Harakatlar strategiyasining to„rtinchi yo„nalishida aholining muhtoj qatlamlari
bandligini oshirishni rag„batlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar, jumladan,
quyidagilardan iborat:
ishsizlik darajasi yuqori bo‗lgan va mehnat bozorida vaziyat murakkab bo‗lgan 34 ta
1
O‘zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligining hisobot ma‘lumotlari asosida keltirildi. manba:
www.mf.uz
―Odamga bitta baliq bering va u
bir kunlik yemishga ega bo‘ladi,
uni baliq ovlashga o‘rgating va u
bir umrlik yemishga ega bo‘ladi‖
Qadimiy xitoy maqoli
109
tumanda 4 300 000,0 mln.so‗m miqdoridagi korxonalar mablag‗lari va tijorat banklari
kreditlarini jalb qilgan holda 46,8 mingta ish o‗rni tashkil etish yo‗li bilan qishloq joylarda
barqaror ish o‗rinlari tashkil etish hisobiga aholi bandligini oshirish;
aholi bandligini ta‘minlash maqsadida 10 ming nafar ta‘lim muassasalari bitiruvchisiga
o‗z tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun tijorat banklari kreditlari hisobidan 60 000,0
mln.so‗m miqdorida kredit mablag‗lari ajratish orqali bandlikni va oila daromadlarini oshirish;
respublika hududlarida aholi bandligini ta‘minlash hamda qo‗shimcha daromad
manbaini yaratish maqsadida tijorat banklari tomonidan 400 000,0 mln.so‗m hajmida bank
kreditlarini ajratish orqali fuqarolarning shaxsiy yordamchi xo‗jaliklarida qishloq xo‗jaligi
mahsulotlari etishtirish, qoramol, qo‗y, echki, quyon boqish va go‗sht etishtirish, parrandachilik
va asalarichilikni rivojlantirish, ixcham issiqxonalar tashkil etish, shuningdek, urug‗ va
ko‗chatlar uchun mikrokreditlar ajratish hajmini yanada oshirish, shu yo‗l bilan aholi
tomorqasidan foydalanish samaradorligini oshirish, sifatli qishloq xo‗jaligi mahsulotlari ishlab
chiqarish hajmini ko‗paytirish;
Mehnat vazirligi tizimida Koreya Respublikasi, Yaponiya va boshqa davlatlar hamda
xalqaro moliya institutlarining 8,5 mln.doll. (o‗rtacha 1 ta markazni tashkil etish uchun – 3 000,0
mln.doll.) grant mablag‗lari va imtiyozli kreditlarini, shuningdek, Bandlikka ko‗maklashish
Davlat jamg‗armasi mablag‗larini jalb etgan holda viloyat markazlarida ishsiz fuqarolarni kasbga
o‗qitish markazlarini bosqichma-bosqich tashkil etish orqali ishsiz fuqarolarni kasbga tayyorlash,
qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini kengaytirish.
Davlat byudjetining iqtisodiy maqsadlardagi xarajatlariga quyidagi xarajat
guruhlari kiradi:
iqtisodiyotga xarajatlar;
markazlashgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari.
Davlat byudjetining iqtisodiyot sohalariga yo‗naltirilgan xarajatlari so‗nggi
yillarda jami xarajatlarning 10-11 foizi atrofida, markazlashgan investitsiyalarni
moliyalashtirish bilan bog‗liq xarajatlar esa o‗rta hisobda 5-6 foizni tashkil etgan.
Davlat byudjetining iqtisodiyotga xarajatlari tarkibiga qishloq va suv
xo‗jaligi sohasidagi respublika nazorat organlarining xarajatlari, suv, qishloq,
o‗rmon xo‗jaligi xarajatlari, qishloq xo‗jaligi ekinlari zararkunandalariga qarshi
kurashish muassasalarining xizmatlariga haq to‗lash va ularni saqlab turish,
hosildorligi past yerlarda davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini
yetishtiruvchi fermer xo‗jaliklarini moliyaviy qo‗llab-quvvatlash, standartlashtirish
va sertifikatlashtirish, topografiya-geodeziya, kartografiya va kadastr, shuningdek
geologiya qidiruv ishlari, davlat shaharsozlik kadastrini yuritish xarajatlari,
gidrometeorologiya xizmati muassasalarini saqlab turish, atrof-muhit va
landshaftning muhofaza qilinishini, biologik xilma-xillikning himoya qilinishini
ta‘minlash bilan bog‗liq bo‗lgan xarajatlar kiradi.
Bu turkum xarajatlarning tarkibi va tuzilishini 2018-yil uchun mo‗ljallangan
byudjet xarajatlari parametrlari bo‗yicha o‗rganish shundan dalolat beradiki,
byudjetning ―iqtisodiyotga xarajatlar‖ guruhida shu davrning ustuvorliklaridan
kelib chiqib, quyidagi xarajatlar ko‗zda tutilgan:
suv xo‗jaligining ekspluatatsion xarajatlari;
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sug‗oriladigan yerlarning meliorativ holatini
yaxshilash fondiga maqsadli ajratmalar;
110
hosildorligi past yerlarda davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo‗jaligi
mahsulotlari ishlab chiqaruvchi fermer xo‗jaliklarini moliyaviy qo‗llab-quvvatlash
uchun maqsadli mablag‗lar;
aholi punktlarini obodonlashtirish ishlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |