Boshqaruv tartibiga qarshi mansabdorlik jinoyatlarining kriminologik xususiyatlari va korrupsion jinoyatlar bilan aloqadorligi


Boshqaruv tartibiga qarshi mansabdorlik



Download 35,94 Kb.
bet2/2
Sana31.12.2021
Hajmi35,94 Kb.
#236960
1   2
Bog'liq
BOSHQARUV TARTIBIGA QARSHI MANSABDORLIK JINOYATLARINING KRIMINOLOGIK XUSUSIYATLARI VA KORRUPSION JINOYATLAR BILAN ALOQADORLIGI

Boshqaruv tartibiga qarshi mansabdorlik

jinoyatlarining korrupsion jinoyatlar bilan aloqadorligi

Davlat apparati tizimida mansab vakolatlari doirasida,

uning boshqaruv tizimidagi yo’nalishlari hokimiyat yoki mansab

vakolatini suiiste’mol qilish, poraxo’rlik, xo’jalik va soliq

sohasidagi jinoyatchilik ko’rinishlarining ijtimoiy xavfliligi

yuqori bo’lgan ko’rinishlarini vujudga keltirishi mumkin.

Ayniqsa, ularning uyushgan guruh yoki jinoiy uyushma shakllari

davlat boshqaruvini ayanchli ahvolga solishi, uning buzilishi va

yemirilishi kabi oqibatlarini keltirib chiqarishi mumkin. Kor-

rupsiya, ... eng avvalo uyushgan jinoiy tuzilmalarga madadkor

bo’lish yoki to’g’ridan-to’g’ri yordam berish uchun davlat xizmatining

imkoniyatlaridan foydalanadi1.

Korrupsiya so’zi adabiyotlarda turlicha talqin qilinadi. Uning

yagona tushunchasi yo’q, u bir necha jinoyatlarni o’zida mujassamlash-

tirishi mumkin. Hatto xalqaro tashkilotlarning tavsiyalaridan

ham uning yagona tushunchasini yaratib bo’lmaydi.

BMT Bosh Assambleyasining 1990 yil Gavanada korrupsiya

muammolariga bag’ishlab o’tkazilgan mintaqalararo seminarida

mansabdor shaxslarning axloq kodeksida «korrupsiya bu mansabdor

shaxslarning shaxsiy yoki guruh manfaatini ko’zlab mansabini

suiiste’mol qilish, shuningdek davlat xizmatchilari tomonidan

o’zlari egallab turgan xizmat vazifalari yuzasidan g’ayriqonuniy

manfaat ko’rishlaridir», deyiladi.

Korrupsiya muammolari bo’yicha Yevropa Kengashi guruhining

1995 yil 22-24 fevralda Strasburgda o’tkazilgan birinchi sessiya-

sida «korrupsiya davlat yoki xususiy tizim mansabdor shaxslarini

ularning mansab vakolatlari doirasida o’zlarining vazifalarini

buzib bajarishlari uchun ularni pora evaziga og’dirib

olinishidir», deb ta’rif berilgan.

O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 2-moddasiga

binoan «Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga

xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va

fuqarolar oldida mas’uldirlar». Asosiy qonunning bunday talab-

lari davlat hokimiyati, davlat xizmati va mahalliy o’zini o’zi

boshqarish organlarining faoliyat mexanizmlarida yoki ularning

sohalarida mansabdor shaxslarning mas’uliyatini oshiradi, davlat

apparatining fuqarolar oldidagi majburiyatlarini belgilab

beradi. Davlat apparati tizimida mansabini suiiste’mol qilish,

poraxo’rlik, uyushgan yoki korrupsiya jinoyatchilikning ijtimoiy

xavfliligi aynan shu tizimning buzilishi yoki zarar ko’rishida

namoyon bo’ladi. Qonunga muvofiq, – deydi Q.R.Abdurasulova –

davlatning ravnaqi va farovonligini ta’minlashdek og’ir yuk

byurokratiyaning yelkasiga tushishi, byurokratiya fuqaroning

ma’naviyat va xulq-atvoriga katta ta’sir ko’rsatishi aniqlangan1.

Davlatning siyosiy, iqtisodiy, huquqiy tizimiga putur yetkazadi.

Korrupsiya jinoyatchiligini boshqaruv tartibiga qarshi mansab-

dorlik jinoyatlarisiz tasavvur etib bo’lmaydi. Hokimiyat yoki

mansab vakolatini suiiste’mol qilish orqali mulkni talon-toroj

qilish, poraxo’rlik korrupsiya jinoyatchiligining eng xavfli

ko’rinishlaridan hisoblanadi.

Korrupsiya jinoyatchiligiga ma’muriy buyruqbozlik tizimiga

asoslangan sho’rolar tuzumi davrida keng imkoniyatlar yaratilgan

edi. Markazdan turib yoki kommunistik partiya nomidan buyruq

bilan davlatning ichki tizimini boshqarish asosida, mahalliy

organlar faoliyatini o’z manfaati yo’liga xizmat qildirish uchun

qulay sharoit mavjud edi. Boshqa organlar u yoqda tursin, sud

idoralarining ham partiyaga bo’ysundirilganligi korrupsiya

jinoyatchiligining jamiyatni to’lig’icha egallab olishiga sabab

bo’lgan edi. Bu davlat apparatini bir guruh shaxslar manfaatiga

bo’ysundirish, xizmat qildirishga qaratiladi.

Korrupsiya jinoyatchiligi natijasida bu jinoyatlar davlat

boshqaruvining imkoniyatlaridan foydalanish, uni o’z manfaat-

lariga bo’ysundirilgan holda tashkil etilishi asosida vujudga

keladi2. Boshqaruv tartibiga qarshi mansabdorlik jinoyatlarining

kelib chiqishining asosiy sabablariga barham berish jinoyat

siyosati doirasidan ancha chetga chiqadi, u bunday murakkab jarayonda

faqat yordamchi vazifasinigina bajaradi3.

Bu borada nafaqat boshqaruv tartibiga qarshi mansabdorlik

jinoyatlari turlarining asosiy qonuniyatlarini o’rganish, balki

ularning umumiy jinoyatchilikdagi nisbatini o’rganish, boshqaruv

tizimiga nisbatan xususiyatlarini, ularning rivojlanish yo’llari

va yo’nalishlarini o’rganish kriminologik usullar orqali amalga

oshirilishi mumkin. Bu fanning yutuqlaridan foydalanish

boshqaruv tartibiga qarshi mansabdorlik jinoyatlarining ogohlan-

tirish va oldini olish vazifasini hamda ijtimoiy ta’sir chora-

larini aniqlash imkonini beradi.

Boshqaruv tartibiga qarshi mansabdorlik jinoyatlarini o’rgan-

gan olimlar bu jinoyatlarni davlat apparatining o’zidan kelib

chiqishini va uning o’ziga jiddiy xavf tug’dirishini aytib, uni

atroflicha o’rganish, kelajakda ko’payishini oldini olish chora-

larini ishlab chiqish kerakligini ta’kidlaydilar1, lekin bu fikr

tarafdorlari unchalik ko’p emas. Adabiyotlarda boshqaruv tartibiga

qarshi mansabdorlik jinoyatlari o’tmishdan qolgan illat, uning

bartaraf etilishi mumkin emas2, deydilar. Bunday ta’kidlashlar

aksariyat hollarda kuchli va mustahkam davlat hokimiyatini o’rna-

tish va bunday davlat hokimiyati qisqa vaqt ichida davlat apparati

tizimida tartib o’rnata oladi, mansabdorlik yoki korrupsiya

jinoyatlariga barham beradi3, deb uqtiradilar. Ushbu nuqtai nazar

tarafdorlari kuchli va mustahkam davlat hokimiyatini o’rnatish-

ning davlat apparatidagi aynan shunday shaxslari qo’lida ekanli-

gini unutadilar. Nazariya va amaliyot bunday fikrning noto’g’ri

ekanligini tarixan asoslab berdi. Boshqaruv tartibiga qarshi

mansabdorlik jinoyatlari o’tmishda bo’lgan, hozir ham mavjud,

sobiq sho’rolar davrida boshqaruv tartibiga qarshi mansabdorlik

jinoyatlariga qarshi qattiq kurash olib borilgan. Lekin bunday

kurashning o’zi aynan mansabni suiiste’mol qilish bilan amalga

oshirilganligi chora-tadbirlarning ahamiyatini yo’qqa chiqargan.

Ayniqsa, «qatag’on yillari»da boshqaruv tartibiga qarshi mansab-

dorlik jinoyatlariga qarshi kurash olib borilib, kimlarning

jazolanishi yuqori lavozimdagi amaldorlarning xohishiga ko’ra va

ular tomonidan hal qilinar edi. Tarixiy rivojlanishning sobiq

sovet davrida davlat korrupsiya jinoyatchiligiga qarshi kurashda

umuman kuchsiz, ojiz edi. Ushbu jinoyatchilik sabablari, uni

vujudga keltirgan shart-sharoitlari o’rganilmasa, davlatning unga

qarshi kurashi umuman natija bermaydi.

So’nggi vaqtda chop etilgan adabiyotlarda «korrupsiya huquqbu-

zarligi», boshqaruv tartibiga qarshi mansabdorlik jinoyatlarini

esa «korrupsiya» deb atalmoqda1. Bizning fikrimizcha, boshqaruv

tartibiga qarshi mansabdorlik jinoyatlari va korrupsiya tushuncha-

larining mohiyati turlicha va ular orasida farqlar ham mavjud.

Korrupsiya mansabdor shaxslar tomonidan davlat hokimiyati yoki

boshqaruvi vakolatlaridan foydalangan holda shaxsiy manfaatlar-

ni ko’zlab sodir etiladigan jinoyatlar yig’indisidir. Korrupsiya

faqat yuqori mansabni egallab turgan shaxslarning vakolatlaridan

foydalanib, poraxo’rlik, hokimiyat yoki mansab vakolatini sui-

iste’mol qilish, ushbu vakolatlar doirasidan chetga chiqish kabi

jinoyatlarni sodir etishda ifodalanadi. Korrupsiya jinoyatlariga

boshqaruv tartibiga qarshi mansabdorlik jinoyatlari tarkibiga

kiruvchi mansabga sovuqqonlik bilan qarash, mansabdor shaxs

tomonidan sodir etiladigan ayrim iqtisodiyot va ekologiya sohasi-

dagi qilmishlar kirmaydi. S.V.Vanyushkin ta’kidlaganidek, kor-

rupsiya jinoyatchiligi xizmat mavqyei obro’siga yoki imkoniyatlariga

tayangan holda ishlatilishi mumkin emas2.

Xizmat mavqyeidan foydalanish korrupsiya jinoyatchiligida-

gidek shaxsning jinoiy faoliyati mexanizmining qismi sifatida

emas, balki alohida turdagi boshqaruv tartibiga qarshi mansab-

dorlik jinoyatining belgisi sifatida namoyon bo’ladi.

Korrupsiya bu hokimiyatning inqirozi, uning inqiroz darajasi

(mansabdorlik jinoyatlari bilan davlat apparatining zararlanish

darajasi) sodir etilgan (aniqlangani yoki latent) jinoyatlarning

soni bilan belgilanadi. Kriminologiya fanining xulosalariga

binoan – bu ijtimoiy hodisa davlat xizmatidagilarning pora

evaziga og’dirib olinishlarining qay darajadaligi bilan ham

belgilanadi. Zamonaviy boshqaruv tartibiga qarshi mansabdorlik

jinoyatlarining sabablari va uning korrupsiya jinoyatchiligini

vujudga keltirishini o’rganish, ushbu ijtimoiy salbiy hodisaning

davlatning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa yo’nalishlar-

dagi faoliyatiga ta’sirini aniqlash bilan belgilanadi. Boshqaruv

tartibiga qarshi mansabdorlik jinoyatlarini korrupsiya jinoyat-

chiligining yangicha ko’rinishi sifatida ta’kidlanishi va mansab-

dorlik jinoyatlaridan holi, deb hisoblanishi o’ylab topilgan va

o’zining jiddiy huquqiy yoki ilmiy asosiga ega emas1. Shunday

qilib, korrupsiya deganda mansabdor shaxslar tomonidan hokimiyat

yoki mansab vakolatlaridan qonunga zid ravishda foydalanib,

ommaviy tarzda moddiy yoki nomoddiy manfaatdorlikka erishish

tushuniladi.

Boshqaruv tartibiga qarshi mansabdorlik jinoyatlari deganda,

davlat apparati faoliyatining mansabdor shaxsning hokimiyat yoki

mansab vakolatini buzib bajarilishi yoki ulardan foydalanishi

tushuniladi. Boshqaruv tartibiga qarshi mansabdorlik jinoyat-

larini vujudga kelishida davlat apparatining faoliyat yo’nalish-

lari va amal qilishi jarayonida mansab imkoniyatlaridan g’araz

maqsadda g’ayriqonuniy foydalanish asosiy rol o’ynaydi.

Bu masalani hal qilish quyidagilar bilan bog’liq:

1) davlat xizmatchilarining vakolatlarini amalga oshirish;

2) ular faoliyat yo’nalishlarining huquqiy tartibga solinishi

(vakolatning mazmuni, huquqiy holati);

3) ularning huquqiy, moddiy va ijtimoiy himoya qilinishi.

Davlat har qanday mansabdor shaxsning vakolatlari doirasini

qat’i belgilashi, har qanday hokimiyat yoki mansab vakolatini

suiiste’mol qilishning oldini olish choralarining qonunda mus-

tahkamlashi, mansabdor shaxsning o’zboshimchaligi yoki mustaqil,

nazoratsiz qaror chiqara olishi imkoniyatlarini chegaralashi lozim.

Bu masalaning ijobiy hal qilinishi mansabdor shaxsning moddiy

jihatdan ta’minlanganlik darajasiga ham bog’liqdir, agar man-

sabdor shaxs xizmat vazifasiga muvofiq maosh oladigan bo’lsa,

turli huquqbuzarliklarni sodir etishga majbur bo’lmaydi. Bundan

tashqari, nazorat qiluvchi amaldorlar korrupsiya ta’siriga

boshqalarga qaraganda ko’proq berilgan bo’lishi mumkin1. Poraxo’r-

lik, hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish,

hokimiyat harakatsizligi nafaqat jamiyat a’zolarining axloqiga

salbiy ta’sir ko’rsatadi, fuqarolarda davlatga, hokimiyatga bo’lgan

ishonchni so’ndiradi, balki davlatdagi huquqiy tizimni ham ishdan

chiqaradi. Amaldorlarning korrupsiya bilan zaharlanganligi qabul

qilingan qonunlarning bajarilishiga to’sqinlik qiladi, ularning

mohiyatiga zarba beradi, asosiy yo’nalishining buzilishiga, amal

qilinishi kerak bo’lgan qonunlarning ishlamasligiga sabab bo’ladi.

Aynan davlat apparatining korrupsion tus olgan qismi siyosiy,

ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa shu kabi islohotlarning

amalga oshirilishiga to’sqinlik qiladi.

Bir nechta davlatlarning mansabdor shaxslari tomonidan

avvaldan kelishib iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy rivojlanishga

to’siq bo’ladigan ko’rinishlari korrupsiya jinoyatlarining ijti-

moiy xavflilik darajasini bir necha marta oshirib yuboradi va

unga qarshi kurash imkoniyatlarini qisqartiradi. MDH tizimida

uyushgan jinoyatchilikning ayrim ko’rinishlari vujudga kelib,

davlatlar o’rtasida iqtisodiy barqarorlik, rivojlanishiga to’siq

bo’luvchi jinoiy uyushmalar vujudga keldi. Jumladan, Rossiya

Federasiyasining 1997 yil 19 martdagi davlat Dumasi yig’ilishi-

ning «Rossiya Federasiyasining davlat hokimiyatining korrupsiya

jinoyatchiligi faktlari tekshirish komissiyasi haqidagi» qarorida

keyingi vaqtlarda uyushgan jinoyatchilik va korrupsiya jinoyatchili-

giga qarshi kurash choralari ancha bo’shashtirib yuborilganligi

haqida gapirildi.

O’zbekistonda ham korrupsiya jinoyatchiligining tarixiy

rivojlanishini bir necha bosqichga bo’lish mumkin:

1) Rossiya tomonidan amalda O’zbekiston hukumatining fikrini

e’tiborga olinmay, uning sobiq SSSR tarkibiga kirishi (1924 yil);

2) 1937-1939 yillarda o’zbek xalqining asl ziyolilariga

nisbatan qatag’on siyosatining olib borilganligi;

3) o’tgan asrning 80-yillari ikkinchi yarmida «o’zbeklar ishi»

yoki «paxta ishi» nomi bilan O’zbekistonlik mehnatkashlarga

nisbatan olib borilgan siyosat negizida hokimiyat yoki mansab

vakolatini suiiste’mol qilish, poraxo’rlik, talon-toroj kabi

korrupsiya jinoyatchiligi yotadi. Korrupsiya jinoyatchiligi tizimi-

da boshqaruv tartibiga qarshi mansabdorlik jinoyatlari tarixiy

taraqqiyotning barcha bosqichlarida o’zgarmasdan keldi. Jinoyat

sodir etganlarning tarkibi, ularning maqsadlari, kimlarga yoki

qanday taraqqiyot yo’nalishiga qaratilganligi o’zgargan bo’lishi

mumkin, lekin bu o’zgarishlarda jinoyatlarning mohiyati o’zgarmay-

di, faqat sodir etish usuli yoki qo’llanish doirasi kengaygan

bo’lishi mumkin. Ushbu jinoyatlarning obyektiv va subyektiv

belgilari ham o’zgarmasdan qoldi. Xususan, o’zgarmas obyektiv

xususiyatlar doimo jamiyatdagi rivojlanishning iqtisodiy va

siyosiy inqirozga sabab bo’lishga nisbatan qaratilganligi bilan

xarakterlanadi.

Ilgarigi markazdan ma’muriy buyruqbozlik asosida boshqari-

ladigan tizim o’rniga vujudga kelgan yangi boshqaruv tizimida ham

avval bo’lganidek, uning imkoniyatlaridan foydalanishga intiluv-

chi shaxslar hozir ham topiladi. Bu jamiyatning o’zini o’zi

boshqarish negizida rivojlanishi, ishlab chiqarishning o’sishiga

to’sqinlik qilish, bir vaqtning o’zida davlatning «xazina siyosati»-

ni ilgari surishida ifodalanishi mumkin. Bu siyosatni amalga

oshirish borasida davlat organlarini tashkil etish, qabul qilina-

digan qonun normalarini yoki qarorlarni moslashtirishga urinish,

ommaviy targ’ibot-tashviqot ishlarini vujudga keltirish harakat-

lari bilan ifodalanishi mumkin1. Albatta bunday harakatlar

jamiyatning iqtisodiy, siyosiy jihatdan erkin rivojlanishiga

jiddiy to’sqinlik qiladi, davlat inqirozini vujudga keltiradi.

Jamiyatdagi bunday iqtisodiy tizim uzoq yashay olmaydi, vaqt

o’tishi bilan o’z-o’zidan inqirozga uchraydi va sinadi (masalan,

sobiq sho’rolar tuzumi bor-yo’g’i 70 yildan oshiqroq davrda

inqirozga uchradi).

Bir-biriga butunlay zid bo’lgan tarmoqlarning tashkil

etilishi va bu borada bunday munosabatlarni tartibga soluvchi

davlat nazoratining sustligi natijasida davlat mablag’larining

taqsimoti buziladi, faqat ayrim mansabdor shaxslarning manfaat-

larini ko’zlagan holda taqsimlashga harakat qilinadi, buning

natijasida ayrim tashkilotlarning g’ayriqonuniy boylikka ega

bo’lishiga sharoit yaratiladi.

Davlat boshqaruvidagi bir guruh mansabdor shaxslarning qo’llab-

quvvatlashi natijasidagina iqtisodiy korrupsiya davlatning

katta-katta mablag’larini o’ziga qaratib olishi mumkin1. Uyushgan

guruh faoliyatiga qo’shilgan mansabdor shaxslar jinoiy maqsad-

larini amalga oshirish uchun davlat iqtisodining barcha sohalari:

qurilish, ishlab chiqarish, oziq-ovqat ta’minoti, yog’, yoqilg’i

sanoati, mudofaa yo’nalishi, qishloq xo’jaligi, transport va shu

kabi sohalar bo’yicha o’z imkoniyatlarini ishga solish asosida

iqtisodiy korrupsiya jinoyatchiligini qo’llaydilar. M.Rajabova-

ning ta’kidlashiga ko’ra, – «hufyona iqtisodiyotni kasbga aylan-

tirgan jinoyatchi unsurlar jinoiy faoliyatdan orttirgan daromad-

lariga qonuniy tus berishda ham «odatdagidek» hufyona, maxfiy

usullardan ehtiyotkorlik bilan foydalanadi. Boshqacha aytganda,

o’zlarining jinoiy sheriklarini, moddiy jihatdan qiyin ahvolda

bo’lgan shaxslarni arzimagan pul, ya’ni faqat maosh maqomini

olishiga ko’maklashib, jinoyatda ishtirokchilari sonini ko’paytir-

moqda»2. «...Hufyona jinoiy iqtisodiyot uyushgan jinoyatlar bilan

chambarchas bog’liq bo’lib, jamiyat uchun xavflilik darajasi o’sib

borayotgan jinoiy faoliyatlar sirasiga kiradi»3. Asosan bunday

jinoyatchilik davlat mablag’larini iqtisodiyotning u yoki bu

sohalari bo’yicha taqsimlash huquqlaridan foydalangan holda

sodir etiladi. Sodir etilgan uyushgan iqtisodiy jinoyatlarning

tahlili ularning davlat yoki mahalliy boshqaruv tizimidagi man-

sabdor shaxslari tomonidan sodir etilishi mumkinligini ko’rsa-

tadi4

Olimlar tomonidan boshqaruv tartibiga qarshi



mansabdorlik va korrupsiya jinoyatlarining oldini olish bo’yicha

aniq fikrlar aytilmagan. Odatda mavjud muammoni hal qilish

maqsadida jinoiy guruhlar hokimiyat vakillari bilan aloqa

bog’lashga harakat qiladilar, deyiladi1. Bunday asoslash ham qaysi-

dir ma’noda asoslidir, lekin, faqat alohida hollardagina, u ham

bo’lsa hokimiyat vakillarining jinoiy guruhlar bilan birlashish

holatlari mavjud bo’lganidagina to’g’ri deyish mumkin2. «Bunday

birlashish holatlarda hodisalar doirasini aniqlab bo’lmaydi.

O’sha davrdagi uyushtirilgan uyushgan

jinoyatchiliklarning tashkil etilish usullari ko’proq milliy

nizolar, o’zaro janjallarni uyushtirish orqali tashkil qilish

bilan amalga oshirilishi kuzatiladi. Bu jinoyatlar natijasida

nafaqat ichki tartib va boshqaruv tizimi, balki ko’plab fuqarolar-

ning zarar ko’rganliklari og’ir oqibat bo’la oladi. Jumladan,

1988 yilda uyushtirilgan milliy nizolar natijasida 93 kishi

nobud bo’lgan, 2669 kishi turli darajada tan jarohatlari olganli-

gi, 1989 yilda esa bunday uyushtirilgan milliy nizolar tartibsiz-

liklari natijasida 221 kishining o’limiga va 2824 kishining

turli darajada tan jarohatlarining olganliklari, 1990 yilda esa

bu voqyealar natijasida 749 kishining qurbon bo’lganligi va 3500

kishining turli darajalarda tan jarohatlarining olganliklari2

uyushgan jinoyatchilikning oqibatlari ekanligidan dalolat beradi.

Odatda jinoiy uyushmalarni davlat nazorat organlarining

yordamlaridan foydalangan holda boshqaruvning bu tartibda

tashkil qilish uyushgan jinoyatchilikni xavfliligidan dalolat

beradi. Yuqori turuvchi mansabdor shaxsning imzosi bilan davlat

byudjeti mablag’lari «nazoratdagi tashkilotlar»ga jo’natilib, bu

tashkilotlar orqali daromadlar taqsimlanishi asosida ish

yuritiladi.Korrupsiya jinoyatchiligining eng xavfli xususiyati davlat

mablag’larini nazorat qilishni qo’lga kiritib, uni xorijga

o’tkazish, xorij davlat banklarida saqlashga intilishda namoyon

bo’ladi. Rossiya Federasiyasi xalqaro va siyosiy tadqiqotlar insti-

tutining tadqiqotlar markazi direktori S.P.Galkinaning tahli-

liga ko’ra Rossiya Federasiyasida keyingi yillarda turli «qonuniy

vajlar»ga binoan 400 milliard dollarga teng mablag’lar davlatdan

chiqarib yuborilgan. 1996 yil mobaynida Rossiyaning Markaziy

bankidan 811 million dollar, 1997 yildan har yilgi xorijga

chiqishiga ruxsat beriladigan mablag’ 1,5 milliard dollardan oshib

ketgan1. Bunday «ishlarning» asosida, garchand qonuniy asoslanti-

rilgan bo’lishiga qaramay, bevosita jinoiy munosabatlar mujas-

samlanganligi shubhasizdir. Korrupsiya jinoyatchiligining negizi-

ni boshqaruv tartibiga qarshi mansabdorlik jinoyatlari tashkil

etadi, ular aynan mansabdor shaxslarning uyushgan holdagi hara-

katlari bilan amalga oshirilishi mumkin. Jinoyatchilikning

bunday shakli o’zida boshqaruv tartibiga qarshi mansabdorlik

jinoyatlari bilan birga boshqa zo’rlik ishlatib sodir etiladigan

jinoyatlarni ham mujassamlashtirishi mumkin. Jumladan, to’siq

bo’luvchi, raqobatchilarni «yo’ldan olish», hatto «buyurtma asosida

odam o’ldirish bilan yo’q qilish» usullaridan foydalanishlar ham

bor. Buyurtma asosida odam o’ldirish bo’yicha jinoyat ishlarining 70-

80% aynan siyosiy, iqtisodiy munosabatlar tufayli sodir etiladi2.

Boshqaruv tartibiga qarshi mansabdorlik jinoyatlari umumiy



jinoyatchilik tizimida mustaqil xususiyat kasb etib, jamiyatning

rivojlanishiga to’sqinlik qiladi.
Download 35,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish