IQTISODIY TARIX fanidan O'QUV QO'LLANMA
§ 3
-MAVZU. XVIII-XIX ASRLARDA YAPONIYANING
IQTISODIY RIVOJLANISHI
Reja:
7.1.
XVIII asrda Yaponiyaning iqtisodiyoti rivoji
7.2.
XIX asrda Yaponiya iqtisodiyoti
7.3.
Imperializmga o'tish davrida Yaponiya iqtisodiyotining xususiyatlari
7.1.
XVIII asrda Yaponiyaning iqtisodiyoti rivoji
XVIII
asrda Yaponiya agrar mamlakat edi. Uning aholisi asosan dehqonlardan (aholining
80%) va samuraylardan tashkil topgan edi. Asta-sekin hunarmandlar va savdogarlar paydo bo'ldi.
Davlat va harbiy apparat, hamda ziyolilar hukmron sinf - samuraylardan shakllandi.
Dehqonlarning ahvoli juda og'ir bo'lib, ular yerni feodallardan "umrbod" ijara sharti bilan
olar edilar.
Bu davrda dehqonlar natural obrok berar edilar. Undan tashqari dehqonlar yo'llar,
ko'priklar, kanallarni ta'mirlashga jalb etilardi.
XVI
asrda Ieyasuning qishloq xo'jaligi sohasida takror ishlab chiqarishni qo'llab-
quvvatlashga yo'naltirilgan agrar islohoti de- hqonlarga yerlarni biriktirishga
va dehqonlardan
soliqlar yig'imini maksimal darajaga yetkazishga imkon berdi.
1
Yer va undan olinadigan mahsulotlarga bog'liq bo'lgan samuray va dehqonlarni tovar
munosabatlariga jalb etilishi ularni qashsho- qlanishiga olib keldi. Ko'pgina
knyazliklar
kambag'allashib bordi. Zarur moddiy qo'llab-quvvatlashdan mahrum bo'layotganligi sababli
samuraylik instituti sekin-asta yo'qolib bora boshladi. Dehqonlar
shaharga ketishga majbur
bo'ldilar. XVIII asrda Yaponi- yada 90 ta manufaktura tashkil etildi, shu jumladan paxtani qayta
ishlash va shoyi to'qish bo'yicha
Shaharning o'rni
Savdo kapitaliga ega bo'lgan savdogarlarning roli oshib bordi. Bu davrda yapon
qishloqlarida "yangi pomeshchiklar" deb nom-
lanuvchi qatlam savdogarlar, boy dehqonlar va
samuraylardan shakllandi. Shu tariqa kapitalistik uklad shakllana boshladi.
Asta- sekin
shaharlarning iqtisodiy va ijtimoiy o'rni oshib bordi. Ularn- ing aholisi ko'paydi. XVIII asrning
boshida Edo shahrining aholisi 500 ming kishidan oshdi.
Shahar aholisining turmush darajasini o'sib borishi qurilish tarmog'ini
rivojlanishi bilan
uzviy bog'liqdir.
◄
Syogunlar islohoti
1716 y.da sakkizinchi syogun Tokugava feodal tizimni kuchaytirish maqsadida islohotlar
boshladi, keyinchalik 1767 yilda bu islohotlar o'ninchi syogun Iexaru tomonidan davom ettirildi.
Bu islohotlar rivojlanib borayotgan tovar munosabatlarini feodal hukumatning
ehtiyojlariga moslashtirishga harakat qildi.