15 turdan ortiq maishiy texnika vositalarining 500ga yaqin modelini ishlab chiqarishni yo‘lga



Download 377,74 Kb.
Sana19.02.2022
Hajmi377,74 Kb.
#458190
Bog'liq
kichik biznes amaliy 1


Artel” kompaniyasi to’g’risida.
«Artel» kompaniyasi 2011-yilda tashkil topgan. Kompaniyamiz boshida ishni maishiy oshxona plitalari hamda changyutgichlar ishlab chiqarish asosida amalga oshirgan bo‘lsa, bugungi kunda 15 turdan ortiq maishiy texnika vositalarining 500ga yaqin modelini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yilgan. Yillik ishlab chiqarish hajmi 4,5 mln dona mahsulotga teng.
Lekin bugungi kunda O‘zbekiston maishiy texnika bozorini tahlil qiladigan bo‘lsak, bozorda «Artel» brendi ostidagi mahsulotlardan tashqari, «Roison» brendi bor. Mahalliy ishlab chiqaruvchilardan «Sirius», «Konik», «Comfort», «Udur»... Bularni sanasa 20dan ortiq turdagi maishiy texnika ishlab chiqaruvchi korxonalar mavjud va ular ham biz bilan birgalikda bozorda raqobat qilmoqda va bozorda o‘z xaridorlariga ega bo‘lmoqda. Demak, O‘zbekistonda maishiy texnika mahsulotlarini faqat artel yetkazib bermaydi. Bugungi kunda bozorda bir mahsulotni ishlab chiqarayotgan 20dan ortiq ishlab chiqaruvchi mavjud. 
Bugungi kunda, misol uchun 2019-yilning olti oyligini oladigan bo‘lsak, «Artel» kompaniyasining o‘zi, ya'ni «Artel» brendi ostida mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarning o‘zi soliq va bojxona to‘lovlari bo‘yicha 316 mlrd so‘mga yaqin to‘ladi. Davlatga soliq bojxona bo‘yicha hamma to‘lovlar amalga oshirilgan.
Yana bir narsani ta'kidlash kerakki. Mana, «Artel» brendi ostida mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar o‘z faoliyati davomida shunchalik rivojlandiki, 8 yil davomida ishlab chiqarishlar kuchaydi, kengaydi. O‘sha paytda 500 kishi ishlagan bo‘lsa, bugungi kunga kelib 10 mingdan ortiq odam «Artel» brendi ostida faoliyat yuritayotgan korxonalarda mehnat qilmoqda. O‘sha joydan oilasini boqyapti.
«Artel» kompaniyasiga ehtiyot qismlarni yig‘uvchi korxona sifatida ta'rif berilgan. Lekin ko‘pchilik biladiki, «Artel» kompaniyasi faqat yig‘ish bilan shug‘ullanmaydi, balki xom-ashyoni chuqur qayta ishlaydi. Maishiy texnika vositalarini qayta ishlash darajasi ya'ni mahalliylashirish darajasi kamida 50 foizni tashkil qilmoqda. Masalan, oshxona plitalarini olaylik. Oshxona plitalari uchun import qilib olib keladigan asosiy xom-ashyomiz bu - temir. Temir mahsuloti list, rulon shaklida Rossiya va boshqa davlatlardan olib kelinadi. Ularni olib kelgandan keyin shtamplash, ya'ni uni qoliplar asosida shaklga keltirish, listni va shaklga keltirilgan gaz plitasi qismlarini tegishli ravishda bo‘yash orqali metaldan tayyor mahsulot yaratish asosida ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilingan.
Televizor ishlab chiqarishni oladigan bo‘lsak, bugungi kunda boshqa ishlab chiqaruvchilardan farqli ravishda, «Artel» kompaniyasida ishlab chiqarilayotgan televizorlarda uning ustki qoplamasi, plastik detallar to‘liq xom-ashyo ko‘rinishida keladi. Bundan tashqari televizorning boshqaruv organi hisoblanadigan plata qismini ham olib kelib o‘rnatganmiz, ya'ni ishlab chiqarish jarayoni faqat oxirgi bosqichdan iborat emas.
Bugungi kunda «Artel» kompaniyasi alohida imtiyozga yoki bo‘lmasa boshqa turdagi ko‘rinishdagi maqomga ega emas va hamma ishlab chiqaruvchilarga yaratilgan bir xil maqomdagi, ya'ni belgilangan tartibdagi sharoitda faoliyat yuritmoqda. Bozorda bugungi kunda raqobatning o‘zi kuchli. Bu sohada 20dan ortiq ishlab chiqaruvchilar bor. Bozordagi raqobat shunda ko‘rinyaptiki, birinchisi narx, ikkinchisi sifat va uchinchisi - bu mahsulotni yetkazib bergandan keyin uning servis xizmatini tashkil etish. Sog‘lom raqobat muhitida yashayotgan va iste'molchilarning talabidan kelib chiqqan holda, talabga taklif bergan holda o‘zimizning pozitsiyamizni marketing asosida ushlab turgan holatdagi kompaniyadir.
Artelni dunyo tan olmoqda!
O‘rta Osiyoning yirik maishiy texnika ishlab chiqaruvchisi Artel kompaniyasini dunyo tan olmoqda.
Artel kompaniyasi tashkil topganiga qisqa muddat bo‘lishiga qaramasdan, maishiy texnika va elektronika mahsulotlarining yigirmadan ortiq turini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan. Jumladan, televizor, muzlatgich, sovutgich, chang yutgich, oshxona plitalari, kir mashina, uyali aloqa vositalari va boshqa maishiy texnika vositalarini chuqur mahalliylashtirish asosida ishlab chiqarish amalga oshirilmoqda.
Kompaniyaning ishlab chiqarish zavodlarida Artel mahsulotlari bilan birgalikda, dunyoning Samsung, Shivaki, Royal va Avalon brendlari ostida, ushbu chet el kompaniyalarining texnik talablari asosida ham maishiy texnika vositalari ishlab chiqariladi.
РЕКЛАМАKompaniya tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifat darajasi va dizayn ko‘rsatgichlari bo‘yicha jahonning yetakchi ishlab chiqaruvchi kompaniyalarining mahsulotlaridan qolishmaydi.
Kompaniyaning ishlab chiqarish zavodlari sifat menejmenti bo‘yicha ISO 9001:2008 sertifikatlariga va Yevropaning sifat talablariga bo‘yicha EAC, CE (Conformité Européenne — “yevropeyskoye sootvetstviye”) sertifikatiga ega ekanligi Artel tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifat va boshqa ko‘rsatgichlariga to‘liq javob berishini yorqin misoli hisoblanadi.

Artel kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar respublikaning ichki bozori bilan birgalikda, chet elga ham eksporti amalga oshirilmoqda. Jumladan, Artel mahsulotlari bugungi kunda Rossiya, Ukraina, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Afg‘oniston, Tojikiston, Ozarbayjon, Gruziya davlatlariga eksportga jo‘natilmoqda. Chet davlatlarida Artel mahsulotlari yirik maishiy texnika vositalari savdosi bilan shug‘ullanuvchi Eldorado, TexnoDom, TexnoSila, Sulpak kabi savdo tarmoqlarida iste’molchilarga sotilmoqda.
Kompaniyaning eksport salohiyati 2016-yilda, oldingi yilga nisbatan besh barobarga oshganligini kuzatish mumkin. Joriy 2017-yilda ushbu ko‘rsatgichni kompaniya yanada oshirgan holda, 30 million dollarga yetkazishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Shu bilan birgalikda, kelajakda eksport geografiyasini yanada kengaytirgan holda, nafaqat MDH davlatlariga balki, Sharqiy Yevropa va uzoq chet el davlatlariga ham mahsulot eksportini amalga oshirish maqsad qilindi va Artel kompaniyasining Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Rossiya va Ozarbayjonda tashkil qilingan savdo uylarining talabiga asosan 2019-yilda 150 million dollar miqdoridagi mahsulotlar yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar tuzish boshlab yuborildi.

Kompaniya qoshida mahsulotlarning yangi dizayn va turlarini yaratish bilan shug‘ullanuvchi ilmiy-izlanish va tajriba-konstruktorlik markazi (Research and Development) tashkil qilingan bo‘lib, ushbu markazda respublikaning iqlim sharoitlari, iste’molchilar talablari asosida mahsulotlarning yangi turlari yaratiladi va ishlab chiqarishga joriy qilinadi.
Respublikamizda hukumatimiz tomonidan ishlab chiqaruvchi tadbirkorlarga yaratilgan keng imkoniyatlardan unumli foydalangan holda, Artel kompaniyasi maishiy texnika va elektronika mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida mahalliy va chet ellik tadbirkorlar, biznesmenlarni va yangi g‘oya egalarini Artel kompaniyasida mavjud imkoniyat va ishlab chiqarish kuchlaridan foydalangan holda amalga oshirishga chorlaydi.

Artel tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni dunyo hamjamiyatiga kengroq tanitish va Made in Uzbekistan yorlig‘i ostidagi milliy mahsulotlarni dunyo bozorlariga olib chiqish kompaniyaning asosiy maqsad va g‘oyasi hisoblanadi.




Korxonani segmentatsiya tamoyillari bo’yicha tahlil qiling:

Demografik:
O’zbekiston

Ijtimoiy-Iqtisodiy
Ha

Psixografik
Neytral

Xulq-Atvor
Neytral

Geografik

Holat


Taklif:
Download 377,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish