Toshkent moliya instituti "moliya" kafedrasi "davlat byudjeti"


-rasm. Davlatning sog„liqni saqlash sohasidagi majburiyatlari



Download 13,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/333
Sana21.06.2022
Hajmi13,85 Mb.
#689022
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   333
Bog'liq
Davlat byudjeti ouq 2018

16.1-rasm. Davlatning sog„liqni saqlash sohasidagi majburiyatlari
Mamlakat miqyosida sog‘liqni 
saqlash sektori uchun resurslarning 
safarbar etilishini ta‘minlash 
Aholiga davlat tomonidan kafolat-
langan asosiy tibbiy xizmatlarni 
taqdim etish va ularni moliyalash-
tirish yuzasidan javobgarlik 
ijtimoiy jihatdan himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga tibbiy xiz-
matlar ko‗rsatish va ularni moliyalash va sh.k. 
Turli mulk shakllaridagi tibbiyot 
muassasalari faoliyatining me‘yo-
riy-huquqiy bazasini yaratish 
Tibbiy xizmatlarning sifat 
standartlarini joriy qilish va ularga 
rioya etilishini nazorat qilish 
Davlatning sog„liqni saqlash sohasidagi majburiyatlari


222 
Sog‗liqni saqlash tizimidagi islohotlarning asosiy yo‗nalishlari. Salomatlik 
insonning jismoniy, aqliy va ruhiy layoqatining yuqori darajasini ta‘minlaydi va 
uning to‗laqonli yashashining garovi hisoblanadi. Aholi salomatligi mamlakat 
iqtisodiy taraqqiyoti darajasiga katta ta‘sir ko‗rsatadi. Faqat sog‗lom kishigina 
to‗laqonli mehnat qilib, o‗zi, oilasi va, pirovardida jamiyat farovonligini ta‘minlay 
oladi. Shu sababli aholi salomatligini muhofaza qilish va tibbiy xizmatlar sifatini 
yanada yaxshilash masalalari hukumatning doimiy diqqat markazida turadi.
Bu borada ―Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida amalga 
oshirilgan xalqimizning munosib hayot sifatini ta‘minlash, onalik va bolalikni 
muhofaza qilish, har tomonlama sog‗lom avlodni tarbiyalash, tibbiy xizmat sifatini 
oshirishga qaratilgan tizimli ishlar izchil davom ettirilmoqda. Mustaqillik yillarida 
hayotga tatbiq etilgan keng ko‗lamli islohotlar samarasida sog‗liqni saqlash tizimi 
tubdan o‗zgardi‖
1
, - deb ta‘kidlaydi muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev. 
Mustaqil taraqqiyotning har bir bosqichida aholi o‗rtasida turli kasalliklar 
tarqalishining zarur profilaktikasini ta‘minlash, aholiga tibbiy xizmat ko‗rsatish 
samaradorligi va sifatini tubdan yaxshilash, birlamchi va shoshilinch tibbiy yordam 
ko‗rsatish bo‗yicha zamonaviy tizimni shakllantirish va rivojlantirish, tibbiyot 
muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, tibbiyot tizimining 
zamon talablarga javob beradigan oqilona tashkiliy tuzilmasini shakllantirish, 
shifokorlik kasbini ulug‗lash, tibbiy xodimlarning mashaqqatli mehnatini munosib 
rag‗batlantirish kabi masalalarga alohida e‘tibor qaratildi.
Bundan tashqari, davlat sog‗liqni saqlash tizimida olib borilayotgan 
islohotlar doirasida tizimni boshqarish va moliyalashtirish mexanizmlarini 
takomillashtirish, uning moddiy-texnik holatini, birinchi navbatda, birlamchi 
tibbiy-sanitariya yordami muassasalarini byudjetdan tashqari mablag‗lar hisobidan 
zamonaviy tibbiy texnika va davolash vositalari, diagnostik apparatlar bilan 
jihozlanish holatini yaxshilash maqsadida hukumat tomonidan bosqichma-bosqich 
―Salomatlik-1‖, ―Salomatlik-2‖ va ―Salomatlik-3‖ loyihalari amalga oshirildi va 
bugungi kunda ham ushbu loyihalar doirasidagi ishlar davom etmoqda.
―Bebaho boylik bo‗lgan xalqimizning sog‗lig‗ini saqlash maqsadida 2015-
yilda 141 ta tibbiyot muassasasini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta‘mirlash 
va jihozlash uchun qariyb 500 milliard so‗m mablag‗ sarflandi. Qishloq vrachlik 
punktlarini optimallashtirish va zamonaviy diagnoztika va davolash uskunalari 
bilan jihozlash ishlari nihoyasiga yetkazildi. Bu borada amalga oshirilayotgan 
chora-tadbirlar natijasida keyingi besh yilda mamlakatda har 100 mingta 
chaqaloqqa nisbatan onalar o‗limi 23,1 dan 19 taga, 5 yoshgacha bo‗lgan bolalar 
o‗limi 14,8 tadan 13,9 taga, chaqaloqlar o‗limi 11 tadan 10,7 taga kamaydi. Ushbu 
ko‗rsatkichlar bo‗yicha O‗zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkilotining Mingyillik 
rivojlanish maqsadlariga to‗liq erishganligi alohida ta‘kidlanadi‖
2

1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 5-yanvar kuni sog‗liqni saqlash sohasining 


bir guruh yetakchi mutaxassislari bilan uchrashuvidagi nutqidan. Manba: http://uza.uz 
2
Karimov I. Bosh maqsadimiz – mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, olib borayotgan islohotlarni, 
iqtisodiyotimizda tarkibiy o‗zgarishlarni izchil davom ettirish, xususiy mulkchilik, kichik biznes va tadbirkorlikka 
yanada keng yo‗l ochib berish hisobidan oldinga yurishdir. T.: O‘zbekiston. 2016 yil. 19-b. 


223 
Shu bilan birga, muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-
yilning 5-yanvar va 7-fevral 
kunlari mamlakatimiz sog‗liqni 
saqlash sohasining bir guruh 
yetakchi mutaxassislari bilan 
uchrashuvida ta‘kidlanganidek, 
tibbiyot 
sohasida 
bajarilishi 
lozim bo‗lgan ishlar, yechimini 
kutayotgan 
muammolar 
talaygina. Bugungi kunga kelib 
aholining 
munosib 
turmush 
darajasini ta‘minlovchi muhim 
ijtimoiy 
tarmoq 
sifatida 
sog‗liqni saqlash tizimida jiddiy muammolar yuzaga kelganligini e‘tirof etish 
lozim, xususan: 

tibbiy xizmatlarning yuqori sifatini ta‘minlashga qodir bo‗lmagan, yaxshi 
jihozlanmagan davolash muassasalari sonining ko‗pligi, natijada tarmoqni rivoj-
lantirish va qo‗llab-quvvatlashga yo‗naltiriladigan byudjet-moliya resurslarining 
haqiqiy ehtiyojni qoplay olmasligi, ulardan foydalanish samaradorligining pastligi;

ilgari yaratilgan va o‗z vaqtida yaxshi jihozlangan sog‗liqni saqlash 
muassasalari bugungi kunda zamonaviy talablarga, diagnostika va davolashning 
sifat standartlariga javob bermay qo‗yganligi;

qishloq vrachlik punktlarini tashkil etish jarayonining tugallanmaganligi 
sababli uzoq tumanlarda joylashgan qishloqlar aholisi uchun tibbiy yordam olish 
imkoniyatining cheklanganligi;

birlamchi tibbiyot muassasalari, ayniqsa, qishloq vrachlik punktlari, oilaviy 
poliklinikalar, patronaj xizmati, tez tibbiy yordam tizimining faoliyati hamon 
qoniqarsiz ahvolda qolayotganligi; 

shifoxonalar va aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan 
ta‘minlash, jumladan, ijtimoiy dorixonalar tashkil etish bo‗yicha vazifalar ijrosi 
talab darajasida emasligi; 

tibbiyot muassasalarini malakali kadrlar bilan ta‘minlash ishlarining talabga 
javob bermasligi; 

respublika 
ixtisoslashtirilgan 
tibbiyot 
markazlarining 
faoliyatini 
takomillashtirish bo‗yicha sezilarli ishlar amalga oshirilmayotganligi; 

dorixona muassasalari tarmog‗ini yanada optimallashtirish, dori-darmon 
vositalari va tibbiyot buyumlarini ishlab chiqarish va narx belgilash tizimini 
takomillashtirish va ular faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirishning zarurligi; 

sog‗liqni saqlash tizimining xususiy sektorini rivojlantirish ishlariga 
yetarlicha e‘tibor berilmaganligi.
Sog‗liqni saqlash tizimidagi shu va shu kabi boshqa davolash va diagnostika, 
tashkiliy va huquqiy, iqtisodiy va moliyaviy masalalardagi muammolarni chuqur 
tahlil qilish va o‗rganish asosida 2017-2021-yillarda O‗zbekiston Respublikasini 
―Bugun zamon o‗zgarmoqda, odamlarning talabi 
oshib bormoqda. Xalqimizning tibbiy madaniyati 
yuksalib, eng so‗nggi usul va rusumlarda tibbiy 
xizmat ko‗rsatilishini istaydi. Bizga shu ham 
bo‗laveradi, degan tushuncha endi o‗z umrini o‗tab 
bo‗ldi. Bu barcha sohalar qatori, tibbiyot sohasiga 
ham bevosita daxldor. Shu bois soha xodimlari 
tibbiyotning eng ilg‘or, zamonaviy yutuqlarini, 
davolash usullarini o‗zlashtirmog‘i zarur. Erishilgan 
yutuqlarga mahliyo bo‗lib o‗tirish taraqqiyot 
yo‗lidagi eng katta g‘ovdir‖. 

Download 13,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   333




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish