39-variant
1-topshiriq. Berilgan savollarga javob tayyorlang
1. Pedagog faoliyatida psixologiyaning o’rni
Pedagogik faoliyat o‘qituvchining o‘quvchiga uni shaxs va intellektual jihatdan rivojlanishiga yordam beruvchi ta’limiy va tarbiyaviy ta’sirini o‘z ichiga qamrab oladi.
Pedagogik faoliyat ham inson faoliyatining boshqa jabhalari kabi tavsiflanadi. Bu eng avvalo maqsadga yo‘nalganlik, motivlashganlik, predmetlilikdir. N.V. Kuzmina ta’rifiga ko‘ra, pedagogik faoliyatning muhim jihati – bu uning mahsuldorligidir. Pedagogik faoliyat mahsuldorligining 5 ta darajasi ajratib ko‘rsatiladi:
I – (minimal) reproduktiv: pedagog o‘zi bilgan narsalarni boshqalarga etkazib bera oladi;
II – (quyi) moslashgan: pedagog o‘z fikrlarini auditoriyaga o‘ziga xos jihatlari bilan ma’lum qila oladi.
III – (o‘rta) lokal modellashtirilish: o‘qituvchi fanning ma’lum bir bo‘limi bo‘yicha o‘quvchilarda bilim, ko‘nikma va malakalarning strategiyasini egallaydi.
IV – (yuqori) o‘quvchilar bilimini sistemali modellashtirish; o‘qituvchi o‘quvchilarda fan malakalarini shakllantirishning yo‘l-yo‘riqlarini biladi.
V – (eng yuqori) modellashtirilgan tizimli faoliyat va o‘quvchilar xulq-atvori. Bunda pedagog o‘z fanini o‘rgatishdagi yo‘l-yo‘riqlarni shunday egallaydiki, natijada u o‘quvchi ehtiyojlarida o‘z-o‘zini tarbiyalash, o‘z-o‘ziga ta’lim berish, o‘z-o‘zini rivojlantirish vositasi sifatida xizmat qiladi.
Pedagogik faoliyat borasida so‘z yuritilganda yuqori mahsuldorlik tushunchasi asosiy o‘rinni ifodalaydi.
Pedagogik faoliyat boshqa faoliyat turlari kabi o‘z motivatsiyasi, maqsadi, predmeti, vositalari, usullari, mahsuli va natijasini aks ettiruvchi psixologik mazmunni ifodalaydi.
Pedagogik faoliyatning predmeti bo‘lib, shaxs rivojlanishining sharti va asosi bo‘lmish ijtimoiy madaniyatni singdirishga qaratilgan o‘quv faoliyatining manbai hisoblanadi. Pedagogik faoliyatning vositalari sifatida ilmiy (nazariy va empirik) bilimlarni ko‘rish mumkin. YOrdamchi vositalarga esa texnik, kompyuter, grafik vositalarni kiritish mumkin.
Pedagog faoliyatidagi ijtimoiy-madaniy malakani etkazish bu tushuntirish, ko‘rsatish (illyustratsiya), darslik mashqlarini tahsil oluvchilar bilan birga ishlash, tahsil oluvchini bevosita amaliyoti (laboratoriya, amaldagi) va treningdan iborat. Pedagogik faoliyatning mahsuli bo‘lib o‘quvchining aksiologik, emotsional-mazmuniy, predmetli, baholash mezonlarini aks ettiruvchi individual malakasining shakllanganligi hisoblanadi. Pedagogik faoliyatning natijasi asosiy maqsaddan kelib chiqqan holda o‘quvchilarning shaxsiy, intellektual rivojlanishi, ularni o‘quv faoliyatining sub’ekti va shaxs sifatida shakllanishi hisoblanadi.
Pedagogik faoliyatning muhim tarkibiy qismlaridan biri bu motivatsiya hisoblanadi. Pedagogik faoliyatda ham o‘quv faoliyatdagi kabi motivatsion soha ajratilib ko‘rsatiladi. Bu tashqi va ichki motivlardir. Tashqi motiv sifatida biror bir narsaga erishish istagini, ichki motiv sifatida esa o‘z faoliyatining jarayoni va natijasiga e’tibor berishni misol qilish mumkin.
Pedagogik faoliyat pedagogik vaziyatdagi turli tuman xatti-harakatlarning umumlashmasidan iborat: perseptiv, mnemik, kommunikativ, izlanuvchanlik, nazorat qilish, baholash va h.k. Ushbu turli-tuman faoliyatlarning jamlanmasi bir qancha psixologo-pedagogik funksiyalarni belgilab beradi.
P.F.Kapterev o‘qituvchiga xos bo‘lgan ob’ektiv va sub’ektiv xususiyatlarni ko‘rsatib o‘tadi. Umumiy ko‘rinishda u quyidagicha aks etadi:
O‘zaro munosabat doirasida o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasidagi ta’sirlashuvning emotsional darajasini tadqiqot predmeti tarzida qo‘yilishi, xususan, tarbiyachilik faoliyatining yo‘nalishida kam uchraydi. Bu muammoga oid ishlar jumlasiga Abramova G.S., Beknazarov A.A., Berns R, SHuvanov I.B. va boshqalarning tadqiqotlarini kiritish mumkin. Aynan ushbu muammoga aloqador o‘zbek o‘qituvchisiga bag‘ishlangan ilmiy izlanishlar nihoyatda kamchilikni tashkil etadi. Bu sohada Beknazarov A.A., Ismagilova F.S., G‘oziev E.G‘. va boshqalarning ishlarini namuna sifatida sanab o‘tish joiz.
L.YA.Kolominskiy o‘z tadqiqotida o‘qituvchining o‘quvchilarga munosabati so‘zsiz muallim mehnati muvaffaqiyatlarida hal qiluvchi rol o‘ynashini ta’kidlagan edi. Uning fikricha, bu pedagogik mahoratning muhim tomoni bo‘lib, o‘qituvchi bilan o‘quvchilarning o‘zaro munosabati ko‘p jihatdan aynan mana shu jarayonga bog‘liqdir. Muallifning ko‘rsatishicha, o‘zaro munosabatni o‘qituvchi shaxsining faolligi va jamoadagi ta’sirlashuv nuqtai nazaridan yondoshgan holda o‘rganish ham mumkin ekan.
YUqoridagi fikrlarga tayangan holda pedagogning bolalarga nisbatan munosabatidagi emotsional-qadriyatli yondashuvi uning munosabat uslubidagi motivatsion jihatlari, Shuningdek, bir vaqtning o‘zida uning o‘quvchilarga bo‘lgan munosabati jarayonida xulqiga ta’sir ko‘rsatuvchi operatsional jihat bilan belgilanshini qayd qilish mumkin.
Qator tadqiqotlarda esa o‘qituvchi va o‘quvchilarning pedagogik muomaladagi turli xil jihatlarini baholash holati ham o‘rganilgan.
Oqituvchiga nisbatan osmirlarning talab va umidlari chet el psixologlari tomonidan tadqiq qilingan bolib, A.Djersildning izlanishlariga binoan bolalar quyida qayd qilingan xarakterga ega bolgan oqituvchilarni afzal hisoblar ekanlar:
1) mehribon, quvnoq, javobgarlikni his qiluvchi, barqaror insoniy sifatli;
2) haqiqatgoy, batartib, halol, boshqalarni hurmatlovchi, tashkilotchilik sifatidagi;
3) boshqalar manfaatini oylaydigan, xalqparvar, sinf ishlarida oquvchilarga erkinlik xuquqini beruvchi, qiziquvchan, ishtiyoqli va ishchan;
4) YOqimli ovozli, umumiy yoqimtoylik qiyofasidagi oqituvchi.
V.Kessel tadqiqotlarida oquvchilarning Yosh xususiyatiga bogliq holda oqituvchilarning mashhurlik va mashhur emaslik motivlari organilgan. Tadqiqot natijalariga kora, oqituvchining mashhurligi kop jihatdan uning materiallarni korgazmali, jonli va muammoli tarzda etkaza olish qobiliyatiga bogliq ekan. V.S.Abramova, S.M.Illyusizova, V.A.Kan-Kalik va boshqalar oqituvchi-oquvchi munosabati boyicha tadqiqotlar otkazganlar.Tadqiqot natijalariga kora, oqituvchining muloqotda dost sifatida oz ornini oquvchilarning tengdoshlari va ularning ota-onalariga berganligi korindi.
Kopchilik psixologlar, shu bilan birga ozbekistonlik psixolog olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar zamonaviy oqituvchilar uchun eng zarur hislatlarni aniqlab olish imkoniyatini beradi. Rossiya psixologlaridan N.V. Kuzmina, V. Slastenin, F.N. Gonobolin, Ozbekistonlik psixologlardan R.Z.Gaynutdinov, M.G.Davletshin, S.Jalilova, A. Jabborov, M. Kaplanova va boshqalar tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlarida ham oqituvchilik kasbi va talim jarayoniga doir muammolar keng tadqiq etilgan. Bunda oqituvchilik kasbiga muvofiq yaratilgan professiogrammani korish mumkin.
Oqituvchi professiogrammasi muayyan fan tomonidan oqituvchiga qoyiladigan maxsus talablarni oz ichiga qamrab olishi lozim. Bolajak oqituvchi u yoki bu xildagi fan tomonidan qanday talablar qoyilishini bilish va shu asnoda oquv-tarbiya jarayonini tashkil qilish uchun pedagogik oliy oquv yurtlarida muayyan mutaxassislik boyicha oqituvchi professiogrammasi ishlab chiqilishi zarurdir.
Psixologik tadqiqot ishlarini olib borgan M.Abdullajonova, E.Gladkova, A.Mashkurov, T.Hamrokulov, E.Xidirov va boshqalarning ilmiy izlanishlari ozbek maktablarida rus tili va maktabgacha tarbiya muassasalarining tarbiyachilari kabi qator mutaxassisliklar boyicha oqituvchi professiogrammasining taxminiy modelini (namunasini) aniqlab olish imkoniyatini berdi.
Professiogrammada muhim hislatlarning borgan sari birmuncha ortib borishini hisobga olgan holda oqituvchining quyidagi hislatlari korsatib berilishi lozim:
Oqituvchining shaxsiy hislatlari:
bolalarni yaxshi korish, ularni sevish;
aql-farosatlilik;
mehnatsevarlik;
jamoat ishlarida faollik;
kamtarinlik;
odamiylik, dilkashlik;
uddaburonlik;
oz bilimini oshirishga intilish;
Kasbiga xos bilimi:
- talim va tarbiya jarayoni mohiyati bilan uning maqsad va vazifalarini tushunishi;
- psixologiya asoslarini, ayniqsa Yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiya asoslarini bilishi, etnopsiholgik bilimlarni egallashi;
- hozirgi zamon pedagogikasi asoslarini bilishi;
- hozirgi zamon pedagogikasining metodologik asoslarini egallaganligi;
- maktab Yoshidagi bolalarning psixologik - pedagogik xususiyatlarini tushunishi;
- oz fanini oqitish metodikasini bilishi;
- oquvchilarga tarbiyaviy tasir etishning samaradorligini bilishi;
- ota-onalar va jamoatchilik bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning mazmunini bilishi;
3) Oz kasbiga xos hislatlari:
- oqituvchining kuzatuvchanligi;
- oz diqqat-etiborini taqsimlay olishi;
- pedagogik fantaziya (hayol)ning rivojlanishi;
- oziga tanqidiy munosabatda bolishi;
- ozini qolga ola bilishi, ozini tuta olishi;
- pedagogik takt;
- nutqning emotsional ifodalanishi;
4) SHaxsiy pedagogik uddaburonligi:
- dars mashgulotlari uchun zarur materiallarni tanlay bilishi;
- oquvchilarning bilish faoliyatini boshqara olishi;
- talim va tarbiya jarayonida oquvchilarning bilimi osishini istiqbolli ravishda rejalashtira olishi;
- pedagogik vazifalarni shakllantirish va tarbiyaviy ishlarni rejalashtira olish;
- bolalar jamoasiga rahbarlik qilishda oz faoliyatini rejalashtirishni bilishi;
- oquv maqsadlarini rejalashtira olishi;
- ozining talim-tarbiya ishlariga tayyorlanish tizimini rejalashtira olishi;
5)Tashkilotchilik malakalari:
- bolalar jamoasini uyushtira bilishi;
- turli sharoitlarda bolalar jamoasini boshqara olishi;
- bolalarni nimalar bilandir qiziqtirib, ularni faollashtira olishi;
- amaliy masalalarni hal etishda ozining bilim va tajribalarini ustalik bilan tez qollay olishi;
6)Kommunikativ malakalari:
- bolalarni oziga jalb etishni bilishi;
- bolalar va ota-onalar bilan maqsadga muvofiq pedagogik munosabatlarni tiklashni bilishi;
- bolalarning jamoalararo va jamoa ichidagi ozaro munosabatlarini tartibga solishni bilishi;
- bolalar va ota-onalar bilan tashqaridan aloqa boglashni bilishi;
7)Gnostik malakalari:
- bolalarning asab psixik taraqqiyoti darajasini aniqlay bilishi;
- ozining tajribasi va pedagogik faoliyati natijalarini tanqidiy tahlil qila olishi;
- boshqa oqituvchilarning tajribalarni organib, undan (nazariy va amaliy tomondan) togri xulosa chiqara olishi;
- psixologik-pedagogik adabiyotlardan foydalanishni bilishi;
- oquvchilarni togri tushunib, ularninig xulq-atvori sabablarini tushuntirishni bilishi;
8) Ijodiy hislatlari:
- pedagogik mahoratini takomillashtirishga intilishi;
- oquvchilarni tarbiyalash dasturini ishlab chiqish va uni amalga oshira olish qobiliyati;
- ozini oquvchi orniga qoyib, bolib otgan hodisalarga uning nazari bilan qaray olishi;
- avvalgi voqealar, hodisalar va tarbiyalanuvchi shaxsiga yangicha qaray olish qobiliyati;
- ozining oquvchiga pedagogik tasiri natijalarini oldindan kora bilishga intilishi.
SHunday qilib, korsatib otilgan modelning asosiy tuzilishi tariqasida quyidagilar keltiriladi:
shaxsning jamoatchilik va kasbiy yonalishi;
pedagogik mahorat va qobiliyati;
xarakterining psixologik xususiyatlari;
bilish faoliyati;
oqituvchi shaxsining bolalarni kasbga tayyorlash ishlari darajasidagi umumiy taraqqiyoti.
Professiogramma Yoshlarga ozlarining kelgusida oqituvchilik kasbini togri va ongli ravishda tanlab olishlariga yordam beradi.
Professiogrammani kasbga xos ravishda oqitishni tashkil qilishda talimning samaradorligi va uning muvaffaqiyati qanday bilim va konikmalarga , ayniqsa, shaxsning qanday qobiliyati va shaxsiy hislatlariga bogliq ekanligini albatta korsatish zarurdir.
Pedagogik faoliyat tezligi va muvaffaqiyati asosida N.V.Kuzmina oqituvchilarni uch guruhga boladi:
1. Kasbiy malakalarni tez ozlashtiradi, oz faoliyatida tezda muvaffaqiyatga erishadi, dars qoldirmaydi.
2. Kasbiy sifatlarni sekin ozlashtiradi, bazan dars qoldiradi, ammo pedagogik xususiyatlarni sekin-asta bolsa-da ozlashtirib oladi.
3. Kop yillik faoliyati davomida ham oqituvchilik qobiliyatini egallamaydi.
N.V.Kuzmina pedagogik faoliyatga murakkab dinamik sistema sifatida qaraydi.
A.I.Щerbakov ishlarida esa pedagogik ta’lim muammolari ko‘zga tashlanadi. O‘qituvchi shaxsi yo‘nalganligining shakllanishi masalasida to‘xtalar ekan, muallif o‘qituvchilarni tayyorlash va o‘qitish jarayonida e’tiborga olish zarur bo‘lgan vaziyatlar xususida oz tavsiyalarini beradi. Ayniqsa, olim bolajak oqituvchi xulq-atvor xususiyatlarining shakllanishiga asosiy etiborni qaratadi.
Mamlakatimizda kadrlar tayyorlash milliy dasturini hayotga tatbiq etish jarayonida oqituvchining Yosh avlodga talim va tarbiya berishida jamiyat oldidagi javobgarligi yanada ortib boraveradi.
Oqituvchining orni va uning vazifalari osib kelayotgan Yosh avlodni tarbiyalash ishiga jamiyat va jamoatchilik tomonidan etibor karalishining naqadar muhim ahamiyatga egaligi bilan aniqlanadi.
"Oqituvchi deydi Al Forobiy, - aql-farosatga, chiroylik nutqqa ega bolishi va oquvchilarga aytmokchi bolgan fikrlarini tola va aniq ifodalay olishni bilmogi zarur". U oz fikrini davom ettirib: "Oqituvchi va rahbarning vazifasi dono davlat rahbari vazifasiga oxshaydi, shu sababli oqituvchi eshitgan va korganlarining barchasini eslab kolishi, aql-farosatga, chiroylik nutqga ega bolishi, oquvchilarga aytmoqchi bolgan fikrlarini tola va aniq ifodalab berishni bilmogi lozim. SHu bilan birga oz or-nomusini qadrlashi, adolatli bolmogi lozim. Ana shundagina u insoniylikning yuksak darajasiga ega boladi va baxt choqqisiga erishadi", deb takidlaydi.
Ulug shoirimiz Alisher Navoiy ham oqituvchi mehnatini holisona baholab: "Agar shogird podsholikka erishsa ham, unga (muallimga) qulluq qilsa arziydi",
"Haq yolida kim senga bir harf orgatmish ranj ila,
Aylamak emas oson oning haqqin yuz ganj ila", kabi satrlar bitgan.
Zamonaviy maktab oqituvchisi qator vazifalarni bajaradi. Oqituvchi sinfdagi oquv jarayoni tashkilotchisidir. Oqituvchi oquvchilar uchun dars payti, qoshimcha darslarda va shu bilan birga darsdan tashqari hollarda ham kerakli maslahatlar berishda bilimlar manbaidan biridir. Kopchilik oqituvchilar sinf rahbari vazifasini bajarib, tarbiya jarayoni tashkilotchilari bolib hisoblanadilar.
Zamonaviy oqituvchi ijtimoiy psixolog bolmasligi mumkin emas. Shuning uchun ham u oquvchilar ortasidagi ozaro munosabatlarni yolga sola olishi, bolalar jamoasida ijtimoiy-psixologik mexanizmlardan foydalanishni bilishi zarurdir.
Malumki pedagogik faoliyat kishi mehnatining eng murakkab sohalaridan biridir.
Oqituvchi jamiyat tomonidan qoyilgan talablar bilan bir qatorda oz faoliyatida, tevarak-atrofidagi kishilar, maktab mamuriyati, hamkasblari, oquvchilar va ularning ota-onalari undan nimalarni kutishini ham esdan chiqarmasligi lozim.
Oqituvchining oz ishidan nimanidir kutayotganligining oziyoq muhim ahamiyatga egadir, mana shu tariqa kutishlar, garchand jamiyat tomonidan oqituvchiga qoyiladigan talablarga mos kelsa-da, oziga xos xususiyatlarga ega boladi. Lekin bu talablar hamma vaqt ham bir-biriga mos kelmasligi mumkin. Psixologlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarning korsatishicha, xalq talimi bolimlari va maktab direktorlari oqituvchining ayrim hislatlari naqadar muhimligini har xil baholaydilar. Jumladan, xalq talimi bolimlarining mudirlari oqituvchidan birinchi navbatda oz fanini yaxshi bilishini va dars berish metodikasini mukammal ozlashtirishini talab qilsalar, maktab direktorlari oqituvchiga qoyiladigan bunday talablarni uchinchi oringa qoyadilar. SHu bilan birga xalq talimi bolimlarining mudirlari oqituvchilarning oquvchilar va ota-onalar, maktab jamoasi bilan qanday muloqotda bolishni bilishini naqadar ahamiyatga ega ekanligiga unchalik etibor bermaydilar. Maktab direktori esa, bunday hislatlarni oqituvchi shaxsiga qoyiladigan talablar ichida birinchi oringa qoyadilar.
Bolajak pedagog shaxsiga bir qator jiddiy talablar qoyilar ekan, ular ichidan asosiy, yani uni qanoatlantirmasdan turib, yuqori malakali oqituvchi yoki tarbiyachi bolib etishish mumkin bolmagan va ikkinchi darajali, yani pedagog uchun zarur bolmagan, ammo uni shaxs sifatida shakllanishiga va shaxsga talim-tarbiya berishiga yordam beruvchi talabni ajratish mumkin.
Bosh, asosiy talablar singari, ikkinchi darajali talablar ham pedagogning faoliyati psixologiyasiga va muloqotiga, Shuningdek, uning qobiliyati, bilimi, malaka va konikmasi, mahorati, bolalarni tarbiyalash va talim berish uchun zarur bolgan sifatlarga bogliqdir. Asosiylari orasida ham, qoshimcha psixologik xossalar ichida ham ozgarmas, yani har bir davrda, vaqt va xalqlarda doimo oqituvchi va tarbiyachilar uchun, malakali pedagoglar uchun zarur bolgan hamda ozgaruvchan, yani muayyan davr ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti talablaridan kelib chiqadigan, jamiyat qaror topgan sharoitda yashaydigan va pedagog ishlaydigan muhit talablaridir.
Pedagogga qoyiladigan asosiy, bosh va ozgarmas talablar bolalarga bolgan mehr, pedagogik faoliyat, ozi ishlaydigan soha boyicha maxsus bilim, keng fikrlay olish, pedagogik intuitsiya, yuqori saviyada rivojlangan tafakkurga, chuqur bilimga, madaniyat va yaxshi xulqqa ega bolish, bolalarni oqitish va tarbiyalashning turli uslublaridan mohirona foydalana olishni bilishdan iborat. YUqorida keltirilganlarning birortasisiz muvaffaqiyat bilan pedagogik ish olib borish mumkin emas.
Bu hamma xossalar tugma qobiliyat emas. Ular muntazam mehnat natijasida egallanadi. Shuningdek, pedagogning oz ustida tinmay ishlashi tufayli bunyodga keladi. Oqituvchi va tarbiyachilarning kopligi sir emas, ammo bu kasbni yuksak darajada, muvaffaqiyat bilan ado etish mushkul ish.
Pedagog uchun qoshimcha, lekin nisbatan turgun talablar qatoriga kirishuvchanlik, artistlik, shodon xulq, yaxshi did-farosat va boshqalarni kiritish mumkin. Bu xususiyatlar eng asosiy orinda turmasa-da, ammo oqituvchi faoliyati uchun katta yordam beradi.
Bosh va ikkilamchi pedagogik xossalar jamlanib, pedagogning shaxsiyatini aniqlaydi, shu jihatlar kuchi bilan har bir oqituvchi ajoyib va oziga xos shaxs sifatida namoyon boladi.
Jamiyat tomonidan qoyiladigan talablardan eng muhimi oqituvchining shaxsi va uning kasbi bilan boglik hislatlariga qaratilgan.
Jamiyatning oqituvchilik kasbiga qoyadigan asosiy talablari quyidagichadir:
- shaxsni manaviy va marifiy tomondan tarbiyalashning, milliy uygonish mafkurasining hamda umuminsoniy boyliklarning mohiyatini bilishi, bolalarni mustaqillik goyalariga sodiqlik ruhida tarbiyalashni bilishi, oz Vatani, tabiatga va oilasiga bolgan muhabbati;
- keng bilim saviyasiga ega bolishi, turli bilimlardan xabardor bolishi;
- Yosh pedagogik-psixologiya, ijtimoiy psixologiya va pedagogika, Yosh fiziologiyasi hamda maktab gigienasidan chuqur bilimlarga ega bolishi;
- ozi dars beradigan fan boyicha mustahkam bilimga ega bolib, oz kasbi, sohasida jahon fanida erishilgan yangi yutuq va kamchiliklardan xabardor bolishi;
talim va tarbiya metodikasini egallashi;
oz ishiga ijodiy yondoshishi;
bolalarni bilishi, uning ichki dunyosini tushuna olishi;
- pedagogik texnikani (mantiq, nutq, talimning ifodali vositalari) va pedagogik taktga ega bolishi;
- Oqituvchining oz bilim va pedagogik mahoratini doimiy ravishda oshirib borishi.
Har bir oqituvchi ana shu talablarga eng yuqori darajada mos keladigan bolishga intilishi kerak.
Oqituvchiga jamiyat tomonidan qoyiladigan talablar, turli xildagi ijtimoiy kutishlar, pedagogning individualligi, uning, shu tariqa talablarga javob berishga subektiv tayyorligi muayyan oqituvchining pedagogik faoliyatga naqadar tayyorligidan dalolat beradi. Jamiyatning muayyan tarixiy davrida, belgilangan vaqt va belgilangan ish joyiga xos bolgan pedagogning asosiy va ikkinchi darajali ozgaruvchan xususiyatlari haqidagi masalani hal qilish bir muncha murakkabdir. Jamiyatda roy berayotgan yangi shart-sharoitlar, talim va tarbiya sohasida yangi maqsad va vazifalarni qoyadi. Ular oz navbatida oqituvchi va tarbiyachi shaxsiga qoyiladigan talablarni belgilab beradi. Bu talablarni oz vaqtida va aniqroq aniqlash uchun quyidagilarni bajarish lozim:
Oquvchini hozirgi zamon talabiga javob beradigan, erkin fikrlovchi shaxs sifatida shakllantirish uchun pedagogning ozi mustaqil fikrlovchi, yuqori saviyadagi bilimli, dunyoqarashi keng bolmogi va ozida bu xususiyatlarni muntazam rivojlantirib bormogi lozim.
Ota-onalar oqituvchidan uning ish staji va Yoshi qanday bolishidan qatiy nazar, farzandlarini tarbiyalash va oqitish mahoratini kutadilar. Oquvchilar esa oqituvchilarni uch xil hislatlari boyicha xarakterlab beradilar. Jumladan, birinchidan, oqituvchining odamgarchiligi, adolatliligi, sof vijdonliligi, bolalarni yaxshi korish hislatlari; ikkinchidan, oqituvchining sezgirligi, talabchanligi bilan bogliq tashqi hislatlari va xulq-atvoriga qarab; uchinchidan, oqituvchining oz fanini bilishi, uni tushuntira bilishi kabi talim jarayoni bilan bogliq hislatlariga qarab xarakterlab beradilar.
SHuni takidlab otish kerakki, tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishga qoyiladigan talablar bilan birga, oqituvchi shaxsi va uning faoliyatiga nisbatan qoyiladigan ijtimoiy talablar ham osib bormoqda.
Oqituvchiga jamiyat tomonidan qoyiladigan talablar, turli xilda ijtimoiy kutishlar, pedagogning individualligi, uning shu tariqa talablarga javob berishga subektiv tayyorligi muayyan oqituvchining pedagogik faoliyatga naqadar tayyorligidan dalolat beradi.
Oqituvchilik kasbi - axloqiy xarakterga ega bolgan insonparvar kasblardan biri bolib, oquvchilarga insoniy munosabatda bolish oqituvchi faoliyatining asosiy tamoyili hisoblanadi. Bu oqituvchidan bolalarni sevish, ularni qadr-qimmatini hurmat qilish, shoxliklariga bardoshli bolish, ularni jismoniy va axloqiy majruh etuvchi narsalarga murosasiz bolishni talab etadi. Muallimning odob-axloqi, insonparvarligi bolalarning kelajagi uchun gamxorlik qilish, ularni hayotga ijtimoiy va mehnat faoliyatiga tayyorlashga intilishida namoyon boladi. Xushyorlik, pedagogik muomala, diqqat-etiborli bolish, bolalarni sevish, ularga yaxshilik qilish, oqituvchilik burchini anglash, masuliyatli, talabchan va adolatli bolish, bilimdonlik, halollik, rostgoylik kabilar oqituvchiga xos kasbiy axloqiy fazilatlardir.
Shuning uchun ham oqituvchilar tayyorlaydigan oliy talim muassasalari oldida muhim vazifa - insonparvarlik tamoyilini royobga chiqaruvchi, yuksak manaviy-axloqiy talablarga javob beruvchi, pedagog odobi fazilatlarini egallab olgan bolajak oqituvchilarni tarbiyalash vazifasi turadi. Bolajak oqituvchilarning kasbiy-axloqiy sifatlari har tomonlama osishiga erishish uchun talabalar shaxsini rivojlantirishning barcha jihatlari, sohalariga etibor qaratish zarur. Axloqiy tarbiyaviy tasir otkazish sohalari: Vatanga munosabat, tugilgan joyi, atrofdagi tabiatga, mehnatga, ishlab chiqarish va turmushda odamlarga; pedagogik jarayon ishtirokchilari: oquvchilar, ota-onalari, kasbdoshlariga, oz-oziga bolgan munosabati sohalaridan tashkil topadi.
Tarbiyaviy jarayonni samarali tashkil etish, uni oldindan va u bilan bogliq, ilmiy-tashkiliy, tadqiqot malumotlari bilan taminlashni talab etadi. Tarbiya axloqiy-tarbiyaviy maqsadga yonaltirilganlik tavsifiga ega boladi, koplab talabalar tarbiyasiga individual yondoshish mumkinligini ozida mujassamlantiradi. SHu bilan birga pedagogik amaliyot oldidan ilmiy-tadqiqot otkazish tarbiyachi-pedagoglardan bunday ishni bajara olish malakasiga ega bolishni talab etadi, ularda bunday konikma va malakalarni maxsus ostirish va takomillashtirish maqsadga muvofiq.
Bolajak oqituvchilar oquv faoliyati (amaliyot, oquv jarayoni) davomida quyidagilarni amalga oshirmogi maqsadga muvofiqdir:
1) oqituvchi insoniyatning bugungi avlodi uchinchi ming yillikda xalqlarning mustaqillik, demokratiya, erkinlik, tinchlik, barqarorlik kabi umuminsoniy qadriyatlar ustivor bolgan jamiyat qurish uchun jahon ahamiyatiga molik turmush tarzini yuzaga keltirish ehtiyoji kuchayishini oz oquvchilariga, tarbiyalanuvchilariga tushuntirishlari lozim.
2) hozirgi davrda kechayotgan jarayonlar kishilarning qadriyatlarga bolgan munosabati, ishonchini ozgartirmokda. Ular bilan bogliq ehtiyojlar, talablar, qiziqishlarning ham ozgarib borishiga sabab bolmokda. Bunday sharoitda fanlarni oqitishda umuminsoniy qadriyatlarga sadoqatli bolishini amaliy jihatdan oquvchilarga etkazish asosiy vazifalardan biriga aylanishi zarur.
3) umuminsoniy qadriyatlarga oid mavzularni targibot qilishda yurtimiz sivilizatsiyasi taraqqiyoti va madaniyati rivojining asosiy davrlari hamda yutuqlariga, Al Xorazmiy, Al Farobiy, Al Beruniy, Ibn Sino, Al Buxoriy, At Termiziy, YAssaviy va Naqshbandiy, Jomiy, Ulugbek, Navoiy, Bobur va Mashrablarning buyuk meroslariga aoslanmoq lozim. Bular Ozbekistonda umuminsoniy qadriyatlarning rivojlanishida eng asosiy tarixiy manbalar bolishi shubhasiz.
Biror kasbning xaqiqiy ustasi bolish uchun tabiiy qobiliyat, malum jismoniy va ruhiy hislatlar jonli bolishi kerak. Pedagoglik faoliyatida Yoshlarni oqitish va tarbiyalash ishini samarali bajarish, ota-onalar va talabalarning izzat - hurmatiga sazovar bolishi uchun kishida bu ishga layoqat, qobiliyat, mahorat, qiziqish bolmogi lozim.
Muvaffaqiyatli ishlash uchun har bir oqituvchi pedagogik mahoratga ega bolishi zarur. Pedagogik mahorat egasi oz mehnat sarf qilib katta natijaga erishadi. Ijodkorlik uning hamisha hamkori boladi. Pedagogik ishga qobiliyatli, istedodli kishidagina pedagogik mahorat bolishi mumkin. YUksak mahoratli pedagog eng avvalo qobiliyatli, malakali va uddaburon bolishi kerak. Qobiliyat faoliyat jarayonida paydo boladi va rivojlanadi. Qobiliyat malaka va uddaburonlikdan farq qiladi. Malaka va uddaburonlik mashq, oqish natijasi hisoblansa, qobiliyatning rivojlanishida istedodning orni beqiyosdir. Ana shundagina qobiliyat deb ataluvchi ruhiy xususiyati taraqqiy etadi. Pedagogik faoliyatning samarali bolishi uchun pedagogda qobiliyatning qoyidagi turlari mavjud bolishi lozim. Bilim qobiliyati, tushuntira olish qobiliyati, kuzatuvchanlik qobiliyati, nutq qobiliyati, tashkilotchilik qobiliyati, obro orttira olish qobiliyati, kelajakni kora bilish qobiliyati, diqqatni taqsimlay olish qobiliyati va h.k. Mahoratli pedagog talabalar ruhiyatini, bilim va darajasini hisobga oladi. Bazi pedagoglarga oquv materiali tushunarli va qandaydir alohida izohni talab etmaydigandek tuyuladi. Bunday pedagoglar talabalarni emas, balki ozlarini nazarda tutadilar. Qobiliyatli, tajribali pedagog ozini talabaning orniga qoya oladi. U fanning ilmiy-nazariy asoslarini talabalarga tushuntirish maqsadida ish tutadi. Shuning uchun u bayon etishning xarakter va shaklini alohida oylab chiqadi. Mahoratli pedagog dars materialini bayon etish jarayonida talabalarning qanday ozlashtirayotganlarini talabalarni kuzatish asosida payqab oladi va zarur hollarda bayon qilish usulini ozgartiradi. Shuningdek, pedagog talabalarni savodli ozlashtirishlari uchun zamin tayyorlab, ularni dam olishdan ishga otishlari, boshashini, lanjlik, charchashlariga barham berish uchun minimal darajada foydalanish uchun vaqt ajratish zarurligini hisobga oladi. U tegishli vaziyat yuzaga kelgunga qadar ish boshlamaydi.
Pedagogning odobi, madaniyati yuksak bolsagina, odamlarga nisbatan mehribon, sahovatli bola oladi, uni hamma hurmat qiladi. Pedagog umuminsoniy qadriyatlarni ijodiy organib, talim tarbiya jarayoniga tatbiq etishi lozim. SHu bilan birga milliy oziga xosligimizni, asrlar sinovidan otgan ananalarimizni, hamisha iymon-etiqod bilan yashash kabi hayotiy tamoyillarimizni ham saqlab, ham yuksaltirib borishi va ularni talabalar qalbiga singdirish zarur. Pedagog faoliyati oz mohiyatiga kora ijodiy xarakteriga ega.
Pedagogik ijodkorlarning asosiy mohiyati faoliyatining maqsadi va xarakteri bilan boglik. Pedagogik faoliyat kishi shaxsini, uning dunyoqarashi, etiqodi, ongi, xulq-atvorini shakllantirishdek umumiy maqsadga boysungan son-sanoqsiz pedagogik masalalarni echish jarayonidir. Pedagog faoliyatidagi ijodkorlik ana shu masalalarni echish usullarida, ularni hal qila olish yollarini qidirib topa olishida ifodalanadi. Pedagogik ijodkorlik manbai - bu pedagogik tajribadir. Pedagogik tajriba - muammoli vaziyatlarga juda boydir. Ilgor pedagogik tajriba deganda, biz pedagogning oz pedagogik vazifasiga ijodiy yondoshishini talabalarning talim-tarbiyasiga yangi, samarali yol va vositalarni qidirib topishini tushunamiz. Ijodiy ishlaydigan pedagog faqat talabalarni muvaffaqiyatli oqitish va tarbiya berish, ilgor ish tajribalarini organish bilangina cheklanib qolmasdan tadqiqodchilik konikma va malakalariga ham ega bolish zarur. Hozirgi zamon fan va texnika taraqqiyoti pedagogning ijodkor bolishini, fanning muhim muammolari yuzasidan erkin fikr yurita bilish, fan yutuqlarini talabalarga etkaza olishi, tadqiqot ishlariga orgata olishini talab qiladi. Tarbiya jarayonida pedagogik tasir korsatish talabaga u yoki bu yuksak axlokiy sifatlarining mohiyatini anglatish jarayonida qollaniladigan pedagogning ish usullaridan biridir.
Har bir shaxsga tasir etishi tarbiyachining pedagogik mahorati va obrosiga bogliqdir. Bunda:
Kishilik jamoasi paydo bolgan davrdan boshlab inson hech qachon yolgiz yashay olmagan. Jamoalarni tashkil qilish va uning tarbiyaviy tasirini nazariy va amaliy asoslari mutafakkir va olimlar tomonidan organilib, ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan. Tarbiyachining navbatdagi vazifasi talaba-Yoshlar jamoasini tashkil qilish, tarbiyalash va jipslashtirish borasidagi nazariy bilimlarni ozlashtirib, ilgor tajribalarga suyanib, ularni tarbiyaviy jarayonida ortoklik, dostlik, ozaro hamkorlik, hamjihatlik, oz-ozini tarbiyalash va boshqarish kabi jamoatchilik sifatlarini shakllantirish mahoratini ozlashtirishdan iborat. Ular:
- Har bir talaba shaxsida ozaro munosabat aloqalarini yaratish;
- talabalar kundalik faoliyatlarining hamma qirralarini jamoada
jipslashtirish;
- shaxsiy manfaatdan jamoa manfaatini yuqori qoyishga orgatish; jamoada
bir-biriga mehr-oqibatli, muruvvat va saxiylik dostona hamkorlik mavjud bolsa, u katta tarbiyaviy kuchga aylanadi.
Kasb-hunar talimi kolleji talabalar jamoalarini tashkil qilishda pedagogdan turli-tuman usul va vositalardan mahorat bilan foydalanish talab qilinadi:
1. Pedagog jamoa azolarini yangi sharoitga moslashtirish jarayonida ularga ishonch, hurmat, xushmuomalalik, talablarni togri qoya bilish, shu bilan birga talabani tushunish va eshita bilish mahoratiga ega bolishi kerak.
2. Talabalar jamoasidagi etakchi kuch-tayanch ozagini tanlash.
3. Jamoa azolarining har birining kuchiga, kobiliyatiga karab
topshiriqlar berish.
4. Jamoada yangi anana, qonun-qoidalarning dastlabki kurtagini yaratish va unga amal qilish.
5. Jamoa istiqbolini davr talabi bilan moslashgan holda belgilash talab
qilinadi.
Har bir pedagog pedagogik faoliyat yuritar ekan, berayotgan talim-tarbiyasining yanada samarali bolishi uchun oz ustida muttasil ishlashi, bilimini, mahoratini ostirishi, talabalar bilan boladigan munosabatlarni puxta oylab, ularning kongliga ozor etkazmasdan ish olib borishi lozim. Muomala madaniyati, ozini tuta bilishini nazorat qilishi kerak. Har bir tarbiyachining dunyoqarashi uning muomalasida namoyon boladi. Muomalaning asosiy vositasi - tildir. SHunday ekan, tarbiyachi muomala jarayonida juda ehtiyotkor bolishi maqsadga muvofiqdir.
Alisher Navoiy muomala qiluvchi shaxsning mahorati haqida shunday deydi: "SHirin soz kongillar uchun bamisoli asaldir."
Shuning uchun ham pedagog har on nutq madaniyatiga kuchli etibor berishi, ozining psixologik, estetik, jismoniy, axloqiy jihatlarini namuna holatda namoyon etishi muhim. YUksak tuygu madaniyatiga ega bolgan pedagog talabalarning kayfiyati, noxushligini darrov fahmlaydi.
Qopol, odobsiz gaplarga orin qoldirmaslik, talaba shaxsiga tegadigan qopol muomala qilish pedagogning faoliyatiga putur etkazadi. Talaba ahvolini tushunish unga hamdard bolishi, madad berish kerak. Pedagog ozining pedagogik faoliyatida avvalo togri soz bolishi, ishlarini adolat bilan olib borishi kerak. Bu hislat tarbiyachi bilan talaba ortasida yaqinlikni oshiradi, chunki adolat insonlar xulqini baholovchi muhim mezondir. Zamonaviy pedagogga birgina umumiy madaniyatning ozi kifoya qilmaydi. Shuningdek maxsus bilimlar va malakalar asosida talabalarini kuzatish, ularning osishidagi muhim narsalarni jamiyatda vujudga kelgan asosiy ijtimoiy goyalar bilan taqqoslash, talim-tarbiya jarayonini rivojlantirish yollari va usullarini aniqlash, turli vositalar bilan tarbiyaviy tasir korsatish, tahlil qilish, pedagogik izlanishlar va yutuqlarni ilmiy jihatdan bir tizimga solish maqsadga muvofiqdir. Albatta, bunda pedagog talabchan, yaxshi mehribon, sabrli, bosiq va oz kasbiga nisbatan etiqodli bolishi lozim. Talabani butun qalbi bilan sevadigan pedagog koproq tabassum qiladi, kamroq qovoq soladi. Talabalarga bilim berish bilan birgalikda ayni vaqtda ularga oz xarakterini otkaza oladi, ularga odamiylik namunasi bolib korinadi.
Oqituvchi ning kasbga oid mahoratini shakllantirishda pedagogik-psixologik nazariyalarning ahamiyati kattadir, chunki manaviyatimizning shakllanishida oz-oziga ega bolgan insonlar faoliyati togrisida, ularga qoyilayotgan talablar haqida zamonaviy pedagogik texnologiyalar togrisida nazariyalar pedagogik mahoratni shakllantirishning asosiy manbai bolib xizmat qiladi. Pedagogik tajribalarni takomillashtirishda ilmiy pedagogik malumotlardan foydalanish muhim ahamiyatga ega. CHunki, hozirgi zamon fan va texnika taraqqiyoti pedagogning ijodkor bolishini fanning muhim muammolari yuzasidan erkin fikr yurita olishi, fan yutuqlarini talabalarga etkaza olishi va nihoyat talabalarni ham ijobiy fikrlash, tadqiqotchilik ishlarini orgata olishini talab qiladi. Shuning uchun pedagog avvalo tadqiqodchilik ishlarini olib borishi va bu sohadagi malakalarni egallashi zarur. Pedagog ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishi davomida, tajribalarni toplaydi, tahlil qiladi, ular asosida xulosalar chiqaradi. U shu xulosalardan ozining amaliy faoliyatida foydalanish jarayonida hozirgi zamon pedagogi uchun zarur bolgan juda muhim bilimlarni egallaydi.
Pedagogik mahoratni takomillashtirishda shaxsiy pedagogik izlanishning ahamiyati kattadir. Pedagog ishidagi muvaffaqiyatni kunlik faoliyatida kattalar va talabalar, ayrim guruh va yakka shaxslar bilan aloqaga kirisha olish qobiliyatini taminlaydi.
Aloqalar faoliyatda duch keladigan turli xil voqealarga pedagogik qoidalar nuqtai nazaridan emas, balki sharoitni hisobga olgan holda ijobiy hal etish talab etiladi.
Keng ilmiy saviyaga ega bolish, intellektual qiziqish, yangilikni his qila bilish, pedagogik mahoratni oshirishga intilish pedagogga xos xususiyatlardan hisoblanadi.
Talim sifati davlat talim standartlariga muvofiq bolishi uchun amaliy va nazariy mashgulotlar otkaziladi. Bu sohada ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshiriladi.
SHaxsiy izlanishlar va ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish pedagogning pedagogik mahoratini takomillashtirishning muhim omili bolib hisoblanadi. Shuningdek, nazariy, milliy madaniyat va umuminsoniy qadriyatlarni, dunyoviy, diniy ilmlardan ham xabardor manaviy barkamol bolmogi lozim.
Xalqimizning kelajagi mustaqil Ozbekistonning istiqboli kop jihatdan pedagogga, uning saviyasiga, Yosh avlodni oqitish va tarbiyalash ishiga bolgan munosabatiga bogliq.
Ilmiy pedagogik izlanishlarni baholash mezonlari togrisida fikr yuritilganda, avvalo tadqiqotning zamonaviyligi, dolzarbligi, undan kozlangan maqsad hamda natijalar nazarda tutiladi.
Pedagog shaxsining kasb sohasidagi xususiyatlari bu- talabalarni sevish, ular bilan ishlashga qiziqish, oz kasbiga muhabbat, pedagogik nazokat, pedagogik tasavvur, tashkilotchilik qobiliyati, haqqoniylik, dilkashlik, talabchanlik, qatiylik va maqsadga intilish, vazminlik, ozini tuta bilish, kasbiy layoqatlik va boshqalar.
Samarali pedagogik tasir korsatishni togri tashkil etish talabalar bilan muomala qilishda, samimiy munosabatda bolishga yordam beradi. Amaliy pedagogik faoliyatda ilmiy goyalar va pedagogik tarbiyani qollash, pedagog mehnatiga kop jihatdan bogliq. Lekin bu mehnat natijalari darhol korinmaydi. Uning mahsulini korish uchun yillab mehnat qilish kerak. Pedagog faoliyatini organish shuni korsatadiki, bu faoliyat ozining sifat korsatkichlari boyicha ham turlicha boladi. Haqiqiy fidoiy pedagoglar oz faoliyatida eng yaxshi natijalarga erishadilar. Tajribali novator pedagoglar talabalarga samarali talim tarbiya berish bilan bir qatorda pedagogika fanidan yangi yol ham ochmoqdalar. Pedagogik mehnatni amalga oshirish jarayonida quyidagi xususiyatlarni oz faoliyatida amalga oshirishlari zarur:
Pedagogning ijodkorligi talabaning ijodkorligini uygotadi. Ular oz talabalarini vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash bilan birga ularning qalbida olijanob fazilatlarni qaror toptiradilar.
SHunday ekan, pedagoglarning pedagogik mahoratida shaxsiy faoliyat tizimini ishlab chiqish muhimdir. Hayot - kashfiyotlar olami. Tajriba, uslub, fikrlar rang-barang. U samarali mehnat natijasida isbot va dalillar orqali talabalar qalbiga kochadi. Ularning tuygulariga tasir korsatadi. Oquvchilar, talabalar muallimning faxri, kelajagidir. SHu bois ularning niyati oquvchilarni, talabalarni mustaqil yurt quruvchilari, muxandislari, ilmu marifat fidoiylari safida korishdir.
Har bir pedagognig oz faoliyat tizimini ishlab chiqish va unga qatiy amal qilish uning talim sohasidagi muvaffaqiyatlarining muhim omillaridan biridir. Pedagog bir xil metodlarda dars otish bilan cheklanib qolmasligi lozim. Aksincha, u oqitish metodlarini takomillashtirish ustida tinimsiz ishlashi zarur.
Muhim davlat vazifasini Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini amalga oshirayotgan zamonaviy maktab oqituvchisining hislatlari, uning ijodiy faoliyati XXI asrda shakllanib, asosan amaliy ishda, pedagogik tajribalarni egallash jarayonida osib rivojlana boradi.
Hozirgi jamiyatimizda oqituvchining mustaqil ravishda bilimlarni egallab, oz malakasini oshirib borishi bir tomondan oqituvchilik faoliyatining borgan sari naqadar muvaffaqiyatli borayotganligini korsatsa, ikkinchi tomondan muhim vazifa ekanligidan dalolat beradi chunki, bu kechiktirib bolmas jarayon shaxsni intellektual qashshoqlikdan qutqarib qoladi.
Psixologik nuqtai-nazardan oqituvchi doimiy ravishda oz bilimlarini oshirish bilan shugullanishi zarurdir. CHunki oqituvchilik mehnatining asosiy xususiyati ham shudir. Pedagog har doim odamlar orasida bolarkan, u birinchidan, odamlarni kopdan beri qiziqtirib kelayotgan haqiqatni oz qarashlari boyicha togri tushuntirib berishi lozim. Albatta, oqituvchidagi bu tariqa qarashlar kop yillar davomidagi mehnat va hayot faoliyati jarayonida shakllanadi; ikkinchidan, oqituvchining ozi axborotlar olish uchun oquvchilarga nisbatan cheklangan vaqt imkoniyatiga ega; uchinchidan, u ota tor doiradagi tengqurlari bilangina muloqotda bolish imkoniyatiga ega bolib, kopincha o‘z kasbiga xos qiziqishlar bilangina cheklanib qoladi.
Ta’limning barcha ko‘rsatkichlari, Z.I.Kalmыkovaning ta’kidlashicha, anglash tezligiga, yangi vazifalar hal qilinishiga erishish mumkin bo‘lgan aniq ma’lumotlar hajmiga, uni bevosita hal qilishdagi bosqichlar soniga natijaga erishishga yordam beruvchi malumotlar miqdori, Shuningdek, masalani hal qilish uchun sarflangan vaqt miqdori, oz-ozining bilimini oshirish qobiliyati, ishchanlik va chiniqqanlik darajasiga bogliq.
Bu orinda A.K. Markova taklif etgan bilim egallash korsatkichlari ham muhim ahamiyatga molikdir:
Bu ko‘rsatkichlar asosida o‘zlashtirishni aniqlash uslubi ishlab chiqilgan bo‘lib, Z.I.Kalmыkova fikricha, uning asosini quyidagi ko‘rsatkichlar tashkil etadi:
- Diagnostik kompleks amalga oshirilib, u “analitik” emas balki “sintetik” yo‘lga suyanishi lozim;
- Diagnostika uslublari tabiiy oqitish tajribalarida qollanilayotgan oquv materiallariga tayanishi, ijobiy xususiyatlari laboratoriya tajribalari qatiy boglanishi lozim, ayniqsa, sinov natijalarini qayd qilishda, miqdor va sifat tahlillarini jarayon vaqtida belgilab borishda, echilish usullari va korsatilayotgan yordamni yozib borishda qatiy aniqlik talab qilinadi;
- Muammoli oquv jarayonida iloji boricha qolgan barcha shartlar tenglashtirilgan holatda talim diagnostika qilinadi;
- Diagnostik tajriba vaqti uni qayd qilish talab qilinganda chegaralanmasligi lozim;
- Individual va jamoaviy diagnostik jarayonlarni birgalikda korib chiqish talim jarayonini toliq va aniq korsatib bera oladi.
Oqituvchining mustaqil bilim egallashi deganda, uning oz bilimlarini doimiy ravishda kasbiy va umummadaniy axborotlar bilan toldirib, ozining individual ijtimoiy tajribasini keng mikyosda doimo yangilab borishi tushuniladi.
Odatda aksariyat oqituvchilar mustaqil bilim egallash zarurligini tushungan holda, undan muvaffaqiyatli foydalanadilar.Buning motivlari odatda pedagogik faoliyat jarayonida oqituvchi oldida yuzaga keladigan muammolarni anglab olish natijasida shakllanadi. Kop hollarda bunday motivlar oqituvchilarni qanday oqitib va qanday tarbiyalash kerak, degan xohish-istaklar tariqasida, fanning oxirgi yutuqlari, ozining pedagogik mahoratini takomillashtirish ehtiyoji tugilishi munosabati bilan shakllana boradi.
SHu bilan birga yaqqol kozga tashlanib turgan ayrim hollardan koz yuma olmaymiz. Masalan, oqituvchilar ommasining malum kismi mustakil izlanishda bolib, oz bilim saviyasini oshirish bilan faol shugullanmaydi, malakasini oshirishga intilmaydi, bazilar muayyan bilimlar sohasida taraqqiyotdan butunlay ortda qolmokdalar. Bunday oqituvchilar osib kelayotgan Yosh avlodning talim va tarbiya taraqqiyotiga jiddiy zarar keltiradilar.
Bu mammoni hal etishda asosiy vazifa malaka oshirish tizimi zimmasiga tushadi. Respublikamizda xalq talimi xodimlarining malakasini oshirish instutlarining tarmoqlari joriy etilgan, bular Avloniy nomidagi xalk talimi xodimlarining malakasini oshirish Markaziy instituti, Toshkent shahar xalq talimi xodimlarining malakasini oshirish instituti va viloyatlardagi xalq talimi xodimlarining malakasini oshirish institutlaridir. Xalq talimidagi bu tizimning asosiy vazifasi doimiy ravishda oqituvchi kadrlarning malakasini oshirish, oqituvchi kadrlarni ozlarining kasbiga xos bilim saviyasini, konikma, malakalarini, manaviyat va marifatini, shu bilan bir qatorda iqtisodiy, ekologik va huquqiy malumotini oshirishga davat etuvchi ijtimoiy psixologik sohalarni rivojlantirib borishdan iboratdir.
Oqituvchining mustaqil bilim egallashi va malakasini oshirish pedagogik faoliyatning samaradorligini oshirishda zaruriy shartlardandir.
Muhim Davlat vazifasini kadrlar tayyorlash Milliy Dasturini amalga oshirayotgan zamonaviy maktab oqituvchisining hislatlari, uning ijodiy faoliyati kirib kelayotgan XXI asrda shakllanib, asosan amaliy ishda, pedagogik tajribalarni egallash jarayonida osib-rivojlana boradi.
SHu bilan birga oqituvchi doimiy ravishda oz malakasini oshirib, oz ishining muvaffaqiyatini yuqori darajada taminlashga yordam beradigan shaxsiy hislatlarini tarbiyalab borishi zarur.
SHayx Najmiddin Kubro «Ey momin, haqiqiy komillik yuzaga kelgunga qadar bir gayrat va hikmat bilan sayri suluk qilish lozim. Bu yol parishonlik, yalqovlik va tanballikni kotarmaydi, zohir, birlik va butunlikni talab qiladi. Soyirlarga yaxshilab qara, parishon va sustlashganlar yolda ilgarilay olmaydilar. Bu yol muhabbat ahlidan gayratli, elib yuguruvchi va uzluksiz harakatda bolganlarning ravishidir» deb korsatgan.
SHayx Najmiddin Kubroning tasavvuf nazariyasini boyitishga qaratilgan ushbu purmano fikrlari ayni paytda ozining ijtimoiy-pedagogik qiymati bilan ham ajralib turadi. Gayratli, hikmatli inson ijtimoiy faol, jamiyat rivojiga oz ulushini qosha oladigan shaxs sifatida tan olingan bolsa, yalqov, tanbal, parishon insonlar xalq nazaridan chetda qolib ketganligi bilan bugungi kunda ham ozining tegishli bahosini olmoqda.
Bu borada hazrati Bahouddin Naqshband CHaqmoq tosh qolimizga berilgan, faqat harakat qilish kerak, toki natija hosil bolsin deb takidlaganlar. Bu fikr bilan u ijtimoiy tarbiyaning orniga ishora qiladi, togri tarbiyaning mohiyatini, uning samarasini aniq oxshatishlar bilan asoslab beradi.
Hozirgi zamon ilm-fan taraqqiyotini buyuk allomalar yaratgan bir necha qimmatli asarlarisiz tasavvur qilib bolmaydi. Bu nodir asarlar bir necha asrlar ilgari yaratilgan bolsa-da, oz qimmatini yoqotgan emas.
2. Pedagog bilan psixolog faoliyatining modeli
Bo'lajak pedagoglarning oliy o‘quv yurtida olgan psixologik bilimlari unchalik yoqimli bo‘lmagan xossaga ega. Ular, birinchidan, pedagogga amaliyotda zarur bo‘lgan barcha bilimlarni o‘z ichiga qamrab olmagan, bunga sabab pedagogik oliy o‘quv yurt-larida psixologik fanlarni o‘qitish uchun ajratilgan dars soatlari hajmining chegaralanganligidir. Ikkinchidan, bu olingan bilimlar tezda eskirib qoladi va hech bo‘lmaganda besh yilda bir marta yangilab turishni talab etadi, buni o‘z-o‘ziga ta’lim berish yoki malaka oshirishda amalga oshirsa bo'ladi.Pedagogning psixologik jihatdan o‘z ustida ishlashi deyilganda, uni muntazam ravishda psixologiya fanining turli yo‘nalishlaridagi eng yangi yutuqlar bilan tanishib borishini nazarda tutadi, ular tarbiya va ta’lim bilan bevosita va bilvosita bog‘liqdir. Bu
ta’lim psixologiyasi, tarbiya psixologiyasi, yosh davrlari psixologiyasi, differensial psixologiya, ijtimoiy psixologiya, shaxs psixologiyasi, shuningdek, boshqa fanlar chegarasidagi tibbiyot, patopsixologiya, psixofiziologiya va psixoterapiya.Pedagogning amaliy faoliyatida psixologik ma’lumotlar olishi mumkin bo'lgan adabiyotlar ro‘yxati yetarli darajada salmoqlidir. Holbuki, pedagogga muntazam ravishda ilmiy kitoblarni va jurnallarni o‘qishga hojat yo‘q, asosiy psixologik bilimlar jamla gan holda keltirilgan, pedagogik faoliyat uchun foydali bo'lgan bo‘limlarga murojaat qilishning o‘zi yetarlidir.Pedagogning kasbiy faoliyati davomida juda zarur jiddiy jihat— bu o‘z-o‘zini boshqarishdir, ya’ni o‘z psixik holati va xulq-atvorini boshqara olish qobiliyati, murakkab pedagogik holatlarda muqobil harakatlana olishidir. 0‘z-o‘zini boshqarishning psixologik asoslari bilish jarayonini o‘z ichiga oladi: sezgi, idrok, diqqat, xayol, tafakkur, xotira, nutq, shuningdek, shaxs xislatlari— xulq atvori, emotsional holati, vaziyatga munosabati. Yuqorida qayd etib o‘tilgan psixik jarayonlarda o‘z-o‘zini boshqarish odam xususiyatlari va holatlari, uning irodasi va ichki tuyg‘ulari bilan bog‘liqdir. Ma’lumki, ichki tuyg‘u barcha psixik holatlarni boshqarishda erkinlik asosi bo‘lib xizmat qiladi, iroda bo‘lsa xatti-harakatlar quvvati va yo‘nalishlarini ta’minlaydi.Qabul qilish o‘z-o‘zidan boshqaruvni aniq qabul qilish vazifalarini qo'yadi — obrazni tuzish, qo‘yilgan savollarga — Nimani kuzatish kerak? Nima uchun kuzatish? Qanday qilib kuzatish?— kabi aniq javob topish kerak. Kuzatuvni boshlashdan avval biz o‘zimiz uchun bu savollarga javob berishimiz lozim bo‘ladi.Murakkab pedagogik sharoitlarda (vaziyatda) bunday savollarga aniq javob topishni iloji bo‘lmaydi, bu vaziyatda aniq javob topish uchun birmuncha aqliy va jismoniy kuch sarf qilishga to‘g‘ri keladi. Bunday savollarni avvaldan o‘ylab ko‘rish va ularga amal qilishni talab qiladi, natijada o‘z-o‘zini boshqarishni nazarda tutadi.Diqqat-e’tiborni boshqarish birmuncha boshqa narsalarga asoslanadi. Ixtiyoriy bo‘lmagan diqqat-e’tiborni boshqarish ular bilan bogliq bolgan holatlar, ya’ni organizmning psixoflziologik holatlarini boshqarish orqali bevosita amalga oshirish mumkin. Charchoq oqibatida ixtiyoriy bolmagan diqqat-e’tibor yomon boshqariladigan bo‘lib qoladi. Xuddi shunday holat kasallik davrida, haddan tashqari emotsional junbushga kelgan holatda, affekt yoki stress holatlarida ro‘y beradi. Birmuncha ta’sir qiladigan vositalar - dam olish, davolash, psixofizik autotrening bu tarzdagi diqqatni boshqarishda yaxshi samara beradi.
Ixtiyoriy diqqatni qiziqish uyg‘otadigan so‘z yordamida yoki qo‘llab-quvvatlash orqali boshqarish mumkin. Odamning diqqatini biror narsaga qaratish uchun uning qiziqishini qollab-quvvatlash kifoya qiladi. So‘z orqali o‘z-o‘zini yo‘naltirish yoki verbal o‘zi-o‘zim boshqarish har doim to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki bevosita qiziqishga asoslanadi. Ayrim hollarda o‘zini majbur qilib qandaydir obyekt, holat yoki voqelikning qiziqarli tomonlariga e’tiborni qaratish, diqqatni uzoq bolmagan vaqt oraliglda jalb qilish uchun yetarli boladi. Qabul qilish orqali ham ularni ma’lum darajada boshqarish mumkin. Pedagog uchun eslash qobiliyatini boshqarish birmuncha qiyinroq va zarurroqdir. Uchtadan ikkita bizga m alum eslash jarayoni — eslab qolish va olingan axborotni qayta tiklashni — o‘z-o‘zini boshqarish bilan rivojlantirish mumkin. Eslab qolish jarayonining uchinchisi — axborotni saqlab qolishni boshqarish mushkulroqdir, chunki u ong osti holati (shaxs tomonidan anglab olinmaydigan psixik holatlar yiglndisi) darajasida ishlaydi, holbuki yodlashni anglab tashkil etib, bevosita ularni ham boshqarish mumkin. Mnemik jarayonlarda o‘z-o‘zini boshqarish har xil usullarga asoslanadi, tasawur assotsiatsiyalanib, bir butunga boglab, ongli ravishda ko‘rib chiqiladi. Eslab qolish zarur bolgan narsalar ko‘z orqali ko'rilsa, yoki biror narsa boglab tasavvur qilinsa yodda qolishi kuchayadi. Eslab qolishni tezlatish uchun sun’iy ravishda yodda bolgan perseptiv obrazlarni va tashqi narsalarni tafakkurda uyg‘otib, ong orqali ularni yangi eslab qolish kerak bolgan narsalar bilan boglash lozim. Ongli ravishda fikrlashni ham boshqarish, uni yanada samaraliroq qilish mumkinTafakkurni o‘z-o‘zida boshqarishning asosiy usullari quyidagilardir:
— hal qilinishi kerak bolgan vazifa shartlarni diqqat bilan tahlil qilish;
— talab qilingan natijani berilgan shartlar bilan solishtirish, bunday maqsad kerakli natijani olish uchun yetishmagan narsani aniqlash;
— doimiy ravishda mashq o‘tkazib borib, tafakkurni chiniqtirish;
— tafakkurni aniq yo‘nalishdagi mashqlar bilan chiniqtirish, ya’ni ketma-ket izlanish va yetarli darajada hal qilinishning alternate yollarini ko'rib chiqish (bu — vosita anglash jarayoni «sikllanish» deb nomlanadi) vazifani hal qilishning yollari bilan bogliq bolgan aniq farazlarni o‘z ichida yoki ovoz chiqarib so‘zlash (gapirish).
— bajarib bolingan xatti-harakatlar natijalarini va faraz (g‘oya) larni doimiy ravishda yozib borish;
— o‘z-o‘zini emotsional boshqarish organizmning muskul to‘qimalari tizimini boshqara bilish qobiliyatiga asoslangan emotsiogen holatlarni tahlil qilib, tafakkurni ongli ravishda faol jalb etish.
Hozirgi zamon maktabi muallimlik shaxsi va kasbiy faoliyati uchun zarur bolgan sifat va fazilatlarni egallagan, yangicha fikrlaydigan, ijtimoiy faol pedagoglarni talab qilmoqda.Ana shunday qator muammolarni oqilona hal qilishning eng muhim omillaridan biri o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarligi jarayonini maqsadga muvofiq tashkil etishdir. Shunga binoan mamlakatimiz ta’limi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yo'nalishlaridan biri ham kadrlar tayyorlash sifatini jahon talablari darajasiga yetkazishdir. Endilikda oliy ta’lim muassasalari oldiga faqatgina o‘qimishli insonni emas, balki voqealarni oldindan ko‘ra biladigan, to‘g‘ri qaror qabul qila olish mahoratiga ega, o‘zini o‘zi rivojlantirish zaruriyatini tushunib yetadigan oqil va barkamol shaxsni tarbiyalash muammosi qo‘yilmoqda.
yilmoqda.0‘qituvchining shaxsiy va kasbiy tayyorgarlik darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, o‘quvchilar bilan ta’lim va tarbiyaviy munosabatlarni yaxshi yolga qo‘ya oladi. 0‘qituvchining shaxsiy namunasi va obro‘-e’tibori ta’lim-tarbiya jarayonida bolada qat’iy nuqtayi nazar shakllanishida asosiy rol o‘ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |