Mavzu. XVIII-XIX asrlarda yaponiyaning iqtisodiy rivojlanishi



Download 0,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana23.06.2022
Hajmi0,56 Mb.
#694053
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3 мавзу итт

7.2.
 
XIX asrda Yaponiya iqtisodiyoti
 
XIX
asr boshi Yaponiyada qishloq xo'jaligidagi inqirozlar nati - jasida yuzaga kelgan 
xalq qo'zg'olonlari davri edi. 
Dehqonlardan keyin shaharliklar ham ko'tarilishdi. Ammo se- gunlar mol-mulki 
o'zgarmasdan qoldi, bunga konfutsiychilikni paydo bo'lishi sababchi bo'ldi. 
1830-1840 yy.da o'n ikkinchi segun Ieyosi boshqaruvi davrida Midzuno Tadakuni 
tomonidan amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar feodal tizimni mustahkamlashning oxirgi urinishi 
edi. Savdoga- rlarga yuqori soliqlar qo'yildi. Narxlar ustidan nazorat o'rnatishga, qishloqlarga 
dehqonlarni qaytarishga harakat qilindi. 
XVIII
asr birinchi yarmida Yaponiyada 181 ta manufaktura qurildi. Ba'zi texnik 
yangiliklar qo'llanila boshlandi, ayniqsa tog'- konchilikda va metall eritishda. Manufakturalar 
tekstil sohasidan tashqari shakar, chinni buyumlar, sopol buyumlar ishlab chiqarish sohasida ham 
ochildi. Qurol ishlab chiqaradigan manufakturalar yirik feodallar va davlatga tegishli edi. Davlat 
manufakturalarida qochoq dehqonlar mehnatidan foydalanilar edi. 
1 Shimoliy Amerikada shakllangan uch rayonning xususiyatlari va farqli 
jihatlari nimada? 


IQTISODIY TARIX fanidan O'QUV QO'LLANMA
94


7-MAVZU. XVIII-XIX ASRLARDA YAPONIYANING IQTISODIY RIVOJLANISHI
95
◄ Feodal tizim inqirozi 
XIX
asr o'rtalari - Yaponiya tarixida eng og'ir davr hisoblanar- di. Ikki yarim asr 
davomida mamlakatni feodal tartib iskanjasida ushlagan Tokugava segunlari idorasi tugatildi. 
Mamlakat aholisi uning tugatilishi bilan o'z hayotini yaxshilanishni kutar edi, lekin 
hukmdorlarning rejalari boshqacha edi: ular qisqa muddatda har- biy va iqtisodiy jihatdan qudratli 
mamlakatni yaratishga harakat qilishdi. 

Meydzi inqilobi (1867—1868 yy.) 
1868 yilda imperatorlik hukmroligi tiklandi. Yaponiya tepasiga 16 yoshli imperator 
Mutsixito keldi. Uning hukmdorligi Meydzi nomini oldi (ma'rifatli hukmdorlik). Bu davr muhim 
siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar amalga oshirildi. Shu sababdan Meydzi to'ntarishi burjua 
inqilobi (1867-1868 yy.) deb hisoblanib, Yaponiyani jahondagi buyuk mamlakatlar darajasiga olib 
chiqdi. Yosh imperator atrofiga iqtidorli vazirlar va maslahatchilarni to'pladi. Birinchi yilning 
o'zida Yaponiya poytaxtini Kiotodan Edo- go ko'chirdi (keyinchalik Tokio deb nomlangan) va 
islohotlarni boshlab yubordi. 

Asosiy ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy o'zgarishlar: 
1)
Mamlakatni birlashtirish jarayonini tugatilishi. Feodal knyazliklar yo'q qilinib 
prefekturalar yaratildi; markazlashgan davlat- ni shakllantirish - Yaponiyani qudratli mamlakatga 
aylanishida muhim omildir; 
2)
Feodal tuzum, knyaz va samuraylarning feodal huquqlari bekor qilindi; 1869 
yildagi farmon feodallarni o'z yerlarni impera- torga topshirishga majbur bo'ldilar; 
3)
Faoliyat va kasblarga davlat cheklovlari bekor qilindi, sex tizimi, gildiyalar va 
klanlar bekor qilindi; 
4)
Xo'jalik faoliyatida tabaqalashuv bekor qilindi, savdo va mamlakat ichida harakat 
erkinligi e'lon qilindi; 
5)
Jamiyatni tabaqalashuvining yangi usuli ishlab chiqildi. Av- val to'rtta tabaqa 
bo'lgan bo'lsa, endi uchta bo'ldi. Dvoryanlik yuqori tabaqani namoyon etdi (unga sobiq feodal 
knyazlar, saroy aristokratiyasi kirdi). Ikkinchi tabaqa - dvoryanlik (barcha sobiq samuraylar). 
Uchinchi - oddiy xalq tabaqasi. Unga aholining qol- gan qatlamlari, shu jumladan savdo-sanoat 
burjuaziyasi kirardi; 
6)
Barcha ichki bojxonalar olib tashlandi, yagona pul birligi (ol- tin bilan 
ta'minlangan) kiritildi.


IQTISODIY TARIX fanidan O'QUV QO'LLANMA
1870 y. imperator Mutsixito segunlarning an'anaviy tangasini ajdarho rasmi tushurilgan 
dollarga almashtirdi. Yaponlarda dollar iena deb nomlana boshlandi (dumaloq tanga), sent esa - 
sen. 
Ushbu chora-tadbirlarning barchasi yagona umumyapon bo- zorini, yagona iqtisodiy 
makonni shakllanishiga olib keldi. 

Agrar islohotlar 
1872-73 yy.da Yaponiyada agrar islohot amalga oshirildi. U feodal yer egaligini bekor 
qilinishi, yerning yangi egalarini shakl- lanishi masalalarini hal etishi zarur edi. Yer rasmiy 
ravishda uni taqsimlovchilarga tegishlidir. Dehqonlar, yerga meros sifatida erishganlar ularning 
egalariga aylandilar. 
1873 y.da yer solig'i joriy qilinib, u davlat budjetining asosiy manbasiga aylandi. U barcha 
yer egalariga tegishli bo'lib, uning hajmi olingan hosilning 50%gacha belgilangan edi. 
Shunday qilib Yaponiyada yerga xususiy mulkchilik qonuni- ylashtirildi; uni erkin sotish-
sotib olishga ruxsat berildi, yer egalar- ining yangi kategoriyalari paydo bo'ldi; yerning sobiq 
egalariga tadbirkorlik bilan shug'ullanish imkoni berildi. Bularning hammasi ishlab chiqarishning 
kapitalistik shakllarini vujudga kelishiga asos bo'ldi. 

Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish