9-MAVZU. JAHON AGRAR INQIROZI
VA
IKKINCHI ILMIY-TEXNIK INQILOBI (XIX asr oxiri-XX asr boshi)
§ 9-MAVZU. JAHON AGRAR INQIROZI VA IKKINCHI ILMIY- TEXNIK INQILOBI
(XIX asr oxiri-XX asr boshi)
iiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiin
IIIIII
Tayanch atamalar va iboralar: agrar inqiroz, bug'doy, yer rentasi, texnika qoloqligi, ilmiy
inqilob, ichki yonish dvigateli, radio, domna pechi, transport, harbiy texnika, aksioner mulk, koop-
erativ mulk.
■
Reja:
9.1.
XIX asrning to'rtinchi choragida jahon agrar inqirozi va uning ahamiyati.
9.2.
Ikkinchi ilmiy-texnika inqilobi va jahon ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi
9.1.
XIX asrning to'rtinchi choragida jahon agrar inqirozi va uning ahamiyati.
Ortiqcha ishlab chiqarish natijasida yuzaga keladigan kapitalistik inqirozlar ishsizlik, ish
haqini pasayishi, qishloq xo'jaligi mahsulotlariga to'lov qobiliyatini qisqarishiga olib kelib qishloq
xo'jalik sohasida qisman yoki to'liq ortiqcha ishlab chiqarishni yuzaga keltirdi.
Qishloq xo'jaligida ortiqcha ishlab
chiqarish inqirozi
agrar inqiroz
deyiladi. Agrar inqiroz
ham sanoat inqirozlarini asosini tashkil etuvchi kapitalizm qarama-qarshiliklari natijasida paydo
bo'ladi.
Shu bilan birga agrar inqirozlar bir qancha xususiyatlarga ega: ular asosan sanoat
inqirozlariga nisbatan uzoqroq davom etadi.
XIX
asr oxirgi choragidagi agrar inqiroz G'arbiy
Yevropa mamlakatlari, Rossiya va
AQShni qamrab olgan holda 70-yy.larning birinchi yarmida paydo bo'lib 90-yy.lar o'rtalariga
qadar davom etdi.
Bu inqiroz dengiz transportini rivojlanishi va temiryo'l tarmog'ini kengayib borishi
natijasida Yevropa bozorlariga Amerika, Rossiya va Hindistondan arzon va ko'p hajmda bug'doy
va non kirib kelishi natijasida yuzaga keldi.
Yangi unumdor yerlarni o'zlashtirilishi va absolyut renta olin- maydigan bo'sh
yerlarni
mavjudligi sababli Amerikada non ishlab chiqarish arzon edi. Rossiya va Hindiston G'arbiy
Yevropaga past
103
narxlarda bug'doyni eksport qilishiga asosiy sabab rus va hind de- hqonlari katta soliqlar
bosimi ostida ezilib bug'doyni juda arzon sotishga majbur edilar.
Yevropalik kapitalist-ijarachilar va dehqonlar yirik yer egaligi mavjudligida yuqori renta
sharoitida raqobatchilikka bardosh bera olmaydi. Birinchi jahon urushidan so'ng, aholining to'lov
qo- biliyatini keskin qisqarishida, 1920 yil bahorida kuchli agrar in- qirozi yuzaga kelib, u
Yevropadan tashqari mamlakatlarga ta'sir ko'rsatdi (AQSh, Kanada,
Argentina, Avstraliya).
Qishloq xo'jaligi agrar inqirozdan o'ziga kelmasdan 1928 yilda Kanada, AQSh, Braziliya
va Avstraliyada boshlangan yangi agrar inqiroz boshlandi. Bu inqiroz xom ashyo va oziq-ovqatni
eksport qiluvchi kapitalistik dunyoning asosiy mamlakatlarini qamrab oldi. Inqiroz qishloq
xo'jaligining barcha tarmoqlarini qamrab olib, 1929-1933 yy.dagi sanoat inqirozi bilan chatishib
ketdi va ikkinchi jahon urushi boshlangunga qadar davom etdi.
Agrar inqirozlarning o'zoq vaqt davom etishining asosiy sa- bablari:
•
Birinchidan, yerga xususiy mulk monopoliyasi ijrachilarni agrar inqirozlar davrida
ham shartnoma bilan belgilangan ijara haqini to'lashga majburlaydi. Qishloq xo'jaligi
tovarlari
narxlarini pasayishi yer rentasi ish haqini pasayishi, hamda foyda va ba'zan ijarachilarning
avanslangan kapitali hisobiga amalga oshiriladi. Natijada takomillashgan
texnika va ishlab
chiqarish xarajatlarini pasaytirish yo'li bilan inqirozdan chiqish murakkablashadi.
•
Ikkinchidan, kapitalizm sharoitida qishloq xo'jaligi sano- atga nisbatan qoloq
tarmoq hisoblanadi. Yerga xususiy mulkchi- lik,
feodal munosabatlar qoldiqlari, yer egalariga
absolyut va differensial rentani to'lash zarurati - bularning barchasi qishloq xo'jaligiga kapitalni
erkin oqib kirishiga to'siq bo'ladi, ishlab chiqarish kuchlari rivojini sekinlashtiradi. Bu tarmoqda
texnika o'ta qoloq edi. Qishloq xo'jaligida kapitalning organik tuzilishi sanoat- dagidan ko'ra
pastdir; sanoat inqirozlarining moddiy asosi hiso- blangan asosiy kapital sanoatdagiga nisbatan
qishloq xo'jaligida kam rol o'ynaydi.
•
Uchinchidan, mayda tovar ishlab chiqaruvchilar - dehqonlar inqirozlar davrida juda
og'ir mehnat, kam ovqat iste'mol qilish, yer va uy hayvonlaridan
vahshiylarcha foydalanish
9-MAVZU. JAHON AGRAR INQIROZI
VA
IKKINCHIILMIY-TEXNIK INQILOBI (XIX asr oxiri-XX asr boshi)
105
o'z yerlarida yoki ijaradagi yerlarida qolishlari maqsadida ishlab chiqarishning oldingi
hajmini saqlab qolishga intiladilar. Bu qishloq xo'jalik mahsulotlarini ko'p ishlab chiqarishni
kuchaytiradi.
Shunday qilib, agrar inqirozlarning uzoq davom etadigan
xarakterining umumiy asosi
bo'lib yerga xususiy mulk monopoli- yasi, u bilan bog'liq feodal sarqitlari va kapitalistik
mamlakatlarda qishloq xo'jaligining o'ta qoloqligi xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: