9.2.
Ikkinchi ilmiy-texnika inqilobi va jahon ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi
XIX
asr oxiri XX asr boshlarida jahon ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi o'ta
yuqori sur'atlarda amalga oshdi, natijada jahon sanoat ishlab chiqarishi hajmi o'sdi.
Bu o'sish shu davrda amalga oshgan ilmiy-texnik inqilobi (ITI) bilan bog'liq.
Ilmiy inqilob. XIX-XX asrlar chegarasida ilmiy tafakkur asoslari mutlaq o'zgardi;
tabiatshunoslik yuksaldi, fanning yagona tizimini yaratish boshlandi. Bunga elektron va
radioaktivlikni ixtiro qilini- shi sababchi bo'ldi.
XIX
asr oxiri XX asr boshlarida fanning ishlab chiqarish bilan aloqasi yanada
mustahkamlanib tizimli xarakterga ega bo'ldi, fanning texnika bilan o'zaro aloqasi o'rnatildi, fan
jamiyatning bevo- sita ishlab chiqarish kuchiga aylandi.
Elektr. Elektr asosida sanoat va transportning yangi energetik asosi yaratildi, ya'ni yirik
texnik muammo echildi. 1867 yilda Germaniyada V.Simens tomonidan elektromagnit generatori
ixtiro qilindi.
Elektr energiyasiga ehtiyoj muntazam oshib borishi natijasida yangi tipdagi dvigatellarni
(kuchliroq, tejamliroq) ixtiro qilish ehtiyoji paydo bo'ldi.
Issiqlik turbinalari bilan birga gidravlik turbinalarni joriy etish ustida ishlar olib borildi.
Gidravlik turbinalar birinchi bo'lib Niagara gidroelektrstansiyasida 1896 yilda o'rnatildi.
Ichki yonish dvigatellari katta ahamiyat ega edi. Suyuq yoqilg'i(benzin)da ishlaydigan
bunday dvigatellarni 1880-yillarda nemis muhandislari G. Daymler va K. Benslar yaratishdi.
IQTISODIY TARIX fanidan O'QUV QO'LLANMA
Elektrotexnika. Elektrotexnika eng yetakchi tarmoqlardan biri- ga aylandi, uning
tarmoqchalari rivojlandi. Yirik sanoat korxonal- arini qurilishi, katta shaharlarning o'sishi, elektr
energiyasi ishlab chiqarishni o'sishi natijasida elektr yorig'ligidan foydalanish keng tarqaldi.
Ikkinchi ITI - bu elektrotexnikaning
aloqa vositalari texnika- si
tarmog'ini rivojlanish davri
hisoblanadi. XIX asr oxirida simli telegraf apparaturasi takomillashtirildi, 80-yy. boshida esa
telefon apparaturasi amaliyotda qo'llanila boshlandi.
Ikkinchi ITIning eng muhim yutuqlaridan biri -
radioni
(radito'lqinlarga asoslangan simsiz
elektraloqa) ixtiro qilinishidir.
Metallurgiya. Ikkinchi ITI faqatgina yangi tarmoqlarni yara- tilishi bilan emas, balki eski
tarmoqlarni takomillashtirilishi bilan ham ajralib turar edi. Birinchi navbatda - metallurgiya.
Mashinasozlik, kemasozlik, harbiy sanoat, temiryo'l transporti kabi tarmoqlarning jadal
rivojlanishi qora metallga talabni os- hib ketishiga olib keldi. Metallurgiyada texnik yangiliklar
kiritildi. Domna pechlari hajmi kattalashdi.
Transport. Transport - ikkinchi ITIning muhim yo'nalishiga aylandi, transportning yangi
turlari paydo bo'ldi va mavjud vositalari takomillashtirildi.
Tashish hajmi va tezligini oshirish ehtiyoji temiryo'l texnikas- ini takomillashtirishga
sababchi bo'ldi. XIX asr oxirida po'latdan ishlangan temiryo'l relslariga o'tish yakunlandi. Po'lat
ko'pincha ko'priklar qurilishida keng qo'llanilar edi.
Ikkinchi ITI davrida paydo bo'lgan transportning yangi turi -
avtomobil transportidir.
Birinchi avtomobillar nemis muhandis- lari G. Daymler va K. Benslar tomonidan yaratildi.
Avtomobillarni sanoat miqyosida ishlab chiqarish bir necha mamlakatda birdani- ga 90-yillarda
boshlandi.
XIX
va XX asrlar chegarasida paydo bo'lgan transportning yangi turi -
havo
transportidir.
U ikki turga bo'linadi - birinchisi - havodan yengil apparatlar - dirijabllar, ikkinchisi
- havodan og'ir apparatlar - samolyotlar (aeroplanlar).
Texnologiya va ishlab chiqarishni tashkil etish. Xom ashyoni kimyoviy usullar bilan qayta
ishlanishini ishlab chiqarishning barcha tarmoqlariga kirib borishi ITI uchun xarakterli hisoblandi.
106
Mashinasozlik, elektrotexnika, tekstil sanoati tarmoqlarida sinte- tik tolalar kimyosi keng
qo'llanila boshlandi.
ITIning eng katta yutug'i kreking-jarayon hisoblanadi. Bunda yuqori bosim va issiqlik
ta'sirida neft parchalanadi. Bu benzin ajratib olishni keskin oshirib yubordi.
Ikkinchi ITI yengil, poligrafiya va sanoatning boshqa tarmo- qlarini takomillashtirish
uchun ko'pgina yangiliklarni joriy etdi.
Harbiy texnika. Ikkinchi ITIda harbiy texnikadagiyutuqlar katta edi. Uning rivojlanishining
asosiy yo'nalishlari quyidagilardan iborat:
1)
O'qotar qurolni avtomatlashtirish.
2)
Artilleriyani avtomatlashtirish.
3)
Portlovchi moddalarni ishlab chiqarish.
4)
Havoda uchish va aviatsiya vositalaridan keng foydalanish.
5)
Yirik suv(osti)usti kemalarini yaratish.
O'qotar qurolni avtomatlashtirish.
Amerikalik muhandis X.Maksimning pulemyotlari
ixtiro qilindi (1883) va qurollanish uchun qabul qilindi. Avtomalashtirilgan miltiqlarning bir necha
tur- lari yaratildi.
Artilleriyani avtomatlashtirish.
Birinchi jahon urushidan ol- din va urush davomida yangi
tezotar zambaraklar (yarimavtomat va avtomatik) yaratildi. To'p otish uzoqligi 16-18 km.dan 120
km.gacha uzaydi.
Portlovchi moddalarni ishlab chiqarish.
Ularni ishlab chiqarish keskin oshib ketdi. Yangi
ixtirolar (tutunsiz porox) amalga oshiril- di, azot ishlab chiqarish (portlovchi moddalar uchun xom
ashyo) rivojlantirildi.
Havoda uchish va aviatsiya vositalaridan keng foydalanish.
Sa- moletlar faqatgina harbiy
razvedkani amalga oshirmasdan, balki qiruvchi funksiyasini bajarardi. 1915 yil yozidan boshlab
samoly- otlarga pulemyotlar o'rnatila boshlandi.
Yirik suvusti(osti) kemalarini yaratish.
Suv osti kemasi real voqelikka aylandi. XIX asr
IQTISODIY TARIX fanidan O'QUV QO'LLANMA
yakunida suv osti kemalari bir necha mamlakatlarda yaratildi. Ushbu kemalar suv ustida ichki
yonuv dvigateli yordamida harakatlantirilsa, suv ostida elektrodvigatel yordamida harakatga
keltiriladi.
Ikkinchi ITI natijalari. Birinchi jahon urushi harbiy texnikani rivojlantirilishiga olib keldi.
Natijada ikkinchi ITI sanoat ishlab
107
chiqarilishining turli sohalarini qamrab oldi. Texnika progressi sur'atlari juda yuqori bo'lib
ixtirolar soni minglab hisoblanar edi. Eng ko'p ixtirolar amerikalik T.Edison tomonidan
patentlashtiril- gan edi - 1000 dan oshiq.
1.
Ikkinchi ITI o'z xarakteriga ko'ra XVIII-XIX asrlardagi sanoat to'ntarilishi
(inqilobi)dan farq qilar edi. Uning natijalari - ishlab chiqarish texnikasi va texnologiyasidagi
o'zgarishlar, mashina industriyasining qayta ta'mirlanishi, fanni "kichik fan"dan "katta fan"ga
aylanishi. Shu sababdan uni sanoat inqilobi emas
Ilmiy- texnika inqilobi
deb ataladi.
2.
ITI ko'pgina sanoat ishlab chiqarishlarini paydo bo'lishiga olib keldi:
elektrotexnika, kimyo, neft qazib olish, neftni qayta ish- lash va neftkimyo, avtomobil sanoati,
samolyotsozlik va boshq.
3.
Faqatgina tarmoqlarning emas, balki kichik tarmoqcha- larning diversifikatsiyasi
amalga oshdi. Transport mashinasozligi rivojlandi (lokomotivlar, avtomobillar, samolyotlar, daryo
va dengiz kemalari, tramvaylar ishlab chiqarish).
4.
Mashinasozlikning yangi tarmoqlarini jadal rivojlanishi qora metallurgiya tarkibini
o'zgarishiga olib keldi - po'latga talab os- hishi natijasida uni ishlab chiqarish cho'yan ishlab
chiqarishdan oshib ketdi.
5.
XIX asr oxiri va XX asr boshlaridagi texnik siljishlar va yangi tarmoqlarni jadal
rivojlanishi jahon sanoat ishlab chiqarish tarkib- ining o'zgarishini taqazo etdi.
Ikkinchi ITI natijasida individual mulk shakli o'rniga
aksioner
mulk asosiy bo'lib qoldi,
qishloq xo'jaligida esa -
fermerlik, koop- erativ
mulk va
munitsipal
mulk rivoj topdi.
Tarixning bu bosqichida sanoat rivojlanishi bo'yicha jahonda yetakchilikni yosh
kapitalistik mamlakatlar - AQSh va Germaniya egallashdi, Yaponiya tez o'sa boshladi, sobiq
yetakchilar Angliya va Fransiya esa orqada qola boshlashdi.
Kapitalizmning monopolistik bosqichiga o'tish davrida jahon iqtisodiy taraqqiyot markazi
Yevropadan Shimoliy Amerikaga ko'chdi. Iqtisodiy rivojlanish darajasi bo'yicha yetakchi
mamlakat bo'lib Amerika Qo'shma Shtatlari tan olindi.
108
109
9-MAVZU. JAHON AGRAR INQIROZI VA IKKINCHI ILMIY-TEXNIK INQILOBI
(XIX asr oxiri-XX asr boshi)
Do'stlaringiz bilan baham: |