Toshkent moliya instituti "moliya" kafedrasi "davlat byudjeti"



Download 13,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/333
Sana21.06.2022
Hajmi13,85 Mb.
#689022
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   333
Bog'liq
Davlat byudjeti ouq 2018

birinchisi

davlatning iqtisodiyotga aralashuvi bilan bog‗liq xarajatlarining ko‗payishi bo‗lsa, 
ikkinchisi,
davlatning noishlab chiqarish xarakteridagi xarajatlari hajmining keskin 
oshib ketishi hisoblanadi. 
Bizning fikrimizcha, byudjet defitsitining yuzaga kelishini mamlakatdagi 
iqtisodiy inqiroz holatlari bilan bog‗lash maqsadga muvofiqdir. Buning sababi 
shundaki, iqtisodiy inqiroz paytida soliq tushumlari keskin kamayadi, hukumatning 
qimmatli qog‗ozlarini sotish darajasi pasayadi va h.k. Bu holatlar, pirovard 
natijada, davlat byudjeti daromadlarining rejalashtirilgan miqdorda tushmasligiga 
sabab bo‗ladi. Natijada, byudjet defitsitining hajmi yanada oshadi va hukumat 
uchun bank tizimining kreditlaridan foydalanishdan ko‗ra qulayroq va osonroq 
yo‗l qolmaydi. Shuning uchun, fikrimizcha, iqtisodiy inqiroz holatlarining yuzaga 
kelishini alohida sabab sifatida e‘tirof etish maqsadga muvofiqdir. 
Shunisi xususiyatliki, rivojlangan ilg‗or mamlakatlar amaliyotida tarkibiy 
defitsit tushunchasi ham qo‗llaniladi. 
Tarkibiy defitsit deganda aholining to‗liq bandligi sharoitida davlat 
byudjetining salbiy qoldig‗i tushuniladi. Bunda byudjet defitsitining miqdori davlat 
tomonidan iqtisodiyotni tartibga solinishning joriy tadbirlari bilan emas, balki 
tsiklik tebranishlar bilan belgilanadi. Iqtisodiy inqirozlar paytida, odatda, ishsizlik 
ko‗payadi, bu esa, tarkibiy defitsit miqdoriga bevosita ta‘sir qiladi. Demak, 
iqtisodiy inqirozlarni nafaqat rivojlanayotgan mamlakatlar amaliyoti uchun, balki 
rivojlangan mamlakatlar amaliyoti uchun ham xos bo‗lgan omil sifatida qayd etish 
mumkin. 
Davlat byudjeti defitsiti yuzaga kelishining obyektiv sabablarini tan 
olmaslik, defitsitsiz byudjet siyosatiga tayanish milliy iqtisodiyotni rivojlantirishga 
jiddiy ziyon etkazganlik holatlari xalqaro amaliyotda bir necha bor kuzatilgan.
Davlat byudjeti defitsitining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini ochib berishga 
xizmat qiladigan asosiy masalalardan biri byudjet defitsiti hajmini aniqlash 
metodologiyasini tahlil qilish hisoblanadi. 
Xalqaro amaliyotda byudjet defitsitining hajmini aniqlashda ikkita 
metodologiyadan keng foydalanilmoqda: sof defitsit va umumiy defitsit. Sof 
defitsit o‗z tarkibiga byudjet investitsiyalaridan tashqari bo‗lgan davlat byudjeti 

1
Родионова В.М и др. Финансы. –М.: Финаны и статистика, 2013. –С. 29-38. 




125 
xarajatlarini oladi. Umumiy defitsit esa, o‗z ichiga nafaqat to‗g‗ri byudjet 
investitsiyalarini, balki joriy byudjet yilida qaytariladigan va hukumat tomonidan 
kafolatlangan kredit hisobidan amalga oshiriladigan investitsiyalarni ham oladi.
Bizning fikrimizcha, umumiy defitsit byudjet defitsitining real hajmini 
to‗laroq ifoda etadi. Chunki, bunda hukumat kafolatlangan kreditlardan samarali 
foydalanishni nazorat qilish imkoniga ega bo‗ladi. 
Ikkinchi metodologiyaning O‗zbekiston Respublikasi hukumati uchun katta 
ahamiyatga ega ekanligining asosiy sababi shundaki, hozirgi kunga qadar 
mamlakatimiz iqtisodiyotiga jalb qilingan kreditlarning 80 foizdan ortiq qismi 
respublika hukumatining kafolati asosida olingan kreditlardan iboratdir. Demak, 
ulardan foydalanishni nazorat qilishni kuchaytirish davlat byudjeti defitsitini 
oshishining oldini oladi. 
Mamlakatimiz iqtisodiyotini tarkibiy jihatdan qayta qurishning zarurligi 
yirik investitsion xarajatlarni talab qildi. Xususiy sektorga mansub korxonalarning 
xorijiy investitsiyalarni va investitsion kreditlarni jalb qilish imkoniyati cheklangan 
sharoitda, davlat bosh islohotchi sifatida, xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb 
qilish muammosining chuqurlashuviga yo‗l qo‗ymadi. Bu esa, o‗z navbatida, 
mamlakatimiz hukumatining xorijiy valyutadagi majburiyatlarining ko‗payishiga 
olib keldi. 
Davlat byudjeti defitsitining iqtisodiyotga ta‘siri va uning mo‗‘tadil 
darajasini baholash masalalari ham murakkab va ko‗p qirrali masalalardan 
hisoblanadi. 
J.M.Keynsning byudjet-soliq siyosatining iqtisodiyotni barqarorlashtirishda 
birlamchi ahamiyatga ega ekanligi xususidagi qoidasiga ko‗ra defitsitning yoki 
profitsitning miqdori ijtimoiy talab, daromadlar va baholar darajasini aniqlashda 
markaziy o‗rinni egallaydi. Bunda J.Keyns byudjet defitsitini hukumatning 
byudjet-soliq siyosatining natijasi sifatida iqtisodiyotni muvozanatlashtiruvchi 
asosiy omil deb baholadi. Ammo hozirgi vaqtda, ayrim rivojlangan davlatlarning 
amaliyotida shunday holatlar sodir bo‗layaptiki, uni Keynsning byudjet-soliq 
siyosati xususidagi ta‘limoti doirasida tushuntirib bo‗lmaydi. Masalan, Yaponiyada 
1999 yilda davlat byudjetining defitsiti yalpi ichki mahsulotning 11,4 foizini 
tashkil etgani holda, to‗lov balansining ijobiy qoldig‗i 130 mlrd. AQSh dollarini 
tashkil qildi. Holbuki, Keynsning qoidasi bo‗yicha davlat xarajatlarining oshishi 
baholar darajasining o‗sishiga olib kelishi lozim edi. Ammo Yaponiyada baholar 
darajasining o‗sish sur‘ati boshqa bir qator etakchi ilg‗or mamlakatlardagiga 
nisbatan sezilarli darajada past bo‗ldi. 1990 yilda Yaponiyada byudjet 
profitsitining yalpi ichki mahsulotdagi salmog‗i 2,9 foizni tashkil qildi va 1990-
1999 yillar mobaynida iqtisodiyotni barqaror o‗sish sur‘ati kuzatildi. 
Demak, byudjet defitsitining iqtisodiyotni muvozanatlashtirishdagi roliga 
baho berishda har bir mamlakatning moliya-byudjet siyosatidan kelib chiqish 
lozim. Byudjet defitsitini o‗sishi natijasida makroiqtisodiy ko‗rsatkichlarda 
qanday ijobiy o‗zgarishlar yuz berganligini aniqlash lozim. Masalan, davlat 
byudjeti defitsitining yuqori darajada o‗sishi davlatning investitsiya xarajatlarining 
o‗sishi oqibati bo‗lishi mumkin. Bunday sharoitda byudjet defitsitining 


126 
iqtisodiyotga ta‘sirini baholash uchun iqtisodiy o‗sish sur‘atidagi, soliq 
tushumlaridagi o‗zgarishlarni va ishsizlik darajasini baholash kerak. Chunki 
investitsion xarajatlar ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish, yangi ish 
o‗rinlarini yaratish imkonini beradi. Ayni vaqtda, investitsiya xarajatlarini 
samarasiz tarzda amalga oshirish byudjet defitsitining iqtisodiyotga nisbatan salbiy 
ta‘sirini yuzaga keltiradi. Xususan, davlatning mablag‗lari hisobiga 
moliyalashtirilgan investitsion loyihalarni o‗zini oqlamasligi qilingan xarajatlarni 
«o‗lik» kapitalga aylanishiga, hukumatning to‗lovlarini oshib ketishiga olib keladi. 
Buning oqibatida byudjet defitsitini qoplash muammosi yanada chuqurlashadi va 
ko‗pchilik hollarda, hukumat defitsitni qoplashning inflyatsion manbalaridan 
foydalanishga majbur bo‗ladi. Bunda byudjet defitsiti o‗zining passiv shakliga 
kiradi. Byudjet defitsitining oshishi hisobiga iqtisodiy o‗sishni rag‗batlantirishga 
erishilsa, u holda byudjet defitsiti aktiv shaklga ega bo‗ladi. 
O‗zbekistonda byudjet defitsitini boshqarishda quyidagi talablarga e‘tibor 
berish maqsadga muvofiqdir: 
- milliy valyutaning barqarorligini saqlashning aniq dasturlari ishlab 
chiqilishi; 
- byudjet defitsitini qoplashning samarali yo‗llari qidirib topilishi; 
- davlat byudjeti hisobidagi tarmoqlarni iqtisodiy moliyalashtirishni 
qisqartirish, harbiy xarajatlarga oqilona mablag‗ sarflash; 
- sekvestr mexanizmini ishlab-chiqish (xarajatlarni proportsional ravishda 
qisqartirish) va ularning bajarilishiga bevosita erishish. 
Umuman, byudjet defitsitini boshqarish byudjet siyosatining ustuvor 
yo‗nalishi bo‗lib, bunda iloji boricha mablag‗larni ishlab chiqarish sohasini 
rivojlantirishga yo‗naltirish va aholini to‗liq ish bilan bandligiga erishishni talab 
qiladi. 
Xulosa qilib aytganda, byudjet defitsitini qoplashning noinflyatsion 
usullaridan foydalanishga ustuvorlik berish, byudjet defitsitining darajasini xalqaro 
byudjet amaliyotida qabul qilingan mo‗‘tadil darajada saqlab turish, iqtisodiy 
kategoriya sifatida davlat byudjeti defitsitining jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy 
jarayonlarga nisbatan yuzaga keladigan salbiy ta‘sirining oldini oladi. 

Download 13,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   333




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish