279
BOLA SHAXSINING OILAVIY MUNOSABATLARDA SHAKLLANISHINI
PSIXOLOGIK JIHATLARI
Q.R.Bekchanova.,
UrDU o`qituvchisi
Mamlakatimiz mustaqilikka erishgan kundan boshlab jamiyatimizning eng
birlamchi bo’g’ini hisoblangan oilalardagi bakamol farzandlarni tarbiyalash, voyaga
yetkazish, jamiyat uchun foydali kadrlar etib tarbiyalash har bir sohada faoliyat olib
borayotgan fuqorolarning asosiy maqsadi hisoblanadi. Ana shu xususiyatiga ko’ra
oila o’ziga xos maqomga ega bo’lib, insonning o’z-o’zini anglab olishiga, jamiyatda
ma`lum bir ijtimoiy maqomga ega bo’lishiga zamin tayyorlovchi maskandir.Oilada
farzandga berilayotgan ta`lim va tarbiyaning ta`siri darajasi u kamolga yetgan sari
o’ziga xos tarzda o’zgarib boradi. Bola tug’ilgandan to o’smirlik davriga qadar kuchli
ta`sir etsa, o’spirinlik va undan keyingi davrlarda tarbiyanin ta`sir etish kuchi
susayadi.
Komil inson shaxsining shakllanishi ko‘plab omillarning birgalikda ta’siri
natijasidir. Ana shunday omillardan eng muhimi oila va uning a’zolari o‘rtasidagi
o‘zaro munosabatlardir. Ota-ona va farzand munosabatlari bola xulq-atvorida ijobiy
insoniy sifatlarning rivojlanishida muhim o‘rin tutadi
.
Ota-ona va farzandlar, er-xotin o‘rtasidagi, boshqa oilalar bilan olib boriladigan
ichki munosabatlari ko‘plab psixologik-pedagogik tadqiqotlarning predmetiga
aylandi. Oilaviy tarbiyaning samaradorligi ko‘p jihatdan ota-ona va farzandlar
o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarga, ularning o‘zaro hamfikrligi, bir-birini to‘g‘ri
tushunishi, baholashi va idrok qilishiga bog‘liqdir. Har bir ota-ona farzandining
jismoniy va aqliy taraqqiyotini kuzatib borishi bilan birga o‘zi va farzandlari
o‘rtasidagi munosabatlarni ham sinchkovlik bilan o‘rganib borishi, uning ijobiy va
salbiy tomonlarini aniqlab shunga muvofiq tarzda eng adekvat bo‘lgan ta’sir etish
usullarini tanlashi, ularni takomillashtirib borishi lozim.
SHaxs taraqqiyotining turli davrlarida - ya’ni chaqaloqlik, go‘daklik, ilk bolalik,
maktabgacha bo‘lgan davr, kichik maktab yoshi, o‘smirlik va o‘spirinlik davrlarida
ota-ona hamda farzand o‘rtasidagi munosabatlarning o‘ziga xos xususiyatlari
mavjuddir. Farzandlar ulg‘ayib borishi, bir yosh davridan navbatdagisiga o‘tishi
bilan ota-onalar ham ularga ta’sir etish va muomala uslublarini takomillashtirib
borishlariga zarurat tug‘iladi. Har bir yosh davri ota-onadan mazkur davrni boshidan
kechirayotgan farzandiga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirishni, dastlabki ta’sir usullari
endi kutilgan natijani bermasligini anglagan holda bolalarning yosh xususiyatlarini
etiborga olishi maqsadga muvofiqdir. Ba’zan ota-onalar tomonidan to‘g‘ri deb
topilgan ta’sir va munosabat usullari ularning farzandlari tomonidan qabul
qilinmasligi ham mumkin. SHuning uchun ota-onalar farzandlari tomonidan ularning
xulq-atvori va munosabatlari qanday baholanayotganligini kuzatish orqali o‘rganib
280
borishlari zarur. Bu masalada ota-onalar amaliy psixologga murojaat qilishlari, ular
xizmati va tavsiyalaridan samarali foydalanishlari mumkin.
Oilaviy munosabatlar o‘z tabiatiga ko‘ra murakkab xususiyatga ega bo‘lib, ota
va ona uchun bola eng qadrli shaxs, shu bilan birga tarbiya va pedagogik ta’sirlar
predmeti hisoblanadi. Bola uchun oila u yashaydigan, harakat qiladigan, yangiliklar
kashf qiladigan, quvonishni va boshqalarga hamdard bo‘lishni o‘rgatadigan alohida
olamdir. Oiladagi munosabatlar bola tarbiyasiga ijobiy, ba’zan esa salbiy ta’sir etishi
ham mumkin. Uning oqibatida bola mehribon, ochiqko‘ngil, muloqotchan yoki
aksincha, xavotirli, qo‘pol, ikkiyuzlamachi, yolg‘onchi bo‘lib ulg‘ayishi ham
mumkin.
A.YA. Varga va V.V. Stolinlarning fikricha, ota-ona munosabatlari bolaga
nisbatan turli-tuman his-tuyg‘ular, muloqotdagi xulq-atvor stereotiplari, bola shaxsi
va xarakterini tushunish hamda idrok qilish xususiyatlari tizimidan iboratdir.
Ota-ona va farzand o‘rtasida ijobiy munosabatlarni tashkil etish uchun kattalar
bola tarbiyasi hamda u bilan munosabatlarni amalga oshirish masalalariga oid
bilimlarni egallagan bo‘lishlari zarur. Ko‘plab oilalarda ota-onalar o‘zlarining tarbiya
jarayonidagi kamchiliklarini anglaydilar, biroq ularda o‘z muammolarini hal etish
uchun psixologik bilimdonlik etishmaydi.
Har bir oilada ob’ektiv tarzda shakllangan, biroq hamma vaqt ham to‘liq anglab
etilmaydigan tarbiya tizimi mavjud. Bunda tarbiyaning maqsadi, vazifasi, metod va
usullari nazarda tutiladi. Mutaxassislar tomonidan oilaviy tarbiyaning to‘rt tipi va
unga mos tarzda oilaviy munosabatlarning ham to‘rt tipi, ya’ni hukmronlik
(buyruqbozlik), erkalatish, “aralashmaslik”, “hamkorlik” tiplari ajratib ko‘rsatilgan.
Psixologik adabiyotlarda ota-ona munosabatini farzandlar tomonidan hissiy
qabul qilish yoki rad etish; psixologik nazorat yoki psixologik mustaqillik
(avtonomiya); yashirin nazorat yoki oshkora nazoratdan iborat tipi tavsiflab o‘tilgan.
Hissiy qabul qilish deganda bolaga ota-onasining ijobiy munosabati
tushuniladi. Hissiy rad etish esa ota-onaning farzandga salbiy munosabati, mehr-
muhabbatining etishmasligi, hatto dushmanlik darajasidagi munosabatidir.
Psixologik nazorat – bolalarga muayyan bosim o‘tkazish, ularga rahbarlik qilish,
tarbiya tamoyillarining izchillik darajasini bildiradi. Ota-ona o‘z farzandini yashirin
nazorat qilishi yoki oshkora nazorat ostida ushlab turishi ham mumkin.
O‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, o‘g‘il va qiz bolalarning ota-onalarining
o‘ziga bo‘lgan munosabatini baholashida farq qiluvchi tomonlar mavjud. Kichik
maktab yoshidagi o‘quvchilarni tarbiyalayotgan oilalarning 50%- demokratik uslub,
30 % -“erkalatish”, 20%- avtoritar uslubdan foydalangan holda farzand tarbiyasi
bilan shug‘ullanadilar. Onalarning ko‘pchiligida “erkalatish”, otalarning
ko‘pchiligida esa avtoritarlik uslubi ustunligi aniqlandi. O‘smir va o‘spirinlarga
munosabatda esa ko‘proq avtoritar uslub ustunlik qilishini o‘smirlik va o‘spirinlik
281
davrida mustaqillikka intilish ehtiyojining shakllanishi ota-ona tomonidan qaysarlik,
o‘jarlik, o‘zbilarmonlik sifatida qabul qilinadi va unga nisbatan avtoritar
munosabatlar ma’qul ko‘rilishi bilan izohlash mumkin..
Oiladagi psixologik muhit-tinchlik, totuvlik, o‘zaro bir-birini qo‘llab-
quvvatlash, har bir oila a’zosining barqaror ijobiy emotsional holatga ega ekanligi,
oilaviy munosabatlardan to‘liq qoniqish hosil qilishi, muloqot jarayonida
ma’naviyatining yuksalishi, oila ravnaqi va farovonligi haqida qayg‘urishi, urf-odat
va an’analarga rioya qilib uni yanada boyitib borishga intilishning mavjudligi
mazkur tipdagi oilalarda komil insonni tarbiyalash imkoniyati yuqori ekanligidan
dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |