birinchidan,
davlat qarzi hisobidan moliyalashtirish. Davlat qarzi, o‗z
navbatida, ichki manbalar (bunda davlat byudjeti taqchilligi faqat mamlakat
ichidagi manbalar hisobiga moliyalashtiriladi) va tashqi manbalar (bunda taqchillik
mamlakat hukumati tomonidan xorijiy mamlakatlar hukumatlaridan, xalqaro
moliya institutlaridan hamda yirik xalqaro banklardan olinadigan davlat qarzlari)
hisobiga moliyalashtiriladi;
ikkinchidan,
muomalaga yangi pullarni emissiya qilish hisobiga.
Byudjet taqchilligini moliyalashtirishning bu ikki guruhi ―qarzli
moliyalashtirish va emissiyali moliyalashtirish‖
3
deb ham ataladi. Byudjet
taqchilligini moliyalashtirishning bu ikki usuli bilan birga, davlat aktivlarini sotish
orqali taqchillikning ma‘lum qismini moliyalashtish usulidan ham foydalaniladi.
Byudjet taqchilligini moliyalashtirishning har qaysi usulini qo‗llashning
iqtisodiyotga ta‘siri bir xil bo‗lmaydi. Turli mamlakatlarda byudjet taqchilligini
moliyalashtirish manbalarini guruhlarga ajratadigan bo‗lsak, ularning bir guruhi
emissiyali (pulli) moliyalashtirishga, boshqa bir guruhi qarzli moliyalashtirishga
mansubligini ko‗rish mumkin: (1) Markaziy bankdan qarz olish yoki taqchillikni
emissiyali moliyalashtirish (pulli moliyalashtirish), (2) tijorat banklaridan qarz
olish (qarzli moliyalashtirish), (3) mamlakat ichkarisidagi bank bo‗lmagan
sohalardan qarz olish (qarzli moliyalashtirish), (4) mamlakatning valyuta
zaxiralarini byudjet taqchilligini qoplashga safarbar qilish yoki boshqa xorijiy
1
Финансы, денежное обращение и кредит. Учебник. /Под ред. д.э.н. академика В.К. Сенчагова. –М.:
Проспект, 2007.
2
Финансы, денежное обращение и кредит. Учебник. /Под ред. д.э.н. академика В.К. Сенчагова. –М.:
Проспект, 2007.
3
Жумаев Н., Бурханов У. Молиянинг долзарб муаммолари. –Т.: Янги аср авлоди, 2003.
129
davlatlardan qarz olish (qarzli moliyalashtirish), (5) davlat mulkini sotish (davlat
aktivlarini sotish orqali moliyalashtirish).
Byudjet taqchilligini boshqarishda mamlakat hukumati yuqorida ta‘kidlab
o‗tilgan usullarning biridan yoki bir nechtasidan foydalanishi mumkin. Bunda
foydalaniladigan usullarning har birining iqtisodiy tabiati turlicha, shu sababli ular
mamlakatning moliyaviy holatiga turlicha, ayrim holatlarda bir-biriga teskari ta‘sir
ko‗rsatishi mumkin. Byudjet taqchilligini qisqartirish borasida hukumat tomonidan
noto‗g‗ri siyosatning tanlanishi mavjud taqchillikning ortishiga va buning
natijasida iqtisodiy holatning mushkullashuviga hamda aholi o‗rtasidagi
noroziliklarga olib kelishi mumkin.
Davlat byudjeti taqchilligini tartibga solishning quyidagi turlarini ajratib
ko‗rsatish mumkin:
1. Davlat byudjeti taqchilligini moliyalashtirish uchun mamlakat markaziy
bankidan kredit olish, ya‘ni muomalaga qo‗shimcha pul emissiyasini amalga
oshirish.
2. Davlat byudjeti xarajatlarining hajmini qisqartirish.
3. Davlat byudjeti daromadlarini ko‗paytirish, ya‘ni amaliyotga yangi soliq
turlarini kiritish yoki amaldagi soliq stavkalarini oshirish.
4. Davlat mulkini mahalliy va xorijiy sarmoyadorlarga sotish.
5. Mamlakat aholisidan, mahalliy xo‗jalik yurituvchi subyektlardan, xorijiy
mamlakatlar hukumatlaridan, xalqaro moliya tashkilotlaridan va yirik xorijiy
tijorat banklaridan qarz olish.
Davlat byudjeti taqchilligini moliyalashtirishning eng oson, lekin juda qaltis
usuli bo‗lib mamlakat Markaziy bankidan qarz olish hisoblanadi. Ta‘kidlash
lozimki, Markaziy bankdan kredit olish o‗z mohiyatiga ko‗ra muomalaga
qo‗shimcha pul emissiyasini amalga oshirish hisoblanadi. Ushbu usul orqali
mamlakatda davlat byudjeti taqchilligining rasman moliyalashtirilishiga erishiladi,
lekin Markaziy bankdan xaddan tashqari ko‗p kredit olish mamlakatda shiddatli
yoki jilovlanmagan inflyatsiyani keltirib chiqarishi mumkin. Xalqaro amaliyotda
ko‗plab rivojlanayotgan, shu jumladan Mustaqil Davlatlar Hamdo‗stligi
mamlakatlarida
90-yillarning
boshlarida
davlat
byudjet
taqchilligini
moliyalashtirishda ushbu usuldan keng foydalanilgan. O‗zbekiston Respublikasida
ham davlat byudjeti taqchilligini qisqartirishda 2003 yilgacha Markaziy bank
kreditlaridan foydalanilgan
1
. Bugungi kunda mamlakatimizda kuchga kirgan yangi
Byudjet kodeksining 151-moddasiga asosan, O‗zbekiston Respublikasi Markaziy
bankining kreditlarini Davlat byudjeti taqchilligini qoplash manbasi sifatida jalb
qilishga yo‗l qo‗yilmaydi
2
, deb belgilab qo‗yilgan.
Davlat byudjeti taqchilligini qisqartirishda byudjet xarajatlarini kamaytirish
usulidan foydalanishda mamlakat hukumati tomonidan juda ehtiyotkorlik bilan
qat‘iy siyosat olib borish talab etiladi. Iqtisodiyoti bozor munosabatlariga
o‗tayotgan mamlakatlarda davlat byudjeti tomonidan ijtimoiy-madaniy sohalarga
1
Жумаев Н., Бурханов У. Молиянинг долзарб муаммолари. –Т.: Янги аср авлоди, 2003.
2
O‗zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksi (O‗RQ-360-son. 26.12.2013).151-modda.
130
yo‗naltiriladigan xarajatlarni qisqartirish mamlakat aholisi o‗rtasida norozilikni
yuzaga chiqarishi mumkin. Ushbu xarajatlarni amalga oshirishda, asosan, ijtimoiy
xarajatlarning maqsadliligini ta‘minlash, boshqaruv va mudofaa xarajatlarini
qisqartirish hisobiga davlat byudjeti taqchilligini qisqartirishga erishish mumkin.
Ushbu usuldan, AQSh Prezidenti R.Reygan (1980-1988 yillar) mehnatkashlar va
ishsizlarga to‗langan nafaqalarni qisqartirgan hamda ish haqini kamaytirgan.
Buning natijasida AQShda kambag‗al fuqarolar soni 1979-yildagi 26,1 mln.
kishidan 1982-yildagi 55,3 mln. kishiga yetdi. Ushbu holatni monetarizm
g‗oyasining asoschisi Milton Fridmen ijobiy baholagan, chunki uning fikricha,
ijtimoiy xarajatlarning qisqartirilishi natijasida AQShda davlat byudjeti
taqchilligining qisqarishiga erishilgan. Ishsizlarga beriladigan ijtimoiy nafaqalarni
qisqartirish natijasida ishsizlar ishlashga majbur bo‗lganlar va AQShda 1984-
yildan boshlab, ishsizlar sonining malum darajada kamayishiga erishilgan
1
.
Mazkur holatni Yevropa Ittifoqiga a‘zo davlatlarning byudjet siyosatida ham
kuzatish
mumkin.
Yevrohududning
16
davlati
moliya
vazirlarining
muzokaralaridan so‗ng, 2010-yilda Gretsiyaga uch yil muddatga 110 mlrd.yevro
miqdorida yordam paketi ajratiladigan bo‗ldi. Albatta, Yevropa Ittifoqi tomonidan
Gretsiyaga ko‗rsatiladigan yordam oddiy kreditdan boshqa narsa emas. Ammo
ajratiladigan kreditning foiz stavkasi bozordagi mavjud stavkadan pastroq bo‗ladi
(qariyb 5 foiz atrofida). Bunga javoban Gretsiya hukumatidan mehnat va pensiya
qonunchiligini
erkinlashtirish
talab
etildi.
Ushbu
yo‗nalishda
byudjet
tashkilotlaridagi ishchi xodimlar sonini qisqartirish, ishlayotgan xodimlarning ish
haqlarini ―muzlatib qo‗yish‖ kabi chora-tadbirlar amalga oshirildi. Ushbu choralar
yaqin ikki yil mobaynida byudjet defitsitini 30 mlrd. yevroga qisqartirish imkonini
berishi kutilayotgan edi
2
.
Davlat
byudjeti
taqchilligi
darajasini kamaytirish usullaridan yana
biri – byudjet daromadlarini ko‗paytirish
hisoblanadi.
Ushbu
usuldan
foydalanishda asosan quyidagilar amalga
oshiriladi:
amaliyotga
yangi
soliq
turlarini
kiritish;
mamlakatda
amal
qilayotgan soliqlarning foiz stavkalarini
ko‗tarish;
amal
qilayotgan
soliqlar
bo‗yicha soliq to‗lovchilarga berilgan
imtiyozlarni cheklash yoki umuman bekor qilish. Davlat byudjeti taqchilligini
qisqartirishda faqatgina ushbu usuldan foydalanilganda iqtisodiyotda ―Laffer
samarasi‖ yuzaga chiqadi. A.Lafferning fikricha, soliq stavkalarini asossiz ravishda
oshirib yuborish natijasida ma‘lum muddat davomida davlat byudjetiga
daromadlarning ortishi kuzatiladi. Lekin soliq stavkasi chegaradan ortib ketsa,
1
Финансы капитализма. Учебное пособие. /Под ред. проф. Б.Г. Болдырева. –М.: Финансы и статистика,
1990.
2
http://korrespondent.net/business/economics/1072974-greciya-poluchit-110-mlrd-evro-ot-es-i-mfv
Artur Laffer (1940
yil 14 avgustda
tug‘ilgan) –
amerikalik iqtisod-
chi, iqtisodiyotda
taklif nazariyasining
asoschilaridan biri.
AQSh Prezidenti
R.Reygan boshqaruvi
davrida mashhur
bo‘lgan.
131
soliq to‗lovchilarning ―soliqlardan qochishi‖ yuzaga chiqadi. Ushbu holat esa,
davlat byudjetiga to‗lovlarning kamayishiga olib keladi.
1
Shuni alohida ta‘kidlash lozimki, hozirda Yevropa Ittifoqiga a‘zo
mamlakatlarda davlat byudjeti taqchilligini qisqartirish maqsadida ayrim soliq
turlari stavkalarini (asosan qo‗shilgan qiymat solig‗i va aktsiz solig‗i) oshirish
hamda boy fuqarolar uchun qo‗shimcha daromad solig‗ini joriy qilish amaliyoti
olib borilmoqda. Fransiyada fuqarolardan olinadigan daromad solig‗ining eng
yuqori stavkasi 75 foizga ko‗tarildi. Shuningdek, ayrim yevrohududdagi
davlatlarda qo‗shilgan qiymat solig‗i stavkasi oshirildi. Yana bir misol,
Yaponiyada davlat byudjeti taqchilligini qisqartirish maqsadida 2013 yildan
boshlab savdodan olinadigan soliq stavkasi 5 foizdan 8 foizgacha ko‗tarilgan.
Davlat byudjeti taqchilligini qisqartirishda o‗tgan asrning 70-yillaridan
boshlab, davlat mulkini xususiylashtirishdan olingan mablag‗lardan foydalanish
amaliyotga kiritilgan. ―AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya va boshqa iqtisodiyoti
rivojlangan mamlakatlarda keng miqyosda ―reprivatizatsiya‖, ya‘ni davlat mulkini
sotish va davlat mulkiga asoslangan korxonalarni aktsiyadorlik jamiyatiga
aylantirish amalga oshirildi. AQSh Prezidenti R.Reygan va Buyuk Britaniya bosh
vaziri M.Tetcher davlat mulkini xususiylashtirish va ular asosida aksiyadorlik
jamiyatlari hamda xususiy korxonalarni tashkil etishga juda katta e‘tibor
qaratganlar. Xalqaro amaliyotda ular olib borgan ushbu iqtisodiy siyosat
―reyganomika‖ va ―tetcherizm‖ deb ataladi.
Ushbu
siyosat
natijasida
davlat
mulkchiligidagi
korxonalarni
xususiylashtirish asosida tashkil etilgan
xususiy korxonalar raqobatbardosh ekanligi
va davlat mulkidagi korxonalar yangi
investitsiyalarni moliyalashtirishni amalga
oshirishga qodirmasligi isbot qilindi. Eng
asosiysi, xususiylashtirishdan kelgan juda
katta miqdordagi mablag‗lar davlat byudjeti taqchilligini qisqartirishga sarflandi.
Davlat byudjeti defitsitini o‗rganishga bag‗ishlangan ilmiy tadqiqotlarning
natijalari shuni ko‗rsatdiki, byudjet defitsiti jahon amaliyoti uchun nisbatan yangi
hisoblangan voqelik sanaladi. Xususan, XIX asrning o‗rtalariga qadar rivojlangan
ilg‗or mamlakatlarning davlat byudjetlari uchun daromadlarning xarajatlardan ortiq
bo‗lishi xarakterli xususiyat edi. Shuning uchun ham mazkur davlatlarda urushlar
davrida yoki katta talofat keltiruvchi tabiiy ofatlar yuz berganda paydo bo‗ladigan
byudjet defitsiti favqulodda holat hisoblanar edi. XX asrning 50-yillaridan boshlab
bu mamlakatlarda byudjetning defitsitlik holati, ularning jahon iqtisodiyotidagi
o‗rnidan, geografik, geopolitik mavqeidan qat‘iy nazar, tabiiy hol bo‗lib qoldi.
Ushbu holat hozirga qadar davom etib kelmoqda.
1
Laffer, A., & Seymour,]. (Eds.). (1979). The economics of the tax revolt: a reader. New York, NY: Harcourt Brace
Jovanovich.
132
Masalan, AQShda 1974-yil uchun qabul qilingan Byudjet to‗g‗risidagi
qonunning qabul qilinishida Kongress federal byudjetning hajmi yoki byudjet
defitsiti borasida xavotirga tushadigan holatlarni bashorat qilmadi
1
. Faqat 1980-
yillarga kelib, Prezident Ronald Reygan ma‘muriyati davrida byudjet jarayoniga
bo‗lgan e‘tibor, yirik taqchilliklarning yuzaga kelish xavfi ta‘sirida jiddiy
o‗zgardi.
2
Reygan presidentligining dastlabki yillarida, AQSHning Byudjetni
boshqarish Departamenti muhim ahamiyatga ega bola boshladi.
3
Reygan president
etib saylangach, davlat byudjeti daromadlari va xarajatlari masalasi asosiy siyosiy
vazifa darajasiga ko‗tarildi va bu ishlarni bajarish AQSHning Byudjetni boshqarish
Departamentiga yuklatildi.
4
Davlat byudjetidagi taqchillik hajmi 1981-yildan boshlab o‗sa boshladi.
22
Regan ma‘muriyati 1981-yili iqtisodiyotni rag‗batlantirish va byudjet
daromadlarini ko‗paytirish maqsadida soliq stavkalarini pasaytirdi. Bu choraning
nazariy jihatdan to‗g‗ri bo‗lishiga qaramasdan, amaliyotda davlat qarzi
qiymatining 1981-yilda 1,1 trillion $ga, 1985-yilda esa 2,1 trillion $ga ko‗tarilib
ketishiga olib keldi.
5
Natijada Reygan ma‘muriyati Kongressga ko‗plab ijtimoiy
dasturlarni qisqartirishni taklif qildi. Lekin bu bilan ham taqchillik oshib boraverdi,
bunga sabab – daromad va harajatlar o‗rtasida yirik nomutanosiblik mavjud edi.
Ana shunday siyosiy jihatdan tarang vaziyatda 1985-yilda Kongress
Muvozanatlashgan byudjet va Favqulodda yuzaga keladigan kamomadni nazorat
qilishi to‗g‗risidagi qonunni qabul qiladi. Ushbu qonun loyihasining yuzaga
kelishiga Senatorlar V. Filip Gramm, Uoren B. Rudman va Ernest F. Xolingslar
hissa qo‗shadilar.
Gramm-Rudman-Xollingslar sekvestr deb nomlangan yangi bir tizimni
yaratadilar. Ushbu tizim byudjet kamomadiga erishib bo‗lmagan hollarda,
byudjetni kamaytirishga mo‗ljallangan. Qisqartirilgan byudjetning yarmi ijtimoiy
yordamga, qolganlari mahalliy dasturlarga ajratilgan. Lekin Gramm-Rudman-
Xollingslar tomonidan taklif etilgan sekvestrlash usuli ham taqchillik muammosini
bartaraf eta olmadi.
6
Davlat byudjeti taqchilligini qisqartirish usullaridan biri mamlakat hukumati
tomonidan aholidan, milliy xo‗jalik yurituvchi subyektlardan, xorijiy davlatlar
hukumatlaridan, xalqaro moliya tashkilotlaridan va yirik tijorat banklaridan qarz
olish hisoblanadi. Ta‘kidlash lozimki, davlat byudjeti taqchilligini qisqartirishning
1
Robert D.Lee Jr., Ronald W.Johnson, Philip G. Joyce. PUBLIC BUDGETING SYSTEMS. Jones & Bartlett
Learning; 9 edition. USA, 2012. P. 308.
2
Joyce, P. (1996). Congressional budget reform: the unanticipated implications fo r federal policy making.
PublicAdministration&view, 56, 317-325.
3
Johnson, B. (1984). From analyst to negotiator: the OMB's new role.Journ al of Policy Analysis and
Management, 3, 501-515; Johnson, B. (1989). The OMB budget examiner and the congressional
budget process. Public Budgeting & Finance, 9, Spring, 5-14; Tompkin, S. ( 1998). Inside OMB.
4
Stockman, D. (1986). The triumph of politics: how the Reagan revolution faile d. New York, NY: Harper
&Row.
5
Robert D.Lee Jr., Ronald W.Johnson, Philip G. Joyce. PUBLIC BUDGETING SYSTEMS. Jones & Bartlett
Learning; 9 edition. USA, 2012. P. 309.
6
Robert D.Lee Jr., Ronald W.Johnson, Philip G. Joyce. PUBLIC BUDGETING SYSTEMS. Jones & Bartlett
Learning; 9 edition. USA, 2012. P. 310.
133
ushbu usuli eng nozik, shuning bilan bir vaqtda, zamonaviy usuli hisoblanadi.
Ushbu usuldan foydalanadigan mamlakat hukumati o‗z nomidan davlat qimmatli
qog‗ozlarini chiqarish orqali milliy va xorijiy valyutadagi mablag‗larni jalb etadi.
Yevropa Ittifoqiga a‘zo mamlakatlardan Gretsiya, Portugaliya, Ispaniya va
Italiyada markaziy hukumat tomonidan davlat byudjeti taqchilligini qisqartirish
maqsadida muomalaga davlat obligatsiyalarini chiqarish va ularni xorijiy
sarmoyadorlar o‗rtasida joylashtirish ishlari faol olib borilmoqda.
Davlat byudjeti taqchilligini boshqarishni to‗g‗ri yo‗lga qo‗yish, unga ta‘sir
etuvchi omillarni o‗rganish davlat byudjetini sog‗lomlashtirishda muhim o‗rin
egallaydi va mazkur mavzuning keyingi paragrafida batafsil yoritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |