Toshkent moliya instituti "moliya" kafedrasi "davlat byudjeti"


 Byudjet taqchilligining shakllari. Taqchillikni keltirib chiqaruvchi



Download 13,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/333
Sana21.06.2022
Hajmi13,85 Mb.
#689022
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   333
Bog'liq
Davlat byudjeti ouq 2018

11.2. Byudjet taqchilligining shakllari. Taqchillikni keltirib chiqaruvchi 
omillar. Taqchillikni qoplash manbalari
 
 
Amaliyotda byudjet daromadlari va xarajatlarining tengligiga hamma vaqt 
ham 
erishilavermaydi. 
Ayrim 
hollarda byudjetning daromadlari uning 
xarajatlaridan ko‗p bo‗lishi mumkin. Bunday byudjet profitsitli byudjet deyiladi. 
Aksincha, ba‘zi hollar-da esa byudjetning xarajatlari uning daromadlaridan 
ko‗proq bo‗ladi. Shunga muvofiq ravishda byudjet xarajatlarining byudjet 
daromadlaridan ko‗p bo‗lishiga byudjet defitsiti deyiladi. 
Taqchillikning hajmi: 

milliy valyutada absolyut summada; 

mamlakat yalpi ichki mahsuloti hajmiga nisbatan; 

milliy daromad hajmiga nisbatan; 

byudjet daromadlari va xarajatlariga nisbatan foizlarda aniqlanadi.
Boshqa hollar teng bo‗lgan sharoitda, byudjet defitsiti vujudga kelishining eng 
umumiy sabablari quyidagilardan iborat bo‗lishi mumkin: 

iqtisodiyotni rivojlantirish uchun yirik davlat kapital quyilmalarini amalga 
oshirishning zarurligi; 

favqulodda hodisalarning mavjudligi; 

iqtisodiyotdagi tanazzulli (krizisli) holatlar va uning emirilishi; 

moliya-kredit aloqalarining etarli darajada samarali emasligi; 

hukumat tomonidan mamlakatdagi moliyaviy holat ustidan etarli darajada 
nazorat qila olmaslik; 


120 

ijtimoiy ishlab chiqarishning nisbatan past darajada sa-maradorligi; 

tashqi iqtisodiy aloqalarning nisbatan kam natijaliligi; 

byudjet xarajatlarining nooqilona tarkibiy tuzilishi (strukturasi); 

mamlakat miqyosida mavjud bo‗lmagan mablag‗lar hisobidan yashashga 
intilish; 

yirik davlat investitsiyalarini amalga oshirish amaliyo-tining mavjudligi; 

harbiy xarajatlar darajasining nisbatan kattaligi; 

ichki real imkoniyatni etarli darajada inobatga olmagan holda boshqa 
mamlakatlarga yordam berilishi; 

davlatga iqtisodiyot va sotsial sohani rivojlantirishga stimul sifatida 
foydalanish imkonini bermaydigan va etarli darajada samarali bo‗lmagan byudjet 
mexanizmining mavjudligi va boshqa sabablar. 
Byudjet defitsiti vujudga kelganda, unga nisbatan strategik yondoshuv 
quyidagilarga alohida e‘tibor berilishini taqozo etadi: 

byudjet defitsitining mavjudligini matematik yo‗l bilan hal qilishga harakat 
qilmaslik kerak. Chunki, bu holda, iqtisodiyotni ―davolash‖ o‗rniga uning kasalligi 
kuchayadi; 

byudjetning balansliligi, daromadlarning xarajatlardan ko‗pligi sog‗lom va 
uzluksiz rivojlanayotgan iqtisodiyotdan dalolat bermaydi. Byudjet defitsiti bo‗lishi 
mumkin; 

byudjet defitsitining miqdori (darajasi), odatda, mamlakat yalpi milliy 
mahsulotining 2-3%dan oshmasligi lozim. Ana shu chegaradan oshilsa, uni tezroq 
qisqartirish (yoki shu darajaga keltirish) choralarini ko‗rish kerak; 

byudjet defitsitini qoplash uchun, eng avvalo, davlat kreditining turli 
shakllaridan foydalanmoq lozim. Shuningdek, davlat qimmatbaho qog‗ozlarini 
moliyaviy bozorda joylashtirish maqsadga muvofiqdir. Aksincha, milliy pul birligi 
belgilarini zarb etuvchi uskunani (stanokni) ishga solmaslik kerak; 

byudjet defitsitining darajasini kamaytirish yoki unga barham berish uchun, 
birinchi navbatda, iqtisodiyotning o‗zini ―davolamoq‖ lozim. Aks holda, ana shu 
maqsadga erishish uchun ko‗zda tutilgan har qanday tadbir, albatta, 
muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. 
Byudjet defitsitining darajasini kamaytirish yoki unga barham berish 
borasidagi amalga oshirilishi lozim bo‗lgan chora-tadbirlarning eng asosiy 
yo‗nalishlari quyidagilardan iborat: 

byudjet xarajatlarining investitsion yo‗nalishini o‗zgartirish, ularni eng ko‗p 
samara beradigan yo‗nalishlarga yo‗naltirish; 

xo‗jalik yuritishning o‗ziga xos xususiyatlarini hisobga oluvchi moliyaviy 
imtiyoz va jazolardan keng foydalanish; 

davlatdan moliyalashtirishni va davlat iqtisodiyoti sohasini qisqartirish, 
xorijiy davlatlarga yordam ko‗rsatishni keskin kamaytirish; 

harbiy xarajatlarni qisqartirish; 

eng muhim sotsial dasturlarnigina moliyalashtirishni saqlab qolish, yirik 
byudjet xarajatlarini talab etuvchi dasturlarni qabul qilishni to‗xtatib turish; 


121 

qarzlarni davlat qimmatbaho qog‗ozlari shaklida rasmiylashtirmasdan turib 
hukumat organlariga kredit berishni Markaziy bank uchun taqiqlab qo‗yish; 

xorijiy sarmoyalarni jalb etish va boshqalar. 
Byudjet defitsiti vujudga kelgan paytda uni moliyalashtirish manbalarini 
aniqlab olmoq zarur. Uni moliyalashtirishning asosiy manbalaridan biri davlatning 
qarz olishidir. 
Davlatning qarzlarni olishi jismoniy va yuridik shaxslar, xorijiy davlatlar
xalqaro moliyaviy tashkilotlardan jalb qilinadigan zayom va kreditlarni olishdan 
iborat bo‗lib, ular bo‗yicha qarz oluvchi yoki boshqa qarz olganlarning qarzlarni 
qaytarish bo‗-yicha kafolatchi sifatida hukumatning qarz majburiyatlari vujud-ga 
keladi.
Davlatning ichki qarzlarni olishi jismoniy va yuridik shaxs-lar, xorijiy davlatlar, 
xalqaro moliyaviy tashkilotlardan jalb qi-linadigan zayom va kreditlarni olishdan iborat 
bo‗lib, ular bo‗yicha qarz oluvchi yoki boshqa qarz olganlarning qarzlarni qaytarish 
bo‗yicha kafolatchi sifatida hukumatning o‗z milliy valyutasida ifodalangan qarz 
majburiyatlari paydo bo‗ladi.
Davlatning tashqi qarzlarni olishi jismoniy va yuridik shaxs-lar, xorijiy davlatlar, 
xalqaro moliyaviy tashkilotlardan jalb qi-linadigan zayom va kreditlarni olishdan iborat 
bo‗lib, ular bo‗yicha qarz oluvchi yoki boshqa qarz olganlarning qarzlarni qaytarish 
bo‗yicha kafolatchi sifatida hukumatning xorijiy valyutada ifodalangan qarz 
majburiyatlari vujudga keladi.
Byudjet defitsitini moliyalashtirishning barcha manbalari jalb qilingan 
mablag‗larning barcha asosiy turlari bo‗yicha navbatdagi moliyaviy yilga mo‗ljallangan 
byudjet to‗g‗risidagi qonunda qonunchilik hokimiyati organlari tomonidan albatta 
tasdiqlanishi kerak.
Byudjet defitsitini moliyalashtirishning manbai sifatida mamlakat Markaziy 
bankining kreditlari va Markaziy bank tomo-nidan hukumatning sotib olingan qarz 
majburiyatlari maydonga chiqishi maqsadga muvofiq emas. 
Byudjet defitsitini moliyalashtirishning barcha manbalarini ikki guruhga 
bo‗lish qabul qilingan: 
1)
ichki manbalar; 
2)
tashqi manbalar. 
Byudjet defitsitini moliyalashtirishning ichki manbalari sifatida quyidagilarni 
ko‗rsatish mumkin: 

mamlakat hukumati tomonidan shu mamlakatning milliy valyutasida kredit 
tashkilotlaridan olingan kreditlar; 

mamlakat hukumati nomidan qimmatbaho qog‗ozlarni chiqa-rish orqali 
amalga oshirilayotgan davlat zayomlari; 

davlat mulkiga tegishli bo‗lgan mol-mulkni sotishdan olingan tushumlar; 

davlat zaxiralari va rezervlar bo‗yicha daromadlarning xa-rajatlardan o‗sgan 
qismi summasi; 

byudjet mablag‗larini hisobga oluvchi hisob varaqlaridagi mablag‗lar 
qoldig‗ining o‗zgarishi va boshqalar. 


122 
Byudjet defitsitini moliyalashtirishning tashqi manbalari qatoriga quyidagilar 
kiradi: 

mamlakat hukumati nomidan qimmatbaho qog‗ozlarni chiqa-rish orqali 
xorijiy valyutada amalga oshirilgan davlat zayomlari; 

xorijiy valyutada taqdim etilgan va mamlakat hukumati tomonidan jalb 
qilingan xorijiy davlatlar, banklar va firma-lar, xalqaro moliyaviy tashkilotlarning 
kreditlari. 
Yuridik va jismoniy shaxslar, xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar va xalqaro 
huquqning boshqa subyektlari oldidagi (davlat kafolatlari bo‗yicha majburiyatlarni 
qo‗shgan holda) mam-lakat hukumatining qarz majburiyatlari hukumatning davlat 
qar-zini vujudga keltiradi. Bu qarz davlat xazinasini tashkil eta-digan davlat mulki 
bilan to‗liq va hech qanday shartsiz ta‘minla-nishi kerak. Bunda davlat hokimiyati 
organlari mamlakat hukuma-tining qarz majburiyatlari va davlat qarziga xizmat 
qilish uchun respublika byudjetining daromadlarini shakllantirish bo‗yicha barcha 
vakolatlardan foydalanadilar. 
Mamlakatning qarz majburiyatlari quyidagi shakllarda bo‗lishi mumkin: 

qarz oluvchi sifatida mamlakat hukumati nomidan kredit tashkilotlari, 
xorijiy davlatlar va xalqaro moliyaviy tashki-lotlar bilan tuzilgan kredit bitimlari 
va shartnomalari; 

mamlakat hukumati nomidan qimmatbaho qog‗ozlarni chiqarish orqali 
amalga oshirilgan davlat zayomlari; 

mamlakat hukumati tomonidan davlat kafolatini berish to‗g‗risidagi 
shartnomalar; 

o‗tgan yillardagi mamlakatning qarz majburiyatlarini res-trukturizatsiya 
qilish va muddatini o‗zgartirish to‗g‗risidagi mam-lakat hukumati nomidan 
tuzilgan (shu jumladan, xalqaro) bitim-lar va shartnomalar va boshqalar. 
Mamlakatning qarz majburiyatlari o‗zining muddatiga qarab qisqa muddatli (bir 
yilgacha), o‗rta muddatli (bir yildan ortiq va besh yilgacha) va uzoq muddatli (besh 
yildan yuqori) bo‗lishi mumkin. Ular zayomning konkret shartlariga muvofiq ravishda 
(zayom shartlarini, jumladan, to‗lov muddatlari, foiz to‗lovlarining miqdori, muomala 
muddatlarini o‗zgartirmasdan) qaytarilishi kerak. 
Mamlakat hukumatining davlat ichki qarzlari quyidagilardan iborat bo‗lishi 
mumkin: 

hukumat davlat qimmatbaho qog‗ozlari bo‗yicha qarzining asosiy nominal 
summasi; 

hukumatga taqdim etilgan kreditlar bo‗yicha asosiy qarz-ning hajmi; 

mamlakat hukumati tomonidan berilgan kafolatlar bo‗yicha majburiyatlar 
hajmi va boshqalar. 
O‗z navbatida, hukumatning davlat tashqi qarzlari: 

xorijiy davlatlar hukumatlari, kredit tashkilotlari, firmalar va xalqaro 
moliyaviy tashkilotlarga mamlakat hukumati tomonidan taqdim etilgan davlat 
kafolatlari bo‗yicha majburiyat-lar hajmi; 


123 

xorijiy davlatlar hukumatlari, kredit tashkilotlari, firmalar va xalqaro 
moliyaviy tashkilotlardan hukumat olgan kreditlar bo‗yicha asosiy qarz hajmidan 
iborat bo‗ladi. 

Download 13,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   333




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish