
tartibiga qarshi mansabdorlik jinoyatlari bir yoki ikki marta
emas, ko’pincha uzoq vaqt mobaynida sodir etib kelinganini ko’rsat-
di. Bunday surunkali qilmishlar ko’proq 1-3 yil mobaynida (60%)
sodir etilganini ko’rsatadi. Bunday surunkali mansab vakolatini
suiiste’mol qilish ko’proq bir necha mansabdor shaxslar tomonidan
birgalikda sodir etilgan va davlat yoki jamoat mulkini g’ayri-
qonuniy ravishda o’zlashtirganlik bilan birga sodir etilgan.
Boshqaruv tartibiga qarshi mansabdorlik jinoyatlari o’z navbatida
uyushgan guruhlar yoki jinoiy uyushmalar tomonidan amalga
oshirilgan qilmishlarning asosiy qismini tashkil etadi. Tadqiq
etilayotgan jinoyatlarning aksariyati (73%) g’araz maqsadlarda va
boshqa mas’ul mansabdor shaxs bilan ishtirokchilikda sodir
etilgan, poraxo’rlik (JK 210-modda) va o’zlashtirish yoki rastrata
yo’li bilan talon-toroj qilish (JK 167-modda) jinoyatlari bilan
birgalikda sodir etilishi amalda ko’p uchraydi1.
Boshqaruv tartibiga qarshi mansabdorlik jinoyatlari krimi-
nologik xususiyatlariga ko’ra pora beruvchi va pora oluvchining
o’zaro jinoiy birlashuvi shaklidagi uyushganligi bilan xarakter-
lanadi. Ularning harakatlari bir-biriga chambarchas bog’liq bo’lib,
har ikki tomon ham, muayyan manfaatni ko’zlaydi. Ularning orasi-
dagi munosabatlari o’zaro bog’liq bo’lib, mulk talon-toroj qilina-
di.
Buning sababi o’sha vaqtdagi o’tish
davri qiyinchiliklari: aynan iqtisodiy va siyosiy sohadagi
o’zgarishlar bilan bevosita bog’liq bo’lgan. Keyinchalik jinoyatchi-
likka qarshi kurash choralari, shakllarining o’zgarishi, yangi qonun-
larning qabul qilinganligi, jinoiy javobgarlikning takomil-
lashtirilganligi, jamiyatdagi siyosiy, iqtisodiy muammolarning
hal etilgani, mulk shaklining ko’payganligi umuman jinoyatchilik,
jumladan, boshqaruv tartibiga qarshi mansabdorlik jinoyatlari-
ning ham birmuncha kamayishiga olib keldi. Umuman jinoyatchilik-
da boshqaruv tartibiga qarshi mansabdorlik jinoyatlari hissasi
ning kamayishi kuzatilsa-da, mansabdorlik jinoyatlari ichida
hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish, poraxo’rlik
jinoyatlarining kamaymayotgani, aksincha ayrim yillarda boshqa
mansabdorlik jinoyatlariga nisbatan ko’payganligini kuzatish
mumkin. Tadqiqotimiz natijalariga ko’ra boshqaruv tartibiga
qarshi mansabdorlik jinoyatlari subyektlari – mansabdor shaxslar
ijtimoiy tarkibining tubdan o’zgarganligini kuzatish mumkin.
Bunday tafovutlar XX asrning 80-yillari va so’nggi yillarida
sodir etilgan jinoyatlar subyektlari qiyoslanganida yaqqol sezila-
di. 80-yillarda sodir etilgan jinoyatlar subyektlarini asosan
sovxoz, kolxoz, zavod yoki fabrikalarning rahbarlari – mansabdor
shaxslari tomonidan ko’proq sodir etilgani kuzatilsa, hozirgi
davrga kelib bunday jinoyatlar subyektlarining 88%ni xizmatchi-
lar tashkil etmoqda. Bunday o’zgarish, avvalo, 1994 yilgi Jinoyat
kodeksi Maxsus qismi «Atamalarning huquqiy ma’nosi»da mansab-
dor shaxs va mas’ul mansabdor shaxsga berilgan ta’riflarning
avvalgi qonundagidan farq qilishi bilan ham bog’liqdir.
O’rganib chiqilgan jinoyat ishlarining 25%-46%da boshqaruv
tartibiga qarshi mansabdorlik jinoyatlarining subyektlari
huquqni muhofaza qilish organlarining xodimlari, 55%dan orti-
g’ida hokimiyat, bojxona, soliq organlarining mansabdor shaxslari
bo’lgan. Bunday xususiyatlar bir qator mualliflar tomonidan ham
ta’kidlanadi.
Alohida toifadagi jinoyatlarning kriminologik xususiyat-
lari, ularning sabablari va shart-sharoitlari, ularni sodir etgan
shaxslar va jinoyatchilikning tavsifi ilmiy tadqiq qilishda
ahamiyat kasb etadi. Albatta, bunday tadqiq qilish xususiyatlari
ham ilmiy asoslantirilgan va fanning uslublari orqali amalga
oshirilganida asosli xulosalarga ega bo’la oladi1.
Jinoyatlarning ilmiy asoslantirilgan kriminologik tavsi-
fi, ayniqsa, boshqaruv tartibiga qarshi mansabdorlik, uyushgan yoki
korrupsiya jinoyatlarining o’rganishda qator qiyinchiliklar bor.
Boshqaruv tartibiga qarshi mansabdorlik jinoyatlari ko’p qirrali
va alohida mansab vakolatlarni suiiste’mol qilish orqali sodir
etilgani uchun ham bu jinoyatlarga tavsif berishda muammolar
mavjud. Shu bilan ularni bir biridan farqlash, bu jinoyatlarning
ularga kriminologik tavsif, jinoyat sabablariga har taraflama
baho berish, mansabdorlik jinoyatlarini sodir etgan shaxslarni
alohida o’rganish ham nazarda tutiladi. Aynan shunday xususiyat-
larning jamlangan holda tahlil qilinishi mansabdorlik jinoyat-
larining kriminologik tavsifini bayon qila oladi.
Boshqaruv tartibiga qarshi mansabdorlik jinoyatlarining kri-
minologik tavsifining murakkabligi bu jinoyatlarning davlat
boshqaruvi bilan bog’liq hokimiyat va davlat organlari vakolat-
laridan kelib chiqqanligi bilan izohlanadi. Bunday fikrlar
jinoyat huquqi nazariyasida ham bildirilgan2. Boshqaruv tartibiga
qarshi mansabdorlik jinoyatlarining kriminologik tavsifi
alohida qonuniyatlariga ega ekanligi va bu qonuniyatlarga ko’ra
davlat boshqaruvi bilan bog’liq boshqa jinoyatlardan farq qilini-
shini ta’kidlash lozim.
Boshqaruv tartibiga qarshi mansabdorlik jinoyatlarining
o’zgarishi jamiyat, davlat boshqaruv tizimi rivojlanishi va o’zga-
rishi bilan chambarchas bog’liqdir. O’zbekistonda hozirda sodir
etilayotgan boshqaruv tartibiga qarshi mansabdorlik jinoyatlari-
ning xususiyatlari mustaqillik davrigacha bo’lgan jinoyatlardan
farq qilishini ko’rish mumkin. O’zbekiston Respublikasida musta-
qillikka erishilganidan so’ng boshqaruvning yangi shakli o’rnatil-
gani, tadbirkorlik va ishlab chiqarish munosabatlarining o’zgar-
ganligi munosabati bilan boshqaruv tartibiga qarshi mansabdor-
lik jinoyatlarining ham xususiyatlari o’zgardi. Avvalgi qonundagi
boshqaruv tartibiga qarshi mansabdorlik jinoyatlari tizimida
bojxona, tadbirkorlik, soliq sohasidagi mansabdorlik jinoyat-
larining sud amaliyotida uchramaganligi aynan davlat boshqaruvi-
ning rivojlanishi bilan bog’liqdir. Respublikamiz hududida
ilgari boshqaruv tartibiga qarshi mansabdorlik jinoyatlaridan
poraxo’rlik, mulkni talon-toroj qilish, mansab vakolatlarini
suiiste’mol qilish nisbatan ko’p sodir qilingan.
Davlat boshqaruvining va ijtimoiy munosabatlarning tubdan
o’zgarganligi munosabati bilan davlat hokimiyat organlari, huquq-
ni muhofaza qilish organlari tizimida ham katta o’zgarishlar
kuzatiladi. Jumladan, sobiq sovet davrida ichki ishlar organlari
tizimida «OBXSS» boshqarmasi bo’lgani bu davrda davlat yoki
jamoat mulkini talon-toroj qilish jinoyatlarining ko’p sodir
etilganidan dalolat bersa, hozirgi vaqtda uyushgan va korrupsiya
jinoyatchiligiga qarshi kurash boshqarmalari, iqtisodiy jinoyatchi-
likka qarshi kurash bo’limlarining tashkil etilgani jinoyatchilik
negizidagi o’zgarishlardan dalolat beradi. O’zbekiston Respublika-
sida jinoyatchilikka qarshi kurash nechog’lik keskin olib borili-
shiga qaramay, tashqi omillarning jinoyatchilikka ta’sir o’tkazishi
tabiiy hol, erkin bozor munosabatlarining rivojlanishi yangi
turdagi jinoyatchilikning vujudga kelishiga olib keldi. Buning
natijasida jinoyat sodir etish usullarining takomillashishi,
aholining tabaqalarga ajralishi ham jinoyatchilikka o’z ta’sirini
o’tkazmoqda. Boshqaruv tartibini muhofaza qilinishining tashkil
etilishida ichki ishlar idoralarida yangi xizmatlarning tashkil
etilganligi bir tarafdan himoya qilish ishlarining to’g’ri yo’lga
qo’yilganini ko’rsatsa, ikkinchi tarafdan bu sohada ham mansabdor-
lik jinoyatlarining mavjudligini ko’rsatadi. Jumladan, hoki-
miyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish, poraxo’rlik, hoki-
miyat harakatsizligi jinoyatlari sodir etilishi ko’payib borayot-
ganligi kuzatiladi. Davlat boshqaruv tizimining bunday o’zgarishi
ichki ishlar organlari xodimlarining avvalgi dunyoqarashlari
bugungi kun talablariga javob bera olmay qolganligi va bu o’zga-
rishlar ta’sirida boshqaruv tartibiga qarshi mansabdorlik
jinoyatlari kelib chiqmoqda. Jumladan, avvalgi tizimda ichki
ishlar organlarining faoliyati asosan davlat tashkilotlarini
muhofaza qilishga qaratilgan bo’lsa, hozirda xususiy tizimni ham
muhofaza qilish xizmatlari vujudga kelganligi, bunday xizmat-
larning soha hisobidan moddiy ta’minlanishi, bu xizmatlarning
endilikda, hatto alohida shaxslarni muhofaza qilinayotganligi,
davlatning ichki boshqaruv tizimidagi o’zgarishlar bilan bog’liq.
O’z-o’zidan boshqaruv tartibiga qarshi mansabdorlik jinoyatlari-
ning mohiyati ham o’zgardi va uning yangi ko’rinishlari vujudga
keldi. Ichki ishlar xizmatlari mohiyatining bunday shaklda o’zga-
rishi bu tizim tarkibining ham yangilanishiga, xodimlar o’rtacha
yoshining pasayishiga sabab bo’lganini ko’rish mumkin. Bunday
omillar ham boshqaruv tartibiga qarshi mansabdorlik jinoyatlari-
ning tuzilishi va mohiyatiga o’z ta’sirini o’tkazgan.
Olib borilgan tadqiqotlar natijalariga ko’ra, huquqni
muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan sodir etilgan bu
turdagi jinoyatlar boshqaruv tartibiga qarshi barcha mansabdorlik
jinoyatlarining 24,5%ni tashkil etgan. Bu sohadagi jinoyat-
larning ijtimoiy xavfliligi ularning ko’payib borishi bilan
emas, balki bu jinoyatlarning uyushgan yoki korrupsion ko’rinishda
bo’lishi bilan xavfli hisoblanadi.
Ushbu jinoyatchilik bu sohadagi ko’rinishlarining o’zgarishi va
yangicha shakllarining paydo bo’lishi obyektiv va subyektiv omil-
lar bilan bevosita bog’liq hisoblanadi. Davlat miqyosida bo’layotgan
siyosiy, iqtisodiy o’zgarishlar huquqni muhofaza qilish organlari
tizimidagi jinoyatchilikning ko’rsatkichlariga ham o’z ta’sirini
o’tkazadi. Agar boshqaruv tartibiga qarshi mansabdorlik jinoyat-
larida uyushgan jinoyatchilik yoki korrupsion jinoyatchilik xusu-
siyatlari mavjudligini hisobga oladigan bo’lsak, bu shakldagi
jinoyatchilikning aynan huquqni muhofaza qilish organlariga
borib taqalishi ularning sabablarini belgilab beradi. Korrupsiya
jinoyatchiligi nafaqat boshqaruv tartibiga qarshi mansabdorlik
jinoyatlarini, balki boshqa, hatto zo’rlik ishlatib sodir etiladi-
gan jinoyatlarni ham o’z ichiga olganligi munosabati bilan ayrim
mansabdor shaxslar, davlat organlarining yuqori turuvchi mansab-
dor shaxslarini og’dirib olinishini inobatga olib aytish mumkin-
ki, korrupsiya huquqni muhofaza qilish organlari tizimidagi
boshqaruv tartibiga qarshi mansabdorlik jinoyatlarining ko’payi-
shiga ham o’z ta’sirini o’tkazadi1.
Huquqni muhofaza qilish organlari tizimida huquqbuzarlik-
larning sodir etilishiga ba’zan qonunlardagi kamchiliklar yoki
qonunlar kolliziyasi sabab bo’lishi mumkin. Bunday kamchiliklar
qonunlarning noto’g’ri talqin qilinishiga, ayrim hollarda fuqaro-
larning qonuniy huquq va manfaatlari, davlat yoki jamoat man-
faatlarining buzilishiga olib keladi. Aksariyat hollarda huquqni
muhofaza qilish organlarining o’zaro bir-birlari bilan kelish-
masdan tuzgan qarorlari yoki ichki qoidalari ham shunday holat-
larni vujudga kelishiga sabab bo’ladi. O’zbekiston Respublikasi
mustaqillikka erishishi munosabati bilan Soliq qo’mitasi va
bojxona boshqarmalarining paydo bo’lishi va bu sohalarga oid
alohida qonunlarning qabul qilinishi natijasida bu qonunlar-
ning boshqa qonunlarga mos kelmay qolganligi haqida talay misol-
lar keltirish mumkin2. Soliqqa oid qonunchilikning qabul qili-
nishi bilan bu sohadagi qonunosti normativ hujjatlarni o’rganib
chiqilishi shuni ko’rsatadiki, bu sohadagi normativ hujjatlar
qonunchilikning qariyb 85%ni tashkil etganligini va bu qonun-
osti normativ hujjatlarning ayrim qoidalari soliq qonunlariga
mos emasligini ham ko’rish mumkin. Shuningdek, bunday jinoyat-
larning kelib chiqishida davlat siyosati iqtisodiy masalalarning
to’g’ri o’ylanmaganligi, ularni tatbiq etilishi (masalan, bojxona
to’lovlarining asossiz ravishda oshirib yuborilishi yoki imtiyozli
to’lovlarning kiritilishi), yuqori tashkilotlar tomonidan yoki
ichki nazoratning past darajada tashkil etilganligi, huquqni
muhofaza qilish organlari ishni huquqbuzarliklarning oldini
olishni tashkil etishning hamda rasmiylashtirish jarayonlarining
o’ta murakkabligi natijasida, bir-biriga zid bo’lgan yo’riqnoma-
larning chiqarilishi va ularni bajarilishini nazorat qilinishi-
ning kuchaytirilishi holatlarida, huquqni muhofaza qilish organ-
lari mansabdor shaxslarining jinoyatlarni ko’proq fosh etishga
intilishlari natijasi ham boshqaruv tartibiga qarshi mansab-
dorlik jinoyatlarining sabablaridan hisoblanadi1.
O’zbekiston Respublikasining «Sudlar to’g’risida»gi qonuni
73-moddasining 3-qismida «Sud qarorining bekor qilinishi yoki
o’zgartirilishining o’zi, sud qarorini chiqarishda qatnashgan
sudning, agar u ataylab qonun buzilishiga yoki jiddiy oqibatlarga
olib kelgan vijdonsizlikka yo’l qo’ymagan bo’lsa, javobgar bo’li-
shiga sabab bo’lmaydi»,- deyiladi. Qonunning bu normasi sudlar
tomonidan sodir etilgan xatolarning javobgarlikka tortilmas-
ligi uchun sun’iy zamin yaratadi. Jinoyat yoki ma’muriy huquq-
buzarlik haqidagi qonunlarda mansabdor shaxslarning sodir etgan
huquqbuzarliklari uchun javobgarligi nazarda tutilgan bo’lishiga
qaramay, «Sudlar to’g’risida»gi qonunda bunday normaning belgi-
lanishi qonunlar kolliziyasini vujudga keltiradi. Qonunlarning
o’zaro bir-biriga mutanosib emasligi huquqbuzarlik yoki jinoyat-
chilik darajasiga ham o’z ta’sirini o’tkazadi yoki jinoyatchilik
haqidagi umumiy holatlarning aniq bo’lishiga ham imkon ber-
maydi. To’g’ri, sudlarning xizmat faoliyatida qilmishni noto’g’ri
kvalifikasiya qilish yoki noto’g’ri qarorlar qabul qilish hollari
bo’lishi mumkin, bunday holatlarning har biri uchun sudning
javobgarligini belgilayverish ham to’g’ri bo’lmaydi. Lekin, JK
207-moddasida mansabdor shaxslarning mansab vakolatlariga
sovuqqonlik bilan qaraganliklari, JKning 231-moddasida adolat-
siz hukm, hal qiluv qarori, ajrim yoki qaror chiqarganlik uchun
jinoiy javobgarlik belgilangani ham inobatga olinishi lozim.
Sudyaning sovuqqonligi yoki vazifalariga loqaydlik bilan qara-
ganligi sababli adolatsiz hukm, hal qiluv qarori yoki ajrimning
chiqarilishi jabrlanuvchi yoki ayblanuvchilarning huquq va man-
faatlarining buzilishiga sabab bo’ladi, jabrlanuvchi jismoniy
yoki moddiy jafo ko’rmagan bo’lsa-da, ma’naviy zarar ham jiddiy
oqibat bo’lishi mumkin. Bunday loqaydlik yoki beparvolik uchun
sudyani javobgarlikdan ozod qilish to’g’risidagi qonun normasi
aynan JK 207-moddasiga ziddir.
Boshqaruv tartibiga qarshi mansabdorlik jinoyatlari tizimi-
da huquqni muhofaza qilish organlari mansabdor shaxslarini
jinoiy javobgar qilinishining o’ziga xos tartibi belgilangan.
JK 16-bobida «Odil sudlovga qarshi jinoyatlar» uchun jinoiy
javobgarlikning belgilanganligi nafaqat sudlar, balki huquqni
muhofaza qilish organlari xodimlari uchun ham majburiyat va
javobgarlikni nazarda tutadi. Jinoyat yoki boshqa qonunlarda
shaxsning u yoki bu qilmishi uchun javobgarlik belgilagan bo’lsayu,
boshqa qonunda uni aynan shunday qilishi uchun javobgarlikdan
ozod qilish huquqbuzarlik sodir etilishiga to’g’ridan-to’g’ri imkon
yaratish bilan tengdir.
O’zbekiston Respublikasining «Sudlar to’g’risida»gi qonunida
shunday norma bo’lishiga qaramay, amaliyotda sudyalarni javobgar
qilish haqidagi hukmlar mavjud. Albatta, mansabdor shaxslarning
o’z mansab vakolatlarini suiiste’mol qilganligi va mansabga
sovuqqonlik bilan qaraganligining ijtimoiy xavflilik daraja-
si yuqori va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari sodir
etgan huquqbuzarliklarining oqibatlari esa og’irroq hisoblanadi.
Inson huquqlarini himoya qilishga avvalo, huquqni muhofaza
qilish organlari mansabdor shaxslari mas’uldirlar. O’zbekiston
Respublikasi Konstitusiyasining 2-moddasida davlat organlari va
mansabdor shaxslarning jamiyat va fuqarolar oldida mas’ulligi
belgilab qo’yilgan.
Inson huquqlarini himoya qilishda sudlar tomonidan adolatli
qaror va hukmlarning qabul qilinishi katta ahamiyat kasb etadi,
aynan adolatli hukm yoki qaror odil sudlovning asosini belgilab
beradi. Huquqni muhofaza qilish organlari mansabdor shaxslari-
ning huquqbuzarliklariga hozirgi davrda jiddiy e’tibor beri-
lib, inson huquqlarini himoya qilish va adolat o’rnatish yo’lida
qator tadbirlarning amalga oshirilayotganligi diqqatga loyiq
hisoblanadi. Huquqni muhofaza qilish organlari mansabdor
shaxslarining turli jazoga tortilganliklari bilan bir qatorda
ular tomonidan yo’l qo’yilgan xatolari va suiiste’molchilikdan
ko’rilgan __________zararlarning o’rnini qoplash masalalariga ham alohida
e’tibor berilganligi insonning buzilgan huquqlarining tiklash-
ga bo’lgan munosabatni anglatadi.
Xuddi shunday ishlarning jazolarni ijro etish muassasa-
larida olib borilayotganligi ham alohida ahamiyat kasb etadi. Bir
tarafdan bunday harakatlar inson huquqlarini himoya qilish,
huquqiy demokratik davlat qurish jarayonida diqqatga loyiq bo’lsa,
ikkinchi tarafdan, hozirgi kunda ham mansabdor shaxslarning
hanuzgacha turli huquqbuzarliklarni sodir qilayotganliklari
achinarli holdir. Jumladan, jazoni ijro etish muassasalarida
sodir etilayotgan mansab huquqbuzarliklari mahkumlar huquqlari-
ning buzilishi yoki o’rnatilgan tartib-qoidalarning buzilishiga
sabab bo’ladi. Huquqni muhofaza qilish organlarining mansabdor
shaxslari har qanday fuqaro uchun hokimiyat vakili bo’lib
hisoblanadi.
Boshqaruv tartibiga qarshi mansabdorlik jinoyatlarining
hozirgi holati, tuzilishi, dinamikasining tahlili shuni ko’rsata-
diki, jamiyat rivojlanishi, ijtimoiy, iqtisodiy o’zgarishlar
bilan bu jinoyatlarning dinamikasi va holati ham o’zgarib boradi.
Jumladan, sobiq sho’rolar davrida sodir etilgan boshqaruv tarti-
biga qarshi mansabdorlik jinoyatlari turkumida asosan, korxona
va tashkilotlarda ko’proq talon-toroj va poraxo’rlik jinoyatlari-
ning sodir etilganligi kuzatilgan bo’lsa, mustaqillik davriga
kelib, hokimiyat yoki mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish,
soliq va boshqa to’lovlarni to’lashdan bo’yin tovlash, poraxo’rlik,
bojxona to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzish, mansab soxta-
korligi jinoyatlari ko’proq sodir etilgan. Shuningdek, bu sohadagi
mansabdorlik jinoyatlarining sodir etilish xususiyatlari ayniqsa
ishlab chiqarish va tadbirkorlik bilan bog’liq ravishda o’zgargan-
ligi uni alohida muammo sifatida o’rganishni talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |