Toshkent moliya instituti "moliya" kafedrasi "davlat byudjeti"


O‗zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi (O‗RQ-360-son. 26.12.2013). 3-modda.  Davlat byudjeti profitsiti–



Download 13,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/333
Sana21.06.2022
Hajmi13,85 Mb.
#689022
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   333
Bog'liq
Davlat byudjeti ouq 2018

 

1
O‗zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi (O‗RQ-360-son. 26.12.2013). 3-modda. 


Davlat byudjeti profitsiti– 
muayyan davrda O‟zbekiston Respublikasining davlat byudjeti 
daromadlarining uning xarajatlaridan oshib ketishi. 
Davlat byudjeti taqchilligi –
 
muayyan davrda O‟zbekiston Respublikasining davlat byudjeti 
xarajatlarining uning daromadlaridan oshib ketishi. 


118 
Davlat byudjeti daromadlarining byudjet xarajatlaridan oshish holati yuzaga 
kelganda, 
byudjet profitsiti
paydo bo‗ladi. Byudjet profitsiti, odatda, davlatning 
qarz majburiyatlarini to‗lashga va likvidli mablag‗larini ko‗paytirishga jalb etiladi. 
Mustaqillik yillarida davlat byudjet siyosatining eng muhim vazifasi 
iqtisodiyotni barqarorlashtirish doirasida byudjet taqchilligining ortib borayotgan 
sur‘atini jilovlashdan iborat bo‗ldi. Bu vazifaning hal etilishi natijasida o‗ta muhim 
ijtimoiy ahamiyatga ega bo‗lgan joriy xarajatlargagina mablag‗larni ajratish 
yo‗lidan borildi va taqchillikning eng maqbul darajasi ta‘minlandi. Islohotlarning 
2-bosqichi yakunlariga kelib, byudjet taqchilligini yo‗l qo‗yilgan eng kam darajasi 
(YaIMning 3-3,5 foizi) doirasida cheklashga erishildi. 2000-2004 yillar davomida 
byudjet taqchilligi darajasi YaIM ning 1-1,2 foizidan oshmadi. 2005 yildan 2008 
yilgacha 0,1-1,5 foiz profitsit bilan ijro qilingan bo‗lsa, 2009 yildan 2016 
yillargacha bo‗lgan davrda Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining ta‘sirida davlat 
byudjeti YaIM ga nisbatan 0,1-0,4 foiz darajasida bo‗lmoqda. 
11.1-rasm. O„zbekiston Respublikasida davlat byudjetining holati 
 
Sobiq Ittifoqda ma‘muriy-buyruqbozlik yillarida davlat byudjeti taqchilligi 
uzoq vaqtlargacha mustaqil iqtisodiy kategiriya sifatida tan olinmagan. Davlat
byudjetini shakllantirishda moliyaviy resurslarga bo‗lgan talabdan kelib chiqqan 
holda, ularni moliyalashtirish uchun mablag‗lar qidirib topilardi va shu asosda 
davlatning moliyaviy manfaatlari ta‘minlanardi. Rejali iqtisodiyot ma‘lum 
davrlargacha hech qanaqa larzalarsiz, bir tekisda ma‘muriy-buyruqbozlik asosida 
rivojlanib borishi daromadlar va xarajatlar orasida ―kasallik‖ alomatlarini aniq 
ko‗rsatmadi. Ammo, keyingi davrlarda (80-yillarning oxiriga kelib) sobiq Ittifoqda 
-1,0 -1,0 
-0,8 
-0,4 -0,4 
0,1 
0,5 
1,1 
1,5 
0,2 0,3 
0,4 0,4 0,3 
0,2 0,1 0,2 0,2 
0,02 
-1,5
-1,0
-0,5
0,0
0,5
1,0
1,5
2,0
Dunyoning ko‘pgina mamlakatlaridaharyilgi taqchillikning va tez o‘sib boruvchi davlat 
qarziningmavjud bo‘lishi kuzatiladi. 70-yillar boshlariga kelib, byudjet taqchilligining 
YaIMga nisbatan foiz hisobida o‘sgan davlatlar bu ko‘rsatkich pasaygan mamlakatlarga 
nisbatan ko‘pchilikni tashkil etgan. AQSHda Ikkinchi jahon urushi yillarigacha byudjet 
taqchilligi bo‘lmagan, faqat urush yillarida davlat byudjetida taqchillik yuzaga kelgan. 


119 
byudjet taqchilligi holati yuzaga chiqa boshladi. Dastlabki yillardagi byudjet 
taqchilligi jamg‗arma kassalardagi aholiga tegishli bo‗lgan mablag‗lar, uzoq 
muddatli hayot sug‗urtasi badallarining o‗sishi va aholi o‗rtasida davlatning ichki 
yutuqli zayom obligatsiyalarini chiqarish (sotish) hisobiga qoplab borildi. Bu 
turdagi qarzlar oldindan mavjud bo‗lgan resurslarni qayta taqsimlash asosida 
amalga oshirilganligi uchun moliyaviy-moddiy balansning buzilishiga olib 
kelmadi, ammo bu jarayon davlat qarzlarining o‗sishiga olib keldi. 1986-yilda 
byudjet taqchilligining juda tez sur‘atda o‗sib ketishi (45,5 mlrd. rubl) Ittifoq 
moliya tizimining parokandalik holatini boshlab berdi.
Ammo byudjet taqchilligini favqulodda, mustasno hodisa deb qarab 
bo‗lmaydi. O‗zining tarixiy va iqtisodiy rivojlanishining u yoki bu bosqichida 
byudjet taqchilligiga duch kelmagan davlat bo‗lmasa kerak. Masalan, AQSH da 
federal byudjet keyingi yarim asr mobaynida faqat 1969-yildagina taqchilliksiz ijro 
etilgan.
Taqchillikning hajmi: 

milliy valyutada absolyut summada

mamlakat yalpi ichki mahsuloti hajmiga nisbatan; 

milliy daromad hajmiga nisbatan; 

byudjet daromadlari va xarajatlariga nisbatan foizlarda aniqlanadi.

Download 13,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   333




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish