12.2-rasm. Byudjetni rejalashtirishning asosiy tamoyillari
Byudjetni rejalashtirish turli darajadagi byudjetlarni tuzish va ijro etish
tartibi, uning me‘yoriy-huquqiy bazasi va tashkiliy asosi tarzida byudjet jarayonini,
shuningdek, mamlakat byudjetini tuzishning nazariyasi va metodologiyasi
masalalarini ham o‗z ichiga oladi. Byudjetni rejalashtirish asoslari mamlakat
Konstitutsiyasi va qonunlari bilan belgilanadi.
Davlat byudjeti loyihasini tuzish.
Davlat byudjeti va davlat maqsadli
jamg‗armalari byudjetlarining loyihasi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor
yo‗nalishlari va moliya yili uchun mo‗ljallangan makroiqtisodiy ko‗rsatkichlar
prognozi asosida tuziladi.
Davlat byudjeti loyihasini tuzish uchun mas‘ul organlar O‗zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi, shuningdek, byudjetlar loyihalarini tuzish, Moliya
vazirligi so‗ragan axborot va ma‘lumotlarni taqdim etishga taalluqli qismi bo‗yicha
–vazirliklar, davlat qo‗mitalari va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari
hisoblanadi.
Byudjet loyihasini tuzish quyidagilarni nazarda tutadi:
byudjet so‗rovini tuzish tartibini yuborishni;
byudjet so‗rovlarini hamda asosiy makroiqtisodiy ko‗rsatkichlar
prognozlarini tayyorlash va taqdim etishni;
byudjet so‗rovlarini ko‗rib chiqish va jamlashni;
byudjetnomani ishlab chiqishni.
Byudjet so„rovi
– kelgusi davr uchun byudjetdan ajratiladigan mablag‗larni
olishga bo‗lgan ehtiyojni asoslashni nazarda tutuvchi hujjat bo‗lib, kelgusi davr
uchun byudjet buyurtmasini o‗z ichiga oladi. Byudjet so‗rovini tuzish tartibi
O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Byudjet buyurtmasi
byudjet tashkiloti, byudjetdan mablag‗ oluvchi yoki
byudjet mablag‗larini taqsimlovchi tomonidan tuziladi va tegishli moliya organiga
1
• budjet masalalarining yagona huquqiy me‘yorlar bilan tartibga
solinishi
2
• budjet mablag‗lari yo‗nalishlarining aniq manzilli va maqsadli bo‗lishi
3
• yillik budjetni rejalashtirishning uzluksizligi
4
• moliyaviy ko‗rsatkichlar (me‘yorlar, soliq stavkalari, smeta
xarajatlarini hisob-kitob qilish tartiblari) ning barqarorligi
5
• balanslilik
137
byudjet so‗rovini taqdim etish muddatidan kechiktirmasdan taqdim etiladi. Byudjet
buyurtmasida o‗tgan va joriy yillar uchun hamda kelgusi uch yil uchun byudjet
tizimi byudjetlarining mablag‗lari hisobidan amalga oshiriladigan xarajatlar
byudjet tasnifiga muvofiq aks ettiriladi.
O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili
15 aprelga qadar
kelgusi
davr uchun byudjet so‗rovini tuzish tartibini:
O‗zbekiston Respublikasining respublika byudjeti loyihasini
tayyorlash uchun – respublika byudjetidan mablag‗ bilan ta‘minlanadigan byudjet
mablag‗larini taqsimlovchilarga;
Qoraqalpog‗iston Respublikasi byudjeti hamda viloyatlar va Toshkent
shahar mahalliy byudjetlari loyihalarini tayyorlash uchun – Qoraqalpog‗iston
Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga;
davlat maqsadli jamg‗armalari byudjetlari loyihalarini tayyorlash
uchun – davlat maqsadli jamg‗armalarini taqsimlovchi organlarga yuboradi.
Bu organlar kelgusi davr uchun byudjet so‗rovini tuzish tartibini olgandan
so‗ng
uch ish kuni ichida
tegishli byudjet so‗rovlarini tuzish to‗g‗risida va ularni
tayyorlash muddatlarini belgilash to‗g‗risida qarorlar qabul qiladi.
Qoraqalpog‗iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent
shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari yuqorida nomi keltirilgan organlar
tomonidan tegishli qarorlar qabul qilinganidan so‗ng
uch ish kuni ichida
kelgusi
davr uchun byudjet so‗rovini tuzish tartibini:
tegishli byudjetlar loyihalarini tuzish uchun – tuman va shahar
hokimlariga;
byudjet so‗rovlarini tuzish uchun – Qoraqalpog‗iston Respublikasining
respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent
shahrining shahar byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari hamda
byudjet mablag‗lari oluvchilarga yuboradi.
Tuman va shahar hokimlari kelgusi davr uchun byudjet so‗rovini tuzish
tartibini olgandan so‗ng
uch ish kuni ichida
tegishli byudjetlar loyihalarini tuzish
to‗g‗risida va ularni tayyorlash muddatlarini belgilash haqida qarorlar qabul qiladi.
Tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya bo‗limlari yuqoridagi
qarorlar qabul qilinganidan so‗ng
uch ish kuni ichida
kelgusi davr uchun byudjet
so‗rovini tuzish tartibini tumanlar va shaharlar byudjetidan moliyalashtiriladigan
byudjet tashkilotlariga va byudjet mablag‗lari oluvchilarga byudjet so‗rovlarini
tuzish uchun yuboradi.
Byudjet so‗rovlarini ko‗rib chiqish tartibi va tegishli vakolatli organlarga
taqdim etish muddatlari quyidagi chizmada ko‗rgazmali ravishda aks ettirilgan
(12.3-rasmga qarang):
138
Do'stlaringiz bilan baham: |