Toshkent moliya instituti "moliya" kafedrasi "davlat byudjeti"


 Byudjet taqchilligi to„g„risidagi zamonaviy kontseptsiyalar, ularning



Download 13,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/333
Sana21.06.2022
Hajmi13,85 Mb.
#689022
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   333
Bog'liq
Davlat byudjeti ouq 2018

11.3. Byudjet taqchilligi to„g„risidagi zamonaviy kontseptsiyalar, ularning 
mazmuni, xususiyatlari va ahamiyati 
 
Davlat 
byudjetining 
defitsitini 
o‗rganishga 
bag‗ishlangan 
ilmiy 
tadqiqotlarning natijalari shuni ko‗rsatdiki, byudjet defitsiti jahon amaliyoti uchun 
nisbatan yangi hisoblangan voqelik sanaladi. Xususan, XIX asrning o‗rtalariga 
qadar rivojlangan ilg‗or mamlakatlarning davlat byudjetlari uchun daromadlarning 
xarajatlardan ortiq bo‗lishi odatiy hol hisoblanar edi. Shuning uchun ham mazkur 
davlatlarda urush holatlarida yoki kuchli tabiiy ofat yuz berganda paydo bo‗ladigan 
byudjet defitsiti favqulotda holat hisoblanadi. XX asrning 50-yillaridan boshlab 
byudjet defitsiti favqulotda holat xarakteriga ega bo‗lmay qoldi. Ya‘ni, 
mamlakatlarning jahon iqtisodiyotidagi o‗rnidan, geografik, geopolitik mavqeidan 
qat‘iy nazar bdyujet defitsitini yuzaga kelishi tabiiy hol bo‗lib qoldi. Ushbu holat 
hozirga qadar davom etib kelmoqda. 
Byudjet defitsitini dunyoning ko‗plab mamlakatlarida davlat moliyalarining 
ajralmas tarkibiy qismiga aylanganligi uning yuzaga kelish sabablarini, mo‗‘tadil 
darajasini, makroiqtisodiy tartibga solish davlat tizimidagi o‗rnini ilmiy asosda 
o‗rganish zaruriyatini yuzaga keltirdi. 
Davlat byudjeti defitsitini yuzaga kelish sabablarini chuqur tadqiq qilgan 
iqtisodchi olimlardan biri J.M.Keyns hisoblanadi. J.Keyns o‗zining ilmiy 
izlanishlarida jamiyat rivojlanishining ma‘lum bosqichlarida davlat xarajatlarining 
davlat daromadlariga nisbatan ortiqcha bo‗lishi mumkinligini va bu holat obyektiv 
iqtisodiy asosga ega ekanligini asoslab berdi. Keynsning byudjet-soliq siyosati 
xususidagi nazariy qarashlarida byudjet defitsiti iqtisodiyotni bir muvozanat 
holatidan ikkinchi bir muvozanat holatiga o‗tkazish imkonini beruvchi instrument 
sifatida e‘tirof etiladi. Agar biz J.Keynsni davlatning iqtisodiyotni samarali tarzda 
tartibga solish imkoniyatiga ega, degan nazariy xulosalariga tayanadigan bo‗lsak, u 
holda Keynsni davlat byudjeti defitsitining darajasini davlat tomonidan to‗liq 
nazorat qilish mumkinligiga ishonganligiga shubha qilmasa bo‗ladi. 
Nemis moliya fanining klassik namoyondasi A.Vagner o‗zining «Moliya 
to‗g‗risidagi fan» nomli asarida davlat faolligining o‗sib borishi qonunini 
shakllantirdi. Ushbu qonunga ko‗ra, davlat faolligini kuchaytirishning zaruriy 
shartlaridan biri davlat xarajatlarini oshib borishi hisoblanadi. A.Vagner o‗zining 
empirik izlanishlariga tayangan holda shunday xulosaga keldi: ―ilmiy-texnika 
inqilobiga asoslangan tsivilizatsiyani taraqqiy etishi, ishlab chiqarish va muomala 
hajmlarining, yalpi ichki mahsulot va milliy daromadni oshishi bilan davlatning 
ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonlariga aralashuvi kuchayadi, davlatning 
ijtimoiy-iqtisodiy, harbiy-siyosiy va ilmiy-texnikaviy faolligi o‗sadi. Bu esa, o‗z 
navbatida, davlat xarajatlarini shunga muvofiq tarzda o‗sib borishiga olib keladi‖.


124 
Professor V.M.Rodionovaning fikriga ko‗ra, davlat byudjeti defitsitini 
yuzaga kelishining uch asosiy sababi mavjud: 
1. Byudjet defitsiti davlatning iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida yirik 
miqdordagi qo‗yilmalarni amalga oshirishi natijasida yuzaga keladi. 
2. Byudjet defitsiti favqulotda holatlar (urush, tabiiy ofatlar va h.k.)
тatijasida yuzaga keladi. 
3. Byudjet defitsiti iqtisodiyotda inqiroz holatlarining yuzaga kelishi, 
hukumatni mamlakatdagi moliyaviy holatni nazorat ostida ushlab turish 
qobiliyatini yo‗qotishi natijasida yuzaga keladi.
1
Demak, davlat byudjeti defitsitini yuzaga kelishining ikki asosiy sababi 
taniqli iqtisodchi-olimlar tomonidan e‘tirof etilgan. Bularning 

Download 13,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   333




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish