Mavzu. XVIII-XIX asrlarda yaponiyaning iqtisodiy rivojlanishi


O'z-o'zini nazorat qilishga oid savollar



Download 0,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/9
Sana23.06.2022
Hajmi0,56 Mb.
#694053
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3 мавзу итт

O'z-o'zini nazorat qilishga oid savollar
1.
 
Buyuk geografik kashfiyotlarning mustamlakachilik tizimiga ta'siri qanday bo'ldi?
 
2.
 
Mustamlakalardan foydalanishda ost-indiya kompaniyalarining roli qanday 
bo'lgan?
 
3.
 
Sanoat rivojini ta’minlashda mustamlakalardagi xom ashyolarning o'rni nimada?
 
2
Jut - Hindiston kanopi (tola beradigan o'simlik). 
3
История мировой экономики: Учебник для вузов / Под ред. Г.Б. Поляка, А.Н. Марковой. — 2-е изд., перераб. и доп. - М.: 
Ю
Н
И
ТИ-ДА
Н
А,
2007.-
С.398. 


9-MAVZU. JAHON AGRAR INQIROZI
VA 
IKKINCHI ILMIY-TEXNIK INQILOBI (XIX asr oxiri-XX asr boshi)
§ 9-MAVZU. JAHON AGRAR INQIROZI VA IKKINCHI ILMIY- TEXNIK INQILOBI 
(XIX asr oxiri-XX asr boshi)
 
iiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiin 
IIIIII
Tayanch atamalar va iboralar: agrar inqiroz, bug'doy, yer rentasi, texnika qoloqligi, ilmiy 
inqilob, ichki yonish dvigateli, radio, domna pechi, transport, harbiy texnika, aksioner mulk, koop- 
erativ mulk. 

 
Reja:
9.1.
 
XIX asrning to'rtinchi choragida jahon agrar inqirozi va uning ahamiyati.
 
9.2.
 
Ikkinchi ilmiy-texnika inqilobi va jahon ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi
 
9.1.
 
XIX asrning to'rtinchi choragida jahon agrar inqirozi va uning ahamiyati.
 
Ortiqcha ishlab chiqarish natijasida yuzaga keladigan kapitalistik inqirozlar ishsizlik, ish 
haqini pasayishi, qishloq xo'jaligi mahsulotlariga to'lov qobiliyatini qisqarishiga olib kelib qishloq 
xo'jalik sohasida qisman yoki to'liq ortiqcha ishlab chiqarishni yuzaga keltirdi. 
Qishloq xo'jaligida ortiqcha ishlab chiqarish inqirozi 
agrar inqiroz
deyiladi. Agrar inqiroz 
ham sanoat inqirozlarini asosini tashkil etuvchi kapitalizm qarama-qarshiliklari natijasida paydo 
bo'ladi. 
Shu bilan birga agrar inqirozlar bir qancha xususiyatlarga ega: ular asosan sanoat 
inqirozlariga nisbatan uzoqroq davom etadi. 
XIX
asr oxirgi choragidagi agrar inqiroz G'arbiy Yevropa mamlakatlari, Rossiya va 
AQShni qamrab olgan holda 70-yy.larning birinchi yarmida paydo bo'lib 90-yy.lar o'rtalariga 
qadar davom etdi. 
Bu inqiroz dengiz transportini rivojlanishi va temiryo'l tarmog'ini kengayib borishi 
natijasida Yevropa bozorlariga Amerika, Rossiya va Hindistondan arzon va ko'p hajmda bug'doy 
va non kirib kelishi natijasida yuzaga keldi. 
Yangi unumdor yerlarni o'zlashtirilishi va absolyut renta olin- maydigan bo'sh yerlarni 
mavjudligi sababli Amerikada non ishlab chiqarish arzon edi. Rossiya va Hindiston G'arbiy 
Yevropaga past 
103 
narxlarda bug'doyni eksport qilishiga asosiy sabab rus va hind de- hqonlari katta soliqlar 
bosimi ostida ezilib bug'doyni juda arzon sotishga majbur edilar. 
Yevropalik kapitalist-ijarachilar va dehqonlar yirik yer egaligi mavjudligida yuqori renta 
sharoitida raqobatchilikka bardosh bera olmaydi. Birinchi jahon urushidan so'ng, aholining to'lov 
qo- biliyatini keskin qisqarishida, 1920 yil bahorida kuchli agrar in- qirozi yuzaga kelib, u 
Yevropadan tashqari mamlakatlarga ta'sir ko'rsatdi (AQSh, Kanada, Argentina, Avstraliya). 
Qishloq xo'jaligi agrar inqirozdan o'ziga kelmasdan 1928 yilda Kanada, AQSh, Braziliya 
va Avstraliyada boshlangan yangi agrar inqiroz boshlandi. Bu inqiroz xom ashyo va oziq-ovqatni 
eksport qiluvchi kapitalistik dunyoning asosiy mamlakatlarini qamrab oldi. Inqiroz qishloq 
xo'jaligining barcha tarmoqlarini qamrab olib, 1929-1933 yy.dagi sanoat inqirozi bilan chatishib 
ketdi va ikkinchi jahon urushi boshlangunga qadar davom etdi. 
Agrar inqirozlarning o'zoq vaqt davom etishining asosiy sa- bablari:
 

Birinchidan, yerga xususiy mulk monopoliyasi ijrachilarni agrar inqirozlar davrida 
ham shartnoma bilan belgilangan ijara haqini to'lashga majburlaydi. Qishloq xo'jaligi tovarlari 
narxlarini pasayishi yer rentasi ish haqini pasayishi, hamda foyda va ba'zan ijarachilarning 
avanslangan kapitali hisobiga amalga oshiriladi. Natijada takomillashgan texnika va ishlab 
chiqarish xarajatlarini pasaytirish yo'li bilan inqirozdan chiqish murakkablashadi. 

Ikkinchidan, kapitalizm sharoitida qishloq xo'jaligi sano- atga nisbatan qoloq 
tarmoq hisoblanadi. Yerga xususiy mulkchi- lik, feodal munosabatlar qoldiqlari, yer egalariga 
absolyut va differensial rentani to'lash zarurati - bularning barchasi qishloq xo'jaligiga kapitalni 
erkin oqib kirishiga to'siq bo'ladi, ishlab chiqarish kuchlari rivojini sekinlashtiradi. Bu tarmoqda 
texnika o'ta qoloq edi. Qishloq xo'jaligida kapitalning organik tuzilishi sanoat- dagidan ko'ra 
pastdir; sanoat inqirozlarining moddiy asosi hiso- blangan asosiy kapital sanoatdagiga nisbatan 
qishloq xo'jaligida kam rol o'ynaydi. 

Uchinchidan, mayda tovar ishlab chiqaruvchilar - dehqonlar inqirozlar davrida juda 
og'ir mehnat, kam ovqat iste'mol qilish, yer va uy hayvonlaridan vahshiylarcha foydalanish 


IQTISODIY TARIX fanidan O'QUV QO'LLANMA
evaziga 
104


9-MAVZU. JAHON AGRAR INQIROZI
VA 
IKKINCHIILMIY-TEXNIK INQILOBI (XIX asr oxiri-XX asr boshi)
105
o'z yerlarida yoki ijaradagi yerlarida qolishlari maqsadida ishlab chiqarishning oldingi 
hajmini saqlab qolishga intiladilar. Bu qishloq xo'jalik mahsulotlarini ko'p ishlab chiqarishni 
kuchaytiradi. 
Shunday qilib, agrar inqirozlarning uzoq davom etadigan xarakterining umumiy asosi 
bo'lib yerga xususiy mulk monopoli- yasi, u bilan bog'liq feodal sarqitlari va kapitalistik 
mamlakatlarda qishloq xo'jaligining o'ta qoloqligi xizmat qiladi. 

Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish