Toshkent moliya instituti "moliya" kafedrasi "davlat byudjeti"


Davlat byudjetining Respublika byudjeti xarajatlari



Download 13,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/333
Sana21.06.2022
Hajmi13,85 Mb.
#689022
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   333
Bog'liq
Davlat byudjeti ouq 2018

Davlat byudjetining Respublika byudjeti xarajatlari
1) ijtimoiy soha va 
aholini ijtimoiy qo‘llab-
quvvatlash 
2) davlat grantlari, subsidiyalar va ijtimoiy 
buyurtma shaklida NNT va fuqarolik jamiyatining 
boshqa institutlari faoliyatini davlat tomonidan 
qo‗llab-quvvatlash
3) iqtisodiyot xarajatlari
4) respublika vazirlik-
lari, davlat qo‗mitalari 
va idoralari buyurtma-
chi bo‗lgan markazlash-
tirilgan investitsiyalarni 
moliyalashtirish
8) boshqa xarajatlar
6) sudlarni saqlab 
turish 
7) O‗zbekiston 
Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining zaxira 
jamg‘armasini 
shakllantirish
5) davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini, 
adliya va prokuratura organlarini saqlab turish


113 

fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsiya ishlarining davlat ilmiy-texnik dasturlari 
doirasida grantlar bo‘yicha amalga oshiriladigan ilmiy-texnik loyihalar, noyob ilmiy 
obyektlarni va fanga xizmat ko‘rsatuvchi muassasalarni saqlab turish, ilmiy loyihalar 
ekspertizasini o‘tkazish hamda qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining 
respublika byudjeti hisobidan amalga oshiriladigan fanga doir alohida tadbirlar xarajatlari;

davlat arxivlarini saqlab turish xarajatlari;

respublika vazirliklari va idoralari tasarrufidagi urush hamda mehnat faxriylari uchun 
pansionatlar va sanatoriylarni, aholini ijtimoiy muhofaza qilish muassasalarini saqlab turish, 
shuningdek qonun hujjatlarida O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan 
moliyalashtirilishi nazarda tutilgan, aholini ijtimoiy muhofaza qilishga doir maqsadli tadbirlar 
xarajatlari; 

davlat mukofotlari, davlat pul mukofotlari bilan taqdirlanganligi munosabati bilan bir 
yo‘la beriladigan davlat pul mukofotlari va mukofotlarini to‘lash xarajatlari; 

bolalikdan nogironlarga va bola tug‘ilganda beriladigan nafaqalarni, qonun hujjatlarida 
ayrim toifadagi shaxslarga belgilangan kompensatsiyalarni to‘lash uchun vakolatli organga 
mablag‘lar ajratish xarajatlari; 

Chernobil AES halokati oqibatlarini tugatishda ishtirok etgan shaxslarni va radiatsiya-
yadro obyektlarida harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-
quvvatlash, ayrim toifadagi shaxslarga qonun hujjatlarida belgilangan imtiyozlar va 
kompensatsiyalarni to‘lash xarajatlari jamoat ishlarini moliyalashtirish. 
 
* O‟zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining 70-moddasidan. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjeti, viloyatlar byudjetlari va 
Toshkent shahrining shahar byudjetidan hududiy ahamiyatdagi tadbirlarga va 
hududiy tasarrufdagi byudjet tashkilotlari va byudjetdan mablag‘ oluvchilarga, 
tumanlar va shaharlar byudjetlaridan esa mahalliy darajadagi tadbirlarga va 
byudjetdan mablag‘ oluvchilarga xarajatlar amalga oshiriladi.
Shuningdek, davlat byudjeti xarajatlari tarkibida moliya yili mobaynida 
iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy va boshqa sohalardagi qo‘shimcha, ko‘zda tutilmagan 
xarajatlarning o‘z vaqtida hamda uzluksiz moliyalashtirilishini ta‘minlash 
maqsadida tegishli byudjetlarga tushadigan daromadlar hisobidan O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika 
byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar 
byudjetining, shuningdek, tumanlar va shaharlar byudjetining zaxira jamg‘armalari 
shakllantiriladi. Bu jamg‘armalarning miqdori makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar 
prognozi va davlat byudjetining asosiy parametrlari bilan birga tasdiqlanadi, 
mahalliy byudjetlarning zaxira jamg‘armalari esa tegishli byudjetlar parametrlari 
tasdiqlanayotganda belgilanadi.
Zaxira jamg‘armalariga tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va 
Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari egalik qiladilar, mablag‘lardan 
foydalanish to‘g‘risidagi moliya organlari bilan dastlab kelishilgan takliflar 
tashabbuskorlar tomonidan tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va 
Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlariga belgilangan tartibda kiritiladi 
va ularning qarorlarida ko‘rsatilgan aniq maqsadlarga va miqdorlarda sarflanadi. 


114 
Zaxira jamg‘armalaridan mablag‘lar ajratilgan tadbirlar muayyan muddatga ega 
bo‘lsa, ushbu muddatda foydalanilmay qolgan mablag‘lar tadbirlarni o‘tkazish 
muddati tugaganidan keyin o‘n ish kuni ichida tegishli zaxira jamg‘armasiga 
tiklanadi. Zaxira jamg‘armasidan mablag‘ oluvchilar Moliya vazirligi va tegishli 
hududiy moliya organlariga tegishli zaxira jamg‘armasidan ajratilgan 
mablag‘lardan foydalanilishi to‘g‘risida har chorakda hisobot taqdim etadilar. 
Xulosa qilib aytganda, davlat byudjeti xarajatlarining tarkibi va tuzilishi 
davlatning xarakteri, uning bajaradigan funktsiya va vazifalari, iqtisodiyotni davlat 
tomonidan qo‘llab-quvvatlash ko‘lamlari, ijtimoiy sohalardagi davlatning 
kafolatlari, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning yo‘nalishlariga 
bog‘liq bo‘ladi. So‘nggi yillarda byudjet sohasida bo‘layotgan yangiliklar, byudjet 
qonunchiligidagi o‘zgarishlar esa mamlakatimizda ishlab chiqarish, kichik biznes 
va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, iqtisodiyot barqarorligini ta‘minlash, aholiga 
munosib yashash va ishlash sharoitlarini yaratishdek ezgu maqsadlarga xizmat 
qiladi. 

Download 13,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   333




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish