Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc



Download 0,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/177
Sana22.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#690254
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
129
sezib, ayyuhannos ko‘tarib, Bozorboyning yo‘liga peshvoz chiqishdi. Ayni choqda, bo‘rilar ham 
qolishmas — borgan sari yaqinlashib kelishar, ot holdan toyar, Bozorboy jondorlarning qaynoq taftini 
seza boshlagan edi. «Xudoyim, o‘zing qutqar! Yo Bahovaddin, o‘zing madad ber,— deb iltijo qilardi 
Bozorboy,— senga yetti qorani qurbon qilaman!» 
«Omon qoldim! Qutuldim!»— shodlanib qichqirdi Bozorboy. 
Albatta, u bir soat o‘tmay o‘z va’dayu tavallolarini unutadi. Odam bolasi o‘zi shunday... 
Uning qoshiga cho‘ponlar chopib kelishdi. Bozorboy ularning qo‘llariga o‘zini otdi, to‘xtovsiz shu 
so‘zlarni takrorlardi: 
— Bo‘ri, meni bo‘rilar quvishdi! Suv, suv beringlar! 
Bo‘rilar esa aftidan, ketmay shu atrofda aylanib yurishar, chidam bilan nimanidir kutishardi. 
Bo‘stonning qo‘ra, qo‘tonlarida yugur-yugur boshlandi. Cho‘ponlar chopib yurishar, qo‘ralarning 
eshiklarini berkitishar, hoy-huylashib qorong‘ida bir-birlarini chaqirishar, ulardan birovi tom boshiga 
chiqdi-da, miltiqdan necha marotaba varanglatib o‘q qo‘ydi. Itlar tinmay vovullashardi, lekin 
qo‘ralardan tashqariga chiqishmasdi. O’zlarini yorug‘roqqa olishardi. Itlarning qo‘rqoqligi egalarini 
darg‘azab qilardi. 
— Atu! Olkish! Ol! E, bular bo‘ribosar emas, po‘qbosar!— kimdir bo‘g‘ilib xirillab itlarni 
qistardi.— Ol, bos! Oqtosh, Yo‘lbars, Joysan, Barpalon! Bos! Atu, Atu! E, o‘llaring, dumlaringni 
qismay! Bo‘ridan qo‘rqib o‘tiribsanlarmi?! 
— It o‘z oti bilan it-da!— deb e’tiroz bildirardi boshqa tovush.— Nimaga baqirasan? Bu itlar 
otliqni etigidan tortib tushiradi. Lekin, bo‘riga yaqin yo‘lolmaydi. To‘g‘rimi? Nima deding! Bo‘riga 
qarshi bironta it borolmaydi. Qo‘y, indama! Akillayversinlar! 
Lekin bo‘rilar nega uni quvalab kelishdi, Bozorboy anchagacha eslolmadi. Faqat Bozorboyning 
otiga qarayotgan yigit birdan: «Bozorboy boyke, xurjunda nima bor? Qimirlayotganga o‘xshaydi»,— 
deb so‘rab qoluvdi, ana shundagina u esladi. 
— Xurjunda deysanmi? E, buri bolalari-ku ular! E, qurib ketsin! To‘rtta bo‘lturuq. Boshatda ini bor 
ekan. To‘g‘ri inidan oldim. Shuning uchun bo‘rilar orqamdan quvib kelishdi. 
— Shunday demaysizmi! Boplabsiz-ku. Toza qo‘lga tushiribsiz-da! Inidan deysizmi? Xo‘p omon 
qolibsiz-da tag‘inam... 
— Xurjunda o‘lib qolishmabdimi? Chopganda bo‘g‘ilib, ezilib ketmabdimi ishqilib! 
— Nega eziladi! O’rikmidi senga eziladi! Ular itday chidamli bo‘lishadi, og‘ayni. 
— Qani, ko‘raylik, qanaqaykin? 
Xurjunni tushirishdi va Bo‘stonning uyiga qarab yurishdi. Bunaqa muhim ishlar odatda 
Bo‘stonning uyida qilinadi. Bu yerlar, qo‘ra, qo‘tonlarning egasi o‘sha... Lekin hozir Bo‘stonning o‘zi 
uyda yo‘q. Rayonda navbatdagi yig‘ilishga ketgan. Ilg‘or cho‘pon Bo‘ston O’rkunchiev yana 
navbatdagi prezidiumda o‘tirishi kerak edi. 
Bozorboyni Bo‘stonning uyiga xuddi qahramonlik ko‘rsatgan odamdek olib borishdi. Uning 
shunga rozi bo‘lishdan boshqa chorasi qolmadi. Mayli, bir qo‘nib o‘tsa, o‘tibdi-da, axir, u mehmon-ku. 
Bu uyning ostonasiga Bozorboyning birinchi kelishi emas. Ko‘p yillardan beri Bozorboy bu yerdan 
yetti chaqirim narida Bo‘stonga qo‘shni yerlarda cho‘ponlik qiladi. Ana shu vaqt ichida Bozorboy bu 
yerda uch marta bo‘ldi: birinchi marta cho‘pon Ernazar Ola Mo‘ngu dovonida muzlik kamarga yiqilib 
nobud bo‘lganda, uning ta’ziyasiga kelgan edi; ikkinchi marotaba Ernazar o‘lgach, olti oydan keyin 
Bo‘stonning oldingi xotini (Orzigul bechora juda ham yaxshi xotin edi, deyishadi) vafot qilganda, 
ma’rakasida qatnashgan edi, o‘shanda atrof-tevarakdan tumonat odam yig‘ilgan, otlar, traktorlar, yuk 
mashinalarning sanog‘iga yetib bo‘lmagandi. Uchinchi marotaba xuddi bo‘ynidan sudraganday qilib 
olib kelishgan edi. Oblast rahbarlari bu yerda ishlab chiqarish seminari o‘tkazadigan, Bo‘ston 
O’rkunchiev cho‘ponlarga o‘z ilg‘or tajribalarini so‘ylab beradigan edi. Bozorboyning hech kelgisi 
yo‘q edi. Lekin qochib qutulib bo‘lmadi, majbur qilishdi. Yarim kun o‘tirib va’z eshitishga to‘g‘ri 
keldi: qo‘zilar o‘lmasligi uchun nima qilish kerakligidan tortib, qanday qilsa, ko‘proq jun va go‘sht 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish