www.ziyouz.com
kutubxonasi
121
UChINCHI QISM
I
Odamlar — taqdirni, taqdir — odamlarni izlab yuradi... Hayotning azal aylanishi shunday... Taqdir
mudom o‘z nishonini mo‘ljallab turadi, degan gap rost bo‘lsa, bu safar ham u to‘g‘ri chiqdi. Hammasi
haddan tashqari oddiy yuz berdi, qazo kamonidan chiqqan o‘qni orqaga qaytarishning iloji yo‘q...
Kelib-kelib o‘sha kuni Bozorboy No‘yg‘utov geologlarga yo‘l boshlovchilikka yollanib qolganini
qarang. Bozorboy geologlarga yo‘l ko‘rsatuvchi kerakligini hayoliga ham keltirmagan edi, geologlar,
uni o‘zlari qidirib topishdi, o‘zlari taklif qilishdi.
Tamanga ular yem-xashak tashiladigan, traktor yuradigan yo‘ldan o‘tib kelishgan edi.
— Nega bu yerni Taman deyishadi?—so‘radi ulardan birovi.
— Nima qildi?
— O’zim, shunday...
— Taman — Tovon degani. Ko‘ryapsanmi, mana etikning poshnasi. Ana shu tovon. Bu yer
tog‘larning tovoni. Shuning uchun Taman deyishadi.
— E, shundaymi! Anov Taman ham shu yerdan olingan ekan-da. Mashhur Taman diviziyasi!
— Bilmadim, ukam. Buni generallar bilishadi. Bizning ishimiz jo‘n. Cho‘ponlik qilamiz.
Shunday qilib desangiz, geologlar Tamanga yetib kelishib, u yog‘iga aqlimiz yetmaydi, faqat
kartadan ko‘rganmiz, yaxshisi, bizni shu yerlik odamlardan birontasi tog‘larga olib chiqib qo‘ysin,
deyishdi. Yo‘q, deb bo‘larkanmi! Buning ustiga yana haqini ham to‘lasharkan. Bor-yo‘q ish — to‘rtta
yigitni yuklari bilan Achchiq Tosh darasiga boshlab chiqish. Geologlar o‘sha yerda nimalarnidir
tekshirisharmish. Nima bo‘lardi — oltindir-da. Ular faqat oltin qidirishadi. Topsalar, katta-katta
mukofot olishadi. Mayli, bu ularning ishi. Faqat Bozorboy kechqurun Tamanga, qo‘raga yetib kelishi
kerak. U o‘tari bilan shu yerda qishlagan. Hamma gap shu, xolos.
Anov yigitlar shaharlik bo‘lishlariga qaramay, pulning hisobi-ni bilishmas ekan. Bozorboy ozgina
oyog‘ini tiradi: mening toqqa chiqishga vaqtim yo‘q, sovxoz rahbarlari kelib qoladi, sizga nima,
mendan talab qiladi, qani bu, katta cho‘pon Bozorboy No‘yg‘utov, qo‘y qo‘zilay deb turgan paytda
qaylarda yuribdi, deb qiyin-qistovga olishadi. Kim o‘shanda javob beradi?— shundan so‘ng
yigitlarning saxiyligi tutib, yigirma beshni va’da qilishdi. Voy, tentaklar-ey! E, ularni ayab, qisinib
o‘tirarmidi, pul davlatniki, davlatning g‘aznasi esa kamaymaydi. Bu bolalarning o‘zlari ham pulni
xazondek supurib olsalar kerak paytini poylab. To‘lasinlar-da, axir. Bozorboy geologlarni hash-pash
deguncha oborib qo‘yadi. Otga o‘tiradiyu hayyo-huyt deb ketaveradi. Unga nima, baribir kunora
bo‘lar-bo‘lmas ishlarga boshini suqib laqillab yurgani-yurgan. Ayniqsa, to‘y, ta’ziya, ishqilib, aroq isi
anqigan joydan quruq qolmaydi. Oylik olib kelgani oovxoz idorasiga tushadigan bo‘lsa-ku, cho‘pon-
cho‘liqlardan tortib, tungi qorovulgacha, xotinidan tortib, (u ham ishchilar qatorida) qo‘zilash paytlari
yordamchi-somonchilargacha — hamma jonini hovuchlab o‘tiradi. Bozorboy kechasi g‘irt mast-alast
holda yetib keladi, otdan qulab ketay-ketay deydi, pulga ketgan odamning ahvoli shu. Yaramas xotini
sovxoz direktoriga yig‘lab-siqtagan shekilli; mana uch oychadan buyon qo‘raga kassir Bo‘ronboyning
o‘zi maosh olib kelyapti. Qonun bo‘yicha har kim pulni o‘zi qo‘l qo‘yib olishi kerak, deydi. Qatnasa-
qatnayvermaydimi, halokuning itiday...
Ana muni qarang endi, ahmoq yigirma beshning o‘zi kissasiga tushib turibdi. To‘g‘ri, Achchiq
Toshga chikadigan so‘qmoq toshloqlar, tik o‘r-jarlardan o‘tadi, yuraging orqangga tortib ketadi, qulab
ketish hech gapmas, o‘zi oti bilan tog‘-da, bu senga aylanib chopadigan va bo‘yningga nishon taqib
qo‘yadigan stadion emas. Nimasiga ajablanasan buning — dunyoda adolat azaldan yo‘q edi, hozir ham
yo‘q. Qishin-yozin tog‘dan boshing chiqmaydi, na asfalt bor, na vodoprovod, va na elektr chiroq. Qora
kuningni bilganingcha ko‘r, yil bo‘yi sassiq shilta kechib qo‘y boq. U yoqda esa oppoqqina kiyingan
chaqqon yigit likillab stadiondan chopib o‘tadi yoki darvozaga koptok tepadi — o‘ziyam maza qiladi,
Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman)
Do'stlaringiz bilan baham: |